Komfort zona
Ko‘pchiligimiz oila a’zolar, ustozlar, do‘stlar, hamkasblarimizdan “komfort zona”ga tushib qolganman, undan chiqishim kerak degan fikrlarni eshitganmiz.
Bugun sizlarga o‘zim o‘rgangan ma’lumot, tajribadan kelib chiqib qanday qilib “komfort zona”dan chiqish, uning etaplari haqida aytib beraman.
1. “Komfort zona”. Ushbu zonada sizga hammasi “yaxshi”dek, lekin nimadandur ko‘nglingiz to‘lmaydi, o‘zingizga “sig‘maysiz”, o‘zingizdagi kamchiliklarni to‘ldirishga harakat qilishni istaysiz-u, lekin uddalay olmaysiz, rivojlanmaysiz. Ushbu bosqichda menimcha, nima istashingizni anglab, keyingi harakatlarni amalga oshirishga o‘zingizni tayyorlab borishingiz eng muhimi hisoblanadi.
2. “Qo‘rquv zona”. Nihoyat siz komfort zonadan chiqdingiz, endi sizda odamlar nima deydi, tuppa tuzuk ishlab yurgan edim, daromad qayerdan bo‘ladi kabi savollar, ishonchsizlik, qo‘rquv etapi boshlanadi. Bu etap qanchalik davom etishi o‘zingizga bog‘liq, O‘zimda ham bir necha marotaba shunday holat bo‘lgan, men ham ko‘pchilik singari yana “komfort zona”ga qaytganman. Tajribamdan kelib chiqqan holda aytamanki, savollar, qo‘rquvlarga tayyorgarlik ko‘ring, shunda ushbu zonadan o‘tish osonlashadi.
3. “O‘rganish zona”. Ushbu zonada sizda yangi chaqiriqlar, tajriba ko‘nikmalar, yangi bilimlarni o‘rganish orqali ular shakllanadi. Borgan sari o‘rganishdan zavqlanasiz. Bu bosqichda o‘rgangan bilim, ko‘nikma, tajribalarni boshqalarga ham ulashishni, tizimlashtirishib borishni tavsiya qilaman.
4. “O‘sish zona”. Endi sizda aniq maqsadlar, nima uchun bu ishlarni qilish muhimligi, bunda sizni o‘rningiz qanday bo‘lishi, orzular, maqsadlarga erish uchun mehnat qilish muhimligini anglaysiz.
Umuman olganda “komfort zona”dan chiqish oson bo‘lmagan. Barcha zonalardan o‘tish uchun qancha vaqt ketishi ham aniq emas. Zonalar, qiyinlik darajasi, natijalar barcha uchun har xil. Lekin undan chiqish sizni rivojlantiradi, bu orqali siz boshqalarga ham ko‘mak ko‘rsata olasiz.
Ushbu postni “komfort zona”dan chiqishni istagan, chiqqan lekin qaysidir etaplarida bo‘lgan yaqinlaringizga ulashishingizni so‘rayman.