January 31, 2023

"Marketing Maximum" kursi

Kurs muallifi: Habibullo Sa’dulloyev.

Marketingda 10 yildan ortiq tajribaga ega. Prezident stipendiyasi sohibi, Marketing va Menejment Respublika olimpiadasi g‘olibi, TDIU (O‘zbekiston) magistri, Academy of Applied Arts (Hindiston) bitiruvchisi. Samsung, MFaktor, Chortoq, Magnum kabi yirik korxonalarida faoliyat olib borgan.

Habibullo Sa'dulloyev

Ushbu kurs kimlar uchun:

  •         Marketing sohasida faoliyat yuritayotgan, bilim va ko‘nikmalarni oshirib, rivojlanishni istagan marketing menejerlari;
  •         Digital marketing, SMM sohasida faoliyat yuritib, tajribali marketing bo‘limi rahbari bo‘lishni istaganlar;
  •         Marketing strategiyasi, budjeti va jamoani boshqarish bo‘yicha yangi texnika, ko‘nikmalarni rivojlantirishni istagan marketing bo‘limi rahbarlari;

Ushbu kursda siz:

  1. Marketing va uning biznesdagi ahamiyati bo‘yicha to‘la tasavvurga ega bo‘lasiz.
  2. Marketing jamoasini samaradorlik o‘lchovlari (KPI) bilan tashkil qila olasiz.
  3. Bozordagi holatni bilish uchun ma’lumotlarni to‘play olish va tahlil qilish ko'nikmasiga ega bo'lasiz.
  4. Yangi mahsulot yoki xizmatni bozorga bosqichma-bosqich olib kirish rejasini, iste’molchi tahlilini va undan kelib chiqib aniq Unikal Savdo Taklifini tuza olasiz.
  5. Bozordagi pozitsiya va uni rag‘batlantirish uchun marketing miksni aniqlay olasiz.
  6. Iste’molchi insaytlarini jamlab, brend va qadriyat yaratish ko'nikmasiga ega bo'lasiz.
  7. Hamkorlar bilan muzokaralar olib borish, e’tirozli iste’molchilar bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'lasiz.
  8. Moliya va sotuv bo‘limi bilan hamkorlikda yillik marketing budjetini tuza olasiz.
  9. Marketolog uchun muhim bo'lgan soft va hard skill larga ega bo'lasiz.

- Darslar faol jamoaviy mashqlar, interaktiv ma’ruza, savol-javoblar, muhokamalar va real mahsulotlar keyslari tahlili bilan o‘tiladi.

- Har oy yakunida imtixon va taqdimot uchun material topshiriladi.

- Kurs yakunida ma’lum mahsulot yoki xizmat uchun Marketing strategiyasi va yillik budjet taqdimoti tayyorlanadi.

- Muvafaqqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga sertifikatlar topshiriladi.

Kurs quyidagi modullar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:

Marketing va marketolog:

1. Marketingga kirish

2. Marketing tarixi, buguni va kelajagi

3. Marketolog tafakkuri

Marketing jamoasi:

1. Funksiyalar bo‘yicha taqsimot

2. Instrumentlar va Soft skills

Mahsulot va xizmat:

1. Bozorga yangi mahsulot va xizmatni tayyorlash

2. Iste’molchi portreti

3. Iste’molchi xarid yo‘li

4. Unikal Savdo Taklifi

5. Benchmark

6. Narx shakllantirish

Analitika:

1. Tadqiqotlar turlari

2. Samaradorlik o‘lchovlari

3. Baholash va KPI

Strategiya va rivojlanish:

1. Pozitsiyalanish

2. Marketing Mix

3. Moliya, Sotuv va Marketing

4. Marketing Budjeti

Brend:

1. Brending asoslari

2. Brend qadri

Kreativ:

1. Kreativ maqsadlari

2. Kreativ turlari va farqlari

3. Iste’molchi insaytlari

4. Brif tuzish

Reklama:

1. An’anaviy reklama kanallari

2. Digital reklama kanallari

3. SMM va targeting

4. Touch pointlar

5. POSM materiallar

Arxetip va psixologiya

1. Iste’molchi psixologiyasi, e’tirozlar bilan ishlash

2. Hamkorlar bilan muzokaralar olib borish

3. Marketing strategiyasi taqdimoti

Ko'p beriladigan savollar:

1.     Kurs qancha muddat, qaysi kunlari va necha soat bo‘lib o‘tadi?

Kurs 3 oylik bo'lib, shanba va yakshanba kunlari soat 15:00 dan 19:00 ga cha bo'lib o'tadi.

2.    Nima uchun darslar shanba va yakshanba kunlari bo'lib o'tadi?

Chunki, kursda tahsil oluvchilar asosiy ish joyidan uzilmagan holda, o'rgangan bilim va ko'nikmalarni qadamba-qadam qo'llay olish maqsadida shanba yakshanba kuni bo'lib o'tadi.

3.     Kurs tugagandan so‘ng ham maslahat, yordam olish mumkinmi?

Albatta, maxsus yopiq guruh tashkil qilinadi, ish jarayonida yordam ko‘rsatiladi.

Kursning 1-2-guruhlarida President Luxe Watch, Noorgroup, Oscar mobil aksesuarlari, PDP, PCG, avloHub, Zucco, Benefit, AmirGroup, JetsoCapital, Najot ta'lim, Mountain branding agency va boshqa yirik korxonalarning marketing menejerlari, ta'sischilari ta'lim olishgan.

Qo'shimcha savol, takliflarni t.me/+998939939292 ga yuborishingiz mumkin.

Kursga ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi formani to'ldiring:

https://forms.gle/bbUTxoF6sxKwmBVs6