Sizga bir voqeani aytib beraman…..
Storytellingni hayotda, marketingda va reklamadagi o’rni haqida.
Siz do‘stlaringizga, yaqinlaringizga umuman olganda atrofingizdagi insonlarga hikoya, biror bir voqeani so‘zlab berishni yoqtirasizmi?
Bir o‘ylab ko‘ring-a, sizni bu “odat”ingiz hayotda, marketingda va reklamada qanchalik foyda keltirishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Ushbu blogni o‘qib chiqing, o‘ylaymanki siz uchun foydali ma’lumotlarni olasiz.
O‘zi storytelling nima?
Storytelling-bu ingliz tilidan tarjima qilinganda, hikoyalar so‘zlab berish (san’ati)
Miflar, afsonalar, ertaklar, kitoblardagi voqealar, teatrdagi tomoshada, ommaviy nutqlarda umuman olganda barcha joyda storytelling bor. Men storytellingni balki ajoyib marketing va reklama “qurol”i deb aytgan bo‘lar edim.
Tasavvur qiling, siz hamkasblaringizga dam olish kunini qanday o‘tkazganligingiz haqida so‘zlab berayapsiz. Siz oilaviy dam olishga chiqdingiz, ammo poezdga ulgurmay qoldingiz yoki mashinangiz buzilib qoldi. Sizni kayfiyatingiz buzildi, shunda ayolingiz eng so‘ngi kino premeraga, masalan Venom-2 kinosini ko‘rish uchun kinoteatrga borish haqida taklif aytdi va siz oilaviy ushbu kinoni ko‘rishga bordingiz. Kino sizga yoqdi, kinodagi kuchli rejissorlik, aktyorlik mahorati sizda ajoyib emotsiyalarni uyg‘otdi, siz va oilangiz bilan bo‘lib o‘tgan salbiy hodisani unutdingiz va ertasi kuni bo‘lib o‘tgan hodisalar hamda sizga yoqqan syujetlar, kino haqida hamkasblaringizga so‘zlab berasiz.
Bu kimdir uchun shunchaki bo‘lgan voqeani so‘zlab berishdek jo‘n holat bo‘lishi mumkin. Ammo, siz ushbu hikoyani tartibli so‘zlab bersangiz o‘zingiz bilmagan holda siz Venom-2 kinosini reklama qilgan bo‘lasiz. (Venom-2 kinosi janri, umuman olganda kinoni tomoshabinga yoqishi uchun qilingan marketing “hujumlar” alohida mavzu)
Ana shunaqa, agar siz bilan bog‘liq hodisalarni o‘zingiz bilmagan holda storytelling qoidalariga mos holda “tartiblab” so‘zlab bersangiz, hamkasblaringizni ushbu kinoga tushish ishtiyoqini “yoqish”ingiz mumkin va ular kino ko‘rish uchun borishadi. Bu esa Venom-2 kinosini premera qilayotgan kinoteatr egasi cho‘ntagiga daromad degani.
Hozirgi kunda dunyoda storytellingda marketingda unumli foydalanishadi.
Aslini olganda bizning xalqimiz o‘zlari bilmagan holda storytellingdan ko‘p foydalanadi. Ha, nima bir o‘ylab ko‘ring-a do‘stingizni borgan kafesi, unda pishirilgan mazali steyk unga yoqqani va bu haqida sizga aytib bergani, sizni ham o‘sha kafega borish, o‘sha steykni tanavvul qilish ishtiyoqini uyg‘otmaganmi?
Nima uchun menga storytelling kerak?
Storytelling insonlarga o‘z fikrlarini, g‘oyalarini, qilingan ish natijalarini qiziqarli holatda so‘zlab berishi va ularni diqqat markazida ushlab turaolishlari uchun juda muhim. Bundan tashqari siz storytellingni rivojlantirish orqali “soft skill”aringizni ham o‘zingiz bilmagan holda rivojlantirib borasiz.
Storytelling biznesda, marketingda, dizaynda, psixologiyada juda ham muhim. Undan notiqlar, o‘qituvchilar, biznes-trenerlar, marketologlar samarali foydalanishadi. Bir o‘ylab ko‘ring-a, ular storytellingdan to‘g‘ri foydalanish orqali o‘z sohalarida qanchalik muvaffaqqiyatga erishmoqda?
Qanday qilib muvaffaqqiyatli storytelling qilish mumkin?
Umuman olganda aniq formula yo‘q, eng muhimi sizni hikoyangiz haqiqatda qiziq bo‘lishi va unda “qahramon” bo‘lishi lozim. O‘sha “qahramon” tinglovchini “muammosi”ga “da’vo” bo‘lishi kerak.
Marketingda storytelling qanday qo‘llaniladi?
- Marketingda storytelling odatda mijozlarni jalb qilish, qiziqtirish orqali mahsulotni sotishda faol foydalaniladi.
- Storytellingdan faqat sotishda emas boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin, masalan brendga, mahsulotga nisbatan loyalty(sodiqlik, mehr)ni oshirish, obunachilar sonini oshirish uchun va boshqa holatlar uchun foydalanish mumkin.
Sergey Korol marketingda storytellingdan foydalanish uchun quyidagilarni tavsiya qiladi:
Reklamada storytellingdan qanday foydalanish mumkin?
Bu bo‘yicha aniq qoidalar yo‘q.
Taniqli brendlar reklamada storytellingdan ko‘p foydalanishadi. Yaxshisi o‘zingiz taniqli kompaniyalarni storytellingdan qanday foydalanganliklari haqida tomosha qiling. (+18 sahnalar bor🙈)
Axe reklamasida ishlatilgan storytelling-https://bit.ly/3vIiael
S7 Airlanes reklamasida ishlatilgan storytelling-https://bit.ly/3plUpaD
Marketingda storytelling universal qo‘llanma bo‘lishi mumkinmi?
Menimcha: HA va YO‘Q.
Nima uchun HA, chunki marketingda storytellingni foydali tomonlari haqida yuqorida misollar orqali ko‘rsatib o‘tildi.
Nima uchun YO‘Q, chunki hammaga ham hikoyalar ma’qul kelmasligi mumkin, masalan yuristlar, moliyachilar va shunga o‘xshash kasb egalari ya’ni emotsiyasi kamroq iste’molchilarga storytelling foydali bo‘lmaydi yoki kamroq bo‘ladi.
Storytellingdan foydalanishda aniq metod va qoidalar bormi?
Albatta bor.
Bular haqida keyingi postlarimda albata yozaman. Kuzatib boring.
Agar ushbu blog siz uchun foydali bo‘lsa uni boshqalarga tavsiya qiling.
Men ham o‘rganganlarim hamda tajribamdan o‘tganlarni kanalimda joylab boraman. Rahmat.
Uyga vazifa
Javoblaringizni izohlarda qoldiring.
Eng yaxshi javob egasiga marketingga oid kitob sovg‘a qilaman.