4U formulasi bo'yicha sarlavhalar
Sarlavhalar asosiy matnga qaraganda besh marta ko'proq o'qiladi. Agar sarlavha o'ziga jalb qilmasa, siz mijozlarning asosiy ulushini yo'qotasiz.
Agar siz blog uchun maqola, elektron pochtadan xabarlar yozishda yoki tijorat taklifii ishlab chiqishda 4U qoidasidan foydalansangiz tezroq maqsadingizga erishasiz.
4U qoidasi bo'yicha sarlavha to'rtta komponentdan iborat bo'lishi kerak:
U-uniqueness U-usefulness U-ultra-specifiity U-urgency
Quyida 4U qoidasi bilan yozilgan 5 ta sarlavhalardan namuna:
1. 15 kunlik “Internet marketing” kursida o’qib, savdoni 3 baravarga oshiring.
2. Golden House dan 22-dekabrgacha 2-xonali xonadon sotib oling va 22 foiz chegirmaga ega bo’ling.
3. Diskount do’konlari tarmog’idan 15-dekabrgacha mahsulot xarid qiling va qo’shimcha sovg’a-quloqchinga ega bo’ling.
4. Asaxiy do’koni 20 000dan oshiq mahsulotlarga 3 kun mobaynida 20 foizlik chegirma e’lon qiladi.
5. Rieltor xizmatlari: uyingizni 10 kun ichida sotib beramiz yoki xizmat haqqi olmaymiz.