Buxoro NQIZ xodimlari o‘quv seminarda Prezident Murojaatnomasi va soha rivojining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi bazasida “O‘zbekneftgaz” AJ ichki nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti komplayens-inspektori Sherbekov Muzaffar ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasining asosiy qoidalarini tahlil qilishga bag‘ishlandi.
Seminarning asosiy maqsadi Murojaatnomada belgilangan vazifalar va strategik yo‘nalishlarni chuqurroq anglashga ko‘maklashish, shuningdek, ularni neft-gaz sohasi faoliyati doirasida amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qilishdir.
O‘z nutqida Sherbekov Muzaffar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga alohida to‘xtalib o‘tdi, jumladan:
• barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish;
• infratuzilmani rivojlantirish hamda sanoat obyektlarini modernizatsiya qilish;
• suv ta’minoti, ekologiya, ta’lim va raqamlashtirish sohalaridagi islohotlar;
• ishlab chiqarishda shaffoflik va huquqiy madaniyatni ta’minlashning asosi sifatida komplayens tizimlarini mustahkamlash;
•ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishidagi boshqa dolzarb masalalar.
Islohotlar jarayonida korporativ etika va ichki nazoratning o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlari, korrupsiyaga qarshi standartlarning muhimligi hamda shaxsiy mas’uliyat masalalarini muhokama qilishdi.
“Komplayens shunchaki nazorat emas, balki ishonch va barqaror rivojlanish vositasidir. Prezident Murojaatnomasi aniq harakat yo‘nalishini belgilab beradi va bu jarayonda har birimiz muhim rol o‘ynaymiz”, deb ta’kidladi Muzaffar Sherbekov.
“O‘zbekneftgaz” AJ ochiqlik, shaffoflik va strategik fikrlash tamoyillariga asoslangan zamonaviy korporativ madaniyatni shakllantirishga qaratilgan ta’limiy va ma’rifiy tadbirlarni izchil davom ettirmoqda.
Buxoroda o‘tkazilgan mazkur seminar davlatning strategik maqsadlarini kundalik ishlab chiqarish amaliyoti bilan uyg‘unlashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.