“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ – Markaziy Osiyoda yagona ANAB Amerika akkreditatsiyasiga ega AS 9100D xalqaro standarti bo‘yicha “platina” sertifikati sohibi
Buxoro, O‘zbekiston – 2025 yil dekabr
Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (Buxoro NQIZ) aviatsiya, mudofaa va kosmik sohalar uchun mo‘ljallangan AS 9100D xalqaro standarti talablariga muvofiqlik bo‘yicha “platina” sertifikati bilan taqdirlandi.
Ushbu maqom Buxoro NQIZni Markaziy Osiyoda ANAB (AQSH) akkreditatsiyasiga ega AS 9100D standartining “platina” sertifikatiga ega bo‘lgan yagona korxonaga aylantiradi.
Zavodning menedjment tizimi xalqaro sertifikatlashtirish organi DNV (Det Norske Veritas) tomonidan, Management Certification kompaniyasi hamda Hindiston va Ozarbayjondan taklif qilingan mutaxassislar bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Audit jarayonida asosiy e’tibor Jet A-1 markali aviatsiya yonilg‘isi va yarim sintetik Jet yonilg‘isini ishlab chiqarish hamda sotish bilan bog‘liq texnologik jarayonlarga qaratildi. Bu mahsulotlar xalqaro aviatsiya bozorining strategik ahamiyatga ega turlaridan hisoblanadi.
Audit natijalariga ko‘ra, Buxoro NQIZ jarayonlari AS 9100D standarti talablariga to‘liq javob berishini tasdiqlandi va zavodga “platina” sertifikatini taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Auditorlar xodimlarning professional tayyorgarligi, zamonaviy infratuzilma va texnologik jarayonlarni muntazam takomillashtirish ishlarini yuqori baholashdi.
Buxoro NQIZ rahbariyati AS 9100D bo‘yicha qo‘lga kiritilgan “platina” sertifikati zavodga xalqaro professional hamjamiyatning yuqori darajadagi ishonchining belgisi va butun jamoaning muvofiqlashtirilgan ishi natijasi ekanligini ta’kidladi. Management Certification va uning DNVdagi hamkorlariga konstruktiv hamkorlik va har tomonlama ekspert yordami uchun alohida minnatdorlik bildirildi.
Xalqaro hamkorlar uchun AS 9100D bo‘yicha “platina” sertifikati shaffof va tan olingan sifat mezonidir. Bu Buxoro NQIZning:
• xalqaro bozorda umumiy professional tilda gapirishi;
• aviatsiya va boshqa yuqori texnologiyali sanoat tarmoqlari uchun global ta’minot zanjirlarida ishonchli bo‘g‘in hisoblanishini;
• aviatsiya, kosmik va mudofaa sanoati korxonalari uchun talablarga javob berishini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi uchun bu natija milliy sanoat korxonalari eng yuqori xalqaro standartlarga muvofiq faoliyat yurita olishining muhim tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi, mamlakatning biznes obro‘sini va xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlaydi.
_____________________
Ma’lumot:
• 2025-yil sentyabr oyida Buxoro NQIZ Jet A-1 va Jet A-1 SSF aviatsiya yonilg‘isini ishlab chiqarishga qaratilgan AS 9100D standartiga muvofiq sifat menejmenti tizimining qayta sertifikatlash auditini muvaffaqiyatli yakunladi.
• 2023-yil yanvar oyida Buxoro NQIZ Xalqaro aerokosmik sifat guruhi (IAQG) a’zosi bo‘ldi va OASIS global ma’lumotlar bazasida Jet A-1 va Jet A-1 SSF aviatsiya yonilg‘isini yetkazib beruvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
• AS 9100D platina sertifikatini olish Buxoro NQIZning xalqaro aviatsiya bozorida faoliyat yurituvchi yetakchi global kompaniyalar uchun ishonchli hamkor sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.
“Platina” sertifikati korxonada joriy etilgan menedjment tizimlari rivojining yuqori darajasini e’tirof etish maqsadida beriladigan maxsus sertifikatdir.