Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari attestatsiyadan qanday tartibda o'tkaziladi?
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-sonli "Maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlarining attestatsiyadan o'tkazish tartibi bekgilangan.
Nizomga asosan:
Attestatsiyadan belgilangan muddatda malaka oshirish kursini tugatganlik to'g'risidagi sertifikatga ega bo'lgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oliy ma'lumotli pedagog xodimlari o'tkaziladi;
Ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan so'ng, oliy ta'lim muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil to'lgandan so'ng attestatsiyaga jalb etiladi;
Attestatsiyaga jalb etilmagan pedagog kadrlarning mavjud malaka toifalari va lavozimlari taʼlim muassasalarida ishlagan davrida saqlanib qoladi.
Pensiya yoshida bo‘lgan pedagog kadrlar attestatsiyaga o‘z xohishiga ko‘ra jalb etiladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish taʼtilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil to‘lgandan so‘ng attestatsiyaga jalb etiladi;
Attestatsiya har yili mart-iyun oylarida o‘tkaziladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi hamda tizimida taʼlim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda har yili 20-yanvarga qadar attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish jadvalini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Attestatsiyadan o'tuvchi pedagog xodimning yig'ma jildida quyidagi hujjatlar yig'iladi:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom nusxasi;
3. Oldin attestatsiyadan o‘tgan bo‘lsa sertifikat nusxasi;
4. Malaka oshirganligi sertifikat nusxasi (qayta tayyorlov diplom nusxasi);
5. Maʼlumotnoma (obyektivka)
6. Tarjimai hol;
7. So‘nggi bir yil davomida o‘tgan mashg‘ulotlarining tahlillari (boshqa pedagoglar tomonidan uning mashg‘ulotlari tahlil qilingan bo‘lishi kerak);
8. Ochiq mashg‘ulotlar o‘tganligi to‘g‘risida maʼlumotlar;
9. Taʼlim oluvchilar reytingi va erishgan yutuqlari (agar mavjud bo‘lsa).
Maktabgacha taʼlim bo‘limining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling:
Telegram :https://t.me/jondormaktabgachatalim
Facebook :https://fb.me/jondormaktabgachatalim
Sayt : www.jondormtb.ulkansayt.uz
Ishonch telefoni: (65) 58-22-824
Murojaat qoldirish uchun: 1. https://t.me/jondormtbkadr_bot
2. https://forms.gle/XwxFTJWELBK32M7aA