August 18, 2025

𝒜𝓁𝒻ℴ𝓃𝓈 || 4-qism

– 𝑼𝒏𝒅𝒂𝒏 𝒐𝒛𝒐𝒓 𝒕𝒐𝒑𝒊𝒃 𝒅𝒂𝒗𝒐𝒔𝒊𝒏𝒊 𝒉𝒂𝒎 𝒖𝒏𝒅𝒂𝒏 𝒒𝒊𝒅𝒊𝒓𝒊𝒔𝒉𝒅𝒊𝒓 𝒔𝒆𝒗𝒈𝒊...

Tashqarining qorongʻuligini har ikki qadamda unchalik baland boʻlmagan ustunlarga ilingan chiroqlar buzib turadi. Goʻyoki ular butun tunning qoraligiga qarshilik qiloladigandek. Lekin bunday deb oʻylagan odam adashgani aniq. Zaif lampalar tunning kuchli qorongʻuligini yengish haqida hattoki oʻylab koʻrishmaydi. Balki, ular tun bilan bogʻlanib birgalikda yanada chiroyli manzara yaratmoqda. Shunday koʻchalardan oʻrtacha tezlikda ketayotgan mashina tanish muyulishdan oʻngga qayriladi. Uning ichida esa eng yomon kursdoshining toʻyidan asabiylashgancha qaytib kelayotgan qiz va uning gʻazabdan sochilib chiqayotgan soʻzlarini eshitishga majbur boʻlgan yigit.
–Nima ular mening ustimdan kulishyaptimi? Qanday qilib toʻy sovgʻang yoqmadi deb aytish mumkin?

20 daqiqa oldin.

Kelin va kuyov barcha mehmonlar bilan salomlashish davomida Mercyning ham yoniga yetib kelishdi. Oʻzining eng yomon koʻrgan kursdosh qizining toʻyida oʻtirgan Mercy buyerga taklifni rad qilish odobsizlik ekanligi uchungina majburan kelgandi.
–Salom, Mercy, - dedi oppoq koʻylakdagi kelin yuzida tabassum bilan.
–Toʻying bilan tabriklayman, Miso, - Mercy ham shunday javob berish javob berish barobarida sumkasidan kichik qutini chiqarib kelinga tutdi, - bu toʻy sovgʻasi.
Miso uni olarkan yuzidagi soxta ekanligi aniq bilinib turardi. Qutini sekingina ochgan qizning yuzida mazahlash ifodasi tezda yoyildi.

Sovg'a

–Voy, buncha sovuq hadya boʻldi bu, - dedi qiz kulgancha, - oʻzingdek ilon tasviri tushirilganidan sotib olibsan-da, - bu gapdan soʻng yaqin atrofdagi ovozni eshitgan barcha ular tarafga qaradi. Bundan noqulay ahvolga tushib qolgan Mercy unga muloyim gapirishga harakat qildi.
–Kechirasan, - kuldi Mercy, - sen asl molni farqiga bormasliging mumkin. Lekin bu uning bahosini pastlatmaydi. Bilaman bunday narsalar hatto tushingga ham kirmagan, - huddi qizni maqtayotgandek tabassum qildi Mercy.
–Ou, shundaymi? Buni asl mol ekanligiga hattoki ishonmayman. Uning soxta ekani shundoqqina koʻrinib turibdi, - bu gapdan soʻng Mercy chinakamiga kulib yubordi.
–Sen... - kulgiga yengilib gapini davom ettirolmay qolgan Mercy qoʻli bilan shoshmay tur ishorasini qildi. Miso esa unga gʻazablangancha qarab turardi, - sen chindan ham ularni ajratishni bilmaysanmi, - qayta kuldi qiz, - kechirasan boy xonadonga kelin boʻlayotgan boʻlsang ham tagi pastligingcha qolasan. Qaynonangdan sovgʻa haqida soʻrab koʻr, har holda u bunday narsalarni yaxshi tushunadi, -  Mercy gaplarini tugatib ortiga oʻgirildi va tashqariga chiqib ketmoqchi boʻldi. Lekin Miso uni toʻxtatib qoldi.
–Hoy shoshma, - Mercy turgan joyida ortiga oʻgirildi, - bu narsani oʻzing bilan olib ket, - bu gapni eshitgan yigit qizga sekin yaqinlashdi.
–Azizam, unday qilib boʻlmaydi. Berilgan sovgʻani mamnuniyat bilan qabul qilish kerak, - ularga yaqinlashgan Mercy kuyovning gaplarini eshitdi va qizning qoʻlidan qutini olish barobarida bunga izoh bermoqchi boʻldi.
–U bunday narsalarni tushunmaydi. Shu sababli ham tabaqalar oʻrtasidagi muvozanat doimo saqlanishi kerak. Chin muhabbat hammasiga qodir degan gap quruq safsata holos, - Mercy soʻzlarini tugatib eshik tarafga yurib ketdi. Uning hatto poshnasinig ovozi ham aslzodalikdan darak berardi goʻyo. Gʻijingancha boshqa tarafga ketgan Miso ozgina yurganidan soʻng yonida eri yoʻqligini payqadi va ortiga burildi. Koʻrdiki, eri hali ham Mercy ketgan yoʻldan koʻz uzmagan.

Toʻyxonadan tashqariga chiqqan qiz asabiylashgancha sochlarini ortga yigʻishtirdi. Qoʻlidagi qutiga biroz tikilib turib uni yaqin joyda turgan axlat qutisiga uloqtirdi. Qizning ahvolini koʻrib uzoqdan yugurib kelgan Hyunjin bu uchun izoh talab qildi.
–Hoy, ahvoling yaxshimi?
–Yaxshi emas, nima emish, men uni soxtasini sotib olibman emish, - gap nima haqida ketayotganini tushungan Hyunjin qiz hozirgina narsa uloqtirgan tarafga qarafga qaradi.
–Sen... olgan sovgʻangni axlatga uloqtirmading shundaymi, - Mercy oʻzidan boʻyi baland boʻlgan yigitning koʻzlariga tikildi.
–Uloqtirdim. Xoʻsh, shunday boʻlsa nima?
–Sen... 68000 dollar turadigan bilaguzukni shunchaki axlatga irgʻitdingmi?
Hyunjinga shunchaki bir koʻz tashlab qoʻygan Mercy uning yonida oʻtib mashina tomon ketdi.
–Ha, axlatni kim yigʻishtirsa ham u odam endi bu ishni qilmaydi... - oʻziga oʻzi gapirgan Hyunjin ham qizning ortidan ketdi.

Hozirgi kun.

Eshik kelib toʻxtagan mashinadan eshikni ochib berishlarini kutmay tushgan qiz ichkaridan chiqayotgan akasiga duch keldi.
–Qayerdan kelyapsan, shaytoncha, - qizning ancha hashamdor boʻlgan kiyimiga qarab savol berdi Jungkook.
–Asabiy koʻrinasiz, - akasining savolini ortda qoldirib oʻziga qiziq boʻlgan savolni berdi Mercy.
–Ha, ahamiyat berma, doimgi ishlar... - akasining gaplariga tushungan qiz shunchaki bosh silkib qoʻydi.
–Mayli koʻrishguncha, - Jungkook shunday degancha qizning yonidan oʻtib oʻzining mashinasi tomon ketdi, Mercy ham uni toʻxtatmadi.

Ikki kundan soʻng.

Doimgidek atrofni tunning qorongʻuligi egallagan. U huddi qayta quyosh chiqmaydigandek, buyerda abadiy hukmronlik qiladigandek magʻrur kezadi.
Ochiq deraza yonidagi stolga boshini qoʻygancha oʻtirgan qiz sochlarini toʻzgʻitgancha gavdasini koʻtarib atrofga nazar tashladi.
–Nega hech nima hayolimga kelmayapti.

Bir necha daqiqa shunday oʻtirib qogʻozga nimalarnidir yozgan qiz gʻijingancha uning ustidan chizib tashladi.
–Fuck, - Mercy bor ovozi soʻkindi-da, qogʻozga qayta tikildi. Deyarli faqat boʻyalishlardan iborat boʻlgan qogʻozni koʻrgan qiz uni butunlay daftardan chiqarib tashlab axlat chelagiga otdi. Boshini ikkala kafti orasiga olgan qiz akasining gaplarini yana qayta esladi.
Bir yil oldin Mercy familiyasini «Unchalik poetik emas» degan bahona bilan oʻzgartirganida Jungkook unga «Poetik familiyaning hech qanday ahamiyati yoʻq, sen bu jirrakiliging bilan yozuvchi boʻlolmaysan» degandi. Balki uning gaplarida jon bordir deb oʻylab qoldi Mercy. Mana bir yildan beri bitta romanni tugata olmaydi. Daftarni yopgancha oʻrnidan turgan qiz charchoq bilan yotoqqa oʻzini tashladi.

~

Tong.

Kuz tongi. Tunning qoraligi allaqachon ketgan. Ayrofda mayin shabboda esadi. Mercy esa mashinaning ochiq oynasidan kirayotgan shamolga yuzini tutgancha atrofni kuzatib ketyapti. Lekin birdan mashina toʻxtab qizning e'tiborini tortdi. Haydovchisiga qaragan qiz buning uchun izoh takab qildi.
–Nonushta qilmadingku, bu yerda ajoyib quymoqlar tayyorlashadi, men mehmon qilaman, - kavob berdi yigit.
–Qornim och demadim shekilli senga, - mashinadan allaqachon tushib oʻziga ham eshikni ochib bergan yigitga gap qotdi Mercy.
–Etirozlar qabul qilinmaydi, - shunday deb qizni yetaklagancha ichkariga harakatlandi Hyunjin.

Ular stullardan biriga joylashisharkan, qora yubka va oppoq koftali afitsiant qiz ularning yoniga keldi.
–Xush kelibsiz, nima buyurasiz?
–Bizga ikki kishilik quymoq va uchta qahva, - tabassum qilib javob berdi Hyunjin
–Albatta hozir olib kelaman, - qiz buyurtmalarni yozib olib ularni keltirish uchun ketdi.
–Nega uchta qahva, - qiziqib soʻradi Mercy.
–Hozir kelsa bilib olasan, - Hyunjin tirjaygancha javob berdi. Mercy hech nima demadi, shunchaki buyurtmani kutishni boshladi. Lekin Hyunjin uni qayta e'tiborini tortdi.
–Yaxshi uhlamagan koʻrinasan.
–Bir roman yozayotgandim, uni hecha tugata olmayapman, - bu gaodan soʻng Hyunjin hayratini ochiq bildirdi.
–Sen roman ham yozasanmi?
–Ha, nima qilibdi?
–Hech narsa, shunchaki boylarning hayoti ajoyib, - gapini tugatib atrofga nazar tashladi Hyunjin. Bu paytda ularning yetib keldi. Afitsiant qiz buyurtmalarni joylashtirarkan, uchinchi qahvaga kelgamda oʻylanib qoldi.
–Buni qayerga qoʻyay, - Hyunjinga yuzlandi qiz.
–U siz uchun, hoxlasangiz biz bilan oʻtirishingiz yoki chetroqda uni ichib olishingiz mumkin, - bu gaolarni eshitgan Mercy ensa qotirgancha unga qaradi.
–Ou shundaymi, - tabassum qilib javob berdi qiz, - u holda men uni xodimlar uchun xonada ichib olaman, bizga mijozlar bilan oʻtirish mumkin emas, - qiz shunday degancha qahvani olib nari ketdi.
–Bunday suyuq ekanligingni bilganimda seni ishga olmasdim, - koʻzlarini kosasida aylantirgancha gapirdi Mercy.
–Men suyuq emasman, shunchaki rahmdilman, - bu javobdan soʻng Mercyning ensasi qotib ketdi. Lekin unga hech nima demasdan e'tiborini ovqatga qaratdi. Endigina bir boʻlak qiymoqni ogʻziga solmoqchi boʻlgan qiz ulardan nariroqdagi stollardan birida oʻtirgan tanish chehrani koʻrib sanchiqini joyiga tashladi.

–Hozir qaytaman, - shunday degancha oʻrnidan turgan Mercy ular tarafga yaqinlashdi. Hyunjin ham u ketgan tarafga qararkan boshqa stolda oʻtirgan tanish juftlikni koʻrib asabiy nafas chiqardi.
Mercy ularning yaqiniga kelib ikkalasining ham e'tiborini tortarkan, «boʻlajak kelinoyisi»ga gap qotdi.
–Sen Sunasan shundaymi?

*

4-qism tugadi.

Keyingi qismda:

–Jungkookni tinch qoʻyishingiz uchun sizga qancha kerak?


Xato va kamchiliklar uchun uzr.

Author: #Sein.