HOLD ME TIGHT
Kuzning erta kirib kelgan kunlarida daraxt yaproqlari shamolga hamo hang tarzda yengil uchib atrofni sarg'ish tusga kiritish arafasida. Kun quyoshning zarrin nurlari ila yorishishiga qaramay, tanani entiktiruvchi sovuqlik mavjud. Erta tongdan yugurishdan qaytgan yigit biroz bo'lsada charchoqni his qilgan ko'yi uyning katta bo'g'ida butalar orasida berilib ish qilayotgan qizga nazar tashladi. Qiz yigit kelganidan bexabar hali hamon qandaydir ish bilan shug'illanardi.
- Bu yerda nimalar qilyapsan? - yigit qizga hazil qilish maqsadida butazor orasidan yarim tanasini ko'rsatdi.
- Aaaaa - yigitning to'satdan paydo bo'lganini ko'rgan qiz keskin orqaga tisarildi shu on yigit qizni yiqilmasligi uchun belidan ushladi va ikkisi birgalikda butazorga yiqilishdi. Qizning ustidagi yigit uni ezib qo'ymaslik uchun bir qo'li bilan yerga tiralib turgandi. Oradagi vaqtning o'tishi, ular hamon bir biriga tikilib turishardi, nigohlarda qandaydir uyg'unlik aks etgan. Bu to'qnashuvni qizning kichik siljishi buzdi. U yigitga o'tkir nigohlar bilan qarab peshonasi bilan yigitni bosh qismiga zarba berdi.
- Ahhh bu nima qilganing? - peshonasini ushlagan yigit unga jahl bilan tikilib turgan qizga qaradi.
- Ahmoq!!! Qilishga boshqa ishing yo'qmidi? - chinqirgan ko'yi javob berdi - aslida bundan battariga loyiqsan, shilqim.
Qiz unga oxirgi marotaba o'qrayib qarab uy tomon kirib ketdi.
Tongning erta pallasida katta uyda xizmatkorlar shoshib pishib nonushta tayyorlashar, mehmonlardan biri bo'lmish Janob Jeon Janob Parkning uy offisida qandaydir hujjatlar bilan band, ayollar esaΒ uyning naqshinkor qilib bezalgan san'at asalarini kuzatishdan baxramand bo'lishayotgan edi.
- Qiziq, milliy arxitekturaga ega uylarni ko'rish menga zavq beradi, bu qandaydir Koreaning an'analari ufurib turgan kabi juda nafis, bu san'at asarlarini qanday chizdirgansizlar? - katta uyning zalidagi turli tuman devorga chizilgan rasmlarga tikilayotgan ayol savol nazari bilan yonidagi Liza xonimga tikildi.
- Aslini olganda milliy san'at asarlariga turmush o'rtog'im qiziqadilar, bularni ham mahsus musavvirlar tomonidan chizdirganlar - Liza xonim biroz tortinish bilan gapirdi.
- Bu juda ajoyib, Los-Angelesda yashagan paytlarimda bunday arxitektik asarlarni ko'rish men uchun orzu edi, u yerda bu turdagi narsalarni topish juda mushkul bo'lgan - Jeon xonim yuzida ufurib turgan hayratni bu safar biroz tushkunlikda aks ettirdi.
Nonushta vaqti hamma birdek stol atrofida birlashar ekan Jimindan hali hamon darak yo'qligi Janob Parkni jahlini chiqarar edi. Uning bu holatidan hamma sukut saqlab o'tirishdan nariga o'tmas, Bona esa bir bir zina tomonga qarab qo'yardi.
- Keling, nonushtani boshlay qolamiz - o'rtaga cho'kkan sukunatni Janob Parkning yo'g'on ovozi buzdi. Bu sukanatdan oila a'zolari bilan bir qatorda mehmonlar ham noqulay vaziyatga tushib qolgan edi.
- Hammaga hayrli tong, kech qolganim uchun uzr! - Jimin stol atrofida suhbatlashib o'tirgan hammaga birdek tazim qildi.
- Erta tongdan kiyinib olib qayoqqa ketyapsan? - Janob Parkning o'tkir nigohlari bilan aytgan gaplaridan Jimin unga tikilib qoldi.
- O'qishga albatta - yigit bu safar e'tiborsizlik bilan kulib javob berdi.
Uning yuz ifodasidagi tabassumdan Janob Parkning ko'zlarida qizarish paydo bo'ldi. Benihoya Jimin huddi odamni mazax qilgandek jilmayishdan nariga o'tmasdi.
- Nonushta qilmoqchi bo'lmasang ketishing mumkin - Janob Park hozir uni jazolash vaqti emasligini tushinib kulgi aks etgan chehra bilan ruhsat berdi.
- Rahmat, otajon! - Jimin ikki bukulib tazim qildida - barchangizga yoqimli ishtaha - kinoya bilan gapirib uydan chiqib ketti, uning mashinasining shinalari chiqargan ovozi butun boshli katta hovlini egalladi, tabiiyki bundan mehmonlar hayratda qolishdi, Jiminning bu harakatlari o'ta darajadagi tarbiyasizlik ekanini his qilgan Janob Park kechki payt uni qanday jazolash haqida o'yga toldi.
Universitetning eshigi oldiga to'xtagan mashinadan tushgan yigit ko'zoynagini tushirdida unga hayrat bilan qarab turgan qizlarga ko'z qisib qo'ydi. Jungkookning aqldan ozdiruvchi tabassumidan qizlarning hammasi joyida qotib qoldi. O'ynoqlangan ko'zlar va lablarning ohista qisilishi. U lab uchidagi kulgisi bilan Universitet ichiga kirib ketdi.
Karidor bo'ylab ohista qadamlar bilan kutubxonadan biroz avval chiqqan qiz keskinlik bilan qarshidagi yigitga urilib ketdi.
-aiish, ko'zingga qarab yursang bo'lmaydimi? - u yigitning yuziga e'tibor bermagan holda jahl bilan gapirdi.
- menga o'zing urilib kettingku - yigit bu safar yo'g'on ovozda javob qaytardi. Uning ovoz to'nidan tanigan qiz zudlik bilan unga qaradi - bu senmiding?
Yuzida tund qiyofa yasab olgan Jimin yonidagi qizga javob bermay yo'lida davom etdi.
Pov Raya
Unga nima bo'ldi? Kechagina yaxshi munosabatda bo'layotgan odam bir pastda o'zgarib qoldimi? Odam ham shunchali tez qiyofa o'zgartirishi mumkinmi?
Bugun ancha muddatdan so'ng yana o'qishga qaytdim. To'g'risini aytganda o'qishga qiziqishim bo'lmasa ham majburman. Otamni aytganini qilmasdan yana boshimga balo ottirmoqchi emasman. Undan tashqari Jungkook bilan kelishuvmizni amalga oshirish uchun ham yaqin bo'lishim kerak. Universitet men o'ylagandan ko'ra ko'proq o'zgaribdi, ancha avvalgi holatdan asar ham qolmagan hattoki o'quvchilar tarkibi ham o'zgaribdi. Binoning ichki qismiga kirib kelganimda birdan men haqimdagi g'iybatlar boshlandi. Qizlar bir biriga pichirlashib nimalarnidir uqtirish bilan ovora bo'lsa, ko'zlari o'ynagan yigitlar g'alati nigohlar bilan qarashar edi. Auditoriyaga kirganimda meni uncha ham yaqinlikda bo'lmagan dugonalarim kutib olishdi, ulardan faqat Hana men uchun eng qadrlisi sababi u bilan ancha yillik dugonalik rishtamiz bor, shu sababli kelganimdan buyon tinmay javrashdan nariga o'tmayapti.
- Yaa Hana biroz nafas olib gapir - uning tinmay gapirishidan jahlim chiqib jerkib berdim.
- Omoo men hali ko'p gapiraman Bonaginam, seni ko'rmaganimga ham qancha bo'ldi, shunday ekan bugun meni eshitishga mahkumsan - Bonaning gaplarini bee'tibor qoldirgan qiz yana gaprishda davom etdi.
Darslardan so'ng tushlik uchun Hana bilan oshxona tomon bordik.
- Nima bugun tekin ovqat tarqatilyaptimi? - butun boshli oshxonani to'ldirgan odamlarga ishora qildi.
- Yo'q, bugun Universitetga yangi yigit kelibdi, shunga hamma qiz uni yonida parvona!
- Kim ekan u? Shu qadar qizlar qiziqadigan darajada kelishgan bo'lsa?
- Men ham uni ko'rmadim, yur uni oldiga boramiz - qiz shunday deya Bonaning qo'lidan tortqiladi.
- Go'zal qiz qanday turdagi kosmetikadan foydalanasiz? Qo'llaringiz juda ham mayin ekan - Jungkook shunday deya yonidagi qizni qo'lini sekin ushlab oldi.
- Men hech qanday teri parvarishidan foydalanmayman - qiz tortingan ko'yi ko'zlarini yumib javob berdi.
- Aniyaa teringiz ham juda nafis xuddiki husningiz kabi - Jungkookning bu gaplaridan so'ng barcha qizlar chinqirib yuborishdi.
- U bu yerda nima qilyapti? - ularning oldiga yaqinlashgan Bona hayron qoldi.
- Nima uni taniysanmi? - qizning gapidan so'ng Hanna unga savol nazari bilan qaradi.
- Teri parvarishini ko'rsatib qo'yaman unga - Bona shunday deya to'planib olgan qizlarni kesib o'tdi.
- Sevgilim bu yerda nima qilyapsan? - yigit oldiga yaqinlashgan qiz uning qo'lidan ushlab oldi. Bunga nisbatan Jungkook qoshlarini chimirdi.
- Kelishuvmiz yodingdami?? - yigit qulog'i oldida pichirladi.
- xo'sh qanday kelishuvni aytmoqchisan? - xona ichida o'tirgan yigit qizga savol nazari bilan qaradi.
- Biz unashtirilganmiz, bundan habaring bor, lekin ikkimizda birga bo'lish uchun zarracha bo'lsa ham hissiyotlar yo'q. Shunday ekan kichkinagina kelishuvga nima deysan? Seni ham men bilan birga bo'lib, turmush qurishga ko'zing uchib turgan yo'q. Men ham buni xohlamayman.
- Senga kim aytdi sen bilan birga bo'lishni xohlamaydi deb - miyig'ida kulgan yigit birdan qizning gapini bo'ldi.
- Agar men bilan birga bo'lsang kompaniyaning yarmi senga o'tadi shundaymi? Keyin esa Los-Angelesga qaytib ketishing ham mumkin, shunday kelishuv asosida bu yerga kelganmiding? - bu safargi nazorat qizga o'tdi va xuddi yigit kabi tabassum qildi. Bundan Jungkookning yuzi tundlashdi.
- Kel kelishamiz! Ota-onalarimizga xuddiki bir birimizni sevib qolgandek ko'rsatamiz, ular bizni sevishganlar deb o'ylashadi natijada sen o'z maqsadingga yetasan, men esa Koreada qolaman, agar sen bilan yaxshi munosabatda bo'lmasam, dadam meni Tokioga jo'natib yuboradi, men esa buni xohlamayman - bu safargi nigohlar intiqlik bilan o'zi istagan javobni kutayotgandi.
- Yaxshi, bunga rozi bo'ldim ham deylik, evaziga nima berasan?
- Bir marotaba tekinga ish qilolmaysanmi? - qiz norozilik bilan gapirdi.
- Yo'q albatta - yigit qizning gapini inkor etdi.
- Unda sen xohlagan biror qimmat narsa.
- Aniyaa bunga o'zimni ham pulim yetadi, bir shartim bor - yigit qizning gapiga qarama- qarshi fikr bildirdi.
- Vaqti kelganda bilib olasan - yigit shunday deya o'rnidan turdi - men kelishuvga roziman samo parisi -Β u shunday deya qizning burnidan qimtib xonadan chiqib ketdi.