June 15, 2025

HOLD ME TIGHT

" โ€” ๐“œ๐“ฎ๐“ท ๐“ผ๐“ฎ๐“ท๐“ฒ๐“ท๐“ฐ ๐“บ๐“ช๐“ต๐“ซ๐“ฒ๐“ท๐“ฐ๐“ท๐“ฒ ๐“ผ๐“ฎ๐“ฟ๐“ช๐“ถ๐“ช๐“ท, ๐“ซ๐“ฒ๐“ต๐“ฐ๐“ฒ๐“ท๐“ด๐“ฒ ๐“บ๐“ช๐“ต๐“ซ ๐“ฑ๐“ช๐”‚๐“ธ๐“ฝ๐“ญ๐“ช ๐“ฎ๐“ท๐“ฐ ๐“ถ๐“พ๐“ฑ๐“ฒ๐“ถ๐“ฒ๐“ญ๐“ฒ๐“ป..."

Ep.20

Comeback | Pov/Bona

Bu kun aynan shu sana, meni hayotimni tubsiz jarlikka olib keldi. Avtohalokatdan ko'p o'tmay kimsasiz uzun yo'lda odam soni ortdi. Meni kimdir tortib olganini sezardim. Ammo ko'zlarim yumilishni boshlagan edi. Buni eslashga juda kichiklik qilmasdim. Ortimdan ismimni kimdir ko'p takrorladi. Lekin u insonni sezgunimga qadar og'riq kuchlilik qilib xushimni yo'qotdim.

- Shundan so'ng nima bo'lgandi? - yozuvli kamerani to'g'rilagancha savol berdi detektiv.

- Chamasi ikki kundan so'ng uyg'ondim, bir necha og'riqli jarohatlarni hisobga olmasa yaxshi his qila boshlagandim o'zimni - qiz og'ir o'tmishni eslagancha chuqur xo'rsindi - ammo oyim haqida so'raganimda - tomog'iga bir narsa tiqilib qolgandek to'xtab qoldi - vafot etkanliklari haqida bildim, - so'nggi jumla.

- Tushunarli, keling buni keyinroq davom ettiramiz - detektiv qizni ortiq qiynashni istamay shu onni o'zidayoq to'xtatishga qaror qildi.

***

*Barchasini kelishib olganimizdan so'ng uyga qaytishga qaror qilib yo'lga chiqdim. Fobiyam qaytalangandan keyin mashina haydashni taqiqlashdi. Oddiygina taksida yo'l oldim. Ammo hozir uyga borgim yo'q. Negadir uyga kirishim bilan meni be'mani hislar bosib oladigandek. Butun boshli qo'rg'on bosib qoladigandek tuyuladi doim. Shuning uchun bir joyga borishga qaror qildim. Mening qalbim taskin topa oladigan joyga.

***

- Bu nima deganing? - to'satdan erkakning ovoz to'ni balandlashdi. U qizga shu qadar yaqin turib baqirganidan ko'zlarini berkitib oldi qiz. Biroq pinagini ham buzmagandek jim turaverdi, - sen bu topshiriqqa jiddiy qaramaganga o'xshaysan, tezda ortingga qaytginda hammasini o'z holatiga qaytar!!! - erkak ko'rsatgich barmog'ini eshik tarafga yo'naltirib chiqishga ishora qildi.

- Hazillashyapsizmi? Aytdimku Jimin allaqachon rejamiz haqida biladi. Men har qanday usul bilan uni olib qolishga harakat qildim - Raya oxirgi soniyalarda ham o'zini tutib qarshisidagi erkakga tushuntirishga harakat qildi.

-ย  Seni nima qilganing bilan ishim yo'q, hoziroq ortingga qayt dedim - palkovnik ortiq qizni eshitishni xohlamay, buyruq berdi.

- Istamayman! - u qat'iy turib rad etdi.

- Nima?! - palkovnik ortiga o'g'irilib qizga qahrli nigohlar bilan qaradi, - istamaysanmi? - keyingi savolni berish barobarida qizning yuzida o'z kaft izlarini qoldirdi.
Qattiq tarsaki ovozi bo'sh xonada yangradi. Yuzi bir tarafga burilgan qiz to'sib qolingan sochlarini ko'zlari oldidan olib quloqlari orqasiga o'tkazdi.

- Sendan javob kutyapman!!! - erkak hamon baland to'nda gapirishda davom etmoqda.

- Bas qiling dada!!! - navbatdagi so'zlar erkakning ovozidan ham yuqoriroq chiqdi. U turgan joyida qotib qoldi, - yetar endi, bosim o'tkazishni to'xtating. Istamayman! Kasbingizni yukini menga ortishni bas qiling. Ortiq orzularingizni qurboni bo'lishni xohlamayman. Qizingizmanku - qiz yig'lab yuboray deb baqirdi, - robot emasman axir insonman men ham, hayotimning so'nggiga qadar siz aytgan ishni qilib yuravermayman. Menda ham o'ziga yarasha xohish-istaklar, charchoq, hissiyotlar bor. Nahotki o'z qizingizga rahmingiz kelmasa. Maxfiy ishingizni deb 17 yillik umrim qurbon bo'ldi. Shuni deb hattoki oyim ham bizni tashlab ketgan. Mendan yoshlik haqida so'rashsa buni nima ekanini ham bilmayman. Negaki buni allaqachon mendan tortib olishgan. Oxirgi marotaba qachon meni qizim deya atadingiz, eslolmaysiz. Chunki hech qachon bunday demagansiz! Hattoki meni voyaga yetkazgan o'sha soxta ota-onamni ham so'nggi manzilga jo'nata olmadim, ularning o'limida ham siz sababchi edingiz. Shu kunga qadar maxfiy topshiriqlar sababli nechta erkak bilan uchrashib yurganimni bilasizmi? Buni sanab ham sanog'iga yetolmaysiz. Har safar topshiriq tugagandan so'ng o'zimni yerga urilgandek his qilaman. O'sha jirkanch odamlarga ketgan vaqtimga achinaman. Va bu safar undan ham og'riqliroq bo'ldi, Jimin so'nggi uchrashuvmizda shunchaki g'ururim yerga toptadi. O'sha onda o'z g'ururimni deb yig'lagim keldi, - Rayaning uzluksiz gaplaridan janob Kim ko'zlarini kattalashtirgan holda tikdi, - lekin men his qilgan eng yaxshi narsa nima bilasizmi?

Shu vaqt oralig'ida u menga g'amxo'rlik qildi, mendan har daqiqa havotir oldi. Muhimi meni seva oldi. Men bo'lsa har safar undan foydalanaverdim.

- Tushunarli - erkak qizning gaplarini bo'ldi, - demak sevib qolgansan! Shuning uchun topshiriqdan voz kechibsan.

- Dada!!! - endi Raya bu ishni takrorladi, - men shuncha gap aytdim, sizning xulosangiz shumi?
- Gapirishimni o'zi xato edi, sizda hech qachon tushunish hissi bo'lmagan.

- Hissiyotlarga berilib ketibsan, shuning uchun tinmay aljirading - palkovnik beparvolarcha qizdan uzoqlashib, o'rindiqdan joy egalladi.

- Meni pasportimni qaytarib bering - qiz mavzuni o'zgartirib, talab qildi.

- Nima qilmoqchisan? - bir qoshini ko'targan holda savol berdi u.

- Ishdan bo'shayman! Bu yerdan ketmoqchiman - qarorini bayon qildi.

- Osonlikchami? - javob bermay, savolga tutdi.

- Menga farqi yo'q dada. Ertaga tungi reys bilan bu yerdan uchib ketaman, shunday ekan pasport va hujjatlarimni tayyorlab qo'ying - qiz dadasiga buyruq berdi.

- Tahdid qilyapsanmi? - erkak joyidan jilmaydi.

- Ogohlantirib qo'ydim. Aytganimni qilmasangiz offisingizni ostin-ustin qilib bo'lsa ham narsalarimni olib ketaman. Meni bilasiz dada, bunday ishlarda siz kabi bo'laman, usullaringizni o'zingizga qo'llashimga meni majbur qilmang! - so'nggida qiz so'zlarini dona dona qilib aytdida sumkasini olib xonadan chiqishga shoshildi.

- Demak ulg'ayib qolibsanda! - Kim eshikni zarba bilan yopgan qizining ortidan tikilgancha o'ziga eshitilarli darajda so'zladi.

~

Pov/Raya

Ha. Bu inson chindan meni otam. O'z otam qo'lida maxfiy topshiriqlar bajaraman. U oyim bizni tashlab ketganidan so'ng farzandsiz ikki insonga topshirib ketgan. Ko'p o'tmay ular ham vafot etdi. Keyin otam meni o'zi katta qildi. Lekin bu juda og'riqli edi. Ular kichik paytimda og'ir mashqlar qildirardi. O'shanda men tayyorlanardim lekin hayotim zo'r bo'ldi deyolmayman. Oyimsiz o'tkan kunlarim, tunlari ko'z yosh to'kib chiqardim. Ammo dadamga baribir edi. U juda qattiqqo'l va shavfqatsiz bo'lgan. Har safar ota deyishga uringan chog'imda bu qarordan qaytardim chunki dadam unga rasmiy murojaat qilishimni istardi. Men dadamdan o'rgangan yagona yaxshi narsa hayotga jiddiy qarashni o'rganganman va bu uchun unga rahmat aytaman.

Qiz shahdam qadamlar bilan binoni tark etdi.

***

Qo'rg'onga yetib kelgan qiz charchoqni his qilgancha zina bo'ylab xonasi tomon ko'tarila boshladi. Lekin uning e'tiborini qarshi xonadan bir necha yuklar bilan chiqayotgan yigit tortdi.

- Hiro - Bona yigitga qaradi.

- Ha, tez qaytibsanmi? - yigit qo'lidagi yukni qo'yib qizga yuzlandi.

- Qayerga yo'l olding? - u savol berdi yerdagi jamadonni ko'rib.

- Menimcha qaytish vaqti bo'ldi, shusiz ham juda ko'p qolib ketdim.

- Sen ham meni tashlab ketyapsanmi? - yuzida homush ifodani aks ettirdi.

- Nega seni tashlab ketarkanman, jinnivoy! - Hiroshi qizning sochlarini to'zg'itib erkalagan bo'ldi, - menimcha ortiq bu yerda meni ushlab turuvchi narsa qolmadi.

- Oyim senga nimadir dedimi?

- Yo'q, shunchaki o'zim ketishni istayapman. Uyni sog'indim, oyimni ham.

- Tushunarli. Demak ketishga qaror qilgan ekansan, birga espresso ichishga nima deysan - jilmaygancha taklif qildi u.

- Yo'q demayman! - ikkisi pastga tushishga oshiqdi.

~

Shoxona stollarda o'tirgancha qiz tayyorlagan qahvasini qo'liga olib unga tikildi.

- Har doimgidek mazali - bir simirib qo'ygancha maqtadi u.

- Men qilgan qahva qachon yoqimsiz bo'lgan?! - kulgancha o'zidan g'ururlandi qiz.

- Hech qachon, albatta. Bu ta'm doim yodimda qolsa kerak! - ikkisi chashkalarni bir biriga urib ovoz chiqargancha ichishdi.

- Bona! - hotirjam qiyofada o'tirgan qizni chaqirdi, - ketish oldi sen bilan muhim narsa yuzasidan gaplashmoqchi edim.

- Albatta, shunchalik jiddiy bo'lsa qulog'im senda.

- Korega kelishimizning boshqa bir sababi bor edi. Boshidan buyon buvimda o'ziga yarasha rejalari bo'lgan. Har doim buvim sizlarni baxtli ko'rishni takrorlardilar. Xursandchilikdan albatta. Lekin senga bir haqiqatni aytshim kerak. Bundan so'ng bizga nisbatan munosabating qanday bo'ladi bilmayman, lekin ketishdan oldin bularni aytmasam bo'lmaydi. Bu yerga kelishimizdan avval bir haqiqatni bilgandim, xullas o'sha kungi avtohalokatda buvim ham bo'lgan ekan ya'ni 8 yil avval bo'lgan voqeda. Bu haqida ko'p o'yladim, ilk bor Jimindan so'raganimda, bularning barchasidan xabardor ekanligini aytdi. O'shanda senga aytishimni istamadi. Menimcha sen bilan o'tmishda sodir bo'lganlari shunchaki baxtsiz hodisa emas, uyushtirilgan ashaddiy qotillik ham bo'lishi mumkin. Shunday ekan ehtiyot bo'l, hammaga ham ishonib qolma.

- Bu bilan o'sha avtohalokatda buvim sababchi demoqchimisan? - *oshkora sirlarni eshitganimdan so'ng qotib qoldim, hozirgi holatda miyam bu kabi narsalarni qabul qilolmayapti*.

- Ehtimol, lekin bu shunchaki taxmin, - hali ishonchi hosil bo'lmagan yigit barchasini oydinlashtirdi, - mana buni ol - u yon cho'tagidan kichik qog'oz qatlamini chiqarib qizga uzatdi, - buni buvimning xonasidan topib oldim, hali o'qib ko'rganimcha yo'q. Ustki qismida sening isming yozilgan ekan.

- Bu nima bo'ldi yana? - *qo'limdagi qog'ozga tikilib qoldim*.

- Menimcha buni avval o'qib ko'rishing kerak. Bona nima bo'lgan taqdirda ham eng so'nggida sen eng baxtli yakunga loyiqsan. Ishonamanki, quvonchli kunlar hali oldinda. Ishtiyoqingni tushurma, - yigit oxirgi so'zlarni shu qadar jilmayib aytdiki - mayli endi men keta qolay, bo'lmasa kech qolaman, - u endi o'rnidan turdi.

- Ha, albatta - qiz ham hayollarini yeg'ib oldi.

- Jimin bilan yaxshi hayrlasha olamadim, mayli keyingi gal buni amalga oshiramiz - yigit biroz achinish hissini ko'rsatdi, - xo'sh ko'rishguncha Park Bona. Yana qayta ko'rishamiz degan umiddaman. Bo'sh vaqtingizda Jimin bilan biz taraflarga tashrif buyurishni unutmang, - Hiro so'zlarni ulagancha qizni quchdi.

- Mendan tez qutulmoqchimisan?! Biz qiladigan ishlar hali ko'p - Bona ham yuziga chiroyli jilmayish hosil qilgancha javoban yigitni quchdi.

- Istasang, seni aeroportgacha kuzatib qo'yaman - ketishga shoshilayotgan yigitni ortidan ergashgancha taklif qildi.

- Kerak emas, charchaganga o'xshaysan. Hozircha dam ol. Ko'rishguncha - qayta qizni quchib hayrlashgancha qo'rg'onni butunlay tark etdi. Kiraverishdan taksiga joylashgan yigitga qo'l siltadi qiz.

Anchagacha tikilib qolgan qiz keyingi qarorga kelib qo'rg'on oldidagi mashinaga joylashdida haydovchiga manzilni aytgancha yo'l oldi.

~

*Sokin maskan. Negadir bu yerga har vaqt kelganimda yuragimda o'zgacha his paydo bo'ladi. Qabrlar oralab borarkan ekanman, yuragimga yaqin bo'lgan ikki inson bilan yuzlashaman. Shu on men ham bir kun shular orasidan joy olishim haqida o'ylayman. Marhumlar joyi umuman boshqacha, inson bu yerga muammolari ko' payt kelsa, marhumlarni ko'rganidan so'ng hammasi kichik zarradek tuyiladi. Va men ham yana qaytib keldim, xuddi oldingidek.

- Salom buvijon! - qabr to'rida turgancha uning oldiga joylashdi, -ย  Men asl haqiqatni sizdan bilishni istayman, iltimos buni menga o'zingiz ayting.

Flashback | avtohalokat kuni.

- Men sendan ko'p narsa so'ramayman Mira - xonada turgancha ayolga qarata o'shqirdi.

- Siz mendan o'z erimni kasotga uchratishmni so'rayapsiz, sizningcha bu oz narsami? - yana bir bor rad etdi ayol, - iltimos meni yomon ishlaringizga aralashtirmang. Men bunday pastkashlik qila olmayman.

- Seni nima uchun voyaga yetkazdim unda - Inori xonim barchasini talab qilgandek bo'ldi.

- Menga o'z onamdek mehr berganingizni hech qachon unutmayman, lekin bu siz aytgan barcha ishni qilishimni anglatmaydi.

- Aslida seni qaramog'imga olish to'g'ri qaror bo'lmagan. Xizmatkorni qizi bo'lib bir umr ochlikda yashanganing ma'qul edi, - endi ayol qarshisidagi qiziga past nazar va achinish bilan tikildi.

- Biroq allaqachon o'sha notog'ri qarorni qabul qilib bo'lgansiz - bu kabi so'zlarni avval eshitmagan bo'lishiga qaramay o'zini tutib turishga harakat qildi, - iltimos meni ortiq bezovta qilmang - Mira xonim so'nggi so'zlarni aytdida xonadan chiqib ketdi.

Bir necha daqiqalardan so'ng ayol ortidan ergashgancha qo'rg'ondan chiqqan Inor xonim bog'da qizi bilan turgan ayolga ko'zi tushdi.

Mira unga e'tibor bermay uzoqlashidida mashinaga joylashib ketib qoldi.

- Ketdik, uning ortidan hayda! - biroz tikilgancha qizining ortidan ergashdi.

~

Oradagi uzoq masofa. Havoning avzoyi buzuqligi tufayli yo'lda harakatlanish biroz qiyin. Lekin ortga chekinish uchun sabab yo'q. Ortiq kuzatishni istamagancha haydovchiga mashinani quvib o'tishni buyurdi ayol. Tepkiga bor kuchini bosib, rulni qattiq siqqan erkak old mashinani quvib o'tdi. Aynan hozirgi qaror mashina yo'lini to'sishgina xolos edi. Yurish uchun iloj topolmagan ayol to'silgan yo'lida tormoz berib qattiq ovoz chiqardi. Ammo yon ko'cha tarafdan boshqa biri kelib unga urildi. Barchasi juda tushunarsiz va chalkash holda yuz berdi. Ikki avtomobil to'qnashuvini ko'rgan Inor xonim hozirgina ko'z oldida bo'lgan voqeani ko'rib o'tirgan holda qotib qoldi...

Writer: Park Bona

@CYNEFIN_FANFICS