ππππ ππππππππ
Shaharning markaziy aeroporti doimgidek gavjum. Kimdir qayergadir shoshiladi. Bu maskan kimlarnidir ko'zlagan manziliga, yana kimlarnidir o'zi yurtiga qaytishi uchun yo'l ochib beradi.
Allaqachon belgilangan uchrashuvga kech qolayotgan qiz ahyon ahyonda qo'l soatiga qaragancha xo'rsinib qo'ymoqda.
- Chindan ham ishongim kelmaydi. Naq yarim soatdan buyon kutyapmiz. Samolyot qo'nish vaqtidan o'tib ketdi, axir, - zerikishdan nima qilishni bilmagancha g'inshidi qiz.
- Noliyverma, hozir kelib qoladi, - Bonaning besabrligidan kulgancha yupatdi yigit.
- Bularning nima keragi bor? - qo'lidagi sovg'alarga ishora qildi - biroz yoshingga mos harakat qilsang bo'lardi ,Yeonhu. Seni kim detektiv deydi, - yigitning jilmaygan yuziga va havoda muallaq qolgancha tebranayotgan sharlarga tikildi.
- Aera 8 yil deganda endi Seulga qaytayapti, u xursand bo'lsin deb shunday qilyapman, - Yeonhu qizning norozilik ufurib turgan yuziga qarab qo'ydi - Ana kelyapti, - dedi tantanavor ohangda u. Bona qarshisidagi opasi hamda uni qo'llaridan yigitni ko'rdi.
Aera oqsoqlana uni kutib turgan singlisi va qadrdoni Yeonhuga yaqinlashgancha ohista jilmaydi.
- Opajon, - qiz sovg'alarni Yeonhuga tutqazgancha Aera tomon yugurdi.
- Bonjourr, - Aera quchgan singlisiga javob qaytarish barobarida fransuzcha usulda salomlashdi - qalaysan kichkina?! - dedi singlisiga hazilomus tarzda.
- Shunday be'mani laqab qo'yishlar sizga yod bo'lib qolgan.
- Qo'ysangchi, - kuldi u - salom Yeonhu, - u chetda ularni qo'lida bir uyum sovg'alar bilan kuzatib turgan yigitni payqadi.
- Xush kelibsiz, Aera, - dedi hurmat yuzasidan - parvoz yaxshi o'tdimi?
- Ha albatta, - javoban. Endi qiz boyadan beri ularni kuzatib turgan yigitga qaradi. Taehyungda hayron ifodasi yo'q. U qizni tutib turgan qo'llaridan allaqachon qo'yib yuborgan, ammo hamon kuzatishdan to'xtaganicha yo'q.
- Men ketdim. Ko'rishguncha malika, - yigitning sabri kosasi to'lgandek qizga havodan o'pich yuborgancha xayrlashdi.
Taehyung qizga orqa qilib ketar ekan, Aera unga yuzini burishtirgancha gapirdi.
- Betamiz, - shivirladi, o'ziga eshitilar darajada.
- Aera oyog'ingizga nima qildi? - qiz o'shqirdi hayron qolgancha.
- Baxtsiz hodisa tufayli, e'tibor berma.
- Bular sizga, - Yeonhu vaziyatni sezgandek qo'lidagi sharlarni qizga tutqazdi.
- Ajoyib, rahmat, - qiz yuzidan kulgini ketkazmay gapirdi - ketdik...
Mashina ichi kulgi va xursandchilikka to'lgan. Naq 8 yil deganda qaytaganingdan so'ng yaqinlaring seni o'zgacha tarzda kutib olishlari bu chindan ham insonni baxtni to'liq holda tuyishi uchun yetarli. Ayniqsa, o'zgarib ketibsan, kichik Aeradan asar ham qolmagan kabi jumlalar bu har bir oilada sodir bo'ladigan holat bo'lsa kerak.
*Qo'rg'onga yaqinlashar ekanmiz, ichimdagi o'zgacha hislar meni hech tark etmasdi. Oradan shuncha vaqt o'tdi. Barcha narsa o'zgargan, uy jihozlaridan tortib xizmatchilargacha, ammo hamon qo'rg'on shunday haybatli. Insonni o'ziga torta oladigan darajada maftunkor. 12 yoshimda kelganimdagidek salobatliΒ ko'rinishda. Balki unda saqlanib qolgan yagona narsa shudir. Ichkariga kirganimizdan so'ng Madam Kang hamon kompaniyadan qaytmaganidan xabar topgancha xonamga yo'l oldim. Xonam avval ham uncha yorug' bo'lmagan, menga ortiqcha bezaklarga ega bo'lmagan xona yoqadi, yorug'lik bilan uncha kelisha olmayman. Shu sababli qo'rg'onning eng chekka hamda tinch qismidan o'zimga xona tanlaganman. Quyosh nuri ham tushmaydi. Xonam avvalgidek sokin, xuddi dilimga huzur bag'ishlaydigan darajada sokin. Parijda yashagan vaqtimdan aynan xona masalasi men uchun asosiy muammoga aylangan. Shovqinli hotellarni xushlamaganim sababli eng qimmat va odam soni kam bo'lgan mehmonxonaga joylashganman.
Aera xona bo'ylab yurgancha avvalgi hayotini elas-elas eslagan bo'ldi. Xona keng, markazda o'rtacha kattalikdagi yotoq, qarshi devorda kichik eshik, u orqali qizning butun boshli kiyimlar kolleksiyasi bilan yuzlashish mumkin. Qiz model bo'lganligi tufayli unda yangi modadagi kiyimlar ko'p. Ba'zan ularni tartiblash o'ta qiyin bo'lib ketadi.
Kichik eshik bo'ylab ko'z yuritgancha uzun javonga yetdi, javonda kitoblar va bir qancha yoshlik rasmlari bor.
*Katta oila surati. Bu so'nggi marta Parijgacha ketish vaqtidagi rasmimiz edi. Eng burchakda Madam Kangning to'ng'ich o'g'li, u o'ta jiddiy odam. Kompaniya ulushining deyarli yarmi menga tegishli bo'lganligi uchun meni yoqtirmaydi. Uning yon qismida ayoli, u o'ta tannoz ayol, har holda yulduzi yulduziga to'g'ri kelib qolganligi sabab turmush qurishgan. Uning yonida bo'lsa Yeonhu. Madam Kangning yagona nabirasi. Markazda Madam Kang - mening hayotimdagi eng muhim inson. Uning oldida esa jilmayib turgan men. Bularning hech biriga tegishli bo'lmagan, hattoki qarindoshlik aloqasi ham yo'q bir oddiy qiz....
Odatda yoshlik hotirali juda qadrli bo'ladi. Anmo Aera unday emas. Xona sarguzashtidan so'ng pastga tushgan qiz. Kang xonim uyning katta zal qismida o'tirgancha qahvadan huzurlanmoqda. Qiz ayolni ko'rgancha u tomonga oshiqdi.
- Madam Kang, - yon tarafdan qizning jarangdor ovozi yangradi.
- Aera, - ayol hayron qolmagancha finjonni stol ustida qoldirib o'rnidan turdi. Qiz bo'lsa odob yuzasidan bosh egdi - xush kelibsan, qizim, - dedi u qizni quchgancha.
- Oyog'ing qanday?! - oqsoqlangan qizning jussasini ko'rib xavotirdan ko'zlari qisildi.
- Yaxshiman, - tasdiqladi, holatini ko'rsatib - faqatgina sizni sog'indim.
- Ohh qizalog'im. Men ham seni juda sog'indim. Oyog'ing tuzalganidan so'ng kelganing sharafiga bazim uyushtiramiz.
- Mening go'zal qizim shuncha vaqtda Seul qaytsa buni nishonlash kerak, - qarorida qat'iy turdi. Biladi, Aera uning gapini ikki qila olmasligini yaxshi anglaydi - sen biroz dam ol. Oyoqda ko'p turma, - ayol qizni xonasiga borishi uchun ishora qildi.
Hashamatli restorant, salkam 1 soatdan buyon qizni kutib nonushtani o'tkazib yuborgan yigitning yuzida asabiy ifoda o'ynay boshladi.
- Kelaman degan. Lekin nega yo'q...
Gapi tugamay eshikdan kirib kelgan qizga tikilgancha mayin jilmaydi.
*Kelishingni bilardim mallasoch*
- Naq bir soatga kech qolding, - Jungkook soatiga qaragancha qizning aybini yuziga soldi - shu sababdan endi men aytmaguncha bu yerni tark etmaysan, - tahdidli ohangga o'tdi.
- Seni deb ertalabdan rejalarimni o'zgartirishga majbur bo'ldim. Menda ham shaxsiy hayot bor, buni unutmasang yaxshi bo'lardi.
Qanday gaping bor edi?!
- Tshsh, - barmog'ini labiga yo'naltirib - hozir emas. Men nonushta qilmadim. Shu sabab biroz tanavvul qilamiz, - u qo'li orqali ofitsantga ancha avval buyurtma berilgan taomlarni olib kelish uchun ishora bildirdi.
Soniyaga qolmay stol usti qimmat narxdagi taomlar hamda ichimliklarga to'lib ketdi.
- Nonushta uchun bular ko'plik qilmaydimi?
- Men ikkimiz uchun buyurtma berdim, - jilmaydi u. Qo'liga tayoqchalarni olgancha - nega tikilib qolding, yemaysanmi?
- Istamasang majburlamayman, - Jungkook ovqatdan boshqa ko'tarmay yeyishda davom etdi.
- 22 daqiqadan buyon nimadir yeyish bilan bandsan, - bir joyda o'tiraverib axiyri zerikkanidan limonand bilan o'zini chalg'itgan qiz Jungkookning hamon yeyishidan nolidi - balki maqsadga o'tarmiz.
- Ha albatta, - qo'lidagi likopchani qo'ydi - avval so'rab olishim kerak tovon pulini to'laysanmi yoki shartimga rozi bo'lasanmi?
- Bu qanday shartligiga bog'liq.
- Yo'q menga aniq javob kerak.
Jungkook yengil bosh silkidi.
- Negadir, men seni shartingni bilmay turib rozilik bildirishim uchun tovon pulini ro'kach qilayotganday tuyilyapsan, - Bona o'ychan ohangda gapirdi.
- Juda aqllisan, xuddi shunday, - tasdiqladi.
- Senda boshqa iloj bor deb o'ylaysanmi? Tovon pulini to'lashing uchun 3 oy yeb-ichmay pul yeg'ishingga to'g'ri keladi, - Jungkook qiz haqida bilganlarini ma'lum qildi - sen ishlayotgan atelyedan ham ko'p maosh olmaysan axir.
Shartim shunday, meni kompaniyamda ishlashingni istayman. Bilishimcha, anchagina tajribali dizaynersan. Bizning kompaniya yangi turdagi mototsikllarni modellashtirish bo'yicha ishlaydi.
- Meni temir-tersaklar bilan ishim yo'q, - qiz yuzini burib rad etdi.
- Oddiygina shartnoma tuzamiz, - xujjatlarni qiz oldiga yo'naltirdi - mendan qarz bo'lib qolmasliging uchun senga ko'proq maosh to'layman. Istasang o'ylab ko'rishing uchun vaqt ham bor.
- Mayli o'ylab ko'raman, - qiz Jungkook yuqori maosh haqidagi gaplaridan so'ng yashirincha rozi bo'lgandek bo'ldi.
Jungkook qizning bo'ysunuvchan gaplari sabab jilmaydi.
Kechki soniyalar o'tmoqda. Shahar gavjum. Kun bo'yi uyda o'tirib zerikkan qiz. Siqilishni his qilgancha ko'ngil xushlik uchun klubga yo'l oldi.
Shovqin avj olgan klub. Rangli chiroqlar jilosi har yoqqa taralib ishtiyoqni yanada oshirishga yordam beradi. Mastlikdan o'zini har yonga tashlagancha be'mani harakatlar yaratib raqsga tushayotgan yoshlar sahna markazini to'ldirgan. Ulardan chetroqdagi barmen oldida allaqachon ikki qadahni tugallagan qiz. Aera haydovchini eshik oldida qoldirgancha o'zi klub ichiga kirdi. Oyoqdagi gips tasmasini o'zi yengillashtirib, yupqalashtirib yurish uchun qulaylashtirdi. Hozir bu kabi holatga e'tibor bermaydi. Allaqachon o'chib qolgan u. Biroz vaqt barmen ustiga bosh qo'yib uxlash uchun shaylandi. Ammo shovqin va qichqiriqlar bunga halal berdi. Ichki haqoratli so'zlarni ulab chiqish tomon oshiqdi. Aeraning fransuz aralash koreyscha so'zlarini tushunish biroz qiyin. Qiz oyoqda zo'rg'a turgancha klubning orqa eshigidan chiqdi. Katta ko'cha. Odatda tunda Seul juda shovqinli bo'ladi. Bu Parijdan ancha farq qiladi. Avvalari qiz do'stlari bilan vaqt o'tkazgan bo'lsa hozir uning bir o'zi. Na yo'ldosh bor, na bir do'st.
- Qizaloq, yolg'iz ko'rinasan. Sherik kerakmi?
Aeraning qarshisida begona yigit paydo bo'ldi. U qizdan ancha yuqorida turgancha gapirdi.
- Yo'qol, - endi qiz butunlay xushini yo'qotib fransuz tilida so'zlay boshladi.
- Ohoo, koreys emasmisan?
- Nima dedi?! - yigitning yonidagi do'sti gapga qo'shildi.
- Mastlikdan fransuzchada aljirayapti, - jirkanch ohangda kuldi.
- Tumoring juda chiroyli jilovlanar ekan, - u Aeraning bo'yniga qo'l tekkizdi, endi yigitning maqsadi ma'lum bo'ldi. Qizning tumori juda qimmatbaxo va jilokor ekani bejizga emasdi.
- Tegma menga, - qiz yigitni yo'g'on qo'llarini bo'ynidan itargancha yuziga tarsaki tushurdi.
- Yaramas, oyimcha!!! - u tarkasi tekkan yuzini ushlagancha qizga tashlandi. Ikki qo'lidan tutib devorga tiradi. Yigitning harakatlari o'ta yoqimsiz, Aera qarshilik qilishga uringan onda uning lablariga yopishdi.
- Undan qo'lingni tort.
Bo'yin qismida sovuq qurolni his qildi. Taehyung tahdidli ohangda so'zladi. Yigit go'yo xushi uchib ketganday qizdan qo'lini tortib oldi. Taehyung Aerani bag'riga tortdi.
- Endi ko'zimdan yo'qol, - qo'rqqanidan qo'llarini yuqoriga ko'tarib turgan yigit xatardan qutulib qolganini his qilgancha yugurib ketdi.
Qorong'u ko'cha. Shunga monan zulmatga cho'mgan katta yo'l. Chiroqlar deyarli yo'q. Xuddi butun mavze aynan yigit fe'l-atvoriga moslashtirilgandek. Hammasi o'ta sokin biroq yurakni vahimaga soluvchi nimadir bor.
Ko'cha yaqinidagi hashamatli uy oldiga Ferrari rusumdagi avtomobil to'xtadi. Shinalar ovozi o'ta darajada shovqinli.
Taehyung mashidan tushdida aylanib o'tgancha yon o'rindiqdagi qizni ko'tardi.
Uyga yaqinlashib, eshik oldida to'xtadi. Kerakli raqamlar ketma-ketligi terishga kirishganda qiz g'inshidi.
- Qayerdaman?! - ko'zini biroz ochdi.
- Bo'lishing kerak bo'lgan joyda, - eshikni ochib ichkariga kirdi.
- Yana senmi, - mastlikda gapirdi.
- Avval umuman sezmaganding, - zinadan yuqoriga ko'tarildi - ichkilikka ancha chidamli bo'lib qolibsan, - Taehyung avvalgi so'zlarini yodga olib, jilmaydi.
- Nega har safar yo'limdan chiqaverasan?Β Seni uchratmayman deyman-u ammo buni iloji yo'qdek.
Aera yotoqqa joylashgan zahoti norozilik bildirdi.
- Sen menikisan. Hayoting menga tegishli. Har bir harakating, kulishingdan tortib yig'lashinggacha. Qochib qutula olmaysan mendan.
- Bu tumorni ko'ryapsanmi? - bo'yniga ishora qildi - bu meni bokiralik tasvirim. Menda bu bor ekan hech qaysi yigit yaqinlasha olmaydi.
- Butun umr bokira bo'lib qolmaysan, - Taehyung qizning bo'yin qismiga uzun shu bilan birga sovuq barmoqlarini ohista yurguzgancha tumorni yechdi - bu ortiq senga kerak emas. Belgini o'zgartiramiz. Endi sen menga tegishli ekanliging haqidagi tasvirni yaratamiz.
Taehyung qizning bo'yniga yuzini ko'mgancha tishlarini botirdi...