June 30, 2025

HOLD ME TIGHT

" โ€” ๐“œ๐“ฎ๐“ท ๐“ผ๐“ฎ๐“ท๐“ฒ๐“ท๐“ฐ ๐“บ๐“ช๐“ต๐“ซ๐“ฒ๐“ท๐“ฐ๐“ท๐“ฒ ๐“ผ๐“ฎ๐“ฟ๐“ช๐“ถ๐“ช๐“ท, ๐“ซ๐“ฒ๐“ต๐“ฐ๐“ฒ๐“ท๐“ด๐“ฒ ๐“บ๐“ช๐“ต๐“ซ ๐“ฑ๐“ช๐”‚๐“ธ๐“ฝ๐“ญ๐“ช ๐“ฎ๐“ท๐“ฐ ๐“ถ๐“พ๐“ฑ๐“ฒ๐“ถ๐“ฒ๐“ญ๐“ฒ๐“ป..."

Ep.22 | Final

*Erta tongda uyga bazor kelgan qiz. Vaqt qaysi soniyaga yetib kelganini bilmayman. Kechagi kelishkovchiliklar sababli qo'rg'onni tark etkandim.
Qo'rg'on eshigi lang ochiq. Odatda bunday bo'lmasdi. Sekin eshik oralab ichkariga ko'z tashladim. Qo'rg'on ichi ostin-ustin bo'lib ketgandek, biroq juda sokin. Ichrariroqqa kirar ilk ko'rganim oshxona polida qimirlamay o'tirgan xizmatchi ayolga tushdi.

- Min xonim! - hayqirib qari ayol yoniga yugurdi qiz, - bu yerda nimalar bo'ldi?

- Bona - karaxt ahvoldagi ayol qizning kelganini uning so'zlaridan ilg'agancha ismini aytdi, - olib ketishdi - mavhum holda dedi.

- Kimni? - tushunqiramay savol berdi qiz.

- Janob Parkni politsiya olib ketdi - hamon qo'rquvi bosilmagancha aytdi, - uyni tintuv qilishdi - takrorladi ayol.

- Nega olib ketishadi? - hayron ifodada qayta savol berdi.

- Bilmadim, qizim. Bona tezroq mahkamaga bor.

- Akam qayerda? - uyga ko'z tashlagancha so'radi.

- U ham ketgan - qisqagina qilib aytdi.

- Tushunarli.
- Sizga suv berishimni istaysizmi? - yuzi dokaday oqarib ketgan ayolga tikilgancha taklif qildi qiz.

- Shart emas. Sen tezroq mahkama bor. Men uyni tartibga keltiraman.

Qiz rozi bo'lgandek bosh chayqagancha chiqish tomon yurdi. Yon cho'ntagidagi telefonni qo'liga oldida kontaklaridan kerakli odamni topib qo'ng'iroq qildi. Ketma-ket yo'q javobni olganidan so'ng la'nat aytdi.

- Yaramas Jungkook! Nega kerakli paytda javob bermaysan...

Telefonni qayta joylagach, yo'lida to'xtagancha qaysi mahkama ekanini o'yladi. Keyingi soniyada ortiga qaytgancha ichkaridagi ayolga savol berdi.

- Min xonim ular qaysi politsiya mahkamasiga ketganini bilmaysizmi? - eshikdan tana tepasini ko'rsatgancha so'radi.

- Markaziy bo'lsa kerak - tushuntirdi ayol.
Javobni olgandan so'ng yo'lida davom etdi qiz.

***

Yo'l chetida taksidan tushgan qiz. Telefonini qo'lga olgancha qarshisidagi bino tomon oldimladi.

*Taksiga hamyonimdagi qanchadir miqdoridagi pulni bergancha tushdimda bino ichiga kirishga shoshildim. Ichkari biroz shovqin. Odatdagi ish jarayoni qizg'in tus olgan. Harbiy kiyimdagi politsiya hodimlari yuzi inson tusidan asar ham qolmagan qo'rqinchili jinoyatchilarni maxsus xonalar tomon olib borayotganini kuzatib turdim. Bu kabi odamlar bor joyga dadamni nega olib kelishgani meni hayron qoldirdi. Biroz atrofni alanglagancha kuzatdimda, keng mahkama kutish zalidagi o'rindiqda o'tirgan akamga ko'zim tushdi. Yuragim battar tez urib, nafasim tiqilib qolgandek bo'ldi. Oyoqlarim bo'ysunmay Jimin tomon yugurdim. Nimalar bo'lganini bilishim kerak edi.

- Jimin - ismi qiz tomonidan aytilgandan so'ng quyi boshini tik ko'targancha qaradi, - dadam qayerda?

- Tergov uchun olib kirib ketishgandi - ma'lum qildi u - 2 soatlarcha bo'lib qoldi - qo'l soatiga qaragancha xo'rsinib qo'ydi.

- Qanday ayblov bilan olib kelishdi? - bu chalkashlikka tushunmagan qiz qayta savol berdi.

- Bilmayman - quruq javob qildi, - advokat Cho ga xabar bergandim, u kelishi kerak.

Ortiqcha savolga xojat qolmadi go'yo. Bu chalkash vaziyat barchani birdek havotirga solsada yetarli sabablar bor edi. Endi advokatni va vaziyat oydinlashishini kutish qoldi xolos.

***

Germaniya | Berlin

Pov/Raya

Hamon bu og'riqli. Undan uzoqlashsam barchasi o'zgaradi, usizlikka chiday olaman deb o'ylagandim. Lekin nega o'tib ketmayapti? Yuragimda katta bir bo'shliq paydo bo'lgandek. Aslini olganda bizda hammasi o'ta chalkash boshlandi....Men uning tuyg'ularini o'ldirdim....u mening tuyg'ularimni o'ldirdi...bizda sevilish uchun imkon ham bo'lmadi.

Xona shiftiga tikilgancha bularni o'ylar ekan, xona eshigi ohista ochildi. Eshik tarafga qarab qo'ygan qiz kim ekanligini ko'rgandan so'ng mayus jilmaydi.

- Oyi - yotoqdan bosh ko'tardi u - keling.
Hamon eshik oldida turgan ayolni chorladi.

- Ahvoling yaxshimi? - havotirli nigohlarini tikdi ayol qiz yoniga joylashar ekan.

- Albatta - siniq yuzida jilmayish hosil qildi.

- Kelganingdan beri homushsan, nimadir sodir bo'lgani aniq. Menga aytishing mumkin qizim - qizning sochlaridan ohista siladi ayol.

- Shunchaki bunday muhitga ko'nikish biroz qiyin - mavzuga umuman aloqador bo'lmagan gapni aytdi, - aylanishga chiqaylik, uyga siqilib ketdim - taklif berdi.

Ayol ham rozi bo'lgandek bosh chayqadi.

*Kechki ovqatdan so'ng oyim shahar aylanishga olib chiqishga va'da berdi. Sirasini aytganda Berlinga kelganimdan buyon ostona hatlab ko'chaga chiqmadim. Shunchaki oyim bilan uyda vaqt o'tkazdim, avval bajara olmagan ishlarni barchasini qilib ko'rdik. Hozir bo'lsa uyda ham bo'gilib ketayapman, buni oyim sezdi chog'i so'rab oldi. Ammo barchasini aytib oyimni ham havotirga solishni istamayman. Ya'ni Jimin bilan sodir bo'lganlarini. Allaqachon tugagan munosabatlarimiz haqida boshqalar bilishi shart emas menimcha. Shu sababli siqilishimdan foyda yo'q. Unutishim kerak. Yangi hayot boshlash uchun.

***
Tunning kechki vaqti. Bu payt oddiy insonlar ish vaqtini tugatib uyiga yo'l olishadi. Biroq politsiya binosi hamon gavjum. Ayni ish qizg'in palladagidek. Hamon o'rindiqda hech narsadan xabar topmagan aka-singil bir bir tergov xonasi eshigi tomon qarab qo'yishmoqda. Advokat allaqachon kelib bo'lgan, lekin ish jiddiy tus olgan ko'rinadi. Shu tufayli ham bir necha soatdan beri yopiq eshik ochilay demaydi.

Keyin soniyada eshik ochilishi o'ychan yoshlarni sergak tortirdi. Ichkaridan chiqqan erkak ularga yuzlandi.

- Janob Cho nima bo'ldi? - shoshgancha savol berdi Jimin.

- Ish biroz jiddiy bolalar! - tushuntirgan bo'ldi.

- Dadamga qanday ayblov yuklashdi? - keyingi savol.

- Noqonuniy qurol-yaroq kontrabandasi - qo'lidagi hujjatlar papkasini titkilagancha dedi.

- Qanaqasiga dadam bunday ishga aralashib qolgan? - Jimin hayron ifodasini yashirmay sochlarini barmoqlari orasiga siqdi, - bu mayli-kuya politsiyaga kim yetkazgan bo'lishi mumkin? Taxminingiz bormi?

- Bu davlat xavfsizlik xizmatini ishi degan taxminim bor, ulardagi dalillar aniq to'plangan.

- Ya'ni... - tushunqiramay savol berdi yigit.

- Ya'ni ularda bir necha ovoz yozuvlar va janob Park imzo qo'ygan hujjatlar nusxasi bor - erkak oddiy usulda ma'lum qildi, - shaxsiyatga aralashish sifatida davo ishi ochirishimiz mumkin, lekin keyingi to'planadigan dalillar o'zimizga qarshi qo'llanishi ham mumkin. Shu tufayli tezroq qarshi ma'lumot to'plashim zarur. Jimin - erkak yanayam aniqroq gapirish uchun yuzlandi, - ish sudgacha borish xavfi bor, ungacha Janob Parkni mahkamada saqlashadi. Keyin sudga qadar uning nomidagi barcha ko'chmas va xususiy mulklar musodara qilinadi.

- Bu nima deganingiz? Hali aniq ayb qo'ymay, sud ishi hal qilinmay qanday qilib barcha narsamizni tortib olishlari mumkin - jahl aralash yo'g'on ovozda gapirdi yigit.

- Men qolganiga aralasha olmayman, aynan maxfiy xizmat agentlari aralashgan ekan. Bu osonlikcha hal bo'lmaydi.

- Aynan nimalar musodara qilishi haqida ayta olasizmi? - endi Bona ham gapga aralshdi.

- Ha, albatta. Xo'sh.... - qo'lidagi varoqni tekshirgancha kerakli qismini o'qidi, - dadangni nomidagi "Park Group" kompaniyasi, SM universiteti, 6 ta shahar kazinolari, 2 ta xususiy ishlab chiqarish fabrikasi, hayriya jamg'armasi, shaharning markaziy qismlarida joylashgan bir qancha restorant va kafelar va so'nggida qo'rg'on ham.

- Qo'rg'on hammi? - qizning savoliga yengil bosh chayqadi erkak.

- Bolalar kompaniyada sizlarga tegishli miqdorda aksiya ulushingiz bor va sizlarda qolgan yagona mulk bu - Musim-won san'at maktabi - erkak to'liq ma'lumotlarni bayon qildi, - Aynan maktab Bonaning nomida bo'lganligi tufayli uni qo'ya olishmaydi. Buving vafotidan oldin Muksim-wonni sening nomingga qayd etishni vasiyat qilgan ekan.

*Bu biroz hayron qolarli voqea bo'ldi, lekin bit tarafdan xursand ham bo'ldim.

- Demak uyni bo'shatishimiz kerak shundaymi? - sokinlik bilan so'radi.

- Ha. Sud 2 kundan so'ng bo'lishi mumkin. Shu sababli qo'rg'onni bugunni o'zidayoq bo'shatishingiz kerak.
Barchasi ma'lum bo'lgandan so'ng advokat u yerni tark etdi.

~
*Jiminning mashinasida uyga yo'l oldik. Tom ma'noda bunday vaziyat hayotimizda tub burilish hosil qildi. Yo'l gaplashmadik ham. Chunki suhbatlashish uchun arzirli sabab ham yo'q edi.

Qo'rg'onga yetib kelganimizda sassiz qadam bilan ichki qismga kirdik. Xonalar allaqachon tartiblangan ertalabki holat xuddi bo'lmagandek edi. Min xonimga barchasini tushuntirganimizdan so'ng hamma narsalarini yig'ish uchun o'z xonasiga kirdi.
Bir necha kerakli kiyimlar va shunga o'shash narsalarni joylab xonamdan chiqdim. Zinadan tushar ekanman allaqachon tayyor bo'lgan Jiminga ko'zim tushdi, keyin bo'lsa Min xonim ham bizga qo'shildi.

- Shoshmang! - birdan yo'limda to'xtab qoldim, - nimadir noto'g'ri - atrofga tikildim, - oyim qani? - qarshimdagi ikki insonga qarata savol berdim.

- Chindan?! - Jimin ham hayron ifodasi bilan yonidagi Min xonimga qaradi.

- Liza xonim ertalab shoshib chiqib ketgan edi, og'ir yuklari bilan. Menimcha kiyimlar solingan jamadon edi u. Ketgan ko'yi uyga qaytmadi.

- Yuklari bilanmi? - ayol ortidan takrorladi yigit - jin* ursin - haqoratladi u.
- Agar yuklari bilan birga bo'lsa qochib ketgan ko'rinadi.

*Bu hayron qolarli holat bo'lmadi to'g'risi. O'gay onamdan har narsani kutish mumkin. Agar dadamni u fosh qilgan deyishsa ham hayron qolmasdim. Qochib ketgan ekan, bu biz uchun yaxshi edi. Hayotimizni butunlay tark etishi. Shu sababli ortiqcha muammo paydo bo'lmasligi uchun bu vaziyatni o'z o'rnida qoldirdik. Hozir bundan muhimroq ishlar bor. Lekin Jiminning o'ychan nigohi uning qochib ketishini shunday qoldirmasligi haqida so'zlamoqda.
Qo'rg'ondan chiqar ekanmiz allaqachon yetib kelgan xavfsizlik xizmati ishchilariga ko'zim tushdi. Ularga qo'rg'on kalitini tutqazib Jiminni mashinasiga joylashdik. Bizda ham shu qoldi. Keyingi soniyalarda qayerda tunash biz uchun muammoga aylandi. Biroq Min xonim uyida yashab turish taklifini berganidan so'ng Jimin norozilik bildirib rad etdi, men bo'lsa uni gapini bo'lib rozi ekanimizni aytdim. Hozir injiqlik qilish vaqti emasdi.

Kichik mavze. Seulning oddiy odamlar qatlami yashaydigan maskan. Millioner va kiborlar istiqomat qiluvchi ko'chadan ancha yiroqda. Park aka-singillar hayotiga umuman teskari bo'lgan muhit, ko'nikish biroz qiyin. Kichik uyning kichik eshigi ochilib qari ayol yoshlarni ichkariga taklif qildi. Uy kichik bo'lgani tufayli xonalar uncha ko'p emas. Bo'sh bo'lgan boshqa bir xonaga taklif qilgan ayol eshikni ochdi. Ular hech kim yashamaganiga ancha bo'lgan xonaga kirishdi.

- Bu xona sizlarga bolalar - ayol chiroqni yoqdi, - bilaman bu sizlar uchun juda ko'rimsiz va oddiy. Lekin tun o'tkazish uchun mashinadan ancha qulayroq.
Sizlar joylasha turing, men kechki ovqat tayyorlayman - barchasini ko'rsatgan xizmarchi ayol xonada ularni yolg'iz qoldirdi.

- Ha kichik g'orning o'zginasi - jamadonni turgan joyida qoldirgan yigit ko'chaga tikilgan derazaga yaqinlashib ochdi.

- Noliyvermang! - yerga cho'kkalagancha dam olishni xohlab akasini koyidi qiz.

~

Kechki ovqat o'ta odmi. Ammo taomlar totli. Min xonim Parklarning ancha yillik xizmatchisi, taomga kelganda u oddiy masaliqlardan ham mo'jiza yarata oladi. Shu sababli ikkisi ham ayolning ovqatini rat eta olmadi.

~

*Kechki ovqatdan so'ng xonaga qaytdik. Rosti yillar davomida shoxona yotoqda uxlab bir kechani polda uxlab o'tkazish o'ta ketgan ahmoqona ishdek tuyulmoqda. Ammo nachora, boshqa ilojimiz ham yo'q.

- Chindan Liza xonim qochib ketgan ekan, demak quruq qo'l bilan ketmagan - yopinchiqni o'ychan ushlagancha gapirdi qiz.

- Bu aniq. Shuning uchun ertaga kompaniyaga bormoqchiman. Bizga tegishli aksiyalarni olish uchun. Ularni tovon puli sifatida to'laymiz, dadamni qamoq ortiga kirishiga jim qarab turolmaymiz.
Bir so'z demadi qiz.
- Jungkook bilan janjallashib qoldingizmi? - to'satdan savol berdi u - anchadan buyon ko'rmadim.

- Yo'q. Doyun amakim bilan ish yuzasidan Busanga ketgandi. Biroz oldin xabar yo'llabdi. Ertaga qaytib kelishar ekan - javob berdi.

- Tushunarli. Endi uxlashimiz kerak. Hayrli tun - Jimin joyiga joylashib uxlay boshladi.

- Hayrli tun! - xonani yoritayotgan chiroqni o'chirgancha dedi.

Pov/Jimin
Uyqusizlik. Yana u sabab. Tinmay tushlarimda u bilan o'tkazgan vaqtlarim kaseta kabi ko'z o'ngimda aylanadi. Ongi shuurimni egallab olgandek.

Unuta olmayapman, uning xiyonatkor yuz ifodasi hech hayolimdan yo'qolmayapti. Qani edi, mendan vosita sifatida foydalanmaganda edi. Hammasi boshqacha bo'lardi.

***
2 kundan so'ng....
Tong vaqtidan mahkamaga kelgan qiz. Advokat yordamida dadasi bilan uchrashuv belgiladi. Hamon kutish zalidagi o'rindiqda o'tirgan qizni kirish uchun chaqirishganda xonaga kirishga oshiqdi.

- Qizim! - temir eshik ochilgan zahoti birinchi eshitgan so'zim shu bo'ldi. Dadam stulda o'tirgan holda qo'llari kishanlangan. Bu so'zni eshitganimga yillar bo'lgandi, yuragim o'zgacha urib yuzimga tabassum yugurdi. Dadamning ko'zlarida yosh qalqiganini ko'rib, yoniga bordim. Kishanlangan qo'lini bazor ko'tardi. Tezlik bilan dadamni quchib oldim. Dadamsiz o'tkan 2 kun huddi 2 yildek tuyildi.

- Ahvoling qanday? - ro'paradagi stulga joylashar ekanman dadamning savoli hayratlanarli bo'ldi.

- Yaxshiman - qisqagina javob berdim - o'zingizchi? Ko'rinishingiz o'zgarib ketibdi.

- Mendan havotir olma - dadam nigohlarini mendan olib qochdi - balki gunohlarim badalini to'lash vaqti kelgandir - boshini quyi egib oldi.
Meni kechir qizim. Sizlarga munosib ota bo'la olmadim.

- Nega bunday deyapsiz? Meni hammasidan xabarim bor.

- Senga avvalroq aytishim kerak edi. Bu mening hayotim edi. Lekin uni senga ortdim, gunohsiz qizimni o'zini aybdor qilishiga yo'l qo'ydim - dadamning ko'zlaridan yosh chizib chiqa boshladi - men o'shanda Lizani to'xtatishim kerak edi, ammo unday qilmadim. Imkon berdim.

- Dada o'zingizni ayblamang. Hamma xato qiladi.

- Men oilamni qurbon qilmasligim kerak edi. Shunda oying vafot etmasdi - dadam o'sha voqeada faqat o'zini aybdor dedi, garchan bunda o'gay onamning ham qo'li bo'lsa-da.
- Men jazo olishga loyiqman.

- Dada - bu gaplar menga yoqmay boshladi. Dadam ilojsiz insondek gavdalandi, avval hech ham ularni bunday ko'rmagandim - biz sizni bu yerdan chiqarib olamiz.

- Vaqtingiz tugadi, xonim - eshik tomon turgan afitser eslatdi.

- Bir daqiqa....dada siz ko'p o'ylamang. Hammasi yaxshi bo'ladi. Ruxingizni tushirmang. Tez orada ko'rishamiz.
Qayta dadam meni qattiq bag'riga bosganidan so'ng xonadan chiqib ketdim.

*Bilasizmi men hech qachon o'z yaqinlarimni yomon ko'rmadim. Hatto o'gay o'lim bilan tahdid qilganda ham, dadam ortiq seni qizim demayman deganda ham bir zum bo'lsa-da ulardan nafratlanmadim, shu kunga qaday ularni razil va hubdin inson qifoyasida tasavvur qilmadim.
Men o'zimni, jismimni gunohkor deb bildim. Men hatto ular menga qilgan ishlarini yaxshilik deb baholashganda bu meni ruhan tamom qilgan paytda ham onasidan yetim qolgan qizaloq yelkasiga yukladim. Taqdirim rasvo ekanligini ham o'zim sabab deb bildim, men tinmay takrorladim, "SEN" aybdor eding dedim.

Binoning bog' qismiga chiqqancha butun bir o'tmishini ko'z oldidan o'tkazar ekan, ko'zlaridan yosh tinmay oqardi.

*Biroq ortiq bunday bo'lmaydi. Endi men o'zimni aybdor qilmayman. O'tmishni unutishni istayman, nima sodir bo'lgan bo'lsa hammasini. Sevgan insonim bilan baxtli bo'lishni, yangi hayot boshlashni istayman.

- Bona! - shoshgancha qiz oldiga yigit keldi.

- Jungkook?! - tanish ovozni eshitgancha ortga o'girildi.
Qizni yoniga yugurgancha keldida, quchib oldi.
- Seni sog'indim - qizning sochlariga yuzini ko'markan, Bona ham uning bo'yin qismidan ikki qo'lini o'tkazdi - seni yolg'iz qoldirganim uchun kechir. Yomon holatda yoningda bo'la olmadim - afsuslandi u.

- Hechqisi yo'q, nima bo'lgan bo'lsa hammasi o'tib ketdi. Bu yerda ekanimni qanday bilding?

- Hozirgina aeroportdan chiqdimda seni oldingga oshiqdim, qo'ng'iroq qilsam javob bermading. So'ng Jimindan so'radim, seni bu yerda ekangligingni aytdi - tushuntirdi u - aytgancha Jimin pullarni barchasini o'tkazibdi, tovon pulini..endi dadang chiqishi mumkin ekan - yigit keyingi xushhabarni aytdi.

- Chindanmi? - ko'zlari ishonqiramay kattalashdi.
Savolga javoban bosh sildiki yigit.
- Bu ajoyibku! - xursandchilikdan chinqirdi.

- Albatta, sevgilim - qizni takroran quchdi, - endi yig'lash yo'q. Go'zal qizga yig'lash yarashmaydi - unga odat bo'lib qolgan jumla bilan qizni erkaladi.

3 yildan so'ng ~

Ulkan bino. Ko'rinish qismining o'zigina odamni qo'rquvga soladi. Aqli noqis bo'lmagan hech kim bu yerga kelish tugul yoniga yaqin yo'lamaydi ham. Katta binoning temir eshiklari ochilar ekan, qiz ichki qismga qadam bosdi. Birgina harbiy yordamida ichkaridagi xonalardan biriga kirdi. Xona harorati sovuq, zah hidi ufurib burinni achishtirmoqda. Ikki taraflama o'rindiqlardan birida o'tirgan qiz. Xonaning boshqa bir tarafida o'rnatilgan eshik yoqimsiz ovoz taratib ochildi. Uzoq muddatdan keyingi ilk uchrashuv. Bona qarshisidagi ayolga tikildi. Yillar va qamoqxona muhiti unga qattiq ta'sir ko'rsatganga o'xshaydi. Avvalgi go'zal ayoldan asar ham qolmagan. Qiz hozir qarshisida Mrs.Park Liza ni emas, shunchaki jinoyatchi bo'lgan qari Liza xonimni ko'rib turibdi. Hayron ifodasini yashirmagan qiz, ayolga qosh chimirdi.

- Salom! - gapni nimadan boshlashni bilmagan qiz oddiygina salomlashdi - ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi. Ahvolingiz qalay?

- Javobni bilib turib, atayin savol beryapsanmi? - jahl qildi ayol, - nega kelding? Ustimdan kulish uchunmi?

- Ustingizdan kulishni hayolimga ham keltirganim yo'q - sokin tarzda jilmaygancha dedi - so'nggi marotaba sizni ko'rish uchun keldim. Shuning uchunย  sizga ba'zi gaplarni aytmoqchiman.

- Gaplaring menga qiziq deb o'ylaysanmi? - kinoya qildi.

- 8 yil davomida siymoyingizda o'z onamni ko'rishga intildim lekin har safar uringanimda buni o'zingiz barbod qilardingiz, xuddi hozirgidek...... - davom etdi qiz - bilasizmi nima, siz ilk ko'rinishda meni lol qoldirgan ayol edingiz. Maftunkor yuz, chiroyli qomat, nam pushti lablar.... biroq sizda bu narsalarga xos yaxshi hislatdan asar ham yo'q edi....Shu sababli ham tashqaridan sizday nozik ayol og'ir jinoyat qilishi hech kimni tasavvuriga sig'masdi.

- Bu qotillikda yagona aybdor qilib meni ko'rsatolmaysan! Men shunchaki baxtim uchun kurashdim - qizning gaplaridan jig'ibiyron bo'ldi.

- Baxt uchun kurashish? - ayol gapini takrorlagancha kuldi qiz - sevgini ro'kach qilmang, bu boylikka hirs edi. Siz dadamning million vonlariga oshiq edingiz. Vaholanki, bu oxiriga qadar siz istagandek sodir bo'lmadi. Menimcha hamma endi o'zi munosib bo'lgan o'rinda. Nima bo'lgan taqdirda ham menga 8 yil davomida ona qiyofasini yaratib berganingiz uchun rahmat - qiz o'rindiqdan turdi, - aytgancha bu sizga. Oq atirgullar sizga yoqardi shundaymi? - qiz biroz avval olib kelgan qutidagi gullar dastasini chiqargancha stol ustiga qo'ydi. Rojdestvo bilan!
Qizning qimmat oyoq kiyim poshnasi kimasiz xonada yuqori to'nda jarangladi.

- Jin* ursin - qiz qo'ygan gullarni yerga uloqtirgancha haqoratladi - atayin qildi.

*Oradan 3 yil o'tdi. Bu kimdir uchun oddiy raqam, atigi 3 raqami. Biroq men uchun katta o'zgarishlarga ega bo'lgan yillar. O'sha kuni dadamni shartli ravishda ozod etishdi. Biz yo'qotgan narsalarimizni qaytarib oldik. Qo'rg'on va kompaniyani, afsuski qolganlari davlat xizmati nomiga rasmiylashtirilgani tufayli qaytarib ololmadik. Dadamning mahkamaga olib borilishi, ular chiqqanidan so'ng keng muhokamaga sabab bo'ldi. Mashhur biznesmen shunday ish qilgani barchani birdek hayratga soldi. Dadamning karyerasi tugab bo'lgandi, o'zi kompaniyaga borishni istamadi. O'sha kundan bir hafta o'tib o'gay onam bilan biz kutmagan ishlar sodir bo'ldi, ko'plab ayblovlar qo'yildi. So'nggi xabarlarda eshitgan so'zlarimizdan karaxt bo'la yozdik, dadam bo'lsa hech bir so'z demadi. Shu tarzda, Park Group akam nomiga o'tdi. O'tgan yili Jimin universitetni tamomlab, batomom o'z biznes faoliyatini yo'lga qo'ydi. Men bo'lsa o'zimga tegishli bo'lgan san'at maktabini qayta tikladim. Hozirda u yer ko'plab ijodkorlarni o'z ichiga olgan. Jungkook bo'lsa dadasidan ko'nikma olish uchun tinmay kompaniya qatnaydi, ba'zida g'ingshib norozi ham bo'ladi.

Temir eshik qayta ochilib, qiz ko'rinish berdi. Uni avtomobil oldida kutib turgan yigit qizni yaqinlashishini kutdi.

- Xo'sh, nimalar bo'ldi? - qizning qo'lidan tutgancha savol berdi.

- Menimcha uddaladim - og'ir xo'rsindi qiz - endi bu yerga kelmaymiz.

- Shundoq ham kelmaysan, bu yer xavfli - gaplarini uqtirdi yigit.

Ikkisi mashinaga qayta joylashib u yerni tark etishdi.


Germaniya - Berlin

Kichik rastada terilgan rangli ichimliklarni teshirgancha kompyuterga qayd qilayotgan qiz.

- Raya! - yosh yigit qizni ismini aytdi, - bir mijoz seni xizmat ko'rsatishingmi istayapti - nemischalab dedi.

- Men xizmat ko'rsatmayman axir, buyurtma olaman - qiz ekrandan ko'z uzmagancha tushuntirdi.

- Maxsus mijoz ekan, boshliq aynan seni ismingni aytdi - takrorladi yigit.

- Yaxshi, hozir - jahl bilan o'rnidan turgancha yonidagi yigitdan stol raqamini oldida, mijoz tomon oldimladi.

- Janob nima buyurtma qilasiz? - kelgan qiz kepka orqali yuzini berkitgan yigitga dedi.

- Sizning vaqtingizni - nemis tilida so'zladi yigit.

- Nima? - tushunqiramay takrorladi.

- Vaqtingizni deyapman - endi yuzini namoyon qilgancha kuldi - salom

- Jimin?! - qiz labi uchida pichirladi qiz. Karaxt holatga tushdida ort burib ketishga shoshildi.

- To'xta - Jimin endi qizning bilagidan ushladi - yana qayerga qochyapsan?

- Qo'yib yubor! - yigitga qaramay qarshilik qildi.

- Qarshilik qilma, yo'qsa quchoqlab olaman - qo'lini tortib olishga urinayotgan qizga jilmaydi.

- Qo'yib yubor deyapman Jimin - qiz so'ggi bor qattiq urinib qo'llarini yigitnikidan xalos qildi.

- Ketma! - qiz qilgan kabi to'satdan quchoqlab oldi u, - seni sog'indim!
Qizning ko'zidan yosh tomchiladi.

"Men qaytdim, yana barchasini qaytadan boshlash uchun. O'tmishni unutish uchun. Taqdirimni seniki bilan birlashtirish uchun. Shunday ekan, meni rad etma.

The End....