HOLD ME TIGHT!
" โ ๐๐ฎ๐ท ๐ผ๐ฎ๐ท๐ฒ๐ท๐ฐ ๐บ๐ช๐ต๐ซ๐ฒ๐ท๐ฐ๐ท๐ฒ ๐ผ๐ฎ๐ฟ๐ช๐ถ๐ช๐ท, ๐ซ๐ฒ๐ต๐ฐ๐ฒ๐ท๐ด๐ฒ ๐บ๐ช๐ต๐ซ ๐ฑ๐ช๐๐ธ๐ฝ๐ญ๐ช ๐ฎ๐ท๐ฐ ๐ถ๐พ๐ฑ๐ฒ๐ถ๐ฒ๐ญ๐ฒ๐ป... "
Tunning allaqaysi vaqti, chegarasiz soniyalar oldimlaydi. Shifti keng va baland cherkov. Zulmat cho'mgan zalning qator o'rindiqlaridan birida o'tirgan qiz. Hissiz, nafas olishning bir maromda olinishi, avvalgi charchoqlar va biroz oldingi yig'i sababli ko'z kosalari biroz qizargan. Ichki chalkashlik keyingi soniyalarda yurakka og'riq bermoqda. Kimsasiz cherkovning qorong'u devorlari yutib yuboray deydi go'yo. Telefondan qabul qilinmagan bir necha chaqiruvlar, keyingi chaqiruv ham avvlagidek ohang yangratadi, qiz e'tibor bermaydi. Navbatdagi ovoz to'lqinlari boshqa biriga almashdi. O'rindiqda qilt etmay o'tirgan qiz o'g'irilib telefonni qo'liga oldi.
" Qayerdasan? Nega qo'ng'iroqlarimga javob bermayapsan? "
Kelgan xabarni o'qib o'rnidan turdida, telefonni yon cho'ntagiga joylashtirdi. Bu xabar Jimindan. Qizni tinimsiz qidirgani tufayli to'xtovsiz qo'ng'iroq qildi, lekin javob yo'q. Axiyri xabar ham yozdi, buni ham e'tiborsiz qoldirdi u. Balki u haqiqatlarni ochiq oydin yashirgani uchun xafadir...
Cherkovning zarhal darvozasi asta ochildida qiz tashqi tarafga chiqdi. Havoning avzoyi buzuq. Hali yomg'ir yog'ganicha yo'q. Ammo shamol ta'siri tufayli chang havo har yerni egallagan.
*Ayni holatda hamma narsa menga qarshi chiqayotgandek. Noyabr oxirgi kunlari, sovuq ob-havo. Ba'zan qor ba'zan yomg'ir, endi bo'lsa bo'ron ham. Seulga nimalar bo'lyapti o'zi? La'natlangan qafasdagidek his qilyapman o'zimni, ustiga-ustak yupun kiyingandim. Jin* ursin. Yonimda hech kim yo'q, Jungkook ham ikki kun avval kompaniya ishlari bo'yicha dadasiga hamroh bo'lib Busanga jo'nab ketgandi. Endi nima qilaman?
Bo'ron boshlanganligi sababli ustki kiyimini qalinroq yopganidan so'ng yo'lida davom etdi. Yomon havo sabab birorta transport vositasi ham ko'rinmaydi. Qizning ichki xotirjamligi so'nib, havotir va qo'rquv egallab olgan. Yo'lning notekis qismi. Cherkovdan ancha uzoqlashgan Bona charchoqni his etdi. Keng yo'l allaqachon nimalarni eslatishni boshlagan. Qiz bu yo'ldan avval hech qachon yurmagan, ammo nimasidir juda tanish. O'zi bilmagan holda to'g'ri yo'nalish orqali bormoqda. Kimsasiz va qorong'u yo'l, telefonning quvvati tugaganini ko'rsatuvchi belgini ko'rgandan so'ng jahl bilan uni avvalgi joyga qo'ydi. Endigisiga yomg'ir qo'shilgandan so'ng g'alati shovqinlar chalinmoqda, biroq hech kimsa yo'q bu joyda janjal bo'lishi amrimahol. *Nimalar bo'lyapti?* qulog'ini qattiq chinqiriqda berkitgancha o'yladi. Sirenalar shovqini, rangli chiroqlar tushgancha qiz ko'zlarini oldi. Balki hammasi charchoq tufaylidir. Keyingi soniyalarda o'ta ketgan yagona avtomobil fara chiroqlari qiz ko'zini qisqa yumilishiga sabab bo'ldi. Qisqa fursat bu bir narsani eslatdi.
*Nega bu yer juda tanish, nega men yo'ldan adashib qolmayapman. Oldin bu yerdan hech yurmagandimku....bo'lishi mumkin emas - qiz yo'l atrofini qayta ko'zdan kechirdi - bu yer avtohalokat bo'lgan joy. 8 yil avval shu yerda bo'lgandi* endi Bona tez qadamlar bilan yura boshladi. Hozir uning yonida kimdir bo'lishi kerak, lekin hech kimsa yo'q. Oddiy yurish qadamlarni yugurishga o'tkazgan qiz. Yo'ldagi betartiblik va zulmat tufayli ehtiyotsizlik bilan oyog'i toshga tegib yiqildi.
- Axxx - og'riqdan chinqirdi u - jin ursin, bu nimasi? - qonayotgan oyog'iga qarab baqirdi.
Yo'lining markazida o'tirgan ko'yi oyoqqa qayta turish ham unga qiyinlik qilmoqda. Tezlikda kelayotgan keyingi mashinaga qiz tikilarkan qochishga urinmoqda. Biroq bari befoyda, yomon ob-havoda yomon hodisa sodir bo'lishi uning hayoti bir qismiga aylangan aslida.
*Yo'q, hammasi bu tarzda qayta takrorlanolmaydi* - chiroqlarga tik qaragancha ko'zlaridan yosh tomdi.
Endi Bona joyida qotib qoldi, so'nggi ko'z yosh yuzidan tomar ekan, ko'zlarini yumdi. Avtomobil ayovsiz harakatda, to'xtash uchun sabab yo'qdek. Oxirgi nuqta va hammasi tamom......
Mashina shinasining yoqimsiz ovozi butun yo'lni egalladi. Endi tinib borayotgan yomg'ir shiviridan boshqa hech narsa quloqqa chalinmaydi. Tinchib qolgan atrofga ko'z ochib qayta nazar soldi qiz. *Nima bo'ldi? Tezda o'ldimmi?*
Sukunatda hayol qildi.
Avtomobil eshigi ochilish ovozi, shoshilinch qadamlar bir-biriga ulandi.
- Bona! - mashina old qismiga o'tgancha gapirdi yigit.
- Aka... - hayron ifodasini yashirmadi u.
-Yaxshimisan? - qizga yaqin kelib tekshirdi, - hech qayering shikastlanmadimi? - singlisining ko'zlariga tikildi.
- Sizmidingiz?! - endi u yig'lay boshladi, - juda qo'rqdim, o'lib qoldim deb o'ylabman! - harhasha aralash Jiminni yengil urdi.
- Bo'ldi, o'tib ketdi - qizni asta quchoqladi, - qo'rqma! - quchoqlash davomida kalta sochlaridan silab xo'rsindi yigit.
***
Ertasi kun. Kechagi bo'ron sababli reysi qoldirilgan qiz ertalabdan yana tayyorgarlikni boshladi. Bugungi kun uchun bajarilishi kerak bo'lgan ishlar ko'p. Tezroq narsalarni joylab yo'lga chiqish kerak.
~
Ilk manzil o'sha tanish bino. Raya har safar bu yerga tundagina kela olardi xolos. Bugun qiz jur'at bilan kunduzi keldi, balki bu qizning so'nggi tashrifidir. Taksida yo'l olgan ko'yi bino oldida to'xtatib kirishga oshiqdi. Lekin tashqi tarafdagi zirxlangan tansoqchilar uni to'xtatdi.
- Xonim bu yerga kirishingiz mumkin emas! - birinchi qo'riqchi qizning yo'lini to'sib qarshilik qildi.
- Yo'ldan qoch - bunday bo'lishini oldindan taxmin qilgan qiz hayron qolmay buyruq berdi.
- Xonim kuch ishlatishga majbur qilmang! - endi ikkinchisi aralashdi, - ketganingiz ma'qul.
- Hhh yaxshi! - Raya bir zum o'zini yegilgandek ko'rsatib kinoya tarzida kuldida ortga o'girildi, ammo keyingi daqiqalarda ikki barzangilar bilan yuzlashib ulardan biriga zarba berdi. Buni ko'rgan boshqasi qizga yaqin kelib uni qo'llaridan tutib oldi, epchillikni boy bermagan Raya uning qo'lidan o'zi tutgandek ilmoqlanib ustiga chiqib oldi. Ikki barzangi bilan ularga yetarli daraja kurasha oladi u. Har holda maxfiy xizmat payti uni shunday tarbiyalashgan. Ham aqlan ham jismonan yetarlicha salohiyatga ega bo'lgan qizni yengish unchalik ham oson emas.
- Ikki erkak birgina qizga qarshi chiqishga uyalmaysizmi? - bino ichki qismidan chiqqan yigit ularga baqirdi, - bu nimasi? xonimni qo'yib yuboring! - endi buyruq usuliga o'tdi u.
Hamon yigitga qarab qotib turgan qo'riqchilar qizni ikki tarafdan siqishdi.
- Eshitmadingizmi? - yigitning chinakamiga jahli chiqib ularga yaqinlashdi, - bu shunday qolmaydi, sizlar jazolanasizlar, - u qizni yo'g'on qo'llardan bo'shatib oldi, - palkovnik kelishi bilan buni yetkazaman - so'nggi so'zni eshitgan ikkisi ko'zlari kosasidan chiqib ketay dedi.
- Bizni kechiring janob! - ular oddiygina bosh egishdi.
- Minhee kerak emas! - biroz jim qolgan qiz qarshilik qildi.
Yigit qo'riqchilarga ketishga ishora bildirdi.
- Dadam shu yerdami? - atrofga nazar tashlab savol berdi.
- Tushunarli, istasam ham bu yerga kirolmayman - u afsuslandi, - ichkarida taxminan nechta qo'riqchi bor? - yigitga tikildi.
- O'n beshtacha - chamalab aytdi yigit.
- Bunchani eplash qiyin! - ikkilanish, - endi ichkariga qanday kiraman?!
- Men olib chiqsamchi? - taklif berdi, - pasport va shaxsiy hujjatlaringni o'zi yetadimi?
- Sen buni qanday bilding? - hayron qoldi.
- Palkovnik bilan janjalingizni eshitgandim! - tushuntirgan bo'ldi, - Raya senga yordam bera olaman.
- Seni muammoga aralashtirishni istamayman - qiz rad etdi, - kerak emas.
- Bunaqasi ketmaydi - yigit qarorida qat'iy turib oldi, - meni kutib tur - u qizdan uzoqlashib ichkariga kirib ketdi.
.
Pov/Raya
Yarim soatdan beri turibman, Minheedan darak yo'q. Negadir xavotir ola boshladim.
- Bu dadammi? - kirish tarafga kelgan qora mashina tomon tikildi qiz, - jin ursin! - endi to'liq ishonch hosil qilgandan so'ng yashirinishga shoshildi.
Bino orqa tarafiga yugurdi, har holda berkinish kerak.
**Orada nimalar bo'lib o'tkanini bilmayman, ancha muddatgacha yashirinib o'tirdim. Nimalar qilyapman o'zi? Minhee qo'lga tushdimikan degan ming bir hayollar ichida qolarkanman, to'satdan yonimga keldi.
- Bularni ol - u hech bir tushuntirishsiz qo'limga bir uyum hujjatlar va pasportimni tutqazdi, - hozir palkovnik ichkarida chiqib qolmasidan keta qol.
- Minhee ahvoling yaxshimi? - havotirlanib so'radim, - dadam kelganini ko'rgandim, seni tutib olmadimi?
- Amalladim, mendan xavotir olma - u biroz ikkilanib tushuntirdi, - hozir bo'lsa ket, bo'laqol.
- Rahmat! - quruqgina bir so'z bilan jilmaydim, - bu yaxshiligingni hech qachon unutmayman - yana qo'shimcha qilishni unutmadim.
- Yo'lda ehtiyot bo'l - u ham menga kulib qo'ydi, - yana ko'rishamiz degan umiddaman. U payt albatta hamkasblardek emas balki oddiy insonlar sifatida.
- Albatta. Unda men kettim! - qo'limdagi narsalarni mahkam ushladimda undan uzoqlashdim.
.
- Balki o'shanda senga sevishimni ayta olarman - qiz ketgan tarafga qarab qo'l siltagancha o'yladi u.
Hammasi silliq kechishiga ishonchim komil emasdi. Havotirda edim. Dadam ushlab qoladi deb o'ylagandim, lekin unday bo'lmadi. Minheeni paydo bo'lishi to'satdan sodir bo'ldi. Agar u menga yordam bermaganida barchasi osongina bo'lmasdi. U bilan bolalikdan beri do'stmiz, dadamning qo'l ostida ishlaydigan eng yaxshi xizmatchi. Umid qilamanki u meni deb ishidan ayrilmaydi.
Taksida o'tirgancha atrofni kuzatib ketayotgan qiz biroz oldin sodir bo'lgan voqealarni hayolidan o'tkazdi.
Manzil aniq. Yo'nalish bo'yicha bir maromda ketayotgan qiz. Bulutlar uzra uchayotgan samolyot darchasidan tikiladi. Erkinlik. Xursandchiligi ichiga sig'maydi.
Tunning kechki vaqtida yetib kelgan qiz. Aeroportdan chiqqan zahoti to'yib nafas oldi. Erkinlikni his qildi go'yo. Endi to'yib uxlashi, o'zi istagandek yashashi, maroqli vaqt o'tkazishi mumkin. Hamyonidagi to'plangan pullarni oxirigacha sarflagunga qadar miriqib hordiq chiqara oladi. Keyin esa bir ish topar. Hozir faqat bir oyni o'zi uchun yashamoqchi. Kechki vaqtida borar joyi yo'q bo'lgan qiz oldindan rejalashtirilgan manzilga yo'l oldi. Balki o'sha yer unga bosh pana bo'lar.
Pov/Raya
Nemis tilida biroz no'noqligim tufayli barcha harakatlarimni ingliz tilida tushuntirishga majbur bo'ldim. Taksi yollash qiyin bo'lmadi, lekin unga yo'lni ko'rsatib borish eng qiyin ish bo'ldi men uchun. Axiyri yetib keldim. Biroq nima qilishga hayronman. Men qidirgan inson hamon shu yerda yashayotganmikan.
Chuqur nafas oldimda, yo'lak boshida narsalarimni qoldirib eshik tomon qadam bosdim. Negadir qo'lim qaltirayapti. Qo'rqyapman menimcha, aksiga olib g'alati hayajon ham bosmoqda. Biroz o'ylanib eshik oldidagi nuqtaga qo'limni qo'ydim. Bittada ish bermagani tufayli buni takror amalga oshirdim. So'ngra eshik ochilib yosh bir qiz paydo bo'ldi. Boshida hayron qolib tilim aylanmay qoldi. Lekin uning tikilishini ko'rib so'zladim.
- Bu yer Kim Sunanni uyimi? - nemis tilini anchagina buzib aytdim, buni sezgandim.
- Bu uyda unday ayol yo'q, xonim! - qiz muloyim jilmayib, javob qaytardi.
- Ya'ni chet ellik ayol, ancha avval ko'chib kelgan - nima deyishni bilmay yuzaki tushuntirdim.
- Kechirasiz xonim, menimcha manzilda adashtingiz! - endi haligi qizning yuz ifodasi o'zgargandek tuyildi, ammo hamon kulib turardi.
Yosh qizning sabrini sinashni istamay rahmat aytdimda ortimga o'girildim.
- Raya! - yopilishga ulgurmagan eshikdan boshqa bir ovoz eshitildi, aynan koreys tilida gapirgan odam ovozini eshitdim. Juda tanish ovoz. Men qanchalik sog'ingandim bu ovozni. Tezlik bilan ortimga qayta qaradim, kiraverishda bir ayol turardi. To'g'risi yig'lab yuboray dedim.
- Oyijon! - yaqin kelgan ayolga ishora berishim bilan meni bag'riga bosdi. Bu taftni yillar davomida qumsadim, meni hotirjam qila oladigan yagona quchoq edi bu. Bir nafasda yig'lab yubordim. Chunki oyim meni tanigandi, demak unutib qo'ymagan ekan.
- Seni qancha kutdim qizalog'im! - endi yuzimga qarab sochlarimni siladi.
- Sizni sog'indim, oyijon - yuzimni yuvayotgan tomchilarni artib yana oyimni quchoqladim.