May 23, 2025

HOLD ME TIGHT

โ€” ๐“œ๐“ฎ๐“ท ๐“ผ๐“ฎ๐“ท๐“ฒ๐“ท๐“ฐ ๐“บ๐“ช๐“ต๐“ซ๐“ฒ๐“ท๐“ฐ๐“ท๐“ฒ ๐“ผ๐“ฎ๐“ฟ๐“ช๐“ถ๐“ช๐“ท, ๐“ซ๐“ฒ๐“ต๐“ฐ๐“ฒ๐“ท๐“ด๐“ฒ ๐“บ๐“ช๐“ต๐“ซ ๐“ฑ๐“ช๐”‚๐“ธ๐“ฝ๐“ญ๐“ช ๐“ฎ๐“ท๐“ฐ ๐“ถ๐“พ๐“ฑ๐“ฒ๐“ถ๐“ฒ๐“ญ๐“ฒ๐“ป .

Ep.17

Shifoxonaning tor yo'lagi. Barcha oila a'zolar faqatgina bir narsani kutishmoqda. Bazimda bo'lgan mudhish hodisa barchani birdek havotirga solgan.

Manzilga yetib kelgan mashina shinasi yoqimsiz ovoz chiqaradi. Qiz uni to'xtashini kutmay o'zini ichkariga otdi. Bo'linmadagi hamshiradan bemorning xona raqamini olgan qiz karidor bo'ylab yugurdi. Tezlikda qiz ortidan kelgan yigit unga ergashdi. Yo'lakdan chap tarafga burilgan qiz oila a'zolari qarshisidan chiqdi. Ergashtiruvchi qadamlar so'nggi Janob Park bilan yuzlashtirdi.

- Dada me... - jumlalar orasidan chiqqan tarsaki ovozi barchani birdek hayratga soldi. Tom ma'noda bu holat Parklar uchun odatiy hol bo'lib qolgan.

- QAYERDA EDING? SHU PAYTGACHA QAY YERGA GUMDON BO'LGANDING? - Park Jacksonning yog'on ovoz tovushi butun boshli kasalxonani tutdi. Qiz o'zini tutib turmoqda, yig'lash mumkin emas. Bu holatni boshqa kuzatib turishni istamagan yigit ikkinchi tarsaki yollayotgan erkakning qo'llaridan tutib qoldi.

- Bas qiling! - muloyimlik va qahr chashishgan tonda gapirdi. Jungkookning g'azab to'lgan nigohlari Parkka qaratilgan. Bunday munosabatni avval hech his etmagan erkak yigitga o'qrayib qaradi.

- Sen nega aralashyapsan? - Park yigit do'stining farzandi ekanini ham butunlay unutgan qiyofada Jungkookni bo'g'ishga tayyor.

- Hech kim Bonaga zug'um o'tkazishiga yo'l qo'ymayman - Jungkook erkakning qo'lini siltab, o'zidan yiroqlashtirdi - hattoki u siz bo'lsangiz ham - ko'rsatgich barmog'ini erkakga o'qtalgan ko'yi, qizning qo'lidan tutib ulardan uzoqlashdi.

Park g'azab ufurgan qiyofasidan ikkisiga tikilar va shu onda ularning ortidan yurmoqchi bo'lganda Jimin uni to'xtatdi.

- Dada biz shifoxonadamiz! - yigit otasining yelkasidan tutib, ortga tisarildi. Shu on ro'paradagi xonadan shifokor chiqdi.

~

- Og'ritdimi? - qizning yuziga maxsus muzli qopcha qo'ygan ko'yi savol berdi.

- Biroz - qiz Jungkookga yana qayta tikildi - bunday qilishing kerak emasdi! - Bona qopchani uning qo'lidan olib o'zi achishayotgan yuziga bosdi.

- Senga hech kim bunday munosabatda bo'lishga haqqi yo'q , hattoki otang bo'lsa ham - yigit qo'llarini qovushtirib gapirdi - otang hech ikkilanmay, hammani yonida tarsaki tushurdi, seningcha bu normal holatmi?

- Nima bo'lganda ham u meni otam, bunday qilmasliging kerak edi - qiz jig'ibiyron bo'lgan holatda qarshi fikr bildirdi - yaxshi bu masalada boshqa tortishishni istamayman - Bona endi gapirmoqchi bo'lgan yigitni to'xtatdi.

***

*Chamasi ikki soatlar atrofida Jungkook bilan birga bo'ldik. Shunda ham shifoxonada bo'lib buvimga nima bo'lgani haqida biror bir ma'lumotga ega emasdim. Oila a'zolarim orasiga borishga Jungkook yo'l bermadi. Men hamon havotir olayotganimni bilsada, keyin bo'lsa buni sezgandek akam yonimizga keldi.

- Yaxshimisan? - Jimin suv olish uchun ketgan yigit tomon tikilib turdida, so'ng singlisiga savol berdi.

- Ha - qisqagina bayon etdi - buvimni ahvoli qanday? - havotiri so'ngmagan qiz savolli nigoh bilan tikildi.

- Biroz qon bosimi ko'tarilibdi, dorilarini vaqtida qabul qilmagan ekan - sochlarini siqimlagan ko'yi chuqur xo'rsindi.

- Jungkook men o'ylaganimdan ko'ra jasurroq ekan - o'rtaga tushgan sukunatni Jiminning ovozi buzdi.

- Nega? - unga jilmayib qo'yib savol berdi.

- Shu kungacha men qilolmagan ishni qildi - yigit alamli kuladi - dadamga hali hech kim bunday qarshi chiqmagandi.

- U biroz qiziqqon - shunchaki biroz oldingi holatni ochiq aytdi - va bu yuzasidan tortishdik ham.

- Lekin unga ishonmayman, hali u bilan yaxshi tanishib olganimcha yo'q. Shu sababli seni unga ishonolmayman, ehtiyot bo'l - Jimin singlisini yelkasidan quchdi.

- Mendan xavotir olmang, hammasi yaxshi bo'ladi - Bona ham unga javoban quchib qo'ydi.

***

Erta tong. Odatda bir oila a'zosini ahvoli yomonlashsa, qolganlar kutish zalida bemorning sog'ligidan havotir olib o'tirishadi. Tunda bo'lsa ularning yarim qismi kasalxonada qolishadi. Kechki payt kelishilgan holda Janob Park va uning ayoli erta vaqtda u yerni tark etishdi, tun uchun esa Hironing o'zigina qoldi. Jimin ham Rayani uyga tashlash uchun ketgan ko'yi qaytmadi. Jungkook bilan Bona esa Hiroshiga hamroh bo'lishdi. Tongning hira vaqtida Hiro uyg'onib ketdi, shu ko'yi ko'ziga uyqu kelmagan yigit shifoxonada tunash uchun sherik bo'lgan ikkisiga tikilib qo'yib, nonushtaga ul-bul olishga chiqib ketdi. Shunchaki yo'lakdagi o'rindiqda uxlagan ikkisi yetarlicha sovuqqotganini his qilishgan. Bazim kiyimlari alishtirilmagan holatda bo'lgani uchun ko'ylak qizni yetarli daraja siqdi. Kechki payt yomg'ir yog'ganligi tufayli qizning usti boshi ho'l bo'lganini hisobga olsa u shamollashga tayyor. Shu holda ustiga yigitning kostyumini tashlab olib uning yelkalariga bosh qo'ygancha shirin uyquga ketgan.

Kechagi bazim va og'ir tundan so'ng uyg'ongan yoshlar kasalxona bo'lmasida nonushta qilishmoqda.

- Menimcha men uyga borib kiyimlarimni o'zgartirshim kerak - luqmani og'ziga solib chaynagan qiz, kiyimiga ishora qildi.

- Biroz oldin Jimin bilan gaplashdim. U bilan o'rin alamashishing mumkin. Uyga borib dam ol. Tunda yaxshi uxlay olmading, sen ham Jungkook - qo'lidagi bananli sutdan ho'plagancha dedi.

- Yaxshi, unda tushdan so'ng qaytib kelaman. Lekin sening kiyimlaringchi? - nonushtani tugatgan qiz, o'rnidan turdi.

- Jimin olib keladi.

- Yaxshi unda ko'rishguncha - endi Jungkook ham yigit bilan hayrlashib ikkisi xonani tark etishdi.

~

* Jungkook meni eltib qo'yishini aytgandan so'ng, ikkimiz ham mashinaga joylashdik. Tunda qattiq o'rindiqda uxlaganim sababli hamma yerim zirqirab og'riyotganini sezyapman. Uyqu eltib mudrashga o'tdim. Ustimdagi Jungkookning kostyumidan o'tkir atir ifori butun tanamni egallab olib battar boshimni og'rityapti. Markaziy shifoxona qo'rg'ondan uncha uzoq bo'lmagani tufayli tezda yetib keldik. Jungkook bilan hayrlashib, tushdan so'ng u bilan ko'rishishimizni aytgancha qo'rg'on ichiga kirdim. Negadir uyimiz fayzsizdek tuyilmoqda. Ichkariga kirganimda ham ko'ngil hiralashdi. Dadam bilan o'gay onam xotirjam va xursand ifodada nonushta qilishayotgani tom ma'noda jahlimni chiqarmoqda. Ularga e'tibor bermay xonamga ko'tarildim. Meni kelganimni sezishmadi chogi ortimdan hech qanday ovoz eshitilmadi. Nahotki buvimni sog'ligi o'zgargani ularni havotirga solmasa. Dadam esa kechagi tarsaki va bo'lgan ish yuzasidan og'iz ochmadi. Xonamga kirib o'zimni yotoqqa tashlab uxlamoqchi bo'ldim. Ammo bu kiyimda ortiq yura olmayman, oyog'imdagi baland poshna esa g'ashimga tegayapti. Shu sababli dush qilishga qaror qilib garderobga o'tdim.

~

Quyosh ufqqa botish payti kasalxonaga kelgan juftlik. Qiz yo'lakda hech kim yo'qligi payqagandan so'ng to'g'ridagi xona eshigini ohista taqillatib, xonaga kirdi. Yotoqda qo'shimcha muolaja olayotgan ko'yi, turli xil ukollar ulagan ayolga ko'zi tushdi.

- Buvijon! - Bona quvonch to'la ko'zlari bilan baqirgancha ayol tomon oldimlab, uni qattiq quchib oldi.

- Qizalog'im! - Inori xonim ham xursandchiligini yashirmadi - sekinroq - qizning qattiq harakatlaridan esankirab qolgan ayol ogohlantirdi.

- Kechirasiz - ayoldan uzoqlashib barchasi joyida ekanligini tekshirib yana so'zlashda davom etdi - men sizdan hafaman buvijon, nega o'zingizda e'tibor bermayapsiz. Dorilarni vaqtida qabul qilishga vada bergandingizku. Hattoki tushlik ham qilmagansiz - qiz tumba ustidagi biroz avval hamshira olib kelgan yegulikka ishora qildi.

- Menda havotir olma, ahvolim yaxshi - nabirasining gaplaridan kuldi ayol.

- Hechamda, endi men o'zim sizni nazorat qilman. Dorilar va muolajalar vaqtida bajarilishi shart - qiz yuzidagi kulgi qolmay jiddiylashdi.

- Albatta kapitan - ayol endi yosh bolalar kabi qizga javob qaytardi.

- Xo'sh yigitcha qani? - ancha suhbatdan so'ng Jungkook haqida so'radi ayol.

- U yo'lakda kutib turibdi - Bona tashqariga ishora qildi.

- Uni chaqir! - ayol qizga buyurib, yotoqqa qayta joylashdi.

Bona ildam qadamlar bilan eshikni ochib yo'lakka chiqdi va o'rindiqda telefon titkilab o'tirgan yigitni chorlab xonaga qaytdi.

- Sen chiqaver, men Jungkook bilan yolg'iz gaplashmoqchiman - ayol qizni chiqishiga ishora berdi. Bona ham sekin yo'lakka chiqdi.

*Odatda buvim jiddiy insonga aylanganlarida shunchaki aytganlarini bajaraman, aks holda natijasi yomon tus olishi mumkin. Shu asnoda yo'lakka chiqib, biroz avval Jungkook o'tirgan o'rindiqdan joy oldim. Qiziq, buvim aynan u bilan nima haqida suhbatlashmoqchi ekan.

***

Kunlar shu zayilda davom etdi. Ikki oy vaqt ichida ko'p narsa o'zgardi. Har ikki juftlikning munosabatlari ham.

Qishning sovuq kunlari boshlangan, qor uchqunlari har yoqqa tarqalib, izg'irin havo hosil qilmoqda. Mahfiy bino ichiga kirgan qiz sovuq yo'lakdan o'tib hamon o'sha tanish bo'lgan xona oldida to'xtadida chuqur nafas oldi, so'ng eshikni taqillatdi. Xona ichidan erkak kishining ruxsat ifodasini aks ettiruvchi ovozi yangragandan so'ng ichkariga kirdi.

- Kel, o'tir - erkak qiz tomonga bir qarab qo'yib so'zladi, Raya sekin qadamlar bilan erkak qarshisidan joy oldi - o'tgan ikki oy davomida bajargan topshirig'ing bo'yicha ish olib bordim, ammo Park biz o'ylagandan ko'ra aqlliroq ekan, uy offisdan shubhali bo'lgan hech narsa topilmagan, sen olgan hujjatlar ham auksion va uy hujattlarigina xolos - erkak qiz tarafdagi stolga bir uyum varoqlarni otdi, bu o'sha kungi aksionda olib kelingan hujjatlar edi.

- Kamera yozuvlarichi? - qiz savol nazari bilan erkakga tikildi.

- Buni eshitib ko'rishing mumkin - palkovnik endi unga kamera ovozlari tushirilgan fleshkani uzatdi - shunchaki bir ikkita keraksiz suhbatlar to'plami.

Qiz fleshkani stol ustidan olib yonidagi kompyuterga soldi. Eshitilayotgan suhbatlarning birortasi ularga kerakli bo'lmagan janjallar va Park Jackson hamda uning ayoli o'rtasidagi tortishuvli gaplar edi xolos.

- Xo'sh endi nima qilamiz? - qiz kompyuterdan yangrayotgan ovozni o'chirib savol berdi.

- Keyingi rejaga o'tamiz, yigitchani ishga solishga to'g'ri keladi. Park Jacksonning har bir mahfiy joylarini qidir. Xo'sh noqonuniy qurollar va qora dori qayerga olib kelinadi, ularni qayerda saqlaydi, barchasi bo'yicha Parkning o'g'lidan so'ra, u bilishi kerak! - erkak buyruqlarni qizga uqtirdi.

- Bu qachongacha davom etadi?

- Nima zerikdingmi? 17 yildan beri davom etayotgan ishing endi yoqmay qoldimi? Detektiv bo'lish seningcha qo'l uchida bajariladigan yoki yarim yo'lda tashlab ketiladigan ishmi? Biz Koreaning mahfiy ayg'oqchilarimiz, bu yo'lni o'zing tanlagansan. Shuncha yildan so'ng ham Parkning ota-onangga qilganlari yodidan chiqdimi? Sen qasos olishingni aytganding, buni unutma - erkak har bir jumlani dona dona qilib aytdi, xuddi qizga o'z mas'uliyatini yodga solgandek.

- Tushundim! - qiz tazim qilib xonani tark etdi. Shuncha gapdan so'ng bir so'z aytish noto'g'ri albatta.

~

Kafe ichkari qismi. Bo'sh joylardan birini band qilgan yigit ikkita qahva bilan qizni kutmoqda. O'tirgan ko'yi telefondagi o'sha mitti nuqtaga tikiladi. *yana o'sha yer, nega bu yerga juda ko'p boryapsan? * telefondan ko'z uzib eshikdan kelayotgan qizga qaradi.

- Allaqachon tushlik vaqtidan yarim soat o'tib ketdi - Jimin telefonidagi qo'yilgan sekuntomerdan vaqtni ko'rsatdi.

- Kech qolganim uchun uzr so'rayman - shoshib kelgan qiz nafas rostlagancha gapirdi - ba'zi bir muammolarni hal qilishimga to'g'ri keldi.

- Qayerdan kelyapsan? - Jimin biroz avvalgi o'ylarini aytdi.

- Uy bilan bog'liq ish, bilasan ijarada turaman! - u shunchaki haqiqatni yashirdi.

- Agar pul tomonlama bo'lsa yordam berishim mumkin! - yigit ancha avval buyurtma qilib qo'ygan va qiz kelishi bilan olib kelishi kerak bo'lingan ovqatlarni afitsantdan qabul qilgancha dedi.

- Yo'q shart emas! - qiz oldidagi ovqatdan yegancha rad etdi.

- Yaxshi - endi Jimin ham luqmaga qo'l cho'zdi - unda yoqimli ishtaha Raya xonim - u qizning taomdan rohatlanishini kuzatgancha jilmaydi.

~

- Rahmat - tushlik haqqini to'lagancha kafedan chiqqan Jimin osmonni tomosha qilayotgan qizga yaqin kelib, uning qo'llaridan tutdi.

- Xo'sh qayerga boramiz?

- Bugungi kunni birgalikda o'tkazamiz deb sen aytganding! Biror bir taklifing bormi? -ย  yigitning tirsaklaridan ushlab erkalangancha savol berdi.

- Aslida ha - Jimin yuzida yasama o'ychanlikni hosil qildi - Lottle worldga borishga nima deysan?

Qiz xursandchilikdan bosh silkigancha rozi bo'ldi. Ikkisi Jiminning mashinaga joylashib, u yerni tark etishdi.

~

Pov Raya
Lottle world. Men hali hayotimda bir marotaba ham borib ko'rmagan ko'ngilochar joy. Men kabilarning har yana bir orzusi bu. Kichik paytimda bu yerga ota-onam bilan kelishni o'ylardim biroq nasib qilmagan. Nahotki bu orzuyim amalga oshayotgan bo'lsa buni men uchun qilayotgan inson. Nega uni bu qadar qattiq sevib qoldim o'zi?

- Ouu, men faqatgina suratlarda shunday mo'jizakor deb o'ylagandim! - qiz maydonga tikilgancha hayratlandi.

- Avval kelmaganmiding? - Jimin hayron ifodada qizga tikildi.

- Bunga fursat bo'lmagan - Raya ko'zlarini maydondan olib yigitga qaratdi.

- Yoshlik chog'imda bu yerga ko'p kelardik, oyim, singlim va men - yigit eski hotiralarini yodga olgancha so'zladi - o'sha paytlar bu juda zavqli tuyulardi.

- Senga ba'zida hasad qilaman, hayoting ajoyib!

- Bu sen o'ylaganingchalik oson kechmagan, aslida boy bo'lish bu baxtli bo'lish ekanligini anglatmaydi - Jimin tikilgancha hayotida sodir bo'lgan barcha voqealarni bir so'z bilan ifodalagan bo'ldi - xo'sh bu sening birinchi tashrifing ekan, uni unutilmas lahzalarga aylantiramiz, ketdik - u qizning qo'llaridan takror tutib, parkning ichki qismiga kirishdi.

~
Pov Raya
Qiziqarli sayrimizning taxminan 4 soat davom etishi. Bu orada bog'ning barcha qismini aylanib chiqdik, shirin paxtalar, tanghulu va shirinliklar, bog' ichidagi yeyish mumkin bo'lgan jamiyki yeguliklardan tatib ko'rdim. Bu hayotimdagi eng unutilmas kun. Tun osmonida rang-barang yulduzlar yanglishib ketgandek porlamoqda, biri qizil, biri koโ€˜k, yana biri oltinrang olovday yaltiraydi. Har bir salyut osmonga otilgach, goโ€˜yo gullarga aylangancha tuyiladi, maydon ustiga nur yogโ€˜diradi. Atrof quvonch, xursandchilik va shovqin-suron bilan toโ€˜lib-toshgan, odamlar hayrat ila osmonga boqib, salyutlarning sehrli jilosidan bahra olmoqda. Yoki bu menga shu qadar quvonchli tuyilyapti. Jimin meni yolg'iz qoldirib ikkimizga muzqaymoq olish uchun ketgandi, men bu jilovlanishni u bilan tomosha qilishni istagandim.

Qiz oldiga ikki muzqaymoq bilan qaytayotgan yigit biroz avval Rayani yolg'iz qoldirgan joyda uni topa olmagach atrofni qidirdi. Uzoqdagi ko'prik ustidan o'tayotgan begonalardan biri qizni opichlab olganini ko'rdi. Aftidan u yordam so'rab chaqirganda ham shovqin ovozidan hech kim payqamagan. Jimin birdan seskanib ketgandek bo'ldida, qo'lidagi muzqaymoqni yerga uloqtirib ular ortidan yugurdi.

Writer: Park Bona

@CYNEFIN_FANFICS