July 29, 2025

πƒπ€π‘πŠ π’π˜ππƒπ‘πŽπŒπ„

#Dark_syndrome

Episode.2

8:20 | Namoyish kuni.

Ohistalik bilan mashinadan tushgan qizni kiraverishda bir to'da muxbirlar qarshi oldi. Uning ikki tarafi maxsus tansoqchilar bilan himoyalanar ekan, qiz jurnalistlarning birorta savoliga javob bermadi. Bino ichki qismiga o'tganidan so'ng pardoz xonasi tomon shoshildi.

- Vanihoyat kelding? - qizni ko'rgan ayolning yuziga tabassum yugurdi.

- Hayrli tong, - xonaga kirgancha pardoz uchun mo'jallangan oyna qarshisiga joylashdi.

- Namoyishga ko'pi bilan 2 soat vaqtimiz bor, - qo'l soatiga tikilgancha ma'lum qildi ayol - sen so'nggi bo'lib chiqasan.
Qiz ayolning gaplariga bee'tiborlarcha oynadagi aksiga tikilib hamon labidagi qotgan qonning izini tekshirmoqda.

- Labingga nima bo'ldi? - ayol sezgancha savol nazari bilan qaradi.

- Muhim narsa emas, - javob qildi - davom etamizmi? - endi nigohlarini oynadan ayolga o'tkazdi.

- Boshlang! - Aeraning ikki tarafida turgan pardozchi qizlarga buyruq berdi.

~

Pardoz tugatilganidan so'ng xonadan chiqib asosiy zalga o'tgancha mashg'ulotlarga shoshilayotgan qiz sahna tomon o'tib borar ekan, sahnani tepa qismida uni kuzatib turgan yigitga ko'zi tushdi.

- Kimligi qiziq, shundaymi? - Aeraning nigohlari yigitga qaratilganini payqagancha savol berdi ayol.

- Qiziqmayapman! - keskinlik bilan rad etdi - shunchaki avval uni ko'rgandek his qildim, - tikilgan nigohlarni olib qochdi.

- U Kang Group bilan shartnoma imzoladi, - takroriy ravishda ma'lum qildi ayol - endi bu yigit bilan hamkorlarsiz, - qiz hayron qolmaganday tutdi.
Chindan bu tabiiy hol edi.

- Madam Kang rozi bo'ldimi? - keyingi savol.

- Albatta, - tasdiqlash - Kang xonimning shaxsan o'zi bu shartnomani taklif qilgan. Seni u bilan uchrashishingni istayapti.

- Tushunarli.

Aera sahna tomon yurgancha tayyorgarlik jarayonini boshladi. Sahna markazi, qiz har doimgidek ichki chuqur nafas bilan ko'zlarini yumadi, yuqoriga o'rnatilgan chiroqlar halaqit bergandek ko'zlarni qayta ochadida yuzida o'sha tabassumni aks ettiradi. Ishonch - qizning eng kuchli quroli. Aera o'ziga bo'lgan ishonchini nigohlarga birlashtiradi. Qolganlar undan shu sababdan hayiqishadi. Mukammalik aynan qizga hos.

~

Qiz o'ziga yod bo'lgan harakatlarni bajargandan so'ng sahnani tark etdi. Davomiy qadamlar bilan shaxsiy xonasi tomon yo'l oldi. Eshik oldida doimgidek Jihoo uni kutib olgandan so'ng qizni kirishi uchun ochdi. Aera ertalabgi holatni eslagan bo'lib yigitga nigohlarini tikdi. Biroq u jiddiy nigohlarni ko'rgandan so'ng bu voqea Jihoo katta ta'sir o'tkazmaganini sezib ichkariga qadam qo'ydi.
Aera ismi yozuvi ostidagi xonaga kirar ekan ichkari qismda o'z uyida sang'ib yurgandek qizning ajobtovur namoyish va taqdimotlarda olingan suratlarini tomosha qilayotgan yigitga ko'zi tushdi.

- Mashg'ulotlar nihoyalanganga o'xshaydi, - eshikning g'ichirlash ovozidan xonada boshqa bir inson paydo bo'lganini payqagan yigit xuddi qiz bilan ancha yillik qadrdondek gaplasha boshladi.
Taehyungning so'zlashish uslubidan qosh chimirdi qiz.
- Bu yerga qanday kirdingiz? - Aera xona bo'ylab yurib qarshisidagi yigitga savol berdi - so'roqsiz kirish mumkin emasligini bilmaysiz, chamamda.

- Sizni ko'rish uchun mumkin bo'lmagan har qanday chegaradan o'taman, madmazel - Taehyung qizga yaqinlashgancha uning nozik qo'llaridan tutib ohistalik bilan lablariga tekkizdi.

- Lekin qancha chiransangiz ham men chegara qo'yib boraveraman, - endi qiz qo'llarini undan tortib oldi - kimligingiz ahamiyatsiz.

- Biz hali juda ko'p uchrashamiz. Shuning uchun to'sqinlik qilishning keragi yo'q, - Taehyung kostyumini yoqa qismidan ushlab to'g'rilagancha chiqishga shoshildi - Aytgancha qancha harakat qilma men senga qoldiradigan sovg'alarni pardoz vositalari bilan yashira olmaysan, - yigit kechagi qizning lablaridagi tishlari yordamida tushirilgan izga ishora qildi - Shu sababli to'q rangli lab bo'yog'idan foydalanma, - qizning lablariga o'zining uzun barmoqlarini tekkizgancha bo'yoqni o'chira boshladi, bo'yoq xira tortib o'chgandan so'ng u yana o'sha jiddiy qiyofaga qaytgan bo'lib xonani tark etdi.

***

Palasis Gallery. Bahorgi kolleksiyalar namoyishi | 9:00

Uzun sahnaning ikki yoni havaskor modellar, mashhur dizaynerlar va bir qancha taniqli shaxslarga to'lgan.

Shular orasida o'tirgan yigit allaqachon siqilishga ulgurdi. U o'zining qimmatli vaqtini bu kabi narsalarga sarflashni yoqtirmaydi. Ammo qiz uchun majbur.
Namoyish boshlanish vaqti. Soniyalar teskari tartib bilan sanala boshladi. 10...9... Taehyung ekran ustidagi raqamlardan nigohlarini olib qochdi. 6...5 ketma ketlikdagi sanoq. 3...2...1 "Vanihoyat" miyasiga shu fikrni keltirdi u.
Namoyish boshlandi. Bahorgi yangi kolleksiyalar to'plami bir qancha model qizlar tomonidan ko'rsatilmoqda. Muxbirlar ularni har tarafadan suratga olishni boshladi. Biroq barcha kulminatsion nuqtadagi o'sha sirli libosni ko'rishga ishtiyoqmand. Sirli libos aynan Parijning eng mashhur modeli tomonidan taqdim etilish arafasida.
Oradan ancha vaqt o'tdi. Namoyish avj pallada. Barcha birdek yangi kolleksiya bilan tanishib chiqar ekan, endigi navbat o'sha sirli libos uchun sahna atmosferasi ham o'zgardi.
Sahna ortida Aera markazga ko'z yugurtirib, mashg'ulotdagi harakatlarni takrorlashni o'ylab ko'zlarni yumdi. Vanihoyat, chiqish fursati. Qiz jiddiy qiyofaga ozgina tabassum qorishtirdi. Ikki taraf pardalar yordamida ochilib qiz sahnada namoyon bo'ldi. Uzoqdan qiz ustidagi libosni qimmatbaho ekani payqash qiyin emas. Ortiqsa bezaklar va dabdabasiz, biroq nigohlarni o'ziga torta oladigan darajada jozibador. Aera qadam tashlashni boshladi. Uning nigohlari faqatgina sahna tepa qismida. Yon atrofdagilar ovozi eshitilishi qizning ko'rinishida ekanligidan dalolat bermoqda. Sahna markaziga kelganda kerakli harakatlarni bajarish uchun shaylanib ko'zlarini ro'paraga tikdi. Takrorlanmoqda. Yana o'sha qahvarang qorachiqlarga birlashgan nigohlar bilan qizning ko'zlari tutashdi. Bu juda uzoqdan bo'lsada qizni seskantirishga qodir. Taehyung qizga qaragancha nimtabassum bilan omad degandek musht qo'llarini ko'tardi. Biroq uning kulgisida shahvoniy hislari aks etib Aerani cho'chitgandek tuyildi. Quloqlari bitib qolgandek joyidan siljiy olmadi u. Barcha nigohlar qizda, qizning nigohlari bo'lsa qarshisidagi yigitga qaratilgan. Aera hozirgi holatiga o'zi ham hayron qolmoqda.
Soniyalarda ongi o'ziga qaytgandek his qilib chuqur nafas oldida yurishga shoshildi. Qadamlar sayin yigitga yaqinlashar ekan, oyog'ida muammo paydo bo'layotganini ham sezmadi chog'i.
Keskin qadamlar bilan yigitga nimanidir isbotlashga uringandek davom etdi. Notog'ri harakat va qiz yerga quladi.

- PΓΉtain, - qiz o'zining o'sha haqoratli so'zlarini chiqargancha oyoqlarini ushladi.
Atrof hayratga tushdi, sahna oldidagi qo'riqchilar qizga yaqinlasha boshladi. Ulardan avval qizni boshdan beri sahna ortida kuzatib turgan yordamchisi keldi.

- Zotaoliyalari, - Jihoo ham qizga tegishli so'zni aytgancha qizning oyog'iga qaradi.

- Oyog'imga nimadir bo'ldi Jihoo, - qiz og'riqdan qichqirgandek gapirdi.

- Hozir, - qizga tikilgancha - muz olib keling, - to'plangan boshqaruvchilarga buyruq berdi.

- Qoching yo'ldan, - atrofdagi to'palonda boshqa bir yigitning ovozi eshitildi - Aeram yaxshimisan? - o'zini qizning yigitidek tutgancha Taehyung savol berdi.

- Senn!! - nafrat ko'zlarini tikib baqirdi qiz - hammasi seni deb bo'ldi, - hech qanday sababsiz yigitga aybni ag'dardi.

- Yiqilib miyyang chayqalganga o'xshaydi, azizam, - qizning qo'llarini bo'yin qismiga o'tkazib bir deganda uni ko'tarib oldi.

- Qayerga olib ketyapsan? - barcha gapga guvoh bo'lib yigitning harakatlarini kuzatgancha savol berdi Jihoo.

- Aralashma! - bir deganda Jihooni itarib sahna ortiga o'tib ketdi u.

***

Korea - Seul | 23:45
Shahar politsiya mahkamasi.

- Buni ol, - jarohatlangan oyog'ini ushlagancha ingrayotgan qizga plaster tutqazdi.

- Kerak emas, - Bona yonidagi yigitga yuz burib rad etdi. Oyog'idagi jarohat qancha azob bermasin begona bir yigitdan yordam olishni istamasdi.

- Namuncha o'jarsan? - qizning harakatlaridan hayron ifoda bilan kulib qo'ydi.
Jungkook o'rnidan turib qiz oldiga cho'kkalagancha plasterni ushlab turuvchi qog'ozni yirtdida hech qanday ruxsatsiz qizning jarohati ustiga yopishtirib qo'ydi.

- Aish, - yigitning harakatidan qosh chimirib, og'riqdan ko'zlarini yumdi.

- Hammaga ham yordam beravermayman, - o'rnidan turgancha ma'lum qildi u - shunday ekan biror narsa taklif qilsam yo'q deyishni bas qil. Sen bilan har kun uchrashmaymiz axir.

Jungkook gaplarini tugatishi bilan xona komissar qaytdi. Yoshi ancha katta, egnida maxsus kiyim, qalin tig'li ko'zoynak taqqan komissar ikkisiga tikilgancha o'rniga joylashdi.

- Ikkingiz shaxsingizni tasqidlovchi xujjatlaringizni taqdim eting, - qari komissar jiddiy ohangda so'radi.

- Bu nega kerak, - Jungkook ham biroz avvalgi yuz ifodasini o'zgartirgancha savol berdi.

- Kechki vaqtda noqonuniy poygalarda ishtirok etgansiz. Qatnov yo'lida bu tarzfa harakatlanish mumkin emasligidan xabaringiz ham bor. Sizni deb avtohalokat sodir bo'lishi mumkin edi, - tushuntirdi u.

- Komissar kelganimizdan beri aytyapman biz birga emasdik, - erkakning gaplarini eshitgan qiz jahli chiqib baqira boshladi - meni hech qanday noqonuniy poygalarga aloqam yo'q. Uni ham endigina ko'rib turibman, men shunchaki yo'lda.... - Bona yonidagi yigitga ishora qilgancha vaziyatni tushuntirar ekan, qizning gaplarini erkak bo'ldi.

- Yigiting bilan birga ekanligingni rad etyapsanmi, - erkakning to'satdan aytganΒ  gaplaridan hayron qolgan qiz Jungkookga qaradi.

- Yigitim?? - barmog'ini o'ziga niqtagancha komissarning gaplarini takrorladi - qanaqa yigit? Men u bilan biroz avval tanishdim axir.

- Barcha sevishganlar shu tarzda vaziyatdan chiqib ketishga urinadi, - erkak qizning gaplariga quloq solmay davom etdi - bunday hunarlaringiz o'tmaydi bolalar, - xujjatni titkilab ularga qaradi.

- Bo'ldi bas qiling, - ikkisining suhbatidan sabri poyoniga yetgan yigit o'rnidan turdi - hech qanday shaxsiy ma'lumotlar aytilmaydi, shusiz ham siz bilan anchagina yaxshi munosabatda bo'ldim, - Jungkook o'z fe'lida qatiy turgancha erkakga so'zladi.

- Joyingga o'tirda, ismingni ayt bolakay - qari komissar yigitning gaplariga e'tibor bermay, uni mazax qilgandek avvalgi gaplarini takrorladi.

- Juda ezma ekansiz, - Jungkook qari erkakga qarata gapirdi - ko'zingizga o'rta maktab o'quvchisi bo'lib ko'rinyapmanmi?
Jin* ursin - komissar uning gaplarini eshitmay jim o'tirgani battar jahlini chiqardi.

- Nega hali ham o'tiribsan? - joyidan jilmay kuzatib o'tirgan qizga savol berdi - ko'tarib olib chiqishimni kutyapsanmi? - alamini qizdan olgandek gapirdi.
- Ketdik, - yigitning harakatlariga hech qanday emotsiya bildirmagan qizni qo'llaridan tutib yetaklay boshladi.

- Qayerga ketyapsan?? - bu sezgandek komissar o'rnidan bir qalqidida ularga ergashdi.
Tun bo'lgani sababli mahkamada deyarli hech kim yo'q. Jungkook qizni yetaklagancha chiqish tomon yurdi.

- Bona!!! - qiz ortidan kelgan tanish ovozni eshitib yo'lida to'xtadi.
Yeonhu ikkisini uzoqda ko'rgancha ularga yaqinlasha boshladi. Xuddi sevishganlardek qo'l ushlab olganliklari sababli yigit qosh chimirdi.

- Demak, komissar sizlar haqingizda aytibdida, - Yeonhu birlashgan kaftlardan ko'z uzmay gapida davom etdi - nega uchrashuvga kelmaganing ayon bo'ldi.

- Uchrashuvga ketayotgandim, - yigitning tikilgan nigohlaridan qiz qo'llarini Jungkookdan tortib olishga urindi - lekin yo'lda muammo paydo bo'ldi, - yigitning so'roq qilishi sababli Bona undan qo'lini tortib olayotganini payqagan Jungkook qizning kaftlaridan qattiqroq ushladi.

- Bundan xabarim bor, - ma'lum qildi u - uyga ketamizmi? - hamon qo'llar ayrilmaganidan jahli chiqqan yigit Bona qaradi.

- Albatta, - tasqidladi qiz - endi qo'limni qo'yib yuborsang bo'ladi, - qo'lida og'ir bosimni his qilib yigitga gapirdi.

- U bilan ketishga ishonching komilmi? - Jungkook xavotir olgandek qizga savol berdi.

- Ha, u meni yigitim, - qizning gaplaridan hayron qolgandek tezda qizning qo'llarini bo'shatdi.

- Sen mashinaga boraver, men ortingdan yetib olaman, - Yeonhu qizning bu yerda ortiq qolishini istamay uni o'ziga tortdi.
Bona rozi bo'lgancha burilib ketishga oshiqdi, ketishdan avval Jungkookga bir qarab qo'yidida yo'lida davom etdi.

- Men bu haqida komissar bilan gaplashaman, bir muddat mototsilksiz yurishingga to'g'ri keladi. Keyin qilgan ishingiz sababli tovon puli to'lash haqida topshiriq belgilangan.

Bona bu muammo qanday qilib aralashib qolganini bilmadim, lekin ishonamanki pulni o'rtada to'lashga yo'l qo'ymaysan, - Yeonhu so'zlarini biroz avvalgi holatdan alam olgandek ataydan kesatiq qo'shib gapirdi.

- Agar sevgilingga shunchalik qayg'ursang, pulni o'zing to'lab qo'ya qol, detektiv, - Jungkook yigitga quloq solmay, gaplarini aytdida keta boshladi.

***

Picardiè mavzesi - 47 | 10:30

Qizning shaxsiy xonasiga to'lgan shifokorlar namoyishdagi nohush hodisa tufayli qiz olgan jarohatini kuzatish bilan band. Aera yotoqda unsiz o'tirgancha shifokor ishini kuzatmoqda. Uning yaqinida boshqaruvchi Min xonim, sal nariroqda esa Jihoo turibdi.

- Jarohat jiddiy madmazel, - shifokor erkak qizni oyog'ini moslama orqali tekshirgancha vaziyatni tushuntirdi - gips qilishga to'g'ri keladi.

- Lekin gips bilan yurolmaymanku, - Aera tushgan vaziyatini tushunib norozi bo'ldi - men namoyishda ishtirok etishim kerak.

- Madmazel gipslar bilan yurishda muammoga uchrashingiz mumkin biroq hozir gips qilmasak keyinchalik yura olmay qolasiz, - shifokor qizning qarshiliklariga yarasha javob qaytardi.
Aera rozi bo'lishdan boshqa iloji yo'qligini sezgancha boshini quyi egdi.
Jarayon taxminan yarim soatlarcha davom etdi. Shifokorlar qizning atrofida to'plangancha ishlarini davom ettirar ekan, qiz ertalabki Taehyung bilan bo'lgan suhbatni miyasida tahlil qila boshladi.

*U nimaga shama qildi? Juda ko'p ko'rishamiz deb. Uni deb shu ahvolga tushdim, unga tikilib qolmasligim kerak edi, - ich-ichidan o'zini koyib havfsalasizlik bilan oyog'iga qaradi. Shifokor ishini tugatgandan so'ng xonani tark etdi. Qiz xonada o'zi yolg'iz qolgancha zerikishdan o'lmaslik uchun telefonni qo'liga oldi.
Ijtimoiy tarmoqlardan kelgan kun yangiliklarni ko'rar ekan, bugunning eng mashhur mazvusiga ko'zi tushdi. Namoyishda bo'lib o'tgan holatni kun yangiligi sifatida barcha muhokama qilmoqda. Ko'plab izohlar qoldirilgan.

- "Mashhur model va uning haloskori"
Nomi ostidagi postlarga sahnada Aerani ko'tarib olgancha ketayotgan yigitning suratlari aks etgan. Fansaytlar ikkisining suratlariga to'lgan. Muxlislar postlar ostiga o'z fikrlarini qoldirayotganini ko'rgan qiz jahldan qizara boshladi.

- Bu nimasi? - o'ziga o'zi yuqori to'nda baqirib savol berdi - Jin ursin seni Kim Taehyung!!! - g'azabini jilovlay olmagan qiz yotoq ustida o'tirib telefonni burchak tomon otib yubordi.

Writer: Park_Bona