August 23, 2025

πƒπ€π‘πŠ π’π˜ππƒπ‘πŽπŒπ„

#Dark_syndrome

Episode.5

Tong | 9:30

Iliq quyosh nurlari deraza orqali xonani yoritmoqda. Ochiq qismdan dapardalar tong sabosida tebranadi. Qishning so'nggi kunlari bo'lganligi tufayli havo anchagina iliq. Markazda keng yotoq. Yotoqdan pastda tartibsiz kiyimlar uyulib qolgan. Yotoqda bo'lsa oq choyshabga burkangancha qiz miriqib uxlamoqda. Soat millari tongdan o'tayotgani sababli qiz uyqudan turishga tayyor. Kichik ko'zlaridagi kipriklari biroz pirpiragancha ko'zlarini ochdi. Xona deyarli sokin, faqatgina qo'shni xonadan dush shovqini eshitilmoqda. Aera ko'zlarini to'liq ochib, turdi. Bosh og'rig'iga qo'shimcha ko'ngil aynishi. Bularni his qilgunga qadar anglagani begona xona, u ko'zlarini kosasidan chiqib ketgancha ochdi. Ustki kiyimga qaraydi, qiz o'lchamiga ancha katta bo'lgan ko'k rangli ko'ylak.

- PΓΉtain, - tilida qotib qolgan haqoratli so'zni chiqardi - bu nimasi?
Aerani sekin kiyim burni qarshiga olib kelib hidladi. Notanish ifor, juda o'tkir va erkak atir hidi. Ammo elas elas eslatadigan nimasidir bor. Aerani barchasini anglab olguncha xonaga ulangan eshik ochilib yigit paydo bo'ldi. Yigit ustida yagona bo'lgan sochiq, u uzun va tarqoq barmoqlari bilan nam tomchilar oqayotgan sochlarini tartibladi.
Taehyung hech narsa bo'lmagandek sassiz qizga tikilgancha toshoynaga yaqinlashdi.

- Turdingmi? - u oyna orqali qotib qolgan qizga qaradi.
Aera hamon unga tikilmoqda, yigitning bo'rtib chiqqan mushaklari, mukammal tanasiga suqlangandek qaradi. Buni sezgancha jilmaydi Taehyung.

- Nega tikilib qolding? - oynadan ko'zini uzib butun tanasi qiz tarafga qaratdi.

- Sen!!! - ongi qaytgandek - men nima qilyapman bu yerda, - tartibsiz so'zlarni birlashtirib, savol berdi.

- Hech narsani eslay olmaysanmi? - Taehyung ham ko'z kosasini kengaytirdi - nahotki shunday mhmm~
Lablarini birlashtirib jirkanch narsaga ishora qildi.

- Bas qil. Ishonmayman senga.

- Nima, nahotki tushumagan bo'lsang. Begona xonada uyg'onishing, ustingda bo'lsa yigitlar usulidagi kiyim, yarim tanang ochiq, - u qizning pastidagi kichik qismli sho'rtikka ishora qildi - va eng qizig'i hammasi menga tegishli joyda sodir bo'lishi?

- Yaramas, - Aera yotoqdan turib, yigitga yaqinlashdi, - yolg'on gapiryapsan!!!

- Xohishing, ishonmasliging ham mumkin. Albatta, shuncha voqeadan keyin... - u behayolarcha qizning ochiq ko'kraklariga tikildi. Aera sezgancha bo'shatilgan tugmalarni qadadi.

- Jin ursin hammasini, - qiz sochlarini siqimlab boshini quyi egdi. U yig'lashdan nari bo'lib oyna ostiga cho'kkaladi.

Qizning g'inshish ohangidan so'ng Taehyungning qattiq kulgi ovozi butun xonani tutdi. Aera nigohlarini telbalarcha kulayotgan yigitga qaratdi.

- Nega kulyapsan?
- Bunchalik ishonuvchan bo'lma, - mazax ohanggiga o'tdi - agar tunda biror narsa sodir bo'lganda, sen oyoqlaringda bu qadar ishonch bilan yura olmasding. Unutma, men yumshoq odam emasman.

- Sen aqldan ozgan telba, - qiz qahir va nafrat ufurib turgan nigohlari bilan qo'llarini ko'tardi.

- Tshsh, - Taehyung jiddiy qiyofaga qaytib Aeraning qo'llaridan tutdi - hayolingga ham keltirma, shuncha haqoratlashingga qo'yib berdim.
Qiz tarsaki urishga ko'targan qo'llarini Taehyung tomonidan to'silgani sababli uni tortib olishga urindi.

- Isyon qilishni bas qil, - Taehyung qizning qo'llaridan qattiqroq siqib, o'ziga yaqinlashtirdi, nigohlari to'qnashuvi, nafas olish bir biriga eshitilar darajadagi yaqinlik.

- Sen aqlsiz odamsan, sendan nafratlanaman!
Qiz qo'llarini undan tortib oldi. Aera bir yulqib ishonch to'la ko'zlari bilan yigitni teshib yuborgudek qaradida, xona eshigini zo'rakilik bilan yopib chiqib ketdi.

***

JJK Motors company | 10:25

Ish vaqtining o'tib borishi. Xodimlar o'z vazifasiga mofiq kerakli joyda mas'uliyat bilan ishlashmoqda. Kompaniyaga endigina yetib kelgan yigit, mashinadan tushgancha ichkari tomon oldimladi. Katta mototsikl dizayn kompaniyasi - shahardagi yagona va mashhur kompaniya hisoblanadi. Jungkook xodimlar orasidan o'zgacha g'urur bilan o'tib borar ekan, ba'zida ularga ko'z qiri bilan qarab qo'yishni ham unutmaydi.

Xonasiga yaqinlashib, kotibaga bugungi hujjatlarni olib kelishi haqida uqtirgancha ichkariga kirdi. Xona keng, markazda ish stoli, barchasi yigit didiga moslashtirilgan.
Jungkook xonaga nazar tashladida, o'z o'rindig'ida orqa qilgancha o'tirgan boshqa bir odamni ko'rdi.

- Boshliq ham shunday bo'ladimi? - orqa qilgancha o'tirgan yigitni qo'lida o'qlangan to'pponcha ovozi eshitildi, u qurolni qo'llarida aylantirib xuddi o'yinchoqdek o'ynamoqda.
- Hodimlardan so'ng ishga kelish, bu mas'uliyatli boshliqning qoidalarni buzishidan dalolat bermoqda.
Yigit aylana o'rindiqni burib endi Jungkook tarafga qarab, qurolni unga yo'naltirdi. Jungkook ham kamari yon tarafidagi qurolni chiqargancha qarshisidagi yigit qilgandek qurolni o'qtaldi.

~

- O'xshamadi, - yigit qurolni stolga irg'itdi - har safargidek.

- Shunday yakun topishi sabab ham seni yomon ko'rib boraveraman.

- Qachon qaytding? Parij ham senga bir chaqirim joydek bo'lib qoldi. Tez ketib, tez qaytibsan.

- Ishlarni bitirdim, - Taehyung qurolini yon tarafiga qistirdi.

- Tushunarli. U bilan qaytdingmi?

- Ha, - g'olibona jilmaydi - uni uyga qaytishga majburladim.

- Endi nima qilmoqchisan? - davomiy savol.

- Sekinlik bilan davom etamiz, uni meni sevib qolishiga majburlayman.

- Uni sevdiraman deb o'zing sevib qolmasayding, - Jungkook gapidan mamnunday jilmaydi.

- Aljirama, - jiddiy ohangda davom etdi - hech qachon bunday bo'lmaydi.

- Ko'ramiz....

***

Qo'rg'on | 11:00
Qo'rg'onning kirish qismiga kelib to'xtagan mashinadan qiz tushdi. Kerakli miqdordagi pulni tutqazgancha mashina eshigi yopti. Qo'riqchilar yordami bilan ichkari qismga oldimladi. Aera qo'rg'onning ulkan bog'idan o'tar ekan, oyog'ida og'riqni tuydi, qizning ochiq oyoqlari. Kecha gipsni yengilashtirgan edi, hozir bo'lsa umuman mato yo'q. Shuncha vaqtga qadar oyog'idagi jarohat va og'riqni aynan shu nuqtada yodga oldi.
Haqoratli so'zlarni lablari orasidan chiqargancha uy ichiga oldimladi.
Qo'rg'on sokin. Ichkariga kirgan qiz eshik oldidan oshxona tomon o'tayotib qahva ichayotgan yigit bilan yuzlashdi.

- Aera, - Yeonhu joyida qotib, qizga tikildi.

- Salom, - oddoygina ko'rishish usulidan foydalandi - Madam Kang uydami?
Aera yigit yonidan o'tib oshxona tomon yurgancha savol berdi.

- Buvim allaqachon kompaniyaga ketgan. Kecha uyda emasmidingiz?
Qiz idishdan suv quyib, uni ichdi.
Sassiz bosh silkib yo'q javobini berdi.

- Mehmonxonada tunadim, - Aera yigitning ko'zlariga qarab taptortmay yolg'on gapirdi.

- Tushunarli, - qahvadan bir ho'pladi.
Aera indamaygina zalga o'tib, zinalar tomon shoshgancha xonasi chiqdi. Tanish xona, o'sha ifor. Qiz ustidagi yigit ko'ylagini bir chetga uloqtirgancha vanna tomon oshiqdi.
.
Suvning bir maromda oqishi. To'ldirilgan vannada ko'zlari yumgancha tin olayotgan qiz. Barcha bemani hayollardan holi bo'lishning ajoyib usuli. Odatda qiz mast bo'lganda qilgan ishlarini bir necha kundan so'ng eslaydi. Ammo ayni damda u barchasini yodga olmoqchi. Taehyungga ishonmaydi, u biladi. Ayni imkon vaqtida Taehyung uni boy bermasligini.
*Shovqinli tungi klub, alkagolning yoqimsiz hidi anqiyotgan qadah. Tana harorati ichkilik tufayli oshishi. Tartibsiz harakatlar. Ochiq havo. Qorong'u ko'cha. Allaqanday begonaning ovozi va yoqimsiz bo'sa. Bosh og'rig'i sababli ongsizlik, ammo soniyasiga boshqa bir yigit bilan birlashgan tana. Quloq ostidagi noaniq shivirlash. Qiz sezayotgan yagona narsa yigitning qizga yopishgan tanasidagi iliqlik. >>>>
Keyingi soniyalar hisoblab bo'lmas, biroq allaqachon begona yotoqda paydo bo'ldi. Tanish ovoz va vahimali jumlalar. Terisidagi muzdak temirning yerga tushgandagi jarangdor ovozi. Og'riq. Bo'yin qismiga botirilayotgan nomalum narsa...
Aera suv ichidan boshini ko'targancha chuqur nafas ola boshladi. Tundagi voqeani elas-elas esladi, lekin bu yetarli emasdek. Qiz chanoqdan oqayotgan suvni o'chirdi, endi dush ichidagi shovqinli ovoz tindi. Qiz sochiq yordamida vannadan chiqdi.

- Jin ursin, - nam sochlarini moslama bilan qurutish uchun oynaga tikilgancha jahl qildi - bu yana nimasi? - u kecha Taehyung tishlari botirilgan bo'yinidagi zarg'aldoq izga barmoqlarini tekkazdi. Shundan so'ng anglagani aqldan ozdirish mumkin. Tumor yo'q va u taxmin qilingandek yigitning uyida.

***

Kompaniyagadagi o'ziga tegishli bo'lganΒ  xonada o'tirgancha yangi kolleksiya kataloglari bilan tanishayotgan qiz, yonida o'ziga hamroh qilib olgan shokolad. Odatda Bona achchiq ta'mli shokoladlarga o'ch va har doim bir bo'lak bo'lsa ham yonida olib yuradi. Har holda bu ijod masalasiga biroz bo'lsa ishtiyoq hamda jo'shqinlikni ta'minlab beradi. Hotirjam shokolad bo'lagini tishlayotgan qizni xona eshigining taqillash ovozi bezovtalantirdi.

- Kiring, - Bona planshetdan bosh ko'tarmay ruxsat berdi.

- Hayrli kun, Park xonim, - kotiba qiz kirgancha ta'zim qildi - sizni Janob Chan-Min o'z xonasiga chaqiryapti.

- Hozir boraman, - Bona qo'llari yordamida kotiba qiz chiqishi uchun ishora bildirdi.

~

- Bona so'nggi bor qaysi eskiz ustida ishlading? - xona bo'ylab kengaytirilgan stol, o'rindiqda o'tirgan erkak qarshisida tik turgan qizga savol berdi.

- Qishki to'y libosi bo'yicha.

- Men barchasini ko'rib chiqdim, - varoqdagi eskiz qaydlarini o'tkazgancha dedi - qoniqarli emas.

- Aynan qaysi qismi? - erkakning gaplaridan qosh chimirdi qiz.

- Deyarli barchasi, - jo'yali gap topolmadi -Β  Bona bu senda birinchisi emas, takroriy ravish davom etyapti. Eskizlarda xatolar juda ham ko'p, avval aytmoqchi edim. Biroq o'zing tushunib yetishingni kutgandim va ko'rib turganingdek natija bermadi. Bu holatda davom etsak o'sish bo'lmaydi. Shu sababdan ham seni ishdam bo'shatish niyatidaman.

Bona erkakning to'xtovsiz so'zlaridan ko'zlarini xiyol yumdi. Nimadir xato va qiz buni sezmoqda.

- Maydalashmasdan nega shuni boshidan ayta qolmadingiz, - erkakga taqdim etgan eskizlarni tortib oldi - shusiz ham kichik atelyeda ishlab bo'g'ilyotgandim, buni o'zingiz taklif qildingiz. Hoziroq bo'shash haqida ariza yozamanda, katalakdek kompaniyangizni tark etaman.
Qiz bosh egib chiqib ketdi. Uning gaplaridan hayron ifodada qolgancha ko'zlarin kattalashtirdi. So'ngra qo'liga telefonni olib biroz avval suhbatlashgan raqamga qayta chaqiruv yubordi.

- Salom Janob Jeon, - telefonning narigi tarafidan yigitni ovozi baralla jaranglaganidan so'ng dedi - bajarildi, xuddi siz istagandek, - kulib qo'ygancha ma'lum qildi.

~

Kompaniya eshiklari qiz uchun qo'riqchilar tomonidan ochildi. Bona hafsiragancha chiqar ekan, qo'lidagi telefon vibratsiya bera boshladi.

- Eshitaman opa, - belgilangan raqamdagi ismni ko'rib qo'ng'iroqqa javob berdi.

- Bona hozir nima qilyapsan?

- Hech narsa. Hozirgina ishdan bo'shadim, - binoga qarab qo'ygancha yo'lida davom etdi.

- Nega birdan? - Aera savolli ohangga o'tdi.

- Aniq sabab bilan emas, qo'yavering. Nimadir demoqchimidingiz?

- Ha, - Aera qo'ng'iroq sababini esladi - menga mashinang kerak edi.

- Endi mashina ham yo'q. Bilasiz, u kompaniya tomonidan berilgan, ishdan bo'shaganim sabab olib qo'yishdi.
Nega kerak edi?

- Bir joyga borishim kerak, - ikkilangancha so'zladi - mayli unut, tushlik qildingmi? - soatiga qaragancha vaqtni aniqladi.

- Yo'q.

- Unda senga manzilni yuboraman. Birga tushlik qilamiz, - Aera singlisidan rozilikni olgandan so'ng qo'ng'iroqni yakunladi.

~

- Nahotki eng qimmatbaxo taqinchoqni yo'qotgan bo'lsangiz, - kichik restarantda oldiga terilgan taomlardan yeganch hayrat bilan savol berdi qiz.

- Men senga hammasini aytib berdim, - Aera hamon hech narsa yemagancha yonidagi americano idishi tomosha qilmoqda - lekin senga aynan taqinchoq haqida so'rayapsan. U menga nimadir qilgan bo'lishi mumkin, - u butun tanasiga ishora qildi.

- Shuning uchun ham bo'kkuncha ichmaslik kerak, opajon, - Bona luqmani yeyishda davom etdi.

- Senga barchasini aytish yaxshi fikr emasdi.

- U o'zi hech narsa qilmaganligi haqida aytibdi, nega ishonmayapsiz, - qiz norozilik bildirdi - istasangiz ginekolog yoniga boramiz?

- Hoyy! Bu nega kerak, - Aera ko'ksiga qo'llarini hayrat bilan qo'ydi - anglashimcha ortiqcha havotir o'rin yo'q. Menga taqinchoq kerak, buni Madam Kang sezib qolmasidan topishim zarur.

- Taqinchoq hamon uni uyidami?

- Ha, - qisqagina bayon qildi, idishdan qahva ichish barobarida.

- Undan so'rab oling, sizga olib kelsin.

- Men o'sha telbaga yalinishni istamayman, - qiz boshini boshqa tarafga burdi, bu uning rozi emasligidan dalolat bermoqda - iltimos qilgan taqdirimda ham osonlikcha bermaydi, evaziga nimadir so'rashi aniq.

- Unda buni usiz hal qilish yo'lini topish kerak.
Qizning taklifidan so'ng hayoliga kelgan g'oyadan mayin jilmayib qo'ydi u...

Writer: Park_Bona