August 7, 2025

πƒπ€π‘πŠ π’π˜ππƒπ‘πŽπŒπ„

#Dark_syndrome

Episode.3

Picardiè mavzesi - 47 | 10:00
Oyoq og'rig'i, qo'shimcha tarzda og'ir gips bog'lamasi bilan oyoqda tik turishga urinayotgan qiz. Birinchi urinishdayoq polga qayta yiqilidi, Aera og'riq tufayli ingrab qo'ydi. Xona deraza qismidan shahar shovqini eshitilmoqda. Ilojsizlikdan chuqur xo'rsingancha eshik tomonga tikiladi. Keyingi soniyada xona eshigi xiyol taqqiladi, go'yo qizning najot kutgandek. Qizning ovozini tashqi tarafga eshitilgandan so'ng xonaga ayol kirib keldi.

- Turishga urinyapsanmi? - oyoqlariga tikilgancha polda o'tirgan qizga savol berdi ayol.

- Boshqaruvchi Nam, turishim uchun yordamlashing iltimos.

- Biroz avval Kang Xonim qo'ng'iroq qilgandi, - qizni qo'llaridan avaylab tutgancha yotoqqa o'tkizish mobaynida ma'lum qildi boshqaruvchi ayol. U qo'lidagi telefonni qizga uzatdi. Aera
ikkilanish bilan telefonni qo'liga oldida chaqiruv yubordi, bir necha chaqiruvdan so'ng qarshi tarafdan qari ayolning ovozi yangradi.

- Eshitaman.
- Madam Kang, - qiz ayolga xurmat bilan murojaat qildi - bu men Aera.
- Salom Aera, - Kang xonim jiddiy ovozini yumshoq holatga o'tkazdi - oyog'ing qanday? - nohush holatdan xabari bor ekanligini ham yashirishni unutmay savol berdi.
- Yaxshi, - qisqagina javob qildi - gips qilindi.
- Seulga qayt, - qizning javobi ortidagi sukunatdan so'ng ayol lo'ndagina qilib buyruq berdi - oyog'ing tuzalguniga qadar yonimda bo'lishingni istayman, bu holatda namoyishda ishtirok eta olmaysan, - muloyim ammo jiddiy ohangda davom etdi - shu sababli bugungi reys bilan uchib kel, Yeonhu bilan singling seni kutib olishadi.
Hozir kompaniyaga shoshilyapman qizim, kelganingdan so'ng bafurja suhbatlashamiz, - Kang qizning javobini ham kutmay qo'ng'iroqni yakunlaydi.
Aera bo'lsa bir so'zsiz telefonni Namga qaytardi.

- Seulga qaytishing kerak. Hozircha tanaffus olganing ma'qul, - Nam xonim yotoq oldidagi kichik javon ustidan stakanga quygancha qizga uzatdi, u ham Kang xonimning gaplarini maqullagan bo'ldi.

- Namoyishda ishtirok etishim kerak, axir ketishni istayaman.

- Rozi bo'lishdan boshqa ilojing ham yo'q.
- Kechki reys uchun chipta buyurtma qilaveraymi? - boshqaruvchi Nam Aeraning horg'in yuziga tikildi.
Qiz bir so'z aytmay yotog'iga yaxshiroq joylashdi. U hozir hech kimni eshitishni istamaydi.
Telefon chaqiruv ovozi yangragandan so'ng ayol qo'liga telefonni oldi, yana bir bor qizga xavotirli sayinda tikildi, so'ng xonadan chiqib ketdi.

***

Shahar markazi | 20:20

Soniyalar kechki vaqtga yaqinlashmoqda. Quyosh ufq bag'riga botib osmonni qizg'ish tusga bezadi. Mashina ichida horg'in kayfiyatda ketayotgan yigit. Qo'l soatiga tikilgancha yo'lida davom etadi. Hozirgi yagona ishi tezroq xonimi oldiga yetib borish. Uzun yo'l hech tugay demaydi, ustiga ustak allaqachon atrofni zulmat qoplagan. Jihoo og'ir ish kunidan so'ng charchashni his qilib, chalg'ish uchun melodiya qo'yishga oshiqdi. Davom etayotgan yigitning yo'lidan boshqa bir mashina paydo bo'ldi. Yigit mashina asta sekinlatgancha joyida turgan avtomobilga hamda uning atrofidagi odamlarga tikildi.

- Janoblar mashinangiz yo'lni to'sib qo'yibdi, - mashina oynasidan bosh chiqarib ma'lum qildi u.

- Kechirasiz, mashina buzilib qoldi, - erkak Jihooga yaqinlashgancha oydinlashtirdi - balki siz tuzatish usulini bilarsiz, yordam bering, - u yigitga iltimos qildi.

- Janob men avtomobil muammolari bilan shug'illanmayman, - ilk borada rad etdi.

- Shunchaki urinib ko'ring iltimos, - erkak muloyim ohangda iltijoli nigohlarini tikdi.

- Shoshib turgandim, - Jihoo ikkilangancha rozi bo'ldi - mayli bir ko'raychi.
U asta sekin eshikni ochib tushgancha mashina oldiga yaqinlashdi.
- Qayeri buzilib qol.... - gapi so'nggiga yetmagancha bo'yin qismiga kirgan og'riq tufayli ingradi. Yog'on ukol uchi orqali yigitning bo'yin qismiga uyqu dori yuborildi. U tez hushidan ketgancha tanasi boyagi erkak qo'lida qoldi. Atrofdagi bir to'da qora tanli kishilar Jihooni tanasidan tutishga yordam berdi. Ular orasidagi yigit topshiriq bajarilganiga ishonch hosil qilgancha ulardan uncha uzoq bo'lmagan boshqa bir mashina tomon bordi.

Jihoo

Mashinaning haydovchi o'rindig'idan joy olgancha oyna orqali orqa qismda o'tirgan yigitga ma'lum qildi.

- Bajarildi Janob.

- Ketdik, - Taehyung ohista jilmayib, ketish uchun buyruq berdi.

~

Allqachon xizmatchilar yordami bilan kerakli narsalarni joylagan qiz ketish uchun shay bo'lib haydovchisini kuta boshladi.

- Haydovchi yetib keldi xonim, - keyingi soniyalarda xizmatchi xonaga kirgancha qizga ma'lum qildi.
Aera sevimli xonasiga bir bor nazar tashladi, va xizmatchilar ko'magi bilan chiqishga shoshildi.

- Jihoo qani? - u o'z haydovchisi o'rniga boshqa bir begona yigitga yuzlagani sabab savol berdi.

- Uning biroz tobi yo'q xonim, o'rniga men sizni aeroportga eltib qo'yaman.

- Yaxshi...

Qiz haydovchi uzatgan qo'llar yordamida mashinaga joylashdi.

~

20 daqiqalik yo'ldan so'ng qiz aeroprotga yetib keldi. Hali uchish uchun vaqt borligi sezgancha ro'yxatga olish yo'lagidan shoshilmay o'tdi. Qizning oyoqlarida gips bo'lishiga qaramay bu yurish uchun unchalik ham noqulaylik tug'dirmaydi. Ravon yurish qiyin, biroq kimdir ko'maklashsa bemalol yurishni eplay oladi. Ustiga ustak qiz 2 kun davomida gipslarga ham o'rganib qolgan. U asta sekin ro'yxatga o'tish yo'lagidan haydovchi bilan birgalikda o'tdi. Odatda qiz doim Jihoo bilan birgalikda biror yerga jo'nardi, ammo bu safar bir o'zi. Yonida boshqa biri bo'lishiga qaramay, unga ishonib bo'lmaydi. Haydovchi Aerani samolyotgacha kuzatib qo'ydi. Samolyot yaqinida esa bir qancha ishchilar qizni tantanavor tarzda kutib olishdi. Hammasi risoladagidek tuyilmoqda, lekin nimadir xato. Qiz uyga qaytayotgan bo'lishiga qaramay yuragi notinch. U bo'm-bo'sh, hech kim yo'q bo'lgan samolyotga chiqib, o'zi istagan, qulay o'rindiqqa joylashdi. Samolyot ichi bizness klass. Aerani bu kabi muhit hayratga sola olmaydi, u har safar shunday bo'limda uchadi.
*Yana muhlislardan sovg'a* o'yladi u. Bunday kutilmagan syurprizlarni ko'p marotaba muhlislaridan qabul qilgan qiz.
Aera telefonni olgancha selfie qilishni ham unutmadi. Har holda bu shaharni tashlab Seulga ketyapti. Yana qaytib kelar, nima bo'lgan taqdirda ham bu onlarni muhrlab qo'ygan yaxshi. Bir nechta rasmlarga ega bo'lganidan so'ng telefonni o'chirdi. Endi qiz o'rindiq yaqinidagi oyna orqali tashqarini kuzata boshladi....Ayni vaqtda qiz qarshisida paydo bo'lgan boshqa bir insonga qaragancha yuzidagi tabassum yo'qoldi.

- Sen!

- Salom Malika, - yigit qizga ahmoqona jilmaydi.

- PΓΉtain!!!
U vaziyatni angladi, bizness klass bo'limi har safargidek muhlislardan kelgan kutilmagan sovg'a emasdi.

- O'tir, - qiz bir og'iz so'z aytmay ketish uchun shoshilarkan Taehyung jiddiy ohangda buyruq berdi.
- Biz allaqachon havoga ko'tarilib bo'ldik.

Aera nima qilarini bilmay joyida qotib turaverdi. Ketay desa samolyot allaqachon havoda, o'tiray desa bu orqali yigitga bo'ysunganday bo'lib qoladi.

- Butun parvozni tik oyoqda o'tkazmoqchimisan?...lekin oyoqlaring bunga chiday olmaydi, - u qo'liga telefonni olgancha qizning gipslangan oyoqlariga ishora qildi. Yigitning gaplarida hazil aralash mazax qilish borligi qizni jahlini chiqardi.

- Yaramas, savdoyi!
Qiz o'rniga qayta joylashdi. Sukunat saqlashni afzal ko'rdi. Uning yagona tilagi tezroq shu parvoz tugasa-yu, qarshisidagi insondan halos bo'lsa.

- Demak sukut saqlashni istayapsan, shundaymi? - oradagi jimjitlikni his qilgan yigit qarshisidagi qizga savol berdi.
- Gapir, - hamon qizning sukutidan Taehyungni jahli chiqa boshladi - seni bu yerga qay tarzda olib kelganim qiziq emasmi?
Aera bu safar ham bir og'iz so'z aytmadi.

- Yaxshi...bilasanmi malikam men insonlarni gapirtirishning ming xil usulini bilaman, ana shulardan birini senga qo'llamasimdan o'zing gapir.
Taehyung tahdid ohangida qizga yaqinlashdi.

- Sen ablaxsan Kim Taehyung!

- Vanihoyat, - u g'alaba hissi bilan jilmaydi - ismimni yaxshi eslab qolibsan, demak sirli sovg'am senga yoqqan ko'rinadi.
Ammo iz o'chibdi, yana takrorlashni istayman, - u qizga yaqinlashgancha nigohlarini Aeraning qizg'ish lablariga olib o'tdi.
- Bas qil, - qiz uni o'zidan itardi.
Lekin yigit uchun bu to'siq bo'la olmagandek qizning lablariga tashlandi.

Tong | 8:35

Erta tongdan iliq dushdan so'ng hotirjam nonushta qilayotgan qizning hayollarini telefonning jiringlash ovozi buzdi.

- Salom Yeonhu.

- Hayrli tong, - yigit o'zgacha ishtiyoq bilan gapira boshladi - nonushta qilyapsanmi?

- Ha, - qisqa javob berdi luqmani yeyish mobaynida.

- Erta tongdan rejalaringni buzishga majburmiz.

- Nega?? - qiz hotirjam ohangda savol berdi.

- Aeroportga borishimiz kerak. Aera qaytayotgan ekan.

- Qachon?? - tushunqiramay gapirdi.

- 1 soatdan so'ng parvoz yakunlanadi, tayyor bo'lsang seni olib ketaman.

- Yaxshi... - qiz qo'ng'iroqni yakunlab, nonushtani davom ettirdi.

Nonushtani yakunlab kiyinish uchun xonasi tomon yo'l oldi u. Garderobdan qulay kiyimni tanlab kiydi. Bugungi kun uchun tayyor bo'lgancha pastki qavatga tushib Yeonhuga xabar qoldirdi. Qo'shimcha tarzda sumkasini olishni ham unutmagan qiz eshik ochishi bilan chiqishdagi bir parcha qog'ozga ko'zi tushdi.

- Menga pochta kelmay qo'yganiga ancha bo'lgandi, - qiz qog'ozni qo'liga olgancha ochishga shoshildi. Oddiygina karton qog'oz ichida hujjatga o'xshash boshqa bir varoq chiqdi. Qiz hayron ifoda bilan o'qishni boshlaganda telefoni jiringladi.

- Eshitaman.

- Pochtani ko'rding shundaymi? - qarshi tarafdan yigitning ovozi eshitildi.

- Kim bu?? - noma'lum raqamga tikildi qiz.

- Atigi 7 soat. Nahotki bu vaqt meni ovozimni unutishing uchun yetarli bo'lsa, to'g'risi bu meni xafa qildi.

- Ha esladim, - qiz peshonasidan ushladi - sen o'sha mototsilkdagi yigitsan.

- Xuddi shunday, - tasdiqladi u - qog'ozdagilarni o'qimagan bo'lsang tushuntiraman. Bu ikkimiz to'lashimiz kerak bo'lgan tovon puli. Ahmoq komissar menga buni berib yuboribdi, men esa buni senga jo'natdim, - qilgan ishidan mamnun bo'lgan yigitning ovozi yangradi.

- Xo'sh, bu pulga meni qanday aloqam bor?

- Mahkamaga ikkimiz borgan ekanmiz, demak pulning bir qismini sen to'lashing kerak. Lekin bu vaziyatni yegillashtirishning boshqa yo'llari ham bor.

- Nega sen qilgan xato uchun men javob berishim kerak?

- Istasam butun boshli pulni senga to'latishim ham mumkin. Agar shunday bo'lishini istamasang, shartimga rozi bo'l

- Yana qanday shart? - Bona hayron ifoda bilan savol berdi.

- Telefonda bo'lmaydi, senga manzil yuboraman.

- Bormayman, - yigitning gaplarini so'nggiga qadar tinglamay rad etdi.

- Yaxshi unda pul miqdorini ko'rginda to'lashga tayyorlan.

- Jin ursin. Qayerga borishim kerak?? - qizning jahl bilan bergan savolidan mamnun kuldi Jungkook.

- Senga manzilni yuboraman.
So'nggi so'zni aytgancha qo'ng'iroqni yakunladi u.

***

Allaqachon manzilga yetib kelgan samolyot. Naq 10soatlik parvozdan so'ng charchoqni his qilgan qiz. Qolaversa, oldingda sen yoqtirmaydigan inson bo'lsa. Ikkising parvozi iliq ammo ahmoqona bo'sadan boshlandi. Shundan so'ng Taehyung qizga qarshi harakat qilmadi. Qiz oyna orqali bulutlarni kuzatgancha, Taehyung bo'lsa kompyuterda o'z ishlarini bajargancha vaqt o'tkazishdi.

- Seni jon deb uyingga eltib qo'yardim-u muhim uchrashuvim borda, - yigit qizning yuklarini olgancha gapirdi.

- Kerak emas, shundoq ham sening sovuq yuzingni 10 soat davomida ko'rishga majbur bo'ldim. Shunday ekan ortiqcha eltib qo'yishlarga xojat yo'q, - qiz oqsoqlagancha yigitdan yuklarini tortib oldi.

- Menga ber, - Taehyung qiz olgan yuklarni qaytarishga urindi. Aera berishni istamay o'ziga tortar ekan og'ir yuk sabab jarohatlangan oyog'i toyib to'g'ri yigitning qurshovida qoldi. Bir soniya. Agar Taehyung qizni tutib qolmaganda yiqilishi mumkin edi.
Yana qiz yigit qurshovida, u Taehyung qorachiqlariga tikildi. Bu qarash oldingidek bir zumda o'tib ketmadi. To'satdan yuz bergan holat qizga imkon bergandek o'sha jozibador nigohlar bilan qayta uchrashdi...

Writer: Park_Bona