July 16, 2025

πƒπ€π‘πŠΒ  π’π˜ππƒπ‘πŽπŒπ„

#Dark_syndrome

Episode.1

Fransiya - Parij | 22:40

Shinam xona, harorat doimgidek sovuq. 16-qavatning kichik tirqishli derazasidan qishning so'nggi oyidagi nam havo oqimi kirmoqda. Xonada o'tirgan yigit har daqiqa qo'lidagi tamakini chuqur tortgancha shiftga tikilmoqda. Tamaki tutuni tasmadek buralib birozdan so'ng nam havoga singib ketadi. Eshik sirtiga barmoqlar tegib tovush chiqarishi kirish uchun ishora bergandek bo'ldi. Yigit endi nigohlarini eshik tomon olib o'tgancha tikildi. Sukunat. Keyingi soniyalarda bu takroran 2 marta sodir bo'lganidan so'ng kirish uchun ruxsat berdi.
Yigit kirganidan so'ng boshlig'iga qarab tazim qildi.
- Shuncha vaqtdan buyon seni kutganim uchun arzirli yangilik bilan kelgansan degan umiddaman, - yigit jiddiylikdan qochmay tamaki uchidagi qoldiqlarni maxsus idishchaga qoqgancha gapirdi.

- Meni kechiring, janob, - yigitcha asabiylik titragan ohangda uzr so'radi.

- Xo'sh...- qayta tikildi u - shartnoma tuzildimi? - avvalgi berilgan topshiriqqa ishora qilgancha savol berdi.

- Ha, albatta - yigit olib kelgan hujjatini stol ustiga ohistalik bilan qo'ydi - bu yaxtada bo'lib o'tgan shartnoma yuzasidan hujjatlar, ular biz bilan birga ishlashdan mamnun ekanligini aytib, rozi bo'lishdi, - gapida davom etdi.

- Mollarning barchasi sotildimi? - keyingi savol.

- Ha Janob, - yigitcha bayon qildi - yana bir narsa haqida ma'lumot ber degandingiz...- oradagi jimlikni bo'ldi u - xonim 2 avval mehmonxonadagi ziyofatga kelganicha hali qaytmadi, haydovchisi esa 10 daqiqa avval u yerni tark etdi - yigit boshini eggancha so'zladi.

- Qizaloq bir o'zi qoldimi? - qiziqqonlik aralash savol bergancha tamakini stol ustidagi idish sirtiga ezg'iladi.

- Ha Janob.

- Ketishing mumkin, - yordamchisiga chiqish uchun ruxsat berdi.

- Demak uchrashish vaqti keldi, malika - miyig'ida kulgancha xonani tark etdi.

~

Grand Hotel | 23:00

Shaharning eng nufuzli insonlarini jamlagan mehmonxona. Kelganiga qariyb 2 soatdan oshgan qizning qimmatbaho poshnalari allaqachon nozik oyoqlarini jarohatlashga ulgurgan. Bu yer misoli tungi klubning o'zginasi, faqatgina yosh qatlam hukmronlik surib, vaqtichog'lik qilishmoqda. Dugonasining tug'ilgan kuniga taklif qilingani sabab hech qanday hamrohsiz tashrif buyurganidan so'ng bir qadah vinoni qo'lida ilgancha, ichkilikdan rohatlanmoqda. Ketma-ket bo'shatilgan jimjimador qadahlar tufayli qiz mast bo'lishga ham ulgurgan. Har safargidek, Aera mast bo'lishi uchun butun bir idish bo'shatilishi shart emas, ikki yo uch qadah kifoya. Sabri poyoniga yetgan qiz, ketish uchun shaylanib stol ustidagi bejirim sumkasini oldida chiqish tomon oldimladi. Chalkashtiruvchi qadamlar bilar yurar ekan, miyasi qalqiyotganini ham sezish qiyin emasdi. Eshik tarafga yaqinlashgan onda, qarshisida mallasoch, ko'k ko'zli, yuzi kichik dog'simon nuqtalardan iborat yigit paydo bo'ldi.
- OΓΉ vas-tu, ma belle? On danse ensemble?

( Go'zalim qayerga ketyapsan? Birga raqsga tushmaymizmi?)

- PΓΉtain!!! - baqirdi qiz - Es-tu prΔ›t a mourir? Ècarte-toi de mon chemin (O'lging keldimi? Yo'limdan qoch, ahmoq) - qizning fransuz tilidagi ravon so'zlashuvi tufayli mallasoch yigit tahdid ostida qolgandek bo'ldi.

- Lè bien! (Yaxshi, yaxshi) - qizga yo'l bo'shatib, qo'llarini aybdor odamdek yuqoriga ko'tardi.

Aslida bu uning qizdan qo'rqqani uchun emas, uning bo'ynidagi maxsus tumori tufayli. Bu Aeraga 8 yil avval sovg'a qilingan bo'lib, uning qimmatbaholigi Parij bo'yicha kam sonli oqsuyaklarda uchraydigan taqinchoq.

Maxsus taqinchoq va buni faqatgina oqsuyaklar taqa oladi, taqib olgan qizga begona yigit tomonidan munosabat bildirilishi mumkin emas...

Mehmonxona chiqish qismiga chiqqancha, sovuq havodan to'yib nafas oldi. Ichkilikning achchiq ta'm qizning tomog'ida turib qolgan. Aeraning tanasi ichkilikka kuchsiz, shu tufayli qiz hozir o'zini tanishi ham amri-mahol. U mehmonxona yaqinidagi turgan yagona mashinani ko'rgancha o'sha tarafga bordi. Avtomobil raqamiga qarash uchun haddan tashqari erinchoq. Eshikni ochgancha mashina orqa qismiga joylashdi.
- Ketdik, - butun tanasini o'rindiqqa tashlagancha buyruq berdi.

- Qayerga? - haydovchi o'rindig'ida o'tirgan odamning ovozi biroz yog'ondek tuyilib, savol berdi.

- Uygada... - g'inshidi qiz, mast ohangda.

- Uying qayerda? - yana o'sha jarangdor to'nda davom etdi.

- Aqldan ozdingmi, Jihoo? - endi qiz oldi o'rindiqqa yaqinroq keldi - uyim qayerdaligini bilmaysanmi? - savol berish mobaynida ilk to'qnashgan narsasi qahvarang qorachiqlarga tutashgan nigohlar bo'ldi.
- Sen kimsan? - lablaridan so'zlar dona-dona bo'lib chiqdi. Ongi o'ziga qaytganday.
Telefonni qo'liga olgan yigit kerakli raqamni terib, chaqiruv yubordi.

- Menga Aerani manzili yubor, - javob kutmay qo'ng'iroqni yakunlagan yigit orqa o'rindiqda uxlab qolgan qizga tikildi.
- Oddiy ichkilik ta'siriga chiday olmasang, birgalikdagi tunlarimizni kim lazzatli qiladi, - miyig'ida kulgancha mashinani o't oldirib mehmonxonadan uzoqlashdi.

~

Picardie mavzesi - 47 | 23:30

Yigit mashinadan tushgan zahoti telefonni olgancha kelgan yo'nalishga qaradi, ko'cha nomi to'g'ri yozilgan. Ortiga qaytgancha avtomobil orqa qism eshigi ochib qizni ko'targancha uy tomon qadam bosdi. Taehyungning bo'yni oralab qo'llarini chirmashtirgan qiz uning qadam harakatlaridan hushi qaytgandek biroz seskandi, biroq hamon tanasi yigit qurshovida. Eshikdagi xavsizlik sifatida o'rnatilgan moslama kataklariga kodni terar ekan bag'ridagi qizga bir bir nigohlarini qaratib, qizdan kelayotgan qimmatbaho atirning iforiga mast bo'la yozdi.

Pov/Taehyung
Bu avval men hech bir ayolda his qila olamaga ifor, uning kishini sarhushtga aylantiruvchi ifori mendagi buzuq ishtiyoqni qitiqlovchi bir unsurdek atrofimni egallab oldi. Ayni damda men u bilan barchasini his qilishni istayman. Barchasi meniki bo'lishi. Ammo kutish kerak, bu uchun albatta vaqtimiz bor, sevgilim...

Dabdabali uyning ichki qismi yigitga tanish emas, biroq miyasiga urilayotgan taxminlar sabab aynala ishlangan zinalar tomon qadam bosib tepaga ko'tarildi. Ikkinchi qavatni teng ikkiga bo'lgan uzun karidor bo'ylab yurdida ro'paradagi xona ichiga kirdi. Oqilona taxmin. Bu aynan qizning xonasi. Taehyung zulmat cho'kkan xona chiroqlarini yoqishga ham e'tibor bermay qizni yotoqqa joyladi.
Ketish maqsadida qaddini ko'tarar ekan birdan uni ushlab qolgan narsani his etdi. Qizning bo'ynidan joy olgan yaltiroq tumor yigitning usti kiymi tugmalariga ilingancha ikkisining orasidagi masofani yanayam qisqartirishga sabab bo'ldi.

- Jin ursin, - lab uchida pichirladi u.

- Jihoo, - hamon qarshisidagi yigitni o'z haydovchisi siymosida ko'rayotgan qiz ismini takrorladi - nega buncha o'zgarib ketting? - sarxusht ongi bilan ahmoqona savol berdi - yoki sen Jihoo emasmisan? - davom etdi qiz.

- Yo'q. Men Jihoo emasman, - inkor etdi yigit - Taehyung! Bu ismni eslab qol malika, butun ongi shuuringni egallasin toki har on men yodingda turay, - yana o'sha nigohlar bilan gaplarini uqtirib, qizning tumoridan o'zini halos etdi.

- Kel, yaxshisi keyingi uchrashuvmiz uchun kichik iz qoldiraman, - endi Taehyung qayta egilib qizning qizg'ish lablari ustidan o'zinikini botirdi. Qattiq bo'sa, bu sevgidanmi yoki qahirdan bilish qiyin. Og'ir bosim sababli Aera lablarini yigitnikidan uzishga uringan chog'i Taehyung bo'sani yanayam chuqurlashtirib qizning labrini tishladi. Ketma-ket botirilayotgan tishlar qizga azob bermoqda. Qon ta'mini tilida his qilgan yigit vanihoyat olovli ishtiyoqini biroz so'ndirgancha qizdan uzoqlashdi.
- Pu'tain - qiz lablarida qotib qolgan o'sha haqoratli so'zni mast ohangda chiqardi.

- Yana ko'rishamiz, Aeram - u qon tekkan lablarini tili orqali artgancha xonani tark etdi.

***

Ertasi kun | 8:52

- Zotaoliyalari ketish vaqti bo'ldi, - uzluksiz eshik taqillash ovozidan uyg'ongan qiz boshini ko'targandan so'ng yana qayta yotoqqa tashladi. Bosh og'rig'i miya kemirayotgandek.

- PΓΉtain, bu nimasi? - Aera barmoqlarini sochlari orasidan o'tkazgancha baqirdi - boshim yorilib ketay deyapti.
Sukunat ortidan yana o'sha ovoz eshitildi.
- Yaramas, nima istaydi mendan!!! - qiz yotoqdan jahl qilib turgancha eshikni ochdi.
- Malikam, kech qolyapmiz! - qizga tanish chehra bosh eggancha unga hos mulozamat bilan dedi.

- Nega kelding Jihoo? - xona va karidorni birlashtirgan qismda turib, jahl qildi.

- Hoziroq ko'zimdan yo'qol! - eshikni yopish uchun oshiqdi.

- Nima xato qildim, xonim? - yigit hayron ifoda bilan savol berdi.

- Kechagi ishing uchun seni hech qachon kechirmayman! - labiga ishora qilgancha ogohlantirdi - Bemalol ishdan bo'shashing mumkin. Meni uyimga eltib qo'yish evaziga qilgan nomaqbulchiliging tufayli rasvo yuzingni ko'rgim yo'q.

- Gaplaringizga tushunmayapman, xonim. Kecha ketganimdan so'ng nimadir sodir bo'ldimi? - hamon tushunqiramay tikildi - men erta ketib qolganim uchun afsuslanyapman - boshini quyi egdi.

- Erta ketganim uchun? - takrorladi u - kechqurun men bilan uyga kelmadingmi?

- Yo'q xonim, - rad etdi - namoyishga kerakli hujjatlarni olish uchun ketishimga o'zingiz ruxsat berdingiz, - gap isboti tarzida aytdi.

- Agar sen mendan avval ketgan bo'lsang..- o'ychan ohangda dedi - unda kecha meni kim uyga olib keldi???
Aera barmoqlari bilan sochlarini siqqancha norozilik bildirdi.

***

Korea - Seul | 9.35

Hashamatli qo'rg'on. Erta tonggi nonushtani odatiydan ko'ra ko'proq insonlar bilan tanavvul qilish. Stol atrofidagi ma'nisiz suhbat tufayli qiz qo'lidagi sanchiqini qattiq siqdi. Bu holat uni ezib borayotgandek. Deyarli 30 daqiqadan buyon davom etmoqda.

- Unashtiruv uchun asoslar ko'p edi, bizning oila urf-odatlaridan qochmagan holda amalga oshiriladigan to'yingiz borasida hech suhbatlashmaganimizni inobatga olgan holda menda bir qancha rejalar bor, - stol yuqori qismida luqmani shoshilmay yeyatgan ayol gaplaridan qiz ensa qotirdi.

- Buvijon, unashtiruvga ko'p bo'lmadi axir, - ayolning yon tarafidagi nabirasi sokin jilmaydi.

- Vaholanki, ikkingiz ham...

- Keling, zerikarli qismlarni olib tashlaymiz. Men kompaniyaga shoshayotgandim, - qiz hali so'zini tugatmagan ayolni gaplarini buzdi.

- Men kelajak rejalaringiz haqida aytyapman, qizim - ayol iloji boricha muloyimlik bilan javob qaytardi.

- Hali kelajak haqida o'ylashga vaqtimiz ko'p, menimcha, - qiz lab atrofini dastromolga artgancha o'rnidan turdi - ertalabki nonushtaga taklif qilganingiz uchun rahmat, - yengil bosh egib chiqish shoshildi.

- Bona~ - qizning ismini aytgancha chiqish tomon qaradi - U shunday o'jar. Hafa bo'lmang, buvijon - qizning qiliqlari tufayli hijolat tortdi yigit.
Nonushtani tugatib, u ham qizning ortidan ergashdi.

- Bona to'xta! - qo'rg'on tashqi qismiga chiqib qizning qo'llaridan tutdi - istasang eltib qo'yaman, bugun biroz vaqtim bor.

- Shart emas. O'zim yetib olaman, Yeonhu, - yigitdan qo'llarini tortib oldi.
Allaqachon haydovchisi yetib kelgan qiz Yeonhu bilan hayrlashgancha qo'rg'onni tark etdi.

~

Luxe-Line Company | 9:50

Mashhur brendlar bilan hamkorlikda ishlaydigan kompaniya oldiga mashina to'xtagancha birinchi ko'ringan narsa qizning yuqori poshnalari bo'ldi. Mashinadan tushgancha ichkari tomon oldimladi.
Qiz kiraverishdan xushomad bilan barchaning salomini qabul qilib, xonasiga kirib ketdi.

- Xush kelibsiz, Park xonim!

- Eskizlar tayyormi? - xonasiga kirgan qiz birinchi shu savolni berdi.

- Ha xonim, - tasqidladi kotiba qiz - allaqachon bahorgi kolleksiya uchun qoralamalar tayyor.

- Yangi katalogni olib keling.

- Xop xonim, - kotiba bosh egib chiqib ketganidan so'ng qizga telefon orqali xabar kelganini bildiruvchi ovoz xona bo'ylab yangradi.

"Ertalab bahona qilib taklifimni rad etding, lekin kechki ovqat uchun yo'q deyolmaysan. Sen uchun mahkamadan ertaroq chiqishga va'da berman. Birga kechlik qilamiz..."
Xabarni o'qir ekan kayfiyati o'zgarmagancha rozilik javobini yubordi.

~

Ancha kech vaqtda kompaniyadan chiqqan qiz ertalabki belgilangan uchrashuv uchun mashinasini qoldirib piyoda yurishga qaror qildi.
Kichik ko'cha mavzelari, vaqt allamahal bo'lishiga qaramay shovqin suronga boy. Shaharning markazi doim shunday gavjum bo'ladi.
Yo'l markaziga chiqqan qiz sumkasidan quloqchinni olgancha yurishda davom etdi. Baland musiqa ovozi endi butun boshli shovqinni yutib yuborganday. Yo'lning bu qismi asosan piyodalar uchun mo'jjalanmagan, ammo u tezroq yetib olish uchun aynan shu yo'lni tanlagandi. Taxminiy ravishda uzoqdan kelayotgan qator mototsikllar qizni ko'rganicha yo'q.

Poyga ayni qiziq pallaga kelgan vaqt, barchani quvib o'tayotgan ikki shovvoz haydovchilardan biri qizni ko'rgancha ikkinchisiga to'xtash uchun ishora berdi. Ammo g'alaba ishtiyoqi barchasidan ustun. Ayni damda yigit qarshisidagi raqibini quvib o'tishga urinib gazni yanayam qattiqroq bosdi. Bona yo'lning markaziy qismiga kelganda yaqin qolgan mototsikl chiroqlari tufayli ko'zlarini berkitdi. Birinchi qadamda ildamlayotgan yigit ayni damda qizni ham bosib ketishga urinib yaqinlashdi. Atigi bir qadam va qizning hayoti tugashi mumkin. Buni anglab yetganidan so'ng biror harakat qilolmay joyida qotib qolarkan, olg'ir yigitning urib ketishga shoshilayotgan raqibidan o'zib yo'ldagi qizning qo'llaridan tutib o'ziga tortgancha mototsikldan uzoqlashtirdi. Ikkisi birgalikda yerga yiqilishdi.

- Aish~ - yuztuban holatda yigit bilan birlashib yerda qolgan Bona baqirdi - oyog'im!!! - yigitning tanasi ostida qolgan oyog'iga ishora qilgancha.

- Qatnov yo'lida qaysi ahmoq quloqchin bilan yuradi? - turishga uringan qizni qo'lidan tutgancha o'dag'ayladi.

- Nima? - hayron ifoda bilan o'shqirdi - Aholi yashash qismida qaysi aqldan ozgan poyga o'ynaydi? - yigitdan qo'lini tortib oldi u.

Writer: Bona