October 9, 2025

The Difference of Different Relationships 12-qism

Bir necha hafta o'tdi. Namjoon Yunaga uylangani va yoshi 1 yoshdan oshgan qizchasi ham borligini endi hamma bilardi. Ular endi yashirincha yashashni to'xtatib mansionda hamma bilan birga yashashardi. Yuna juda aqlli, odobli va innocent edi. Dirty narsalar haqida hechnarsa bilmasdi. U huddi Bonniening ilgarigi qiyofasi edi. Lekin baribir Bonnie ham hozir oldingidek emas. Qisqa qilib aytganda, buzilib ketgandi. Boshida, qizlar Yuna va uning qizi bilan tanishib olishdi. Qizining ismi Yumi edi. Keyin esa ular yana oddiy hayotga qaytishdi. Ular Yuna bilan tez chiqishib ketishdi. Lekin keyin Bonnie bir o'zi ajralib qoldi.
Bir kuni, negadir yarim kechasi to'polon boshlandi. Hamma uyg'onib ketdi. Shovqin yerto'la tarafdan kelardi. Hamma soqchilar o'sha yerda edi. Memberlar ham darrov o'sha yerga borib nima bo'layotganini aniqlashdi. Soqchilar yerto'lada allaqanday qo'rqinchli odamxo'r mahluq borligini aytishdi. Memberlar boshida ishonmadi. Ular sekin yerto'la eshigining teshilchasidan mo'ralashdi. Ichkarida faqatgina zulmat. Hamma jim bo'lib qoldi. Birdan haligi mahluq eshik tirqichidan qaradi. Hamma qo'rqib ketdi. Mahluqning ko'zlari o'yilgan, tanasi oppoq, sochlari uzun va qora edi. Qo'llari qon edi. Memberlar soqchilarga eshikni mahkam qulflab uni qo'riqlashni buyurishdi. Keyin esa zinadan tepaga chiqishdi. Sua so'radi.
–nima bo'lyapdi?
–yerto'lamizga qandaydir alvastiga o'xshagan mahluq kelib qolipdi.
Kira kulib yubordi.
–Bonnie, eshitdingmi? Qarindoshing seni ko'rgani kelipdi🤣
–hey!
Qizlar kulib yubordi. Memberlar ularga qarab gapirdi.
–bu kulguli emas. Biz jiddiy gapiryapmiz.
Sua yana kuldi.
–biz ham jiddiy gapiryapmiz😂
–bo'ldi. Bas qiling. Bonnieni ustidan kulmang
Qizlar battar kulishdi. Yuna hafa bo'lib turgan Bonniega qaradi.
–hafa bo'lmang. Men kulganim yo'qku
–men hafa bo'lganim yo'q
Bonnie ulardan nari ketdi. Yotoqxona tomon yurib ketdi. Kira yana kuldi.
–oh bechora. Hafa bo'libdi. Bo'ldi, ustidan kulmanglar...
Kira uni mazah qilib shunday dedi. Bonnie buni eshitdi va qadamini tezlatdi. U zinadan tepaga, yotoqxonaga chiqdi. Jimin uning ortidan yugurdi. Kira, Sua va Mia hali ham kulishardi. Keyin ular Jungkook, Suga va Taehyung ularga jahl bilan qarab turganlarini ko'rib to'xtadilar.
–hop hop... mayli. Birozoshirib yubordik. Uzr
–kechirimni Bonniedan so'ra!
–Nima? U kichkinaku. Qo'ysangchi. U nimaniyam bilardi. U hafa bo'lmaydi. Undan kechirim so'ramayman
–so'raysan!
–so'ramayman! U mendan kichkina! Hazilni to'g'ri tushunmasa o'zi biladi!
–obboo... sen bilan tortishish bandasiga emas
–ha! Nima bo'pti endi shunga?!
Yuna ularni to'xtatdi.
–shoshmang. RM, sizlar aytgan mahluq... u rostmi?
–ha. Rost. Lekin havotir olmang. U yerni 24/7 soqchilarimiz kuzatib turishadi va eshik mahkam qulflangan. Hozircha biz u mahluq bu yerga qanday kelib qolganini bilmaymiz. Balki u azaldan o'sha yerda bo'lgandur. Masalan men hechqachon biror marta yerto'laga tushmaganman
–demak... biz shuncha paytdan buyon manashu mahluq bilan yashadikmi? Men ketaman!
–men ham! Bu mansionda 1 daqiqa ham qolmayman
–hammangiz jim bo'ling! Shu paytgacha shu msnsionda yashadikku! Bu mahluq borligini hechkim bilmasdi ham! Biz manashu mansionda katta bo'lganmiz! Bu mansionni bizni bobomiz qurgan. Shu paytgacha mansionni yangiladik, o'zgarishlar kiritdik, lekin u mahluq biror marta tashqariga chiqmadiku! Bizga ziyoni tegmadi!
–RM, lekin u mahluq birozoldin tashqariga chiqib soqchilardan bir nechtasiga hujum qilgan. Bittasining qo'lini uzib olgan, ikkinchisini esa o'zi bilan birga torib ichkariga olib kirib ketgan. Biz bu mahluqni zararsiz deya olmaymiz. Bugundan boshlab, bu eshikni yaqiniga hechkim kelmaydi. Eshik doim mahkam qulflangan va qo'riqlangan holda saqlanadi. Biz yanada ya shiroq soqchilar yollaymiz

Meanwhile, Bonnie yotoqxonada yig'lab o'tirardi. Jimin uni yupatishga harakat qilardi.

–Bonnie, qo'ysangchi. Ular shunchaki hazillashishdi.
–shunaqa ham qo'pol hazil bo'ladimi? Men bunga chidolmayman
–Bonnie, bo'ldi. Bas qil. Kel o'zimga. Ularni gaplarini unut. Shunchaki etibor berma
Jimin Bonnieni sekin quchoqladi. Bonnie ham uni quchoqladi.
–Jimin...
–ha?
–kel bir alohida uy olib chiqib ketaylik
–nima uchun? Shu bitta hazil uchunmi? Axir men akalarimni tashlab chiqib ketolmayman. Ham agar ular bilan birga bo'lsam biznesimizni yuritish osonroq bo'ladi. Hafa bo'lma. Ertaga hammasi yaxshi bo'lib ketadi.
–hop. Mayli...
Ertansi kuni ertalab hamma nonushta uchun yig'ingandi. Bonnie nonushtaga chiqishi bilan, Mia kuldi.
–hayrli tong, Bonnie. Yerto'laga tushib qarindoshingdan habar olib kelmaysanmi?
Qizlar kulib yubordi. Jungkook Miaga jahldor qarab qo'ydi. Bonniening kayfiyati buzildi. U Jiminga qaradi.
–Jimin, meni ishtaxam yo'q. Mazam bo'lmayapdi. Nonushta qilmayman
Bonnie yana qaytib yotoqxonasiga kirib ketdi. Mia uning ortidan kuldi.
–mabodo opa singliz emasmisizlar? Biram qarindoshingga o'xshaysan, Bonnieginam
Qizlar yana battar kulishdi. Jungkookni battar jahli chiqdi.
–Mia! Bas qil! Ovozingni o'chir!
–ha nima? Men shunchaki hazillashdim
–bunday qo'pol hazillashma. Bilasanku, Bonnie kichkina va nozik
–uff... bo'ldi endi! U emdi kichkina emas! 25 yoshli bolasi bor ayol! U tushunishni bilishi kerak!
–lekin haziling juda qo'pol! Bor! Kechirim so'ra!
–so'ramayman!
–unda yo'qol! Ko'zimga ko'zinma!
Jungkook jahli chiqqanidan qattiq baqirib yubordi. Mia bundan biroz qo'rqib ketdi. U hechqachon Jungkookni bunchalik jahldor ko'rmagandi. Mia indamay o'rnidan turib chiqib ketdi. Sua esa hayron edi. U hamma kulganda ham birgina Sua kulmagandi. Chunki u Bonnieni bazida urib, so'ksa ham bu qadar qo'pol hazil qilmasdi. Sua o'rnidan turdi.
–men Bonniedan habar olib kelay
–boraqol...-dedi Suga.
Sua Bonniening xonasiga kirdi. Bonnie uxlab yotgan Jeonsuning tepasida uning sochlarini qo'llari bilan silab, mayus o'tirardi. Sua unga sekin yaqinlashdi. Qo'lini uning yelkasiga qo'ydi.
–Bonnie...
–ha?
–yaxshimisan?
–ha... men yaxshiman
–meni aldolmaysan. Ulardan hafa bo'lding, shundaymi?
–biroz...
–biroz emas. Men buni ko'zlaringdan bilib turipman
–axir nega faqat men? Nega Yuna yoki Mia emas? Mia opam mendan atigi 1 yosh kattalar. Yuna esa mendan kichkina. Lekin nega aynan men?
–ularni qo'yaver. Ular gapirishaveradi.
–o'lgim kelyapdi
Sua birdan Bonniening yuziga tarsaki tushirdi. Bonnie yuzini ushlab oldi
–voy. Bu nima qilganingiz? Men nima qildim?
–Bonnie! Sen jinnimisan? Shu gaplar senga shunchalik og'ir bottimi? Hechqachon! Men tirik ekanman, o'lishni hayolingga ham keltirma! Hali yoshsan! Bolang bor! Jimin ham senga mehribonku! Nega aynan shu Mianing bir gapini deb bunday fikrga kelyapsan?! Hullas, bundan fikrlarni miyyangdan chiqarib tashla. Shunchaki unga etibor berma, tamom.
–hmmm... bilmadim. Negadir gapi og'ir botyapdi
–men u bilan o'zim gaplashib qo'yaman. Bilasanmi nimani o'yladim? Kel ertaga ikkovimiz birga aylanishga chiqamiz? Birga parkka boramiz, shahar aylanib kelamiz. Birga ovqatlanamiz, keyin esa shopping qilamiz va uyga qaytamiz. Sen Jimindan ruhsat olgin, hopmi?
–hop. Sizni yaxshi ko'raman
Bonnie Suani quchoqlab oldi. Sua ham Bonnieni mahkam quchoqladi.
Kechki payt, Jimin yotoqxonasiga uxlash uchun kirdi. Bonnie ham o'sha yerda edi.
–voyey... bugun judayam charchadim. Ishlarim juda ko'p edi.
–haa... bilinib turipdi. Haligi... Jimin... sendan bir narsa so'rasam maylimi?
–mayli. Hop. So'rayqol
–ertaga Sua opam bilan shahar aylanmoqchi edik. Shunga... sendan so'ramoqchi edimki... borsam maylimi?
–mittivoy, albattada. Mansionda zerikib qolgandursan. Maza qilib aylanib kelasan.
–rostanmi? Sen ruhsat berasanmi?
–ha. Seni boshimga yostiq qilib mansionda majburlab olib o'tirmaymanku😂

–haa... to'g'ri😅
Ertansi kuni ertalabda Bonnie va Sua hatto nonushta ham qilmasdan tayyprgarlik ko'rishdi. Jimin hayron bo'ldi.
–hech bo'lmasa nonushta qilib olinglar
–cafeda nonushta wilish uchun ataylab buyurtma berib qo'yganman...-dedi Sua.
–aa shundaymi? Unda mayli. Bonnieginam, yaxshi borib kel. Hamma narsani unutib, ko'ngil hushlik qilgin, hopmi?
Jimin Bonniening peshonasini o'pib qo'ydi.
–Jeonsuga yaxshi qara. Kashasini vaqtida ber va unga qaynatilmagan suv berma. Unga qaynatib, keyin sovutilgan iliq suv ber. Va yana...
–bo'ldi bo'ldi bo'ldi. Hechnarsa haqida havotir olma. Men uning otasiman. Unga 1 kunga qarab tura olaman. Jaa bo'lmasa ana enagasi bor.
–hop, mayli. Hayr
Sua bilan Bonnie mansiondan chiqib ketishdi. Ular piyoda chiqishdi. Chunki shunda qiziqroq bo'lardi. Sua yo'l yo'lakay Bonniega dedi...
–biram shu bolangdan ajrashing qiyineey.
–siz ham ona bo'lsangiz tushunasiz. Nima qilib bo'lsa ham uni har qanday vaziyatda himoya qilishni hohlaysiz. Unga joningizni bergingiz keladi
–haa... balki. Meni ham bolali bo'lgim kelyapdi
–shu ham muammomi? Pochchamga aytsangiz bir kechada hal qilib berishadi😂
–ee jinni😂 bor yo'qol. Senga bir gap aytib ham bo'lmaydigan bo'lib qolipdi
Ular birgalikda cafega borishdi. Birga nonushta qilishdi. Keyin esa parkka borib birgalikda sayr qilib vaqtichoqlik qilishdi. Sayrdan so'ng ular shahar aylanishga qaror qilishdi. Tushlik paytigacha do'kon va ko'chalarni aylanib yurib, keyin restoranda ovqatlanishdi.
–opa, qornim ochib ketdi. Nima buyurtma qilamiz?
–bilmadim. Meni ham qornim ochib ketdi.
–keling pitsa yeymiz
–yaxshi fikr. Oldin hecham ko'chada pitsa yemagandim. Chunki avvallari faqat uyga olib kelib berishga buyurtma qilardik yoki memberlar o'zlari olib kelishardi.
–yaxshi...
Ular pitsa va ichish uchun kokteylga buyurtma berishdi. Ovqatlanib bo'lgach esa ular shoppingga borishdi. Ular ko'ylak, tufli va cosmetikalar, o'zlari hohlagan hamma narsalarni sotib olishdi va keyin yana mansionga qaytishdi.
Ertansi kuni...