April 29, 2025

Arzon sevgi

Hana ismli bir qiz bor edi. U juda quvnoq va mehribon edi. Lekin u yomon ko'rgan odamlariga sovuqqonlik va e'tiborsizlik bilan muomila qilardi. U ota-onasi bilan yashardi. Hananing ota-onasi u 20 yoshga kirganida uni Jungkook ismli bir yigit bilan unashtirib qo'yishdi. Lekin Hana uni unchalik ham yoqtirmasdi. Unga sovuqqonlik bilan muomila qilar va oddiy narsa-buyumlarni undan ustun qo'yardi. Kunlardan bir kun, Jungkookning otasi chet elga ketdi va Jungkook ma'lum vaqtgacha Hananing uyida yashar edi. Hananing ota-onasi, Su-Jin va Min-yeop Jungkookni o'z o'g'illaridek ko'rishardi. Lekin Hana uni yomon ko'rardi.
Kunlardan bir kuni Hana o'qishdan uyga keldi va xonasiga kirib ketdi. Jungkook uni ortidan kirdi:
–salom, azizam. Yaxshi keldingmi😊- dedi Jungkook.
–nima ishing bor? Xonamdan chiq!😑- dedi Hana. Jungkook bundan kulib yubordi.
–mayli, mayli, hop...-dedi Jungkook va xonadan chiqib ketdi. Hana uning chiqib ketgandan keyin eshikka qarab qoldi.
–ovsar😑 -dedi va darslarini qilishda davom etdi. Bir necha soatdan keyin Hananing onasi, Su-Jin uni kechki ovqatga chaqirdi. Hana kechki ovqat uchun oshxonaga kirdi. Jungkook va Su-Jin uni allaqachon kutib o'tirishgandi.
Kechki ovqatdan keyin Hananing oyisi, Su-Jin idishlarni yuvish uchun turdi.
–oyijon, yordam beraymi? - dedi Jungkook. Su-Jin kulib qo'ydi:
– yo'q, rahmat. Buni o'zim eplayman- dedi Su-Jin va idishlarni yuvishni boshladi. Jungkook bosh irg'ab qo'ydi. Keyin u Hanaga qaradi. Hana o'rnidan turdi va dedi:
–oyi, men charchadim. Uxlagani ketyapman...
–mayli, yaxshi dam ol...
Hana xonasi tomon yura boshladi. Jungkook yana unga ergashdi. Lekin Hana u xonasiga kirishidan oldin uni to'xtatdi.
–to'xta!
–nima?😐
–unashtirilganmiz degani bir xonada uxlaymiz degani emas!😑- dedi Hana va eshikni yopib qo'ydi.
–sen kichkina...😡- Jungkookni jahli chiqdi. Lekin o'zini bosib olishga harakat qildi.
–tinchlan. Axir uni felini bilasankuu...😫- dedi u o'ziga o'zi va nari ketdi. Yarim kechasi Hana uyg'onib ketdi va suv ichish uchun oshxonaga kirdi. Uning ko'zi darxol Jungkookga tushdi. Jungkook charchab kresloda o'tirgan holda uxlab qolgan edi. U unga e'tibor bermaslikka xarakat qildi. Hana oshxonaga kirdi va suv ichib, so'ng orqasiga qaytayotganda oyisini ko'rib qoldi.
– oyi?! Yarim kechasi bu yerda nima qilyapsiz?
–uyg'onib ketdim😑
–yaxshi...- dedi Hana va xonasi tomon yura boshladi.
–to'xta! -dedi uning oyisi. U hayron qoldi va orqasiga, onasi tomon qaradi.
–hm?😐
–nega Jungkookni shu axvolda uxlab o'tirganini ko'rib turib indamay ketyapsan?🤨 ustiga bironbir adyol tashlab qo'ysang bo'lmaydimi?
–ufff...😑 oyiii...
–bo'laqol...
–ufff...hop!😑
Hana xonasidan bir adyol olib chiqdi va Jungkookning ustiga tashlab qo'ydi.
–endi xursandmisiz?😑
–ha! Endi kirib uxla🙂- dedi oyisi. U indamay uxlagani kirib ketdi.
Bir necha kun o'tdi. Hana Jungkookga sovuqqonlik bilan muomila qilishda davom etdi. Kunlardan bir kun, Hana o'z mashinasida o'qishdan uyga qaytayotgandi. Birdan Hana yo'lda nimanidir urib yubordi va to'xtadi. U mashinasining ichidan bu nima ekan deb qaradi. Bu Jungkook edi. Jungkook kechki sayr uchun ko'chaga chiqqan edi.
–uff... yana shu nusxami..? -dedi Hana va sekin mashinasining eshigini ochdi. Mashinadan tushgach eshikni ohista, ehtiyotkorlik bilan be'malol yopdi va sekin Jungkook tomonga yurdi. Hayriyatki Jungkookga hechnarsa qilmagandi. Lekin u hushsiz yerda yotardi. Hana unga sekin yaqinlashdi boshiga sekin tepib ko'rdi
–tirikmisan?
Hana unga biroz qarab turdi
–ha, soppa-sog'. Hechnarsa qilmagan...-dedi u va mashinasi tomonga yura boshladi. Keyin to'xtadi. Jungkookka qaradi
–lekin endi uni nima qilaman?🤔
Hana atrofga qaradi va skameykani ko'rdi
–aha!😃
Hana Jungkookni yelkasidan ushlab uni skameyka tomonga sudrab ketdi
–uff... namuncha og'irsan? Seni nima berib boqishgan?- dedi u va birnima qilib Jungkookni skameykaga yotqizib qo'ydi.

–anaa... hammasi hal. Endi uyga ketsan bo'ladi😌-dedi Hana va mashinasiga o'tirib uyga bordi. Uyda oyisi havotir olib o'tirgan edi.
–Hana, mabodo Jungkookni yo'lda ko'rmadingmi? U kechki sayrga chiqib ketganiga bir necha soat bo'ldi...
–mmm... yo'q, ko'rmadim. Daydib yurgandurda..🙄
–e Hudoyim u qayerda ekana?-dedi Hananing dadasi havotirlanib. Hana uxlashga kirib ketdi. Ertalab, Jungkook o'ziga kelib sekin ko'zlarini ochdi va sekin o'rnidan turdi.
–voyyy... boshiim...😖
U boshini ushladi va sekin atrofga qaradi. O'tgan-ketgan odamlar hammasi unga qarab o'tib ketayotgan edi. U sekin uy tomonga yurishni boshladi. Jungkook uyga kirganda Hananing ota-onasining rangi oqarib ketdi.
–Jungkook!- Hananing oyisi Su-Jin u tomonga yugurdi va sekin kresloga o'tirishiga yordam berdi.
–qayerda eding? Bir juda cavotirlandik-dedi Hananing otasi Min-yeop.
–bilmayman. Boshim aylanyapdi
–nima bo'lganini eslay olasanmi?- dedi Min-yeop.
–bilmayman. Eslashimcha... meni mashina urib ketgandi kecha😣
–nima?😨 -Su-Jinning havotiri oshib ketdi.
Hananing rangi oqarib ketdi.
–mm.. xo'sh... m-men... men o'qishga kettim. Hozir darsim boshlanib qoladi...-dedi va uydan chiqib ketdi. Hananing ota-onasi unga g'alati qarab qolishdi. Keyin yana Jungkookka yuzlanishdi.
–seni kim urib yuborganini eslay olasanmi?
–unchalik emas. Lekin aniq bilamanki u qiz bola edi Hana o'xshab kiyingandi...
–Hanaga o'xshab deysanmi?
–ha😣...
Hananing ota-onasi o'ylanib qoldi. Nahotki Hana uni urib yuborgan bo'lsa? Ular Hananing muomilasi Jungkookka nisbatan sovuqligini bilishardi. Lekin Hana bunchalikka boradi deb o'ylashmagandi. Lekin Hana ham buni ataylab qilmagandi.
Bir necha oylar o'tdi. Jungkook ham tuzaldi. Lekin Hana uni rad etishni va sovuqqonlik bilan muomila qilishda davom etdi. Lekin Jungkook baribir ham uni sevardi va uning muomilasini ko'tara olardi. Jungkook nonushta, tushlik va kechki ovqatlarda Hananing yoniga o'tirishga, darslarida yordam berishda, unga doim suyanchiq bo'lishga harakat qilardi. Lekin Hana ularning hammasini rad etardi. Bir kuni Hana haddan tashqari oshirib yubordi. Jungkook u uchun ataylab uning sevimli shirinligini pishirgandi. Lekin Hana uni axlatga tashladi va xonasiga hechnarsa bo'lmagandek kirib ketdi. Jungkookning yuragi bundan juda qattiq og'ridi. Endi u chidab turolmadi. Jungkook uni xonasiga kirdi.
–hoy, xonamdan chiq! ‐dedi Hana. Lekin Jungkook unga yaqinlashdi va qo'larini ushladi.
–iltimos, Hana. Hech bo'lmasa bir marta menga qara...
Hana unga qaradi. Jungkook davom etdi.
–nega menga bunchalik etiborsizsan? Nega meni oddiy narsa-buyumlardan pas ko'rasan? Meni shunchalik yomon ko'rssanmi?
–men... h-haligii... - Hana o'ylanib qoldi. Jungkook Hananing qo'llarini ko'ksiga qo'ydi.
–yuragimning tez urishini sezyapsanmi?
–h-ha...
–u sen uchun uryapdi. Faqatgina sen uchun. Men seni sevaman. Tushunyapsanmi? Senchi? Meni sevasanmi?
Hana jim bo'lib qoldi
–nega? -Jungkook so'radi. –nima uchun? Men sen uchun borimni beraman. Iltimos, men uchun birgina imkoniyat ber. Men senga sevgimni isbotlayman...
Hana o'ylanib qoldi.
– m-men... haligi... bilmayman
–iltimos. Faqatgina birgina imkoniyat ber. Men senga borimni beraman. Faqat, iltimos, meni rad etma
–men... nima deyishni bilmayman
–shunchaki rozi bo'l
–men... -Hana biroz o'ylanib qoldi- mayli... men roziman. Lekin faqat birgina imkoniyat...
Jungkook uning javobidan xursand bo'ldi. Uni bag'riga bosdi va keyin peshonasidan o'pdi.
–rahmat. Men seni yaxshi ko'raman
–men ham😊
Jungkook uni yana bir marta quchoqladi.
Bir necha kunlar o'tdi. Hana endi Jungkookka yaxshi muomulada bo'layotgan edi. Kunlardan bir kun Jungkookning otasi chet eldan keldi va Jungkook otasining uyiga qaytib ketdi. Hana uni sog'ina boshladi. U vaqti vaqti bilan Jungkookka telefon qilar yoki SMS yozardi. Lekin uni baribir sog'inaverardi. Kunlardan bir kun Hananing mashinasi buzilib qoldi va u o'qishga piyoda ketishha majbur bo'ldi. Lekin u o'qishdan qaytayotganda juda kech bo'lib ketgandi. Atrof qorong'u edi. U qorong'udan biroz qo'rqar edi. U tavakkal yo'lga chiqdi.

Lekin yo'lda ketayotganida bezorilarga uchradi. Bezorilar uni toxtatdi.
–salom qizlaloq-dedi biri.
–kech bo'lganda bu ko'chada nimalar qilyapsan?😏- dedi ikkinchisi
–kech bo'lganda qizbola ko'chada yursa nima bo'lishini bilasanmi?- so'radi uchinchisi
–yigitlar, keling maqsadga o'taylik. Qizaloq, yoningda qancha puling bor?
–sumkasini titinglar - dedi ulardan biri.
Bezorilar uni sumkasini titishdi.
–buni qaranglar! U yonida juda ko'p pul olib yurar ekan!
–telefoni ham qimmat ekan
–menimcha u bironbir boyning qizi bo'lsa kerak
–qiziq, dadasi u uchun qancha pul berarkin?🤔😈
–ancha... -ulardan biri dedi.
Hana judayam qo'rqib ketdi. U nima qilishini bilmasdi. Chunki u oldin bezorilarga dush kelmagandi. Uning yuragi juda tez urayotgandi. Ulardan biri uning bilagidan ushlab oldi. Ular Hanani o'g'irlab ketishdi va bir padvalga qamab qo'yishdi. Ayni paytda esa uning ota-onasi havotir olayotgan edilar. Bir necha kun o'tdi. Hanani hechkim topolmadi. Onasi Su-Jin undan xavotir olib bir-necha kun tuz totmadi. Otasi esa militsiyaga xabar berdi. Bu gaplar Jungkookka ham yetib bordi. U Hanani o'zi izlashga qaror qildi. Bezorilardan biri Hananing telefoniga tinimsiz SMSlar kelayotganini payqadi. Jungkook unga tinimsiz qo'ng'iroq qilib SMS yozayotgan edi. Bezorilar Jungkook Hanadan havotir olayothanini sezishdi va unga SMS yozishdi. SMSda "Agar senga Hana kerak bo'lsa, manabu manzilga $20000 olib kelasan. Agar kelmasang, u o'ladi" deb yozilgan edi. Jungkook SMSni o'qiganidan so'ng rangi oqarib ketdi. Lekin birozdan keyin o'ziga kelib oldi. U bezorilarning maqsadi pul ekanini va ular shunchaki Jungkookni qo'rqitishayotganini bilardi. Jungkook ularga rozilik bildirdi. Belgilangan manzilga bir kichik chamadon bilan keldi. Bezorilar allaqachon o'sha yerda edilar. Ulardan biri, Jimin so'radi:
–aytilgan pulni olib keldingmi?
–ha, olib keldim
–uni menga ber -dedi bezorilardan biri, Taehyung. Jungkook unga chamadonni berdi. Taehyung chamadonni ochib pulni tekshirib oldi va bezorilar boshlig'i, Jinga qaradi.
–hammasi joyida
–endi Hanani qaytarib bering! -dedi Jungkook. Bezorilar kulib yubordi. Vanihoyat Jimin javob berdi
–nima uchun?😏
–chunki sizlar va'da berdingiz!
–isboting bormi?😏
–nima?😨 hali isbot ham kerakmi?😡 erkak emas ekansizlar! Va'dangizda turmadingiz!- Jungkookning jahli chiqdi. Bezorilarning ham Jungkookning bu gaplaridan juda jahli chiqib ketdi.
–nima deding?😡
–ha, sen to'g'ri eshitding! ERKAK emas ekansizlar! Pulga o'ch qo'rqoqlarsiz!
–u bizni nima dedi?😠- Jiminning jahli yanaqa chiqdi
–u bizni qo'rqoqlar dedi😑- Taehyung hotirjamlik bilan javob berdi.
–BILAMIZ!- Jimin va Jin Taehyungga baqirdi. Keyin Jin yana Jungkookka qaradi.
–yigitlar, keling unga 'qo'rqoqlar' qanaqa bo'lishini ko'rsatib qo'yamiz...
Birdan bezorilatlr Jungkookka tashlanishdi va uni ura boshlashdi. Hana qo'rqib ketdi. U tezda telefonini oldi va politsiyaga qo'ng'iroq qildi. Politsiya tezda yetib keldi.
–bu militsiya! Qochdik!
Bezorilar politsiya ovozini yoqinlashganini ashitgach qochib ketishdi. Jungkook ularga qarshi chiqolmagandi. Uning yuzlari qon, qo'li singan va oyoqda turolmas darajada do'pposlangan edi. Hana u tomonga yugurdi. U Jungkookka achinib yig'layotgan edi.
–Jungkook... ular senga nima qilishdi...
–h-havotir olma. Men yaxshiman-dedi Jungkook. Politsiya keldi va tez yordam chaqirib Jungkookni kasalxonaga olib ketishdi. Bir necha kun o'tdi. Jungkook kasalxonada davolanayotgan edi. Hana uning yonidan ketmasdi. Unga o'zi g'amxo'rlik qilayotgandi. U Jungkookni ovqatlantirib qo'yardi, unga kitoblar o'qib berardi va uxlayotganda yonidan ketmasdi. Hana umuman o'zgargan edi. U boshqa oldingiz Hana emas edi. U hozir Jungkookka mehribon va g'amxo'r edi. Oylar o'tdi. Jungkook va Hana turmush qurishdi va baxtli oila bo'lib yashashni boshlashdi. Bir kuni, Jungkook uyqudan turgisi kelmadi. Hana uni turg'izishga harakat qilardi.

–Jungkook... Kookie, turaqolsangchi. Hozir nonushtang sovib qoladi...
–oyi, yana 5 daqiqa uxlay😩...-Jungkook alahsiradi.
–hali shunaqami? O'zingdan ko'r! 😑 uyqudan turmaguningcha ketmayman😤 - Hana krovat chetiga o'tirdi.
–bilganingni qil ...-Jungkook uyqisiram aytdi.
Birdan Hananing telefoni jiringladi. Hana telefonni oldi va jovib berdi:
–salom, shirintoyim😊... ha, men yaxshiman... yo'q, yo'q havotir olma, u uxlayapdi-dedi Hana telefonga. Jungkook buni eshitib sakrab o'rnidan turdi
–kim bu?
–seni nima ishing bor?😒 ha, ha, gapiraver😊 -u telefonga aytti. Jungkookni jahli chiqdi va telefonni Hananing qo'lidan oldi va telefonga gapirdi:
–alo! Kim bu?! Kimsan?😡
–aka? - telefon javob berdi. Jungkookning rangi oqarib ketdi. U telefon raqamga qaradi. Bu Jungkookning kichik singlisi edi. Keying Jungkook telefonga gapirdi:
–singlim? Senmisan?
–ha, menman😐 uxlamayotganmidingiz?🤔 axir kelinoyim sizni uxlayapdi degandiku🤨
–men... haligi... kechirasan, uni hozor vaqti yo'q. -Jungkook shunday deb telefonni qo'yib qo'ydi va keyin Hanaga qaradi.
–voy sen ayyoreey. Qani buyerga kelchi!
–kerak bo'lsa tutib ol🤪😂
Hana yugurib qochib ketdi. Jungkook ham kulib yubordi va uni quvlashni boshladi.
–bilasanmi men nima deb o'ylaganimni?!
–ha😂
–yaramas! Sen buni atayin meni turg'izish uchun qildingmi?!
–balki😂
–"balki" nimani anglatadi?😂
–bilmayman😂
–bilmasang gapirma!😂
–endi sendan so'rab gapiraman🤣
–yaxshi bo'lardi😂. Qani bu yerga kel! Ushlab olsam yomon bo'ladi
–kerak bo'lsa tutib ol!😂...