May 3, 2025

Haqiqiy Sevgi 4-qism

Bir hafta o'tdi. Bangchan va boshqa memberlar Yaponiyadagi mansionga kelishdi. Ular Borani ko'rmoqchi edilar. Ammo Bora mansionda emas edi. U Jin bilan edi. Bangchan va boshqa memberlar uning xonasini tekshiringdi. Ular biz nechta sevgi xatlari va tokcha to'la gullarni ko'rishdi. Uning xonasi odatdagidek qora va oq ranglarda emasdi. Uning xonasi yorqin va rang-barang edi. Memberlar buni ko'rib xursand bo'lishdi va ularda u yigit bilan tanishish istagi yanaqa kuchaydi. Bangchan telefonidan Bora qayerda ekanini aniqladi. Ular sohil bo'yida sayr qilib yurishgandi. Memberlar sohil tomon yo'l olishdi. Ularning hammasi Boraning jilmayishiga sababchi bo'lgan yigit haqida bilgilari kelib yanayam qattiq hayajonlanishardi. Vanihoyat ular yetib kelishdi va mashinadan tushishdi. Ular Bora va Jinni uzoqdan ko'rishdi va ularning yuragi hayajondan tez ura boshladi. Ular Jin va Boraga biroz yaqinlashishdi. Lekin ular hali ham uzoqda edilar. Bora va Jin ularni hali ko'rgani yo'q edi. Chunki ular Bora va Jinning ortidan kelayotgan edilar. Birdan Hyunjin hamma memberlarni to'xtatdi:
–toxtang!
Memberlar to'xtab qolishdi
–hoy, Hyunjin, nima bo'ldi?- Changbin so'radi.
–bu yigit menga juda tanish ko'rinyapdi. Yaxshilab qarang -dedi Hyunjin. Memberlar yigitni yaxshilab kuzatishdi va uni darxol tanidilar.
–yigitlar! Axir bu... bu... bizming eng ashaddiy dushmanimiz Namjoonning o'g'li Jinku! -dedi Bangchan.
Boshqa memberlarni ranglari oqarib ketdi. Ular Bora va Jin sohil bo'ylab qo'l ushlashib, kulishib, gaplashib ketayotganlarini tomosha qilib turishardi. Birdan Hyunjin Bora tomonga yugurdi va uning bilagini mahkam ushlab Jindan nariga, qolgan memberlar turgan joyga majburlab olib ketdi.
–dada, qo'yib yuboring. Og'riyapdi!
Jin shokka tushgandi. U uning ortidan bormoqchi edi. Lekin u Hyunjinni darxol tanidi va to'xtab qoldi. Hyunjin memberlar oldida to'xtadi. Bangchan va boshqalarning jahli chiqdi. Bangchan so'radi:
–xo'sh, bu yerda nimalar qilyapsan?
–men... men bu yerda...
Bamgchan Bora gapini oxiriga yetkazmasdan uning yuziga qattiq tarsaki tushirdi.
–bilasanki u yigit kimligini?! U axir bizning eng ashaddiy dushmanimiz Namjoonning o'g'li Jinku!
–Bora... - Jeongin gapirdi. Uning ovozi juda qayg'uli edi.–nimalar qilib yuribsan?...
–men... meni kechkring, iltimos
–sen bizni senga bo'lgan ishonchimizni sindirding- Lee Know gapirdi
–biz senga ortiq ishonolmaymiz!- Changbin aytdi
–telefoning qani?- Seungmin so'radi
–mana...-Bora sumkasidan telefonini chiqardi. Bangchan gapirdi:
–telefoningni menga ber! Bugundan boshlab xonangdan tashqariga chiqmaysan, hatto maktabga ham! Sen bizning nazoratimiz ostida bo'lasan. Endi senga televizor ham, telefon ham, internet ham yo'q!
Bangchan uning telefonini qo'lidan tortib oldi.
–va yana bir narsa. Jeongin, ortiq unga mehribonlik qilma! U bunga arzimaydi. Va hohlagan narsalarini sotib olib berma! U bizning qadrimizga yetmayapdi
Jeongin sekin bosh irg'adi.
–va yana bir narsa... biz Koreaga HOZIROQ qaytamiz!
Memberlar va Bora mansionga borib narsalarini yig'ishdi va Koreaga qaytib ketishdi. Bangchan Borani xonasiga qamab qo'ydi va xonasi derazasiga qochib ketolmasligi uchun panjara o'rnatni. Bora endi umuman xonasidan chiqolmasdi. Uni xonasiga qulflab qo'yishdi. Lekin agar mabodo unga hammom kerak bo'lib qoladigan bo'lsa deb uning xonasiga bir kichik uning o'zi uchun shaxsiy kichik hammomni ulashdi. Orada faqat eshik bor edi. Hammomda derazalar yo'q edi va faqatgina bitta eshit bor edi. Bu eshit Boraning xonasining eshigi edi. Hullas, qochib ketishning hech qanday iloji yo'q. Uning xonasida esa faqatgina shkaf, yotoq, bir nechta javon, dars qilishi uchun parta va stul bor edi halos. Bir necha kunlar o'tdi. Bora hali ham xonasidan chiqmasdi. Memberlar esa unga sovuqqonlik bilan muomila qilishardi. Bangchan unga o'qishi uchun ko'p kitoblar berardi va Bora ularni o'qib tugatganda uni tekshirib olardi. Jisun unga 3 mahal ovqat olib kirib berardi. Agar ovqatni yemasa 3 kun ovqat bermasdi. Felix unga qo'shimcha mashqlar uchun savollar to'plamlari kitoblarini berardi.

Agar savollarni yechmasa 2 barobar ko'p kitoblar berardi. Hyunjin uni vaqti-vaqti bilan tekshirib turardi. Agar u kunduzi kitob o'qish o'rniga uxlayotgan bo'lsa, uning xonasinini elektr tarmog'idan uzdirib tashlardi. Shunda u faqat kechasi uxlar va kunduzi darslarini vaqtida qilardi. Keyin u yana tarmoqni ulardi. Endi Bora xonasini va o'zining kichik hammomini o'zi tozalashi, kiyimlarini o'zi yuvib, o'zi quritishi kerak edi. Memberlar unga kerakli narsalarni berishardi. Lekin u baribir o'zini huddi qamoqda yashayotgandek his qilardi. U bo'sh qaytlarida derazasini ochib tashqarini tomosha qilardi yoki u memberlardan yashirib qo'ygan Jinning suratiga tikilib o'tirardi. Ayni paytda Jin nima qilayotgan ekan, deb o'ylardi. Lekin, aynipaytda, Jinning otasi ham Jinga huddi shunday muomila qilayotgandi. Jin ham xonasiga qulflangan, juda ko'p kitoblarni o'qishga va otasining qattiq qoidalariga bo'ysinishga majbur edi. Kunlardan bir kun qor yog'di. Bora derazasini ochib qaradi va qorni ushlab ko'rish uchun qo'lini cho'zdi. Qor uning qo'liga asta-sekin tushar va qo'lining haroratidan biroz o'tmay erib ketardi. Keyin u ko'chada bolalar maza qilib qpr o'ynayotganini ko'rdi. Bora juda ham ularning o'rnida bo'lgisi, tashqariga chiqqisi kelardi. Lekin u bunday qilolmasdi. Bazida u sevgi shunchalik katta gunohmi, deb o'ylardi. O'sha kuni uning derazasi ochiq qolib ketdi. U derazani yopishni unutdi va uyquga ketdi. Boraning ustida adyol yo'q edi. Chunki ichkari issiq edi. Tashqarida tinmay qor yog'ardi. Derazadan tinmay sovuq shamol esib Boraning xonasiga kirardi va Boraga kelib urilardi. Bangchan xonalarni tekshirib ukardagi isitkichlar ishlayotganini tekshirib yurardi. Bangchan Boraning xonasiga kirdi. U yer juda sovib kethan edi. Xonani isitishga hatto isitkichlarning ham kuchi yetmayotgandi. U darhol derazani yopdi va keyin Boraga sekin yaqinlashib peshonasini ushlab ko'rdi. Uning isitmasi bor edi. Bangchan ko'rpa bilan Borani o'rab qo'ydi va chiqib ketdi. U dori olib kelmoqchi edi. Lekin u Borani uyg'otishni istamadi. Ertalab Boraning boshi qattiq og'rirdi va isitmasi ham bor edi. U boshini ko'tarolmay yotog'ida g'ujanak bo'lib, ko'rpasiga o'raning qaltirab yotardi. Birozdan so'ng Bangchan va boshqa memberlar uning xonasiga kirishdi. Bangchan unga dori va bir stakan suv olib kelgandi.
–manabu dorini ichib ol - dedi Bangchan
–dada? Siz... ahvolim yaxshi emasligini qanday bildingiz?
–yarim tunda xonalarni tekshirib yurganimda xonangha kirgandim. Derazang ochiq qolib ketgandi va allaqachon isitmang bor edi. Aslida o'sha zahotiyoq dorini olib kelmoqchi edim. Ammo uyqingni buzgim kelmadi
–kelaqon, sekin tur va doringni ichib ol - dedi Felix. Memberlar hozir unchalik sovuqqon emasdi. Chunki Boraning ahvoli yaxshi emasligini bilishardi. Felix unga sekin o'tirishga yordam berdi va unga dori berdi. Bora dorini ichdi va keyin yana sekin joyiga yotdi. Bir necha kun o'tdi. U tuzaldi. Lekin, o'sha kuni u bo'sh paytida yana yashirincha Jinning rasmiga tikilib o'tirganida birdan Jisun kirib qoldi. Jisunning jahli chiqdi:
–nima qilyapsan?!- dedi Jisun va Jinning rasmini olib yirtib axlatga tashladi. Bora buni ko'rib yig'lab yubordi. Jisun Boraning yuzoga tarsaki tushirdi:
–bu nima qilganing, Bora?! Yana o'shani sog'inyapsanmi? Uni hali ham sevasanmi? Bas qil!
–lekin... men uni baribir ham sevaman
–yaramas qiz. Bu nima qilganing?! Sen boshqa insonni sevishing mumkin edi. Uni emas! Qara! Shuncha odam turganda kelib-kelib o'shani sevdingmi?
–chunki u boshqacha. U umuman boshqalarga o'xshamaydi
–ovozingni o'chir! Men sendan nafratlanaman!
Jisun shunday dedi va xonadan chiqib ketdi. Shu kundan keyin Bora umuman boshqacha bo'lib qoldi. U hissiz edi. Umuman gapirmasdi. Jisunning gaplari uning yuragini o'qdek teshib o'tgandi. Bora kun bo'yi faqat yotog'ida yotardi. Hechnima qilmasdi. Bangchan va Felix unga kitoblarni ko'p berishdi. Lekin u hech nima qilmasdi. Bir necha hafta o'tdi. Haftalar oylarga aylanardi. Bora umuman hechnima qilmasdi va hissiz edi. U hatto ovqat yemas, suv ichmas edi. Bazida Felix unga majburlab ovqat yedirardi.

Memberlarning avvalgi jahldorliklaridan asar ham qolmagan edi. Endi ular Bora haqida tashvishlanishayotishgandi. Jeongin unga sevimli narsalarini sotib olib berardi. Lekin u ularga hatto qayrilib ham qaramasdi. Bundan Bangchanning yuragi og'rir edi. Bir kuni Bangchan uning yoniga kirdi va unga gapirdi. Uning ovozi juda mayin va yumshoq edi:
–Bora, asalim, iltimos, birornima yegin. Nima istaysan? Men nima kerak bo'lsa qilaman. Faqat iltimos, bizni bunaqa qo'rqitma.
–aniqmi?
–ha. Nima hohlaysan? Men senga dunyoni beraman
–menga dunyo emas Jin kerak
Bangchanning jahli chiqdi:
–yana o'sha gapmi? Bora, sevgidan ko'zing ko'r bo'lib qolibdi. Mendan hamma narsani so'rashing mumkin. Faqat uni emas!
–menga undan boshqa narsa kerak emas
–ahmoq qiz!
Bangchan shunday dedi va jahli chiqib xonadan chiqib ketdi. Bangchan boshqa memberlar uni kutayotgan xonaga kirdi.
–yigitlar, masala jiddiy! Unga o'shandan boshqasi kerak emas!
–balki unga bironbir boshqa yigitni taklif qilarmiz?- Felix so'radi.
–masalan?- Jeongin so'radi.
–bizning eng katta biznes hamkorimiz Mafia Jungkookning o'g'li Jimin. Otasi o'lganidan keyin hamma biznes ishlari uning zimmasida qolgan va u buni juda zo'r eplayapdi. Qolaversa, Jiminni Borada ko'ngli bor
–yaxshi fikr
Memberlar Jimin bilan uchrashib gaplashishdi. Jimin uning yigiti bo'lish taklifdan juda ham xursand bo'ldi. Bir kuni memberlar Jiminni uning xonasiga kirgizib yuborishdi. Jimin sekin unga yaqinlashdi va yotog'i ustiga sekin o'tirdi:
–Bora...
Bora sekin unga qaradi
–Bora, salom. Men Jiminman. Meni taniysiz. Dadalaringiz mendan yigitingiz bo'lishimni iltimos qilishdi
–lekin meni yigitim bor
–Jinni aytyapsizmi?
–ha. Men faqatgina uni sevaman
–sizni tushunaman, Bora. Lekin... dadalaringiz buni hohlashmaydi. Bilaman, qattiq sevgan insoningizni unutish juda ham qiyin. Lekin menga ishoning. Men sizni baxtli qilaman
–menga Jindan boshqasi kerakmas
–siz... siz Jinni hohlaysizmi? Siz u bilan baxtli bo'lasizmi?
–ha
–Bora, unda men... dadalaringiz bilan gaplashib ko'raman va ulardan sizni Jin bilan ko'rishishingiz uchun ruhsat so'rab beraman
–rostanmi?
–ha, albatta. Men sizni baxtli ko'riahni istayman
–lekin... nega?
–chunki men sizni juda qattiq sevaman va sizni baxtli ko'rishni hohlayman
Bora Jiminni qattiq quchoqladi
–rahmat
Jimin ham uni quchoqladi.
–men vada beraman. Men albatta ular bilan gaplashaman