November 3, 2025

The Difference of Different Relationships 14-qism ‼️FINAL‼️

Bir necha kunlar o'tdi. Bonnie ancha yaxshi bo'lib qolgani uchun doktor unga uyga qaytishiga ruhsat berdi. Sua ham ancha yaxshi bo'lib qolgandi. Ular bir birlari bilan ko'rishganlarida judayam xursand edilar. Sua Bonnieni mahkam quchoqlab oldi. U judayam xursand edi.
–Bonnie, seni judayam sog'indim
–men ham. O'zingizyaxshimisiz? Oyog'ingizchi? Yomon urib olmadingizmi?
–mm kechirasan? Urib oldim? Oyog'imnimi? Qachon?
–menga Kira opam Sua oyog'ini urib olgan, oyog'i og'riyotgani uchun kelolmayapdi degan edilar
–haa umi? Kel buni senga ichkarida tushuntirib beraman
Ular Bonnieni yotoqxonasiga kirishdi. Yotoq ustiga o'tirishdi.
–ho'sh... Bonnie... bilasanmi, o'sha kuni aslida oyog'imni urib olmagandim.
–unda nima bo'ldi?
–bilasanmi... haligi... meni oyog'im rostdan ham og'riyotgan edi.
–lekin qanday?
–haligi... Bonnie, sen yaqinda xola bo'lasan
–rostanmi?😃 haa, demak shu uchun oyog'ingiz og'riganmidi?🤔 opa, shoshmang... ishqilib... Suga o'tgan safargidek qattiq emasmidilar?
–yo'q. U boshida sekin va mayin edi. Keyin esa men u ham zavqlanishini hohladim. Shuning uchun rozi bo'ldim. Lekin u ham nazoratni yo'qotmaslikka vada berdi.
–haa unday bo'lsa yaxshi. Aytgancha, Jeonsu qani?
–unga men qarayotgandim. U meni xonamda. Uxlayapti
–unday bo'lsa yaxshi. Men sizga doim ishonaman. Kira opam ikkovingiz qiyin paytlarda doim yonimda bo'ldingiz, sizlarga katta rahmat😊
–arziysan. Aytgancha, yana biror bir jinnilikni boshlab yurmagin, tushundingmi? Mia yoki Yuna gapirsa menga ayt
–hop
Bir necha kunlar o'tdi. Bir kuni, Sua, Kira va Bonnie mehmonxonada gaplashib o'tirishganlarida Jeonsu yig'lamsiram o'zining mayda qadamchalarini tashlab kirib keldi. Bonnie darrov unga qaradi va uni quchoqlash uchun qo'llarini ochdi.
–kelaqol, jonim. Nima bo'ldi?
Jeonsu Bonniega yaqinlashdi va uni quchoqladi.
–oyijon...🥺
–nima deysan?
–qornim ochdi
–nima? Yangi enagang senga ovqat bermadimi?
–yo'q🥺
–voy asalim, o'zimni. Hozir.
Bonnie Jeonsuning yangi enagasini chaqirdi. Enaga darrov mehmonxonaga kirdi.
–ho'sh, nega Jeonsuga ovqat bermading?
–heh, bu seni onalik vazifang. Ber bolangga ovqatini agar bolang kerak bo'lsa😒
–nima? Senga nega haq to'laymiz? Jeonsuga qarash seni vazifang!
–nima qila olasan? Sen menga boshliqmiding?
–ha! Seni boshlig'ingni xotiniman!
–sen shunchaki uning qo'g'irchog'isan. Jimin hohlasa, yana yangisini topadi.
–nima? Bu gapni qayerdan olding?
–eringga qara, har kuni kech keladi, tinmay ko'chadaa...
–u ko'chada ishi borligi uchun yuradi. Bekorga emas!
–voy? Kechirib qo'yasan, men uni bir qiz bilan bog'da tirjayib, qo'l ushlashib, quchoqlashib, o'pishib yurganini kechagina o'z ko'zlarim bilan ko'rdim!
Bonniening ichida nimadir singandek bo'ldi. U qptib qoldi. Sua uning oldiga yaqinlashib Bonniening yelkasiga qo'lini qo'ydi.
–Bonnie, tinchlan. O'zingni bos. Jimin hechqachon senga hiyonat qilmaydi.
Sua enagaga qaradi.
–ko'p bijirlamasdan borib ishingni qil yoki buyerdan ket!
Enaga Suaning qattiq ohangidan biroz qo'rqib ketdi. U sekin Jeonsuni oshxonaga olib kirdi va uni ovqatlantirdi. Bonnie hamon o'sha yerda o'ylanib o'tirardi. Kira bilan Sua uni tinchlantirishga urinishdi, lekin foydasi bo'lmasi.
Kechqurun, Jimin ishdan kelganidan keyin, Bonie so'radi.
–qayerdan kelyapsan? Soatga qaradingmi? Yarim kechasi bo'lyapdi
–o kechirasam azizam. Ishlarim.biroz ko'payib ketdi. Keyingi safar sen uchun vaqtliroq kelishga harakat qilaman
–menga to'g'risini ayt, kim bilan yuripsan?
–nima? Seni esing joyidami? Men ish bilan yuripman
–ish bilan yurgan odam.allaqachon ishini bitirib uyga kelardi!
–Bonnie, senga nimalar bo'lyapdi?
–hechnarsa!
Jimin nima bo'layotganini tushunmasdi. Lekin u jim bo'lishni afzal ko'rdi.
–mayli... o'zing bilasan
Keyingi kun, Jeonsuning enagasi Jiminni etiborini tortishni hohladi. U Jiminni yaxshi ko'rardi va Bonnie uning xotiniligi uchun jahli chiqardi. U Jiminga yaqinlashdi. Qo'llarini bilan uning bo'ynini o'rab oldi.

–Jimin... jonim...
–kechirasiz? Nima qilyapsiz?! Ishingizni bilib qiling!
Jimin enagani itarib yubormoqchi edi. Lekin Bonnie kirib qoldi. Enaga darrov qo'llarini tortib oldi.
–bu yerda nimalar bo'lyapdi?
–haligi... Bonnie... men senga hozir hammasini tushuntirib beraman
–tushuntirishni keragi yo'q! Tushunib bo'ldim!
Bonnie Suaning xonasi tomon ketdi. Tinmay yig'lardi. U xonaga kirganida Sua Bonnieni yig'laganini ko'rib darrov uni quchoqlab oldi.
–Bonnie... nega yig'layapsan? Nima bo'ldi?
–Jimin rostan ham menga hiyonat qilyapdi. Bunga chidolmayman. Kelib kelib o'sha enagani tanlabdi
–Jeonsuni enagasinimi?
–ha
–nima?! Jiminni aqli joyidami?! Kelib kelib o'sha tasqarani deb seni yig'latdimi?
–enagani gaplari to'g'ri ekan
–bo'lishi mumkin emas. Men buni tagiga yetaman.
Kechqurun, Jimin yotoqxonaga kirib jimgina joyiga yotdi. Lekin uxlolmasdi. Bonnie esa hovlida sigaret chekayotgandi. Yuna buni ko'rib qoldi va telefoniga Bonnie sigaret chekib turgan rasmini olib oldi. Keyingi kuni, Yuna buni boshqa memberlarga va qizlarga ko'rsatdi. Jiminning jahli chiqdi.
–Bonnie! Nega chekyapsan?! U zararli!
Suaning ham jahli chiqib ketdi.
–nega doim Bonnieni urushaverasiz?! U bekordan bekorga chekmagan! Hammang uni siqaverganing uchun chekadida u!
Bonniening ko'zi yoshga to'ldi. U o'rnidan turib xonasi tomon yo'l oldi. Sua uning ortidan bormoqcgi edi. Lekin Suga uni to'xtatib qoldi.
–shoshma. Qo'y, yig'lab olaversin. O'ziga kelib oladi
Sua bir muddat to'xtab qoldi. Keyin sekin joyiga o'tirdi.
–undan havotir olyapman
–men ham. Lekin iloj qancha. Qo'limizdan hechnarsa kelmaydi
–hmm... balki o'ziga kelib qolar
–siqilma, jonim. Homiladorsan. Senga siqilish mumkin emas
–urinyapman. Lekin... Bonnieni ahvolini ko'rib rahmim kelyapti
–seni tushunaman. Lekin sen hozir o'zing haqingda ham o'ylashing kerak.
–hop. Harakat qilaman
Kechqurun. Mia xonasiga kirdi. Jungkook uni kutib o'tirgandi.
–Mia...
–ha?
–balki... biz ham farzandli bo'larmiz? Yoshim 30ga qarab ketyapdi. Deyarli hamma akalarimni bolasi bor. Suga akam ham yaqinda farzandli bo'lishadi. Shuncha vaqt tayyor emasman deding. Balki endi vaqti kelgandir?
Mianing rangi oqarib ketdi.
–haligi... Jungkook... hali... balki hali vaqt bordir?
–Mia... men ham farzandli bo'lishni hohlayman. Yoki qo'rqasanmi?
–haligi... y-yo'q
–unda kelaqol. Men ehtiyot bo'laman
–hh-hop
Mia eshikni qulflab sekingina Jungkookka yaqinlashdi. Yuragi juda tez urardi. Jungkook ko'p vaqt o'tkazmasdan Mianing kiyimlarini yechib uni yotoqqa yoqtizdi. Keyin o'zining kiyimlarini yeching uning yoniga yotdi.
–agar og'risa aytgin, hopmi?
–hop...
Jungkook sekin boshladi. Lekin nimadir g'alatidek tuyuldi. Mia hechqanday og'riqni sezmadi. Huddi bu narsani oldin sinab ko'rgandek. Jungkook choyshabga qaradi. U yerda qon dog'i yo'q edi.
–Mia?
–hh-ha?
–sen... buni oldin qilganmisan? Bokira emasmisan?
–haligi... m-men... bokiraman. Lekin... menda qizlik pardasi yo'q
–rostanmi? Qanday qilib? Bo'lishi mumkin emas
–mumkin. Doktor aytgan
–haa... mayli. Unda... balki biror kun doktorga borganimizda o'zim so'ray qolaman. Hechnarsaga tushunmadim
–hm... m-mayli...
Bir necha kunlar o'tdi. Bonnie har kuni kamida 2ta yoki 3ta sigaretni chekib tugatar edi. Boshqalar ham bu zararliligini unga tushuntirishdan charchashdi. Bir kuni, Mianing mazasi bo'lmadi. Ko'ngli aynib, boshi aylanishni boshladi. Jungkook uni shifokorga olib bordi. Mia esa u uyalishini, va doktor bilan yolg'iz qolishini so'radi. Jungkook xonadan chiqib ketdi. Doktor Miani tekshirib bo'lganidan keyin, doktor Mia homiladorligini aytdi.
–tabriklayman. Siz homiladir ekansiz
–rahmat. Haligi... doktor, agar erim men bokira yoki yo'qlogimni so'rab qolsa men bokiraligimni ayting, iltimos
Mia doktorning cho'ntagiga $10.000 pul solib qo'ydi.
–mayli, hop

–iltimos, oilam buzilmasin. Men uni judayam qattiq sevaman
–hop, men sizga yordam beraman
Birozdan so'ng, xonaga Jungkook kirdi. U Miadan xonadan chiqib turishini so'radi. Mia chiqib ketdi. Jungkook doktordan so'radi.
–ho'sh? Natija qanday?
–u homilador
–yaxshi. Keyin... doktor... yana bir narsani so'ramoqcgi edim
–mayli
–u... mendan oldin bokiramidi?
Doktor bosh chayqadi. Cho'ntagidagi Mia bergan oullarni stol ustiga, Jungkookning oldiga qo'ydi.
–xotiningiz mendan agar siz shu savolni bersangiz "ha" deyishim uchun menga pora berdi. Menga bu pul kerak emas. Unga hop deb qo'ydim. Shunchaki uni ishonchini qozonish uchun. Lekin sir baribir fosh bo'ladi. Meni ham bolalarim bor. Kimnifir aldash evaziga olgan pulim harom bo'ladi. Men bolalarimga harom pulga olingan narsani yedirmayman
–sizga katta rahmat. Haqiqatdan ham.halol ekansiz. Lekin... so'rasam bo'ladimi, u mendan oldin nechta erkak bilan bo'lgan bo'lishi mumkin?
–tahmiman... 2ta
–shunaqami? Aniqmi?
–ha. U 1 marta hatto bolasini oldirgan ham. Bachadonida bir nechta ancha oldin bitib ketgan chandiqlari bor. Menimcha... 1-martasi saboq bo'lib ikkinchi marta esa homiladorlikdan himoyalangan. Bu aniq.
–yaramas. 1 emas 2ta erkak bilan bo'lgan ekansanda. Ehh... men senga ishongandim. Mayli, doktor. Men ketaqolaman. Sizga kattakon rahmat. Bu pulni esa o'zingizda olib qolavering. Menga rostini aytganingiz uchun kichik sovg'a deb biling
–lekin... bu shart emasdi
–men sizga uni sovg'a qilyapman. Siz halol inson ekansiz. Rostini aytdingiz va porani olmadingiz
Jungkook xonadan chiqib ketdi. U Mianing qo'lini ushladi va shifoxonadan Mia chiqib ketdi. U judayam qattiq g'azablangandi. U uyga borguncha Miaga hechnarsa demadi. Mia qo'rquvda edi.
–haligi... Jungkook... doktor nima dedi?
–seni nima ishing bor? Nega qiziqyapsan?
–shunchaki. Doktor menga hechnarsa demadi. Axir... bu mening ham bolamku. Hamma narsani bilishim kerak
–agar doktor senga hechnima demagan bo'lsa, unda qanday qilib homiladorligingni bilding?
–haligi... tinmay mazam bo'lmadi... ko'nglim aynidi... boshim aylandi... balki... homiladordirman deb o'yladim
Jungkook jim bo'lib qoldi. Ular mansionga yetib kelishganida, Jungkook uni yotoqxona tomon olib bordi. Eshikni qulflab unga qaradi.
–Mia... sen bokira emasmisan?
–n-nega? M-men... bokiraman
–yolg'on gapirma. Doltor menga hatto 1 marta bolali bo'lganingni, keyin esa uni oldirib tashlab, hamiladorlikdan himoya ishlatganingni aytdi.
–haligi... men...
–Mia... axir men senga ishongandimku
–meni kechir
–hechqachon.
–axir... qornimda bolang borku. Iltimos, meni haydama. Meni hechkimim yo'q. Homilador ahvolimda nima qilaman?
–shundoq ham hozir haydamayman seni. Bola tug'ilganidan keyin ketasan. Bu meni bolam. Uni olib qolaman
Mia yig'lab yubordi.
Ertansi kuni, bu gap hammaga tarqadi. Mia uyda bosh ko'tarib yurolmay qoldi. Sua, Kira va Bonnie mehmonxonada kino ko'rib gaplashib o'tirishgandi. Sua kuldi.
–Bonnie, ko'rdingmi? Seni tinmay masxara qilib haqorat qilayotgandi. Mana nima bo'ldi. Ajab bo'lsin. O'zi u bundan ham battariga arziydi
–eshitishimcha Jungkook bolasi tug'ilganidan keyin uni haydab yuborarkan
–ooo mazza qilib yasharkanmizda a? Blin. Fohisha. Mia Jungkookdan oldin 2ta erkak bilan yurgan ekanda
–haa. Jungkookni juda jahli chiqdi
–qaysi erkakni jahli chiqmaydi agar xotini bokira bo'lmasa? Jungkook Miani yaxshi ko'rardi. Uni hammadan qizg'anardi. Mana Mia bularning barchasini evaziga nima berdi unga.
Bonnie Suaning gaplariga o'ylanib qoldi.
–ho'sh? Nima beribdi?
–hechnima🤷🏻‍♀️ shunchaki o'zining "ishlatilgan" tanasini.
Kira kulib yubordi.
–Sua! Gapni ham yorasan🤣
–ha nima? To'g'risini aytdim🙄
Kira kulishda davom etdi.
–"ishlatilgan" emusha🤣

Bir necha kunlar o'tdi. Bir kuni, Jimin Bonniening cho'ntagidan elektr sigaret topib oldi. Jimin Bonniega rosa baqirib urushdi va sigaretni chiqindiga tashladi.

–BONNIE! BU NIMASI?! OLDIN BUNAQA EMASDINGKU! SENGA NIMA BO'LDI?!
–Jimin... sen meni tushunmaysan
–TUSHUNAMAN! MEN SENI ERINGMAN! MEMDAN SIR SAQLAMASLIGING KERAK!
Bonnie yig'lab yubordi. Keyin xonadan chiqib ketdi. Keyingi kun Jimin kechga yaqin ishdan kelganida, Bonnieni qidirib topolmadi. U memberlardan so'radi. Ular ham Bonnieni ko'rmaganliklarini aytishdi. Keyin Sua kirib aytdi.
–Bonnieni oxirgi marta tahmiman 5 daqiqa oldin ko'rdim. Rosa yig'ladi. Hammasidan to'yganini aytdi. Lekin keyin biroz chalg'ib olishi kerakligini aytdi va xonamdan chiqib ketdi.
–ehhh Hudoyim. U hozir nima qilayotgan ekana? Men ahmoqman. Kecha uni rosa baqirib urushib bergandim. Uni tinchgina yo'l bilan hal qilsa bo'lardiku...
–Jimin, afsuslanishga vaqt yo'q. Bonnieni topish kerak.
–ha. Soqchilar, xizmatkorlar, hamma Bonnieni izlasin. Tezda!

Meanwhile... Bonnie yertoada sigaret chekib o'tirardi. U yerto'lada mahluq borligidan habari yo'q edi(mahluq borligi fanfikning o'tgan qismida aytilgan). Chunki o'shanda hafs bo'lgani uchun xonasiga kirib ketgandi va mahluqni memberlar shunchaki hazil uchun aytganlar deb o'ylagandi.
Sigaretning tutuni mahluqni uyg'otib yubordi. Bonnie esa undan behabar edi. U devorga suyanib o'tirardi. Sigaretini chekishda davom etardi. Hechnarsaga e'tibor bermay faqat o'zining o'y-hayollari bilan band edi. Birdan, u peshonasida sovuq nafasni sezdi. U sekin qaraganida, qarshisida qo'rqinchli mahluq unga tikilib turganini ko'rdi. U qo'rqqanidan qichqirib yubordi.
Memberlar esa uni izlash bilan band edi.
–Bonnie topilmadimi?
–u mehmonxonada yo'q
–oshxonada ham yo'q
–orqa hovlida ham yo'q
Soqchilardan biri Jiminga qarab gapirdi.
–janob, biz hamma yoqdi izlab chiqdik. Balki ular ko'chaga aylangani chiqib ketishgandir?
–telefoni uyda. U hechqachon telefonini unutmasdi. Aytgancha, yerto'lani qaradingizmi?
–javob, ahir u yerda mahluq borku. U yerda bo'lishlari mumkin emas.
Birdan, hamma yerto'ladan kelayotgan ovozni payqadi.
–jim bo'linglar! Qayerdandir Bonniening ovozi kelyapdi!
Hamma jim bo'lib qoldi. Bu safar ovoz tiniq eshitildi. Bu Bonniening ovozi edi.
–hamma yerto'la tomonga ketdik!
Ular yerto'laga borishdi. Jimin eshikni ochishga harakat qildi. Lekin eshik ichkaridan qulflangandi. Bonnie eshikni biroz avval uni hechkim bezovta qilmasligi uchun qulflab qo'ygandi. Jimin eshikni buzishga urindi. Urinishlar foyda bermasdi. Eshik juda mustahkam edi. Birdan, Bonniening ovozi to'xtab qoldi. Jiminning yuragi Bonnieni yo'qotish haqidagi qo'rquvdan tez urardi. Soqchilardan biri kalitlarni topdi va eshikni ochdi. Jimin birinchi bo'lib ichkariga qaradi. Mahluq Bonniening qo'lini yeyayotgandi. Qolgan tana azolarini esa allaqachon yeb bo'lgandi. Atrof qonga belangan. Polda Bonniening yirtilgan kiyimining parchalari. Jimin mahluq yeyayotgan Bonniening qo'lidagi uzukni ko'rib qoldi. U uzuk Jimin va Bonnie birga turmush qurishganida Jimin unga bergan sovg'a edi. Atrofda Bonniening bir nechta suyaklari yotardi. Jiminning yuradi jahldan portlar darajada tez urardi. U ikkilanishlarsiz qo'liga katana(japanese o'tkir qilich) olib mahluq tomon yaqinlashdi.
–Jimin! Bu havfli!
–u Bonnieni o'ldirdi!
Jimin mahluqni bo'lak bo'laklarga ajratib tashlab o'ldirdi. Keyin esa yig'lab yubordi. Bonnie endi yo'q. U hechqachon tirilib kelmaydi. U polda yotgan Bonniening uzugini oldi. Uzuk mahluq Bonniening qo'lini yeyayotganida tushib qolgandi. Qolgan memberlar va boshqalar ham yig'lab yubordi.
Bir necha kunlar o'tdi. Hamma Bonniening qabri yoniga yig'ilgandi. Hamma g'amgin edi. Bir soqchidan tashqari. U yonida turgan sherigiga sekin pichirladi.
–qiziq, agar miss Bonnieni mahluq yeb qo'ygan bo'lsa, ular qabrga nimani ko'mgan ekanlar?
–suyaklarni albatta, ahmoq
–suyaklarni?
–ha! Jinnimisan? Janozada ham shunaqa savol beradimi? Yo'qol!
–hmm...

Bir necha haftalar o'tdi. Sua qiz tug'di. U unga Bonnie deb ism qo'ydi. Bonnieni eslab yurish uchun. U Bonnie bilan juda yaqin edi. Hatto Bonnie uni boshida yoqtirmagan bo'lsa ham. Bonnie undan hechnarsa yashirmasdi. Kiradan yashirgan sirlarini ham Sua bilardi.
Bir necha oylar o'tdi. Mianing ham tug'adigan vaqti kelganida Jungkook uni shifoxonaga olib bordi. Doktorlar ahvol yomonligini aytishdi va Miani operatsiyaga olib kirib ketishdi. Bir necha soatdan so'ng, doktor chiqdi.
–janob, ming afsus. Biz... bolani saqlab qoldik. Lekin... onasi o'ldi
–nima? Nimalar deyapsiz? Qanaqasiga? Bir necha soat oldin soppa sog' ediku
–bola tug'ilayotganida u ko'p qon yo'qotdi. Biz qo'limizdan kelganini qildik
–NEGAAA?! EHHH HUDOYIM! AXIR... UNI HAYDAB YUBORISH FIJRIDAN QAYTGANDIMKU! USIZ YASHOLMASDIM!
–janob, tinchlaning. Hozir hamshira sizga o'g'lingizni olib chiqib beradi. Muhimi bola sog'lom tug'ildi.
–men buni ko'tarolmayman... bu dars menga og'irlik qiladi....
Jungkook yig'lardi. Hamshira Jungkookka yangi tug'ilgan chaqaloqni olib chiqib berdi. Jungkook uni sekingina qo'liga olib bag'riga bosdi. Hali ham yig'lardi.

Bu hikoya 2 kishining o'limi bilan tugashi hechkimning hayolida yo'q edi...

Fanfik hayotiy sodir bo'lgan narsalardan olingan, lekin bo'rttirilgan. Men bu fanfikdagi voqealarni to'qib chiqarmaganman. Bular hammasi hayotta sodir bo'lgan. Lekin boshqacha ko'rinishda. Men shunchaki shaxsiy narsalarni ochiq qilib bayon qilishni istamadim. Balki fanfikdagi o'limim – Kirafficcdan ketganimni anglatar? Balki fanfikdagi sigaret chekkanim – ortiq o'sha beg'ubor, "innocent" qiz emasligimni anglatar? Balki Suaning Bonnie ismli qizi – Sua bilan hali ham aloqamiz borligini anglatar?