Bonnie haqida to'liq ma'lumotlar: Bonnie hawida 20ta fakt
Assalomu alaykum hammaga. Mani ismim Kim Bonnie.
1. Real ismim Munisa. 2011-yil26-aprelda tug'ilganman. Hozirda 9-sinfman. Chunki maktabga 6 yoshdan kirganman. Farg'ona vodiysi, Qo'qon shahrida turaman.
2. Fanfic yozishni salkam 1 yil oldin boshlaganman. Oldin bir kanalda ishlaganman. Lekin u yerda qadrim qomadi va bu kanalga keldim. Hudoga shukr bu kanalda muhlislarim allaqachon ko'payishni boshladi🤗 umid qilamanki butun umr shu yerga sodiq bo'lib qolaman.
3. Birinchi yozgan fanfikimni nomi Arzon Sevgi bo'lgan. O'shani ham yozayotganda iyalib o'lay deganman🤭 u hot emas edi😁 boshida fanfik mavzularim mafioz, vampir va horror bo'lgan. Romantik fanfic yozmaganman. Lekin keyinchalik yozishni boshladim. Hot fanfic yozishni boshlaganimfa 1 oy bo'oib qoldi. Hali Arzon Sevgi fanfikimni ham sizlar bilan bo'lishaman😉 o'zlaring o'qib baho berasizlar.
4. Ingliz tili CEFRdan C1 olganman. Ingliz tilidan online kursim bor. Lekin hali yangi boshlaganim uchun narxi ham juda arzon.
5. Chai ishlataman. Bir xilgi payt siqilib qolsam va yig'lagani sabab topomasam, Chaiga kirib o'zimdan o'zim kasal bo'lib, o'lib, qabrga kirib bo'lib keyin yig'lab o'tiradigan odatim bor😂
6. Birinchi eshitgan kpop musiqam Jisooni Flower qo'shig'i bo'lgan. U payt buni raqsi ham juda mashxur bo'lib ketgan edi.
7. BTSga muhlislik qilishni 2024-yil avgust oyining oxirida boshlaganman. Boshlashimga sabab bu Suga bo'lgan. Esilada bo'lsa, unga tuhmat qilishgandi mast holda motosikl mingan deb. Keyin unga rahmim kelgan. Uni himoya qilish uchun ARMYlar safiga qo'shilganman. Suga oqlanib chiqqanidan keyin esa BTS memberlarini ismini yodlashni boshlaganman😅 keyin esa hamma ma'lumotlarni ham bilib oldim.
8. Koreys tilidan darajam A1. Koreys tilida o'zimni tanishtirish, uyoq buyoqdan gaplashish qo'limdan keladi.
9. Bonnie ismli qora mushigim bor. Uni rossayam yaxshi ko'raman. Bonnie ismim shundan kelib chiqqan desam ham bo'ladi😁 lekin bu degani man mushukni ismini o'zimga qo'ygan emasman, balki, odamlarni ismini mushukka qo'yganman😂. Bu ismni Kanada va Amerikada ko'p ishlatishadi.
10. Bir nechta kanallarim bor. Telegramda K-beauty, KpopTV, Antiqa retseptlar va English course kanaarim bor. Lekin ulardan K-beauty eng birinchi ochilgani. Aslida u kanalni kpop uchun ochgandim. Keyin qarasam bo'lmadi va kanalni o'zim qiziqqan soha, kosmetika yo'balishiga o'zgartirdim. KpopTV kanalga kpop kliplarini youtibedan skachat qilib tashamoqchi bo'lganman. Lekin vaqt bo'magan. Antiqa retseptlar kanalimda har xil g'ayrioddiy retseptlar tashlamoqchi bo'lganman. Lekin unga ham vaqt bo'magan. Haligacha 1tagina obunachisi, u ham o'zimmi sinfdosh dugonam Madinaxon bilan turipdi. English Course esa ingoiz tili kursim uchun.
11. Eng yaqin dugonam Madinaxon. Unga ancha muncha sirlarimmi ishonganman. U doim ishonchimi oqlab kelgan. Va ikkovimizni Koreaga borib, o'qish niyatimiza bor🥰
12. Makiyaj qilishni yaxshi ko'raman, lekin rasmga tushganda tabiiy ko'rinishda tushishni afzal ko'raman. Ha aytgancha, hijobliman😁
13. Eng serious vaziyatlarda hayolimga kulgili narsala kelib turadi😂
14. Hali yosh bo'lishimga qaramasdan ovqat va shirinliklar pishirishni bilaman. Oyim pishiriq sotadilar. Guruhlari bor telegranda. Ishga ham boradila. Dam olish kunisiz ishlidila. Dam olish kuni faqatgina agar zakaz yo bo'lsa bo'ladi.
15. Biasim Jimin bo'lishiga qaramasdan Bonnie ismimni oldiga Kim familiyasini qo'yganman. Chunki negadir u mani biasimligini ko'z ko'z qilgim kemedi😅 (kimdir Jimin maniki deb urushsa jahlim chiqib urushmasligim uchun)
16. Cute rasmlarni yig'ib yurish odatim bor. Qandaydir ko'zimga chiroyli ko'rinadi. Baribir qandeydur yoshbolalik bor fe'l atvorimda😁
17. Bo'yim 1 yildan buyon o'smeydi. 152 santimetrman. Lekin manga shu kichkina bo'yim yoqadi🙃 (chunki buni Allohdan o'zim so'raganman🤭)
18. Mani deyarli har bir sinfdoshlarim kablokli kiyib yurganda man daje padoji baland krosovka kiyomiman😅
19. Birinchi marta hot fanfic o'qib hushimdan ketib qolganman🤦🏻♀️
20. Hamma rasm chizsa, sayr qilib kelsa, o'yin o'ynasa asabi joyiga kelsa, man konspekt yozib tinchlanaman😂
21. Yana bir narsa qolib ketibdi😁 prankla qilishni yaxshi koraman. Zerikib qolsam yomon bo'ladi😂