May 5, 2025

Haqiqiy Sevgi 5-qism FINAL

Jimin memberlar bilan gaplashdi. Lekin ularni ko'ndira olmadi. U o'zini vadasini bajarolmayotganidan aybdor his qilardi. Kunlardan bir kun Bora juda qattiq kasal bo'lib qoldi. Doctor ayttiki u juda ko'p siqilgan va depressiyaga tushib qolgan. U hechnarsa yemasdi. Hatto memberlar majburlasa ham. Bir kuni Felix uning xonasiga kirib chiqdi va keyin memberlarga qarab gapirdi.
–men unga sho'rva olib kirgandim
–u ichdimi?- Bangchan so'radi
–men uni juda ko'p majburladim. Lekin u atigi 2-3 qoshiq ichdi. Bunga qarang. Kosadagi sho'rva deyarli kamaymagan
–hech bo'lmaganda ichibdiku-dedi Changbin
–men uni kecha rosa majburladim. Lekin u hechnarsa yemadi- dedi Jisun
–nima qilib uni oldingi holiga qaytarsak bo'larkin?- dedi Lee Know
–Jin- dedi Jeongin
–hechqachon!- Bangchanning jahli chiqdi
–unda nima qilamiz?- Jeongin so'radi
–bironbir iloji bordir...?-dedi Bangchan o'ylanib
–lekin qanday?!-Felix so'radi jahl bilan
–bilmayman!- Bangchan baqirdi
–bilmasang nima qilasan gapirib?!- dedi Jisun. Bangchan jim bo'lib qoldi.
Bir necha oylar o'tdi. Bora shunday yotishni davom etdi. Memberlarning tashvishi kuchayaverdi. Bir kuni ular doctor chaqirishdi. Doctor keldi va Borani tekshirdi. Keyin doctor ularga aytti:
–qizingizning ahvoli jiddiy. U juda ko'p siqilgani va stressga tushgani uchun shu ahvolga tushib qolgan va uning ahvoli jiddiy. Agar u bir oy ichida tuzalmasa o'ladi...
Memberlar shokdan qotib qolishdi. Ular ahvol bu darajada jiddiy deb o'ylamagan edilar. Ular Bora bitta yigit uchun shunchalik siqiladi deb o'ylamagan edilar. Ular o'zlarini aybdor his qilar edilar. Xonada bir necha daqiqa sukunat hukmron surdi. Vanihoyat Jisun sukutnatni buzdi va gapirdi:
–men... men ahvol nuchalik jiddiy deb o'ylamagandim
–Bangchan, endi biz uni o'ylashimiz ham kerak-dedi Changbin
–Changbin to'g'ri gapiryapdi. Kelinglar Jinni qaytaramiz
Hamma memberlar rozi bo'ldi. Lekin Bangchan emas.
–hech qachon!-Bangchan norozilik bildirdi.
–nega?
–chunki u nima bo'lganda ham ashaddiy dushmanimizning o'g'li!
–unda uni o'lishini kutamizmi? Nima qilamiz!- Felix baqirdi
–bilmayman!- Bangchan ham baqirdi
–sen o'zi nimani bilgansan?!-Lee Know gapirdi
–hech nimani - Jeongin aytti. Hamma kulib yubordi. Faqat Bangchan kulmadi.
–yigitlar, bas qilinglar. Bu yerda masala jiddiy. U o'lishi mumkin. Bizda faqat 1 oy vaqt bor...-dedi Bangchan. Memberlar kulishdan to'xtashdi. 3 hafta vaqt o'tdi. Boraning ahvoli yomonlashdi. Bir kuni Lee Know Bangchan va boshqa memberlarga gapirdi:
–yigitlar, vaqt uchib ketyapdi! Biz tezroq nimadir qilishimiz kerak axir!
–u to'g'ri gapiryapdi. Bora hafta oxirigacha yetib bora olmaydi.
Bangchan biroz o'ylanib qoldi va keyin gapirdi.
–hop, mayli. Jinning otasi bilan yarashamiz. Lekin undan men kechirim so'ramayman! Birortangiz kechirim so'rab uni yarashishga ko'ndiring!
–Bangchan... axir... axir sen bizning boshlig'imizsan. Sen kechirim so'rashing kerak. Bo'ldi endi yoshlikdagi bir narsani deb arazlayverma!
–Bangchan, o'zi Jinning otasi, Namjoon bilan nima bo'lgan? Nega haligacha yarasholmaysiz?- Jeongin so'radi.
–men o'shanda 16 yoshda edim. Biz Namjoon bilan juda qalin do'stlar edik. Hechqachon bir-birimizni hafa qildirib qo'ymasdik. Juda ahil-inoq do'stlar edik. Bir kuni, juda hunuk voqea yuzberdi. O'shanda singlim Wonyeong yo'qolib qolgandi. Biz uni hamma yoqdan qidirdik. Lekin topa olmadik. Birdan menga Yoongi qo'ng'iroq qildi va Namjoonning uyidagi omborxonaga yashirincha kelishimni aytti. Men bordim. Men ichkariga qaraganimda singlimning o'ligini Namjoonning omborxonasida ko'rdim. Uning dadasi esa singlimning tepasida singlimning qoniga belangan pichoqni ushlab turardi. Men shokka tushib qoldim. Uning dadasi meni ko'rdi va darxol pichoqni tashlab "o'g'lim, bu sen o'ylagan narsa emas" dedi. Men unga ishonmadim. Shu kundan boshlab bizlar dushmanlarga aylandik. Men undan uning otasi qilgan ishi uchun kechirim so'ramayman! Kerak bo'lsa u mendan kechirim so'rasin!

Memberlar Bangchanni diqqat bilan eshitishdi. Birdan Changbinning telefoni jiringladi va xonadagi sukunatni buzdi. Changbin go'shakni oldi va javob berdi. Tanish ovozni eshitib rangi oqarib ketdi:
–alo?... ha, men Changbinman... ha... m-mayli. Qayerda?... hop, bizhoziroq boramiz...
Changbin go'shakni qo'ydi.
–Changbin, nima bo'ldi? Nega ranging oqarib ketdi?
–bu... bu Namjoon edi
Memberlarning rangi oqarib ketdi. Ular bir muddat sukut saqlashdi. Keyin Bangchan so'radi:
–u nima dedi?
–u yig'layotgandi
Hamma memberlar Changbinga aqrab qotib qolishdi
–NIMA?!-hamma birdan so'radi.
–rostanmi? Nega?
–bilmayman. Lekin u rostan yig'layotgandi. U bizlarni mansioniga chaqirdi va bizda zarur gapi borligini aytdi
–Namjoon yig'layotgan bo'lsa demak aniq nimadir bo'lgan. Kettik!
Hamma memberlar Namjoonning mansioniga yig'ilishdi. Namjoon so'z boshladi:
–Bangchan. Men... men senga bir gapni aytishim kerak. Faqat iltimos... meni eshit ...-dedi Namjoon yalinib
–tezda bo'l! -dedi Bangchan
–Bangchan... bilasanmi... haligi... singlingni o'ldirgan odam... otam emas edi
Bamgchan Namjoonga qaradi.
–axir... axir men o'z ko'zlarim bilan ko'rgandim...
Namjoon bosh chayqadi.
–yo'q. Singlingni o'ldirgan Yoongi
–qanaqasiga?
Bangchan buni eshitib ustidan musdek suv quyib yuborgandek bo'ldi.
–Yoongi singlingni o'ldirib, uni bizning omborxonaga qonga belangan pichoq bilan tashlab ketgan. Ertalab otam omborxonaga kirganida esa buni ko'rib hayratga tushgan va pichoqni qo'liga olib uni ko'zdan kechirayotganida sen kelib qolgansan
–buni... buni isbotlay olasanmi?
–ha. Yoongi seni chaqirganida dadam hali uyg'onmagan edi. U singlingni u o'ldirganini qayerdan bilgan unda?
–to'g'ri. U meni chaqirdi. Lekin u yerda Yoongining o'zini ko'rmadim. U yerda dadangni ko'rdim halos
–ko'rdingmi? Yoongi senga do'st emas
–lekin... nega buni menga avvalroq aytmading?
–sen eshitmading
–bu ham to'g'ri. Namjoon... bilasanmi... haligi... men... men sendan kechirim so'rayman. Meni kechira olasanmi? Mendan hafa emasmisan?
Namjoon jilmayib qo'ydi
–qo'ysangchi. Bu shunchaki tushunmovchilik edi. Do'st ham do'stidan hafa bo'larkanmi?
–to'g'ri. Shoshma. Namjoon... sen... Changbinga qo'ng'iroq qilganingda u seni yig'layotganingni aytdi. Nega yig'layotganding? Birornima bo'ldimi?
–h-ha... bo'ldi. Bilasanmi... haligi... o'zing bilasan, bir necha yil oldin farzandlarimiz Yaponiyada tanishib qolib uchrashib yurishgan. Va biz ularni xonalariga qamab qo'yib jazolagandik. Bilasanki... mening o'g'lim Jin... u...
–unga nima bo'ldi? U ham kasal bo'lib qoldimi?
–qayerdan bilding?
–chunki... Bora ham kasal bo'lib qolgan. Agar u tez tuzalmasa, hafta oxirigacha yetib borolmaydi
–m-mening o'g'lim ham... shunday bo'lib qoldi. Bu qanday yuz berdi?
Jisun bir oz jim turdi. Keyin gapirdi
–buni men qildim. U Jinning rasmini yashirincha tomosha qilib o'tirganda u rasmni olib yirtib tashladim
–Jisuuuuun...nimalar qilib qo'yding?
–meni kechiringlar....
Xonada hamma jim bo'lib qoldi. Vanihoyat Namjoon gapirdi:
–xo'sh... agar bizendi yana do'stlar ekanmiz... balki farzandlarimiz yana uchrasha olishar?
–bu juda yaxshi bo'lar edi. Namjoon, Jin yura oladimi?
–ha. Agar u Bora bilan yana uchrashishini eshitsa albatta yurib ketishi mumkin
–unda kettik
Namjoon Jinga tezroq tayyor bo'lishini,u Bora bilan uchrashishini aytdi. Jin sakrab o'rnidan turdi. Uning ko'zlari quvonchdan chaqnab ketdi. U darxol tayyor bo'ldi. Memberlar, Namjoon va Jin Stray Kids mansioniga qaytishdi. Bangchan sekin Boraning xonasi eshigini ochdi va ichkariga qaradi. Bora derazaga tikilib jim yotardi. Bangchan jilmayib qo'ydi va dedi:
–Bora... shirintoyim, kimdir esn bilan ko'rishishni hohlaydi
–hohlamayman. Ayting, ketsin. Hechkimni ko'rishni istamayman-dedi Bora.
Jin jilmayib qo'ydi va Boraning xonasiga kirdi.
–rostanmi? Hatto meni hammi?-dedi Jin.

Bora uning ovozini darxol tanidi va boshini ko'tarib unga qaradi. Keyin o'rnidan turib(yotog'iga o'tirib), Jinga qaradi.
–Jin... bu... bu senmisan?
–ha, menman
Jin Bora tomonga yurdi va uning yoniga o'tirdi. Bora uni qattiq quchoqladi. Jin ham uni qattiq quchoqladi.
–Jin... endi meni tashlab ketmaysanmi?
–hechqachon-dedi Jin.
Memberlar va Namjoon buni eshikdan kuzatib turishardi.
–xo'sh, ikki yoshni yolg'iz qoldirib keling birga choy ichamiz-dedi Bangchan. Boshqa memberlar rozi bo'lishni va Namjoon bilan mehmonxonaga kirib ketishdi. Jin va Bora bir-birlarini ko'rganlaridan juda ham xursand edilar. Bir necha kunlar o'tdi. Bora va Jin butunlay tuzalib ketishgandi. Jin tez-tez Boraning uyiga mehmonga kelar edi. Namjoon va Bangchan ham yarashib olib, ashaddiy dushmanlardan eng yaxshi hamkorlar va eng yaqin do'stlarga aylanishgandi. Bir kuni, Jin Boraning mansioniga kelgandi. Namjoon ham o'sha yerda edi. Hamma gaplashib o'tirishgandi. Birdan kirish eshigida to'palon boshlandi. Qandaydir erkak ichkariga kirmoqchi bo'layotgandi. Lekin soqchilar unga to'sqinlik qilishiyotgandi. Memberlar, Namjoon, Jin va Bora mehmonxonadan tadhqariga chiqishdi va 2-qavatdan pastga nima bo'layotganini bilish uchun qarashdi. Ular 1-qavatda to'palon bo'layotganini ko'rishdi. Soqchilarga qarshi chiqayotgan erkak birdan to'xtadi.
–Bora...-dedi erkak
Hamma qptib qoldi. Bora Bangchanga qaradi:
–dada, kim bu? U meni ismimni qayerdan biladi?
Bangchan bir qo'li bilan Boraning telkasini o'rab oldi va uni quchoqladi
–bilmayman
Erkak yana baqirdi:
–qo'lingni Boradan tort! Bora! Dadangni qotilini dada deb chaqirishingga yo'q qo'ymayman!
Hamma muzlab qoldi. Bora oldin Bangchanga keyin boshqa memberlarga qaradi.
–dada, u nimalar deyapdi?
Erkak yana baqirdi:
–ha! Ular dadangning qotili!
–yolg'on gapiryapsan! -dedi Bora
–unda nega ular 8ta? Va nega seni oying yo'q? Yoki manashulardan biri seni tuqqanmi?
Namjoon Bangchanga qaradi. Memberlar o'zlarini noqular his qila boshlashdi. Haligi erkak yana baqirdi:
–javob ber, Bora!
–mening oyim o'lgan! Shuning uchun oyim bu yerda emas!
–albatta. Seni oying ham o'lgan. Ular seni oyingni ham o'ldirishgan!
– unday emas! Oyim avtogalokatdan o'lgan!
–bu gapni qayerdan olding?
–menga dadam aytgan
–men senga uni dada dema dedim?
–sen kimsan?
–men seni haqiqiy dadangning akasiman!
Bora memberlarga qaradi. Memberlar bosh irg'ashdi
–yo'q! Bu bo'lishi mumkin emas! -dedi Bora
–lekin bu haqiqat! Men seni olib ketishga keldim
–agar... agar siz dadamning akasi bo'lsangiz shuncha payt qayerda edingiz? Ular meni dadamning qotili bo'lishasa ham ular meni o'z qizlaridek katta qilishdi!
–aha?! Seni xonangga qamab qo'yibmi?
–nima?
–meni alday olmaysan! Men sen har safar xonang derazasidan mayus qaraganingni ko'rardim! O'z ko'zlarim bilan!
Bora biroz o'ylanib qoldi va keyin gapirdi.
–chunki o'shanda axmoqlik wilib qo'ygandim! Lekin u narsa jazolashga ham o'xshamas edi! Ular meni xonamga qamab qo'yishganida men uchun hamma sharoitni yaratib berishgandi! Kim bo'lsang ham bu yerdan ket!
Erkakning jahli chiqib ketdi:
–hali shunaqami? Mayli! Jahannamda yashashni davom et unda! Dadangni qotillari bilan!
Erkak vanihoyat qo'riqchilarga taslim bo'ldi va mansiondan chiqib ketdi. Keyin, Bora memberlarga qaradi
–dada? Uning gaplari rost edimi?
–ha-dedi Bangchan
–lekin bizni tushugin, asalim. Biz bunga majbur edik. Seni ota-onang biz ing dushmanimizga zarur ma'lumotni aytib qo'ygan edi-dedi Jeongin
–lekin... nega meni boqib oldingiz?
–chunki... seni ko'zlaring juda ham chiroyli edi. Bizni senga rahmimiz keldi. Va seni boqib oldik. Iltimos bizni kechir-dedi Changbin
Bora biroz o'ylanib qoldi. Namjoon va Jin buni kuzatib turishardi. Birdan Bora Changbinni quchoqladi
–sizlarga katta rahmat
–nima uchun?
–hammasi uchun
Changbin kulib qo'ydi va uni bag'riga qattiqroq bosdi. Shu kundan boshlab Boraning memberlarga bo'lgan mehri va va xurmati juda oshdi. Chunki u endi shunday berahm va shafqatsiz mafialarning unga rahmi kelib uni asrab olishganidan hayratda edi. Ular Borani o'z qizlaridek ko'rib katta qilishgandi.

Bora biror marta ham hech narsaga zor bo'lmagan edi. Chunki ular u nima hohlasa olib berishardi. Yillar o'tdi. Bora 23ga kirganida Jinga turmushga chiqdi. Ular baxtli oila bo'lishdi. Bora va Jin tez-tez Stray Kids mansioniga borib turishardi. Bora o'gay bo'lsa ham dadalarini juda ham qattiq yaxshi ko'rardi. Memberlar esa hech qachon Boraga o'gaydek munosabatda bo'lishmagandi. Ularning sovuq yuraklarining bir chetida kichik bir yorug'lik bor edi. Bu esa albatta Bora edi. Yana bir necha yillar o'tdi. Bir kuni Jin va Bora Stray Kids mansioniga kelishdi. Namjoon ham shu yerda edi. Ular birga gaplashib o'tirishgandi. Jin va Bora kelganida ularni yaxshi kutib olishdi va mehmonxonaga taklif qilishdi. Kechki ovqatdan so'ng Bora va Jin dadalariga qarab, gapirishdi:
–dadajon, biz sizlarga yaxshi yangilik bilan keldik-dedi Jin.
–rostanmi? Qanaqa ekan?- dedi Changbin
Jin va Bora bir-birlariga qarashdi. Va keyin Bora gapirdi:
–sizlar yaqinda...
–nafaqaga chiqamizmi?-deb so'radi Jeongin hursand bo'lib. Hamma kulib yubordi.
–yo'q, yo'q, dada. Unday emas-dedi Bora
–unda nima? Tezroq gapiraqon-dedi Lee Know
–dada... sizlar yaqinda... nevarali bo'lasiz
Namjoon birdan Jinga qaradi.
–sen yaramas bola...-dedi Namjoon. Jin birdan jilmayishni to'xtatib dadasiga qarab qoldi.
–yo'q, yo'q, dada. Unday o'ylamang! Men unaqa qilmadim...-dedi Jin.
–hali sen shoshmay tur...-dedi Namjoon. Boshqalar kulib yubordi.
–Namjoon fikri buzuq!-deb kuldi Bangchan. Hamma yana kulib yubordi. Bu safar Namjoon ham.
–yaxshi yaxshi, hop. Men ishondim-dedi Namjoon.
–lekin biz yaqinda nevarali bo'lamiz! Men juda juda ham xursandman!-dedi Hyunjin.
–aha? O'sha "yaqinda" ham 9 oy vaqtni oladi-dedi Felix. Hamma oldingidan ham qattiqroq kuldi. Bangchan kulgidan qornini ushlab qattiq kular edi. Jeongin va Hyunjin polga yiqilib tushishdi, lekin kulishda davom etishdi. Lee Know va Seungminning ko'zi kulgudan yoshlanib ketdi. Ular ko'z yoshlarini artib yana kulaverishdi. Shunday qilib, Bora va Jin baxtli hayot kechirishdi.