September 20, 2025

10-qism The Difference of Different Relationships

Bir necha kunlar o'tdi. Ular chaqaloqqa Jeonsu deb ism qo'yishdi. Bonniening ham qornidagi operatsiyadan qolgan chok biroz tuzalishni boshlagandi. Jimin doktordan yalinib Bonnieni uyga olib ketishga ko'ndirdi. Doctor kerakli dori va vitaminlarni yozib berdi. Keyin ular chaqaloq bilan uyga borishdi. Ular uyga yetib kelishganida, Jimin Bonniega sekin yurishga yordam berdi. U Bonnieni ko'tarib ololmasdi. Chunki Bonnie chaqaloqni ko'tarib olgandi. Ular yotoqxonaga kirishdi. Jimin Bonnieni qo'lidan kichkina Jeonsuni olib ancha oldin tayorlab qo'yishgan bolalar yotog'iga yotqizdi. Ustini sekingina kichik bolalar adyoli bilan o'rab qo'ydi. Bonnie kiyimlarini almashtirib yotdi. Jimin unga qarab aytdi...
–Bonnie, doktor ayttiki sen kamida 1 oy yotoqda dam olishing kerak. Chok to'liq tuzalmaguncha ortiqcha atrofda yurmagin. Hopmi?
–hop
–yaxshi. Hozir dam ol. Uyg'onganingdan keyin men semga o'zim kechki ovqatingni shu yerga olib kelib beraman. Mayli. Yaxshi tushlar ko'r
Jimin Bonniening peshonasini o'pib qo'ydi. Keyin esa xonadan chiqishga yo'l oldi. Lekin keyin to'xtadi va Bonniega qaradi.
–shoshma. Kel menga telefoningni ber
–nima uchun?
–o'zi charchagansan. Yana nima qilasan o'zingni battar charchatib. Keyin agar telefonni nuri bolani ko'ziga tushib qolsa zarar bo'ladi.
–hooo, telefon ko'zga ziyonligi endi yetib bordimi? Bolani o'ylab meni o'ylamaysanmi?
–men bu ishni seni ham Jeonsuni ham o'ylab qilyapman. Qani, gap qo'shmasdan telefonni menga ber
–unaqada zerikib o'lamanku😫
–ana Kira opang bor, Sua bilan Mia opalaring borku
–ufff... lekin ular bilan telegram, instagram, tiktokka kirolmaymanku
–nima nima?🤨 sen hali instagram bilan tiktok ham ishlatasanmi?
–mm.. haligi... haligi... u-unday emas. Sh-shunchaki... tilimdan chiqib ketdidaa🙄
–unaqaga o'xshamaydi. Ber telefoningni!
Jimin Bonniening telefonini olib qo'ydi va ichini tekshirdi. Telefonda rostdan ham instagram va tiktok bor edi. Lekin Bonnie uni yomon yo'lda ishlatmasdi. Jimin Bonnie instagram va tiktokda yomon narsalar ko'rmasligini o'z ko'zlari bilan ko'rib, ishonch hosil qilganidan keyin biroz tinchlandi.
–yaxshi. Bularda yomon narsa ko'rmas ekansan. Faqat pishiriqlar, taqinchoq, kosmetikalar va... o'yinchoqlarmi?
–ha😑
–qolganlarinikuu tushunsa bo'ladi. Lekin... o'yinchoq magazini nega kerak semga? Shoshma. To'yimiz bo'lganida bir talay o'yinchoqni o'sha yerdan sotib olganmiding?
–ha. Nima bo'pti endi shunga?
–Bonnie, sen aniq kasalsan😐 internetdan yaxshi maqsadda foydalanishing yaxshi, lekin baribir telefoningni bola birozkatta bo'lguncha bermayman!
–nima?!🤯 endi men 20 yil telefonsiz yashaymanmi?!
–yo'q albatta. Hech bo'lmaganda 1 yil telefonsiz yashaysan. Ko'zlaring ham maza qilib dam oladi
–uff... 1 yil ham juda ko'p
–unda 20 yilni hohlaysanmi?
–yo'q yo'q! Mayli unda. 1 yil 20 yildan ko'ra yaxshiroq
–bo'pti. Gaplashib qolib kettikmi? Yotib dam ol. Uxla.
–uxlashdan boshqa nimayam qilardim? Telefonim yo'q bo'lsa...
Jimin kulib qo'ydi. Keyin xonadan chiqib ketib eshikni yopdi. Bonnie adyolga o'ranib uxlashga yotdi.
Jimin tashqariga chiqqanida Sua darrov uni yoniga borib Bonnie haqida so'radi.
–Jimin, Bonnie yaxshimi? U hozir nima qilyapdi?
–dam olyapdi. Uxlab turganidan keyin kechki ovqatini o'zim olib kirib beraman
–haa yaxshi. Demak... bugun uni yoniga kirolmaymanmi? Hozir uxlayapdi. Keyin kechli ovqatdan keyin sen ham dam olsang kerak
–agar hohlasangiz kechki ovqatdan keyin yoniga kirib biroz gaplashishingiz mumkin. Meni bugun muhim majlisim bor edi. Hatto ertalabgacha ham qolib ketishim mumkin
–haa yo'g'e? Unda mayli. Kechki ovqatdan keyin Kira bilan birga uning oldiga kiramiz
–bo'pti. Unda men ishlarimni qila qolay
Jimin o'zining ofis xonasiga yo'l oldi. Sua esa Kirani xonasiga ketdi. Mia esa har doimgidek xonasida instagram chuqulash bilan band edi. Sua Kiraning oldiga kirganida Kira Senani uxlatayotgandi. Sua uf tortdi.

–obbooo... buniyam bolasi bilan ovora. Menchi men? Men nima qilay ekana? Menam bitta bola tug'volaymi?
–tug'. Maza qilasan
–hoo, yo'g'e?😂 yariiim kechasi bola yig'lasa qaragani turib, tagligini almashtirib, ko'targanimda kiyimlarimga so'laklarini oqizdirsa indamasdan kiyimlarimni rasvo qilib maza qilamanmi?
–Sena biror marta unday qilmagan
–lekin hali ham taglik taqadiku!
–hali 2ga ham kirmaganku! Mol
–mollar bilasanmi nega mol?
–nimaga?
–chunki ular semizligi uchun faqatgina "mooo" deyishdan boshqasini bilmaydi😜😂
–shunday qilib hozir sen o'zingni ustingdan o'zing kulyapsanmi?😂
–iye blin😐
–ha? Nima bo'ldi? Kalla uyg'onib qoldimi?
–uff... ee bore yo'qol!
–men nega yo'qolishim kerak?! Bu meni xonam. Sen yo'qol
–aaaa!
–baqirma! Hozir Senani uxlatdim o'zi. Uyg'otib yuborasan
–eee! Hullas, bugun kechki ovqatdan keyin Bonnieni xonasiga kiramiz. Undan habar olamiz ikkimiz. Kir
–kiramanda albatta
–ey lekinchi bir narsaga qoyil qoldim😂
–ho'sh nima ekan?
–sen qiz tug'ding. U esa bittada o'g'il tug'di. Mana aura😂
–aaa o'la... jinni bo'p qolibsan. Bilyapsanmi shuni? Maslahatim, tug'ma. Bolang ham o'zingga o'xshagan jinni bo'lib tug'ilmasin yana
–Hechamda! Bolam dirty mind bo'lsa bo'ladiki jinni bo'maydi. Agar qiz bo'lsa Bonnieni o'g'li bilan ramyon yeeeb yuradi. Agar o'g'il bo'lsa Senaga mushugini ko'rsatib yuraveradi
–hechamda! Men ruhsat bermayman! Keyin... Sena seni o'g'lingdan katta bo'ladi.
–hmm... bu gaping ham to'g'ri
–ey to'xta. Sen nega aynan shu mavzuda gap boshlading o'zi? Bolang yo'qku seni. Yo homiladormisan?
–yo'q. Shunchaki... o'zim shunday ayttimda. Balki tez orada bo'lib qolar
–aaa ayyor tulki😂
–o'chir! Bo'ldi men kettim!
Sua xonadan chiqib ketdi. Kira esa kulimsirab xonasida o'tirardi.
Bu paytda, Mia yotog'i ustida telefon chuqulab yotardi. Jungkook esa o'sha xonadagi kresloga qiyshayib yotib olgandi. Jungkook gap boshladi.
–kuning qalay o'tyapdi?
–zerikarli. Har doimgidek
–Bonnie bilan gaplashmayapsanmi?
–u bilan gaplashmay qo'yganimga ancha bo'ldi.
–o'zi nega gaplashmayapsizlar?
–birinchi u boshladi. Men uni shuncha vaqt Kira va Suadan himoya qilib yurdim. Keyin esa u birdan Suaga bog'lanib qoldi. Meni unutdi. Ularga qo'shilib oldi. Shu sabab urushdik
–shu holosmi?
–ha
–yarashsangiz bo'lmaydimi? Axir oldinlari opa-singildek ahil inoq yurardingizku
–u oldin edi. Hozir boshqacha
–u bilan yarash
–eee... u yana Kira va Sua bilan birga bo'lib oladi. Men ularni azaldan yoqtirmaganman
–nega ular bilan ham chiqishib ko'rishga urinib ko'rmagansan?
–bilmayman. Ularni feli og'irroq edi. Bonnie qanday chiqishib jetganini esa bilmayman
–ularni feli og'ir emas. Shunchaki hazillari biroz axloqsiz yoki qo'pol bo'lishi mumkin. Lekin Bonnie ular bilan kelishib ketishni uddaladi. Nega sen ham urinib ko'rmaysan?
–bilmadim
–shunchaki ular bilan ham yaxshi gaplash. Ular ham odam. Ularda ham yurak degan narsa bor
–hop...
Kechqurun, kechki ovqatdan keyin Sua bilan Kira Bonniening xonasiga kirib ketayotishgandi. Ular endigina eshikni ochayotganlarida, Mia ham keldi.
–haligi... men ham sizlar bilan kirsam maylimi? Bonnieni ko'rmoqchiman
–haligi... mayli. Hop. Kelaqol
Mia ular bilan birga Bonniening xonasiga kirishdi. Bonnie yotoq ustida orqaga suyanib kitob o'qib o'tirgandi. Oyoqlari ustida adyol bor edi. Yotoq yonida esa jajjigina bolalar karavotchasida chaqaloq uxlab yotardi. Sua kulimsirab gapirdi.
–oo kitob o'qib qopsizmi? Qayerdan chiqdi bu quyosh?😂
–ufff... telefonimni Jimin olib qo'ydi. Endi shu bilan 1 yildan keyin berarkan.
Kira kulimsirabgapirdi.
–hayriyat, qutulibmiz😂
–vaaay bln. Opa, endi sizdan kutmagandim😂
Mia ular gaplashishlarini kuzatdi. Ular rostan ham unchalik feli og'ir yoki qo'polga o'xshamasdi. Birozdan so'ng, Bonnie Miaga qaradi.
–opa, ko'rinmay qoldingiz. Yaxshimisiz?

–menmi? H-ha... men... yaxshiman
–haa... unday bo'lsa yaxshi
–haligi... Bonnie... men... men sendan kechirib so'ramoqchiman
–nima uchun?
–seni o'tgan safar zinadan itatib yuborganim uchun. Iltimis meni kechir.
–hechqisi yo'q. Men uni allaqachon unutib yuborgandim
–sen... rostan ham meni kechirdingmi?
–ha albatta. Axir opamsizku. Ovsinlarmiz. Shunday bo'lsada biz bir birimizga opa-singillardekmiz
–albatta...
Chaqaloq sekin uyg'ona boshladi. Suaning ko'zlari quvonchga to'ldi.
–voiii... uni qaranglar. U qimirlayapti!🤩
–eeehhh Sua, huddi yoshbolaga o'xshaysana. Tirik bo'lgandan keyin qimirlaydida. Nima u senga qo'g'irchoqmi? Yana tag'in Bonnieni yoshbola deysana.
–chunki bu juda yoqimtoy mittiviy ekan😍
–meni bolamni bunaqa erkalamaysana😒
–Kira!
–hop! Hazillashdim😂
Bonnie ehtoyotkorlik bilan chaqaloqni qo'llariga oldi. Mia kichkintoyga fmtikilib qolgandi. Mittigina, yoqimtoy, begunoh chaqaloq. Huddi farishtaga o'xshaydi. Bonnie buni ko'rib qoldi.
–ko'tarib ko'rishni istaysizmi?
Mianing yuragida qandaydir iliqlik uyg'ondi.
–menmi? Maylimi?
–ha albatta. Mana. Faqat ehtiyot bo'ling
Mia ehtiyotkorlik bilan Jeonsuni qo'llariga oldi. Chaqaloq qo'lchalarini qimirlatganida uning yuragi erib ketdi. Yuzida yengil tabassum paydo bo'ldi. Kira va Sua uning yoniga yaqinlashishdi. Sua sekingina chaqaloqning qo'lchasiga tegib ko'rdi. Kira esa chaqaloqni yuzini bwrmog'i bilan mayin erkalardi.
–u judayam yoqimtoy
–judayam🥰
Keyin, Kira sekingina Jeonsuning yuzini o'pib qo'ydi. Mia sekingina jilmayib qo'ydi. U Kira va Sua unchalik ham toshbag'r emasliklarini anglagandek bo'ldi...