The Difference of Different Relationships 11-qism
Bir necha hafta o'tdi. Bonnie tuzalganidan keyin, bir kuni, memberlarning ota onasi mansionga mehmonga kelishdi. Ular mitti Jeonsu and Senani ko'rgani kelishayotgandilar. Xizmatkorlar hamma yoqni tozalab, katta zaldagi uzun stolga dasturxon tuzashdi. Kechki payt hamma dasturxon atrofiga yig'ildi. Memberlarning ota-onasi stolning to'g'risiga o'tirishdi. Qolganlar esa yon tarafda stol atrofida o'tirardi. Ularning otasi gap boshladi.
–o'ylashimcha... sizlar haqiqatdan ham ulg'ayibsiz. Men sizlarni uylantirayotganimda sizlar mafia biznesingizni, yoki xotiningizni eplolmaysiz deb o'ylagandim. Lekin sizlar ishonchimni oqladingiz. Endi Hudo hohlasa RMni ham uylantiramiz.
RM uyalib ketdi.
–dada... qo'ying shuni.
–uyalma. Yoshing ham 30ga qarab ketyapdi. Uylanasan. Shu oy ichida uylantiramiz. Kim biladi, uni birorta qizchasi yo'qmi?
Sua gapirdi.
–bor. Yaqinda 2ga kiradi
Suga Suaning yonida o'tirgandi. U Suaning oyog'ini chimchiladi. Pichirladi.
–ovozingni o'chir...
Sua birdan nimani aytib qo'yganini tushundi. Qo!llari bilan darrov og'zini berkitdi. Lekin bu juda kech edi. Hamma Suaga tikilib qoldi. Bonnie kulib yubordi.
–vay jalla... bolalari ham bormi?😂
Birdan Bonnie ham qo'llari bilan og'zini yopdi. Chunki u ularning ota onasining oldida so'kinib yubordi. Jimin pichirladi.
–yaramas...
Ularning ota onasi hayron qolgandi.
–nima? Ikkingiz... Sua, hozir nima deding?
RMning rangi oqarib ketdi. U duduqlanib qoldi.
–o-o-oyi... b-bu... bu siz o'ylagan narsa emas... men... men... haligi...
Ularning dadasini jahli chiqib ketdi.
–nima? RMni bolasi ham bormi? Hali bizni ijozatimizsiz uylandingmi? Bitta RM shu ishni qildimi yoki hammang uylanib olganmisan?
Hamma memberlar boshini chayqadi.
–yo'q, dada
–aslo. men sizning ruhsatingizsiz hechnarsa qilmayman
–va... Bonnie. Sen eng innocenti edingku. Men seni kichkina kelinim, aqlli, odobli, yuragi toza deb o'ylardim
–kechiring. Tilimdan chiqib ketdi
–chiqib ketmasin. O'zingni nazorat qilishni bilgin. Endi onasan. Hali ham aqling kirmapdi. Baribir ham eng aqlli kelinim Kira ekan. Haqiqiy Mafia Queen bo'libsan, Kira. Xizmatkorlarni qanday boshqarishni, gapingni uqtirishni bilasan. Barakalla
–rahmat. Ishonchingizni oqlaganimdan xursandman.
–va Mia ham. Sen hammani boshqarishni unchalik uddalolmasang ham ishonchlisan
–tashakkur
–ho'sh... o'g'illarim, kechki ovqatdan keyin hamma majlisga. Sizlarda gapim bor. Ayniqsa Namjoonda
–hop...
Kechki ovqatdan keyin memberlar majlislar xonasiga yig'ilishdi. Bonnie, Sua, Kira va Mia boshqa bir xonaga yig'ilishdi. Jeonsu va Sena uxlayotgan edi. Kira Suaga qaradi.
–voy pismiq. Sen Namjonni qizi borligini qayersan bilasan iplos?
–bilaman. Bir marta parkda aylanib yurganimda Namjoonni xotini va qizi bilan ko'rganman
–oo... opa... yomonsiz😂
–sen ovozingni o'chir Bonnie. Kalla qo'ydingku. Jinnivachcha, gapingni o'ylab gapirmaysanmi qaynona, qaynotamizni oldida? Sal qolsa hammamizni kallamiz ketardi
–hop! Uzr!😒
–uzr bilan ish bitmaydi. Endi nima bo'larkina.
Meanwhile... majlislar xonasida ularning dadasi memberlarni o'tirgizib qo'yib ularga dakki berayotgandi.
–Namjoon, seni rostan ham xotining bormi? Rostini ayt
–haligi... dadajon... bu... men...
–chaynalmasdan tez tez gapir!
–haligi... dada... h-ha. Meni xotinim bor.
–ya shi qizmi?
–jadayam. U juda mehribon. Uni ismi Yuna. Judayam samimiy, chiroyli qiz.
–yoshi nechida?
–haligi... 23da.
–shunday yaxshi qiz ekan, nega bizga aytmasdan indamay yashirincha uylanib olding?
–men... Yunani judayam qattiq sevaman. Men sizlar ruhsat bermaysiz deb o'ylagandim
–o'g'lim, bizga seni baxting muhimroq. Ertagayoq Yunani bu yerga olib kel. Bugun kechasi bilan xonangga yangi jihozlar olib kelib xonangni yangilaymiz. Yunaga ham tayinla. Narsalarini yig'sin. Faqatgina eng zaruriy narsalarini olsin. Kiyimlar va boshqa zaruriy narsalar. Agar hohlasa shunday ham kelaversin. Hamma narsani o'zing olib berasan.
–hop, dadajon. Sizga katta rahmat
–u yaxshi qizligi uchun seni kechirdim. Boshqa umuman mendan, yo ukalaringdan behabar ish qilma. Bu gap hammaga tegishli. Bittangiz mendan behabar ish qilsangiz, merosdan mahrum qilaman. Hamma narsangizni olib qo'yib haydab yuboraman. Bu oiladan badarg'a bo'lasiz. Tushundingizmi?
–ha, dada. Tushundik
–yaxshi. Aytgancha. Sua va Bonnie ham esdan chiqmasin. Ularni shu yerga chaqiring
Jimin va Suga borib Sua bilan Bonnieni chaqirib kelishdi. Ular tezda yetib kelushdi. Ularning otasi ularga qaradi.
–Bonnie, Sua, manabu yerga o'tiring
Ular stullarga o'tirishdi. Memberlarning otasi gapirishni boshladi.
–Sua, sen Namjoonni bolasi borligini qayerdan bilding?
–men... bir kuni parkka aylangani, sayr uchun chiqqanimda tasodifan Namjoon xotini va bolasi bilan yurganini ko'rgandim. Ular judayam er xkringa o'xshardi. Shundan bilib qoldim
–sinchkovliging yaxshi. Lekin... ha mayli. Bo'lar ish bo'lib o'tib ketib bo'ldi. Biz buni hal qilib bo'ldik. Lekin... Bonnie. Sen so'kinishni qayerdan o'rganding?
Bonnie qaynotasining bu savolidan uyalib ketdi. U yerga qarab turardi. Nima deyishni bilmasdi. Yuzi uyatdan qizarib ketgandi.
–Bonnie, yodingda tut. Sen eng kichkinasan. Yoshing muhim emas. Yoshing katta bo'ldi degani so'kinishing mumkin degani emas. Sen ayol kishisan. Bunday hunuk so'zlar senga yarashmaydi.
–uzr, kechiring
–boshqa bunaqa qilma. Ayniqsa, bizni oldimizda bunday deganing yomon bo'ldi. Boshqa bu qilmishingni qaytarma
–hop. Kechiring
–mayli. Endi xonalaringizga boring. Dam oling. Kech bo'ldi. Bonnie, Jeonsuga yaxshi qaragin
–hop
Ular xonadan chiqib ketib xonalariga ketishdi. Bonnie xonaga kirishi bilan Jeonsuga qarab qo'ydi. U uxlayotganiga ishonch hozil qilib keyin yotoq ustiga hotircham o'tirdi. Hozir u shunchalik charchaganidan hatto kiyimini almashtirishga ham erinardi.
–Bonnie...
–ha?
–sen so'kinishni qayerdan o'rganding?
–men... Jimin... meni kechir
–savolimga javob ber. Sen bunday so'zlarni qayerdan o'rganding?
Bonnie jim bo'lib qoldi. Indamay polga qarab o'tirardi. Jimin Bonniega yaqinlashdi va oldida tiz cho'kib pol ustiga o'tirdi.
–Bonnie... menga qara
–hmm?
–Bonnie... sen meni borlig'imsan. Bunday so'zlar senga yarashmaydi. Sen juda chiroyli qizsan. Innocent yuraging bor. Boshqa unday qilma, hopmi?
–hop
Jimin jilmayib qo'ydi.
–aqlligim o'zimni. Endi kelaqol buyoqqa
Jimin o'rnidan turib Bonnieni quchoqlab ko'tardi va uni yotoq ustiga yotqizib, keyin o'zi ham uning yoniga yotdi. Bonnie adyolni tortib ustini o'radi.
–sovuqmi?
–ha. Biroz. Oyog'im og'riyapdi.
–paypog'ing bormi?
–ha bor
–yaxshi. Unda o'ranib olaver
Jimin adyolni o'zining ustidan ham yopib oldi. Bonnieni mahkam quchoqlab oldi. Ular biroz vaqt shunday yotishdi. Keyin Jimin gapirdi.
–Bonnie?
–ha?
–oyog'ing tez tez og'riyapdimi?
–shu kunlarda tez tez og'riydigan bo'lib qoldi
–unda sen dam ol. Xizmatkorlarga aytsang qaynoq cofe qilib berishadi. Agar ertaga ham kechgacha og'riq to'xtamasa shifokor chaqiraman
–hop...