September 15, 2025

The Difference of Different Relationships 9-qism

Bonnie Kiraning gaplaridan vahimaga tushib qolgandi. Bir necha kunlardan keyin u hohlasa, hohlamasa o'sha kun keladi. Lekin uni faqatgina bir narsa, shuncha azobli og'riqlardan keyin birinchi ko'radigan narsasi yangi tug'ilgan bolasi bo'ladi. U uni birinchi qo'liga ushlaganida qanday quvonishi haqida o'yladi. Biroz tinchlandi. Lekin baribir yuragining tubida qandaydir havotir bor edi.
Bir necha kunlar o'tdi. Nihoyat, o'sha kun keldi. Jimin uning yonida o'tirgandi. Birdan Bonnie qornini ushlab oldi. Jiminning rangi oqarib ketdi.
–Bonnie? Bu... boshlandimi?
–menimcha ha...😣
Jimin hechnarsaga qaramasdan Bonnieni ko'tarib oldi va mashinasi tomon yurdi. Uning qadamlari tez lekin ehtoyotkor edi. Jimin tezda Bonnieni shifoxonaga olib bordi. Doctor va hamshiralar Bonnieni delivery roomga olib kirib ketishdi. Oldin aytilganidek u yerga Jiminni ham kirgizishdi. Chunki Bonniega dalda beradigan kimdir kerak edi.
Bu vaqtda esa mansion jim-jit. Yarim tun bo'lgani uchun nima bo'lganini hechkim bilmaydi. Hamma uxlayapdi. Pekin Sua haliham uxlagani yo'q. Uning yuragi nimanidir sezardi. U Bonniening xonasiga borib undan xabar olishni hohlardi. Ammo balki u uxlab yotgan bo'lsa men uni bezovta qilib qo'ysamchi deb o'ylardi. Unga qarab Suga ham uxlolmasdi.
–ufff... eee, chiroqni o'chir!
–sen ovozingni o'chir!
Sua jahl bilan chiroqni o'chirdi. Lekin svetilnikni yoniq qoldirdi. Suga yuzini adyol bilan yopib oldi. Lekin haliham svetilnikning nuri bilinardi. Suga sekin adyolni yuzidan tushirib Suaga qaradi.
–nima?! Yana nima deysan?
–nega uxlamayapsan?
–ufff... negadir ko'nglim g'ash. Bonniedan havotir olyapman
–havotir olma. U Jimin bilan. U Bonniega yaxshi qaraydi.
–uni borib holidan xabar olib kelaymikina?
–jinnimisan? Esingni yedingmi? Hozir yarim tunku. Qara. Soat allaqachon 1dan o'tdi. U hozir uxlayapdi. Uni bezovta qilma
Sua biroz o'ylanib turdi. Keyin o'rnidan turdi.
–uni holidan xabar olmasam bo'lmaydi.
–to'xta! Uni uyg'otma
–shunchaki uni bir marta ko'rsam bas. Bo'ldi. Keyin yotib uxlayman
–hop... mayli. Faqat uni uyg'otib yuborma
Sua chiqib ketdi va darrov Bonnie va Jiminning xonasiga bordi. U eshikni sekin ochib qaradi va xonada Jimin ham Bonnie ham yo'qligini ko'rdi. U yana qaytib yotoqxonasiga yugurdi.
–xo'sh? U qalay ekan?
–ular yo'q!
–nima? Qanaqasiga?
–bilmayman. Lekin ular joylarida yo'q!
–men hozir Jiminga qo'ng'iroq qilaman. Sen borib Kirani turgiz. Lekin Senani uyg'itib yuborma
Sua yugurib borib Kirani sekin turgizdi.
–hoy, dangasa opa, turing. Peshin bo'ldi
–uff... ee... uyquga to'ymadim. Bor yo'qol! Axir yarim kechasiku hozir. Meni laqma deb o'ylayapsanmi? Bor joyingga yotib uxla. Men yana uxlayman
–hey opa, turing! Bonnie joyida yo'q!
Kira sakrab o'rnidan turdi.
–nima? Nega yo'q bo'ladi?
Kira Bonniening xonasiga yugurib bordi. U yerda hechkim yo'q edi. Keyin Suga ularni oldiga keldi.
–men Jimin bilan gaplashdim. Ular shifoxonada ekan.
–hechbo'lmasa topilibdiku. Unda... opa, siz men bilan borasizmi? Biz shifoxonaga ketamiz
–hozir. Telefonimni olvolay. Taehyung qo'ng'iroq qilib qolishi mumkin.
–Senachi?
–Sena uxlayapti. Mayli, dadasi bilan uxlayversin. Keyin ertalab Taehyung qarayveradi unga
–hop. Tez bo'ling
Suga, Sua va Kira birga shifoxonaga kelishdi. Lekin ularni delivery roomga kirgizishmadi. Ular koridorda kutib o'tirishardi. Ichkarida esa Jimin ham havotirda edi.
–doctor, operatsiya qilib olsa bo'lmaydimi?
–bo'ladi. Lekin u uchun xotiningizni tayyorlash kerak edi.
–hozir tayorlasak bo'lmaydimi?
–bo'ladi. Lekin bu bir kun vaqt oladi. U kun bo'yi hech narsa yemasligi kerak. Uning oshqozoni va ichaklari tozalanadi. U kun bo'yi infuziya oladi. Va faqatgina suv ichadi. Ovqat mumkin emas
–uff... mayli.
Bir necha soat o'tdi. Tong otdi. Taehyung erta tongdan uyg'ondi. U bir o'yinchoqni quchoqlab yotgandi. U o'yinchoqni Kira deb o'yladi.

–jonim, uyg'onaqol... tong otdi
Taehyung sekin ko'zlarini ochganida u Kiraning chiroyli yuzini ko'rishni kutgandi. Lekin u ko'rgan narsa bu o'yinchoqning yumshoq va momiq basharasi edi. Birdan u qichqirib yubordi.
–voydooooood!🤯
Taehyung o'yinchoqni uloqtirib yubordi. Keyin o'rnidan turib atrofga qaradi va Kira yo'qligini ko'rdi.
–Kira... Kira? Kira... Kira!
U butun mansionni qarab chiqdi. Kira yo'q. Keyin u yana xonaga qaytdi va haligi u otib yuborga o'yinchoqqa qaradi. Birdan, u nimanidir tushungandek bo'ldi. U darrov haligi o'yinchoqni olib qochoqlab oldi.
–Kiraaaa😭 Kiraginam. Senga nima bo'ldi?! Seni kim bu ahvolga soldi?
Keyin u o'yinchoqni o'zining yuziga qaratdi. O'yinchoqning munchoq ko'zchalari yaltirab turardi. Huddi mo'ltirayotgandek.
–qaysi zolim seni paxta-miyyaga aylantirdi?!😩 Kiraginam o'zimni. Havotir olma. Men seni boringcha yaxshi ko'raman😭
Taehyung o'yinchoqni yana quchoqlab oldi. Yig'lay boshladi. Seni Taehyungni baland ovozini eshitib uyg'onib ketdi. U yig'ladi. Taehyung yotog'i ustiga qaradi va Senani yig'layotganini ko'rdi. Keyin yana o'yinchoqqa qaradi.
–Ko'rdingmi? Bolani ko'ngli sezadi. U senga nima bo'lganini bilsa chidolmaydi. Meni kechir. Iltimos, seni asrolmaganim uchun meni kechir
Taehyung sekin o'rnidan turib Sena tomon yurdi. Sena o'yinchoqni ko'rib tinchlandi. Keyin o'yinchoqni qo'llariga oldi.
–ko'rdingmi, asalim? U seni tanidi! U seni ko'rib tinchlandi. Ahh, yuragim. Sizlarni baxtli ko'rish naqadar ajoyib😭
Taehyung sekin yig'lashda davom etdi. Sena Taehyungni yig'layotganini ko'rib qoldi.
–dada... nega yig'layapsiz?
Taehyung Senaga qaradi. Keyin ko'z yoshlarini artib tashladi.
–yig'laganim yo'q, shirinim.
–dada, qoynim ochchadi
–qoyniz ochchadimi? Yuring unda nonushta qilamiz
Taehyung Senani ko'tarib oldi. O'yinchoqni ham o'zi bilan birga oldi. Ular pastga tushib avval hammomga kirib yuz qo'llari va tishlarini yuvishdi. Keyin esa oshxonaga kirib nonushta qilishdi. Oshxonada ishlovchi xizmatkorlar allaqachon nonushtani tayorlab qo'yishgandi. Taehyung Senani bolalar stuliga o'tirgizdi va o'yinchoqni ham bir alohida stulga o'tirgizib qo'ydi. Sena buni ko'rib hayron bo'ldi. Xizmatkorlar ham. Sena so'radi.
–dada, o'yinchoq ham biz bilan biyga nonushta qiladimi?
Taehyungni ko'zlariga yana yosh to'ldi.
–ha. Yeydi. U ham och
Taehyung ko'z yoshlarini artib tashladi. U Senaning oldiga bolalar bo'tqasini qo'ydi. Sena qoshiqchasini olib uni yeyishni boshladi. Taehyungni esa hechnima yegisi kelmadi. U o'yinchoqqa qarab siqilardi.
–Kirajooon... Kiraginam😭 kim seni bu ahvolga soldi aaa?!
Keyin Taehyung o'zini tinchlantirib olish uchun bir stakan suv oldi. U suvni ichayotganida bir-ikki tomchi suv o'yinchoqning ko'ziga to'kilib ketdi. Taehyung suvni ichib bo'lib o'yinchoqqa qaradi. O'yincgoqning ko'ziga tomib qolgan suv sekin oqa boshladi. Taehyung yana yig'lab yubordi va joyiga o'tirib o'yinchoqning yuzidan suvni artib tashladi.
–bo'ldi bo'ldi, yig'lama. Seni ko'rib meni ichim ezilib ketyapdiii... Kiraaa
Taehyung o'yinchoqni quchoqlab oldi. Sena Taehyungga hayron bo'lib qarab qoldi. Keyin bo'tqasini yeyishni davom etdi. Ora orada Taehyungga g'alati qarab qo'yardi. Xizmatkorlar esa zo'rg'a kulgularini bosib turishardi. Vanihoyat, Taehyung o'yinchoqni joyiga qo'ydi va stol atrofiga qaradi. O'zi va Senadan boshqa hechkim yo'q. U biroz hayron bo'ldi. Keyin xizmatkorlardan biridan so'radi.
–qolganlar qani?
–haligi... janob Kim, ular... ular... haligi... janob Park ayollari bilan shifoxonaga ketishgandi. Miss Sua va Kira ham ular bilan ketishdi.
Taehyung biroz muddat qotib qoldi. Keyin u o'yinchoqqa qaradi. Keyin uni olib otib yubordi.
–nima? Men Kira o'yinchoqqa aylanib qoldi deb o'ylapman. Agar bilganimda darrov shifoxonaga borardim!
Taehyungni jahli chiqib ketdi. U o'yinchoqni poldan oldi va uning boshini devorga ura boshladi.

–mana! Mana! Mana! Mana! Mana senga! Yaramas! Shuncha vaqtim senga zoye ketdi!
Keyin Taehyung o'yinchoqni polga tashlab uni oyoqlari bilan tepinib-tepinib ezishni boshladi. Sena buni ko'rib kulardi. Bularning hammasi uning beg'ubor ko'zlariga huddi tomoshadek edi. U tinmay kulardi. Keyin Taehyung Senaning kulgularini eshitdi va to'xtadi. O'girilib Senaga qaradi. Sena uni kuzatib turgandi. Keyin Taehyung o'yinchoqni tashladi va Sena tomon yurdi. Yuzida mayin tabassum paydo bo'ldi.
–o'zimni shirintoyimeey. Kim meni asalim?
–men
–to'ppa to'g'ri😃 qani kelaqol o'zimga
Taehyung Senani ko'tarib olib qattiq quchoqladi. Yuzlarini o'pib tashladi. Sena bundan kulardi. Taehyungga esa uning kulgulari judayam shirin tuyulardi.
Birozdan keyin, Taehyung Sena bilan nonushta qilganidan keyin Kiraga qo'ng'iroq qildi. Kiradan ular qaysi shifoxonadaliklarini so'radi. Kira manzilni aytdi. Taehyung Senani enagasiga tashlab o'zi esa shifoxonaga ketdi. Shifoxonaga kelganida u Suga, Sua, Kira va boshqa memberlarni ham ko'rdi. Memberlar u yerga erta tongdan allaqachon yetib kelgan edilar.
–Jimin ichkaridami?
–ha
–Bonnie yaxshimikin?
–bilmaymiz. Shifokorlar hechnarsa deyishgani yo'q
Taehyung boshqa memberlar bilan kutish xonasida o'tirdi. Hamma jim. Ichkarida esa hamshiralar hali ham Bonnieni operatsiyaga tayorlashyapdi. Doktor aytganidek u hechnarsa yegani yo'q. Shunday qilib yana 12 soat o'tdi. Vanihoyat doctor Bonniening tanasi operatsiya uchun tayyorligini aytdi. Hamshiralar Jimindan chiqib turishini iltimos qilishdi. Chunki operatsiyaga birov kirishi mumkin emasdi. Bu infeksiya yuqtirishi mumkin edi. Jimin rozi bo'ldi. Sekinginaxonadan chiqib ketdi. U xonadan chiqib ketayotgsnida ko'zlari yoshga to'ldi. U ortiga qaradi.
–hali bularning hammasi tugaydi. Men sening yoningda bo'laman
Keyin Jimin chiqib ketdi. Hamma memberlar havotirdan yuraklarini hovuchlab turishgandi. Sua bilan Kirani gapirmasa ham bo'ladi. Sua havotirdan o'lay deyapdi. Kira siqilib nima bo'lsa bo'layotgandi. Jimin ko'zlarida yosh bilan xonadan chiqqanini ko'rgan hamma qotib qoldi. Sua va Kira darrov unga qaradilar. Jiminning ko'z yoshlarini ko'rgandan keyin hammaning hayoliga faqatgina bir narsa keldi. Sua sekin so'rafdi.
–Jimin... Bonniega yaxshimi? Nega yig'layapsan? Yoki u...
Kira uning gapini tugatdi.
–u... o'ldimi?
Birdan Kira yig'lab yubordi. Uni ko'rib chidolmay Sua ham yig'lab yubordi.
–Bonnieginaam... meni kimlarga tashlab ketting?!😭 endi kimga kirlarimni yuvdiraman? Kimga baqiraman?
–kimni uraman? Kimni so'kaman endiiii? -Kira yig'ladi.
Memberlar ularga qarab qolishdi. Keyin Jimin gapirdi.
–yo'q. U tirik. Shunchaki... uni operatsiya qilishyapdi. Men qaror qabul qildim. Bir haftalik azobdan ko'ra 2 soatligi afzalroq
Suga uning yelkasiga qo'lini qo'ydi.
–siqilma. Sen to'g'ri ish qilgansan. Operatsiya atigi 2 soatmikan? Bu yaxshiku.
–har holda 1 haftadan ko'ra yaxshiroq...
Sua bilan Kira yig'lashdan to'xtadi. Keyin ko'z yoshlarini artishdi. Keyin bir birlariga pichirlashishdi.
–qovun tushiripmizku
–qovun ham gapmi? Tarvuz tushiripmiz
–balki haldalakdir?
–hozir ovozingni o'chirmasang oshqovoq tushiraman hom kallangga!
–zo'rku! Oshqovoqni yaxshi ko'raman. Ayniqsa uni petrushka bilan qovursa zo'r bo'ladida
–aaa o'laaa

Bir necha soat o'tdi. Vanihoyat doctorlar ishlarini tugatib chiqishdi. Hamshiralar Bonnie va chaqaloqni bir palataga joylashtirishdi. Bonnie hali ham anesteziya tasirida uxlayotgandi. Doktorlar ertaga kelishni, bugun Bonnie juda charchagani uchun yetarlicha uxlab kuch to'plashi kerakligini aytishdi.
Ertansi kuni ertalab, Jimin birinchi uyg'ondi. Bonnieni ko'rishni intiqlik bilan kutgandi. U hatto nonushta ham qilmay, boshqalarni kutmasdan, birinchi shifoxonaga bordi. U Bonniening palatasiga kirdi va Bonnie yotgan yotoq oldidagi stulga o'tirdi. Bonniening qo'lini sekingina ushladi.

–Bonnie...
U sekin uyg'otdi.
–Bonnie... asalim, turaqol.
Bonnie sekin ko'zlarini ochdi va Jiminni ko'rdi.
–Jimin...
–ha. Bu menman. Uzr, kechirasan. Shoshilganimdan senga birorbir narsa haL olib kelmapman. Axir 1 kun hech narsa yemadingku.
–hechqisi yo'q. Keyin ham yesam bo'laveradi. Haligi... chaqaloq ham shu yerdami?
–ha. U yoningdagi beshilda yotibdi.
Jimin ehtiyotkorlik bilan chaqaloqni ko'tardi va uni Bonniening oldiga yotqizdi.
–voyyyy... muncha yoqimtoy
–haaa to'g'ri. Men ham uni birinchi marta ko'ryapman. Shifokorlar kecha hatto yonigga kirishimga ham ruhsat berishmadi. Voiii buni qo'lchalarini qara
–haa... bu... o'g'ilmikan yoki qiz?
–doctor u o'g'ilbola dedi
–voyy... qanday zo'r... aytgancha, qolganlar qani? Sua bilan Kira opamchi?
–ular birozdan keyin kelishadi...
–hop... voyyy... chaqaloqqa qarab hech ko'zim to'ymayapdii
–endi u bizning o'g'limiz...