August 16, 2025

seven7

Seven7 — 2 qism
Omborxonadagi jimjitlik yuragingni siqib qo‘yardi. Taening so‘zlari hanuz quloqlaringda jaranglardi: “Sen ularning yettinchisan.”
Sen titrab:
— "Men? Qanday qilib?.. Men oddiy qizman."
tae boshini chayqadi, yuzidagi chandiq so‘zlariga jiddiylik qo‘shdi:

— "Oddiy emassan, Y/N. Sen Seven7 uchun tug‘ilganlar ro‘yxatida bor eding. Ular seni topishlari, o‘zlari tomon tortishlari kerak edi. Lekin Jungkook seni sevib qoldi va bu rejani buzdi."

Shu payt tashqaridan qadam tovushlari eshitildi. Sen yuragingni qo‘rqinch bosib, eshikka qarading. Ammo ichkariga kirgan — niqobli odamlar emas edi.
Qonli kiyimda, yuzida yarasi bilan Jungkook edi. U hushidan ketmaslikka harakat qilib, devorga suyanib kirdi. Ko‘zlari sening ko‘zlaringni izlab topdi.

— "Men seni… tashlab qo‘ymayman deb aytgandim-ku."

Sen yugurib uning yoniga bording, qo‘ling bilan yarasini bosib:
— "Ahmoq! Sen menga qarab emas, o‘zingni o‘ylashing kerak edi!"
Jungkook charchagan holda jilmaydi. Uning qo‘li sening yuzingni sekin siladi.

— "Meni o‘ylamasang ham mayli… lekin sen tirik bo‘lsang, men yashay olaman."

Yuraging ezildi. Ko‘z yoshlari o‘z-o‘zidan oqib ketdi. Sen uning qo‘lini mahkam ushlab, pichirlading:
— "Endi meni hech qaerga qo‘yib yuborma… hech qachon."
tae yoningizda sukutda turar, nigohi uzoqqa qadalgan edi. Go‘yo u ham bu lahzani buzishni istamasdi.
Omborxonani tashqaridan qorong‘i shahar yoritib turgan edi, ammo sening dunyong faqat Jungkookning charchagan, ammo samimiy nigohida edi.

Omborxona ichida og‘ir havo tarqalib turgan edi. taehyung atrofni tekshirib chiqib, sizlarga vaqtincha xavfsiz joy yaratdi. Sen esa Jungkookni sekin yotqizding. Uning oq ko‘ylagi qon bilan bo‘yalgan, ammo nigohi hanuz kuchli edi.

— "Men bunday ahvolda seni ko‘rishni xohlamagan edim…" — dedi u charchoq bilan, lablari zo‘rg‘a jilmayib.

Sen uning yuziga egilding, ko‘z yoshing bir tomchi yonoqlariga tushdi.
— "Meni qo‘rqitma, Jungkook. Sen ketib qolsang… men nima qilaman?"
U qo‘lini ko‘tardi va titrab yuzingni siladi.

— "Men seni tark etmayman. Men bu yerda — yoningda."

Tae bir chetga qarab, kichik bir dorilar qutisini olib keldi.
— "Mana, yarasini tozalash kerak. Men ko‘chada yashab, ko‘p narsani o‘rgandim. Buni qilolaman."
Sen Jungkookning yoniga cho‘kib o‘tirding. Dori qo‘lingda titrab turardi. Yaraga tegishing bilan u “ahh” deb ko‘zlarini yumdi.
— "Kechir, bu og‘riydi…" — deding sen.
Jungkook esa ko‘zlarini ochib, jilmaydi:

— "Sening qo‘ling tegsa, og‘riq ham yengillashadi."

Sen hayron bo‘lib unga qarading, ammo yuraging issiq hislarga to‘lib ketdi. O‘sha payt hamma narsani unutgandek bo‘lding: Seven7, qo‘rquv, sirlar… faqat ikkoving qolding.
Dorini tugatganingdan so‘ng Jungkook qo‘lingni mahkam ushlab, asta pichirladi:

— "Y/N… men seni yo‘qotishdan ko‘ra ming marta yarador bo‘lishga roziman."

Sen esa unga egilib, pichirlading:
— "Men ham seni yo‘qotishni xohlamayman."
Shu payt u sekin boshini ko‘tardi, ikkoving orasida nafaslaring qorishib ketdi. Bu lahza uzoq davom etmadi — lablaring asta uning lablariga tegdi. U kuchsiz bo‘lsa ham, seni bag‘riga oldi.
Bu o‘pich qorong‘i va qo‘rquvga to‘la dunyoda, faqat sizlarga tegishli bo‘lgan iliqlik edi.

Tonggi quyoshning ilk nurlari omborxonaga kirib, sovuq beton devorlarga iliq rang berdi. Sen butun kechani uyg‘oq o‘tkazding — Jungkook yoningda yotar, nafaslari asta, ammo barqaror edi.
Uning qo‘li sening qo‘lingni qattiq ushlab olgan, go‘yo tushida ham seni qo‘yib yuborishni istamagandek. Sen uning yuziga qarab, yuragingda tinchlik va og‘irlik aralash tuyg‘ularni his qilding.
Bir payt Jungkook ko‘zlarini asta ochdi. Ko‘rishi biroz xira bo‘lsa-da, birinchi bo‘lib seni ko‘rdi.

— "Sen… yonimda ekansan," — dedi u shivirlab.

Sen jilmayding, lekin ko‘zlaringda yosh paydo bo‘ldi.
— "Qayerga ketaman? Seni qoldirmayman."
Jungkook kuchsiz bo‘lsa ham jilmayib, qo‘lingni yuziga bosdi.

— "Meni yana tiriltirayotgan yagona narsa — sen."

Bu lahzani TAEning qattiq ovozi buzdi. U eshik yonida turar, qo‘lida kichik xarita bor edi.
— "Ular seni topishadi, Y/N. Kechagi hujum oddiy ogohlantirish edi. Endi ular to‘liq kuch bilan keladi."
Sen yuraging siqilib, TAEga qarading:
— "Demak, nima qilishimiz kerak?"
TAEning nigohi og‘ir edi.

— "Yashirinib bo‘lmaydi. Seven7 faqat kuch bilan emas, aqllari bilan ham o‘ynaydi. Biz ulardan oldinroq harakat qilishimiz kerak. Lekin… buning uchun Y/N, sening haqiqiy kimligingni bilishing shart."

Jungkook taega qarab bosh chayqadi:

— "Yo‘q, unga hammasini aytolmaymiz. Hali emas."

Sen esa ularning orasida qolding. Ichingni bezovta qilgan savol yana yangradi: “Men kimman? Nega men yettinchiman?”
Ammo baribir, Jungkookning yonida o‘tirib, uning qo‘lini ushlab turganingda — hamma savollar unutilgandek bo‘lardi. Sen bilarding: sevgingiz uchun kurash hali endi boshlanmoqda.

Omborxonani sokin tun bosgan edi. Jungkook hushidan ketmasligi uchun yonida o‘tirib, yarasini asta davolarding. Unga qaraganingda, ko‘zlaringda qo‘rquv ham, muhabbat ham qorishib ketganini sezarding.
TAE esa eshik oldida tik turar, doimo atrofni kuzatar edi.Keyin sen mato olish uchun chiqib keting tae jk yoniga kelib og‘ir nafas olib, past ovozda so‘z boshladi:
— "Jungkook, unga hammasini aytishing kerak. Sen uni ko‘proq yashira olmaysan."
Jungkook lablarini qattiq tishlab, nigohini chetga burdi.

— "Yo‘q. U bilmasligi kerak. Bilsa… uning dunyosi buziladi."

TAEning ko‘zlari sovuqroq, ammo og‘riqqa to‘la edi.

— "Seven7 uni allaqachon izlab topgan. Ular bilishadi, ularning yettinchisi u ekanini. Agar Y/N o‘zini tanimasa, biz uni himoya qila olmaymiz."

Sen birdan yuraging gupillab ketdi. Qo‘lingdagi mato titrab tushib ketdi, lekin sezdirgim kelmay, yon xonaga suv olish bahonasida chiqib ketding. Shunga qaramay, ularning suhbatini eshitar eding.
Jungkookning ovozi og‘ir, ammo qat’iy chiqdi:

— "Men uni sevaman, TAE. Men uni shu sevgim uchun hammasidan yashiryapman. Agar u yettinchiligini bilsa, bu urushga tortiladi. Men buni istamayman."

tae esa keskin ohangda dedi:

— "Sen tushunmaysan, Jungkook. Seven7 seni zaif joyingdan ushlaydi. Ular seni sindirish uchun Y/N’dan foydalanishadi. Agar sen uni chin dildan sevayotgan bo‘lsang, unga haqiqatni aytishing kerak."

Eshik orqasida turib ko‘zlaring yoshga to‘ldi. Yuragingda qo‘rquv ham, og‘riq ham uyg‘ondi. “Demak, men haqiqatan ham ular izlayotgan yettinchiman…”
Ammo shu lahzada Jungkookning so‘nggi so‘zlari seni larzaga soldi:

— "Men dunyoga qarshi chiqaman, lekin Y/N’ni hech kim mendan tortib olmaydi."

Ko‘z yoshingni artib, asta jilmayib qo‘yding. Chunki yuraging aniq bilar edi — u seni nafaqat sevadi, balki seni himoya qilish uchun ham hammasiga tayyor edi.