August 15, 2025

seven7

Seven7 — 1-qism
Kecha osmonda yomg‘ir izlari hanuz yoyilib turgan edi. Shaharning tungi chiroqlari ho‘l yo‘llarda aks etib, hamma narsaga sirli, biroz melankolik ko‘rinish berardi. Sen — Y/N, odatdagidek soat 22:00 da uyga qaytayotarding.
Shu payt telefoning vibratsiya qildi. Ekranda tanish bo‘lgan, ammo unutilgan ovoz eshitildi:

— "Y/N, seni ko‘rishim kerak… hozir."

Bu — Jungkook edi. Oradan 7 yil o‘tgan bo‘lsa-da, u seni go‘yo kechagina tark etgandek ovoz chiqarardi. Bir paytlar hammasi yaxshi edi: u sening eng yaqin do‘sting, sevgiling, hayotingning markazi… keyin esa ketdi. Hech narsa tushuntirmadi.
Yuraging gupillab ura boshladi. Ko‘nglingda minglab savollar uyg‘ondi: “Nega qaytdi? Nega endi?”
Shahar ko‘chalarida uni topish oson bo‘ldi — u har doimgidek qora kiyimda, qo‘llari cho‘ntagida, yomg‘irda ham beparvo turardi. Uning ko‘zlari sening ko‘zlaringni topganda, hamma eski hislar qaytib kelgandek bo‘ldi.

— "Men… seni unutolmadim," — dedi u asta, lablari titrab. — "Ammo bu safar, barchasini aytaman… va seni qo‘yib yubormayman."

Sen esa sukut qilding. Chunki yuraging javob berishni allaqachon tanlab bo‘lgandi.
Ammo bilmasding… bu safar Jungkook qaytgan sabab — oddiy sevgi emas edi. Uning ortidan yettita sir va yettita xavf ergashib kelayotganini hali tushunmasding.

Uning yoniga yaqinlashishing bilan yuraging yanada tez ura boshladi. Jungkook bir qadam oldinga yurdi, lekin sen biroz ortga chekilding. Yillar o‘tib, ko‘rishish juda g‘alati edi.

— "Men seni izlab kelmadim… men seni himoya qilish uchun keldim," — dedi u past ovozda.

Sen hayron bo‘lding:
— "Himoya qilish? Nimalardan?"
Jungkook atrofga qarab, seni qo‘lingdan ushladi va yaqin atrofdagi bo‘sh kofexonaga olib kirdi. Devorlari qorong‘i, fon musiqasi esa sekin jaz edi. U stulga o‘tirdi, so‘ng chuqur nafas olib gap boshladi:

— "Seven7 — bu men qochib yurgan guruh. Ular hammasini nazorat qiladi. Pul, odamlar, hatto hayotlar. Men ularning ichida edim… va chiqib ketdim. Endi ular meni o‘ldirishni xohlaydi. Lekin men ketolmadim, chunki… sen ular ro‘yxatida ekansan."

Sen muzlab qolding.
— "Men? Nega men?"
Uning nigohi og‘ir, lablari qattiq siqilgan edi.

— "Chunki men seni sevaman. Va ular buni bilishadi. Seven7 sevgini zaiflik deb hisoblaydi. Seni yo‘q qilish — meni yo‘q qilish demak."

Ko‘zlaringda qo‘rquv aralash hissiyotlar paydo bo‘ldi. Bir tarafdan, yillar o‘tib yana sevgining yoningda. Ikkinchi tarafdan — sen hozir xavf ichidasan.
Yomg‘ir tomchilari derazaga urilib, kofexona ichida bo‘layotgan sukunatni yanada chuqurlashtirdi. Jungkook qo‘lingni mahkam ushlab:

— "Endi men seni hech qaerga qo‘yib yubormayman. Lekin buning uchun bizga bitta yo‘l bor — Seven7’ni tugatish."

Shu payt kofexona eshigi ochildi va qora niqobli uch kishi kirib keldi…

Niqobli uch kishi kofexonaga kirgan zahoti atmosfera o‘zgardi. Kofexonadagi bitta-bitta mijozlar sekin o‘rnidan turib chiqib ketdi — go‘yo barchasi oldindan rejalashtirilgandek.
Jungkook bir lahzada o‘rnidan turdi. Qo‘li sening qo‘lingni topdi va past ovozda:

— "Qimirlamasdan, orqamdan yurgin."

Ammo ular seni ko‘rdi. Ko‘zlaridagi sovuq yovuzlik yuragingni muzlatib yubordi. Biri belidan qurol chiqardi, ikkinchisi esa eshikni qulfladi.
Jungkook sening oldingga o‘tib, tanasi bilan to‘sdi.

— "Unga tegmaysizlar."

Niqobli odam kulimsiradi:
— "Demak, bu sening zaifliging, Jeon Jungkook."
Shu so‘zlardan keyin hammasi juda tez bo‘ldi. Jungkook stoldagi kofe idishini uloqtirib, seni orqa chiqish eshigiga tortdi. O‘q ovozi butun binoni larzaga soldi, yuraging esa qulog‘ingda gupillab urar edi.
Sen yugurib chiqding, ammo Jungkook ularning ikki nafariga qarshi kurashish uchun qolib ketdi. Orqangdan uning qo‘llari, nafas olishi va jang ovozlari eshitilardi.
Bir lahza ham o‘ylamasdan ortga qaytding. U yerdagi manzara yuragingni ezdi: Jungkook labidan qon oqayotgan bo‘lsa-da, seni ko‘rib jilmaydi.

— "Men aytgandim, seni qo‘yib yubormayman."

Ammo yana bir o‘q ovozi yangradi… va bu safar sen uning ko‘zlaridagi og‘riqni ko‘rding.
U seni bag‘riga tortdi, nafaslari og‘irlashgan holda pichirladi:

— "Seven7 seni hech qachon ololmaydi… men tirik bo‘lsam."

U seni orqasiga yashirib, yana jangga tashlandi. Shu payt sirli qora mashina to‘xtadi va ichidan notanish yigit chiqib:
— "Y/N, tez! Agar hoziroq ketmasang, ikkoving ham yo‘q bo‘lasan!"
Sen tanlov oldida qolding: Jungkook bilan qolib hamma narsani xavf ostiga qo‘yish yoki uning hayoti uchun hozircha ketish.

Nafasing qisilib, atrofdagi hamma narsa sekinlashgandek bo‘ldi. Jungkook bilan ko‘zlaring to‘qnashdi — unda so‘zsiz bir iltijo bor edi: "Ketma… ammo tirik qolishing kerak."
Sirli yigit esa qo‘lingdan mahkam ushlab, seni qora mashinaga tortdi. Sen qarshilik qilding:
— "Yo‘q! Men uni bu yerda qoldirolmayman!"
Ammo yigitning nigohi qattiq va buyruq ohangida edi:

— "Y/N, agar hozir ketmasang, Seven7 ikkovingizni ham o‘ldiradi. Jungkook hozircha ularni chalg‘itadi."

Sen majburan mashinaga o‘tirding. Orqaga qarab ko‘zlaringda yosh bilan ko‘rding: Jungkook ikki niqobli odamni yiqitdi, ammo o‘zi ham yerga cho‘kib qoldi…
Mashina tezlikda shahar ko‘chalaridan o‘tdi. Yuraging ichida faqat bitta narsa takrorlanar edi: “U tirik bo‘lishi kerak.”
Bir necha daqiqa ichida biz eski omborxonaga yetib keldik. Sirli yigit mashinadan tushib, eshikni yopdi. Yorug‘likda uning yuzini ko‘rib, sen hayron bo‘lding.
— "Sen… taehyung?"
Ha, bu Jungkookning bolalikdagi eng yaqin do‘sti, lekin yillar oldin sirli ravishda yo‘qolgan yigit edi. Uning ko‘zlari keskin, yuzida chandiq bor edi.
V stulga o‘tirib, chuqur nafas oldi:

— "Seven7 meni ham o‘ldirmoqchi bo‘ldi. Chunki men ularning eng katta sirini bilaman. Va bu sir — seni ham bog‘laydi, Y/N."

Sen yuragingni bosib, past ovozda so‘rading:
— "Qaysi sir?"
taening ovozi sovuq chiqdi:

— "Sen ularning yettinchisan."

Sen muzlab qolding. U bu so‘zlarni tushuntirishdan oldin, tashqaridan motor ovozi va mashina faralari ko‘rindi. V derazadan qarab pichirladi:

— "Ular bizni topishdi