September 18, 2025

IRREVERSIBLE PATHS

10-qism: "Qulf ostidagi yuraklar"

Qora tutun tarqalganda, ular o‘zlarini mutlaqo boshqa joyda topishdi. Atrof — baland devorli, toshdan qurilgan labirint edi. Devorlarda qadimiy yozuvlar, shamlar miltirab yonib turardi. Osmonda esa oy ko‘rinmas, faqat qorong‘ilik hukmron edi.

Yuri asta sekin atrofga qaradi:
— "Bu joy... jonli labirintga o‘xshaydi. Har eshik boshqa yo‘lga olib ketishi mumkin."

Chan qo‘lini devorga qo‘ydi:
— "Bu labirint soyalar tomonidan qurilgan. Bu joydan chiqish uchun yuraklarimizdagi qulfni ochishimiz kerak."

Felix esa labirintning uzun yo‘liga qarab:
— "Agar men yo‘qolib qolsam, iltimos, meni topinglar. Men faqat ovqat izlab yuraman, boshqasini o‘ylamanglar!"

Han kulib yubordi:
— "Biz seni ishonch bilan topamiz, chunki ovqatni qidirayotgan Felixni topish juda oson."

Ularning kayfiyati bir zum yengillashganday bo‘ldi, ammo yuraklarida qo‘rquv tobora kuchayardi.

Yo‘llar ikkiga bo‘lindi. Chan hammani ikkiga ajratdi:

Birinchi guruh: Chan, Fei, Felix, Seungmin.

Ikkinchi guruh: Hyunjin, Hyejin, Yuri, Namra, Han, Minho, Jeongin.

Har ikki guruh labirintning turli tomoniga kirdi.

Feining guruhi qorong‘i yo‘lda yurarkan, devorlarda tasvirlangan odamlarning soyasi ularga qarab jilmayayotgandek tuyuldi. Fei sekin pichirladi:
— "Menga bu joy yoqmayapti... go‘yo kimdir kuzatyapti."

Chan uni tinchlantirib:
— "Qo‘rqma, biz hammasini birgalikda yengamiz."

Ammo yuraklaridagi qo‘rquv devorlarga aks etib, soyalar yanada qalinlashib borardi...

Ikkinchi guruh ham oson yo‘lga duch kelmadi. Labirint devorlari ular yurishi bilan yopilib, boshqa yo‘l ochilib ketardi. Hyejin hushyor qarab:
— "Bu joy bizning his-tuyg‘ularimizni biladiganday... agar ichimizda nimanidir yashirsak, yo‘llar yana ham qiyinlashadi."

Hyunjin esa qo‘llarini titratib dedi:
— "Men soyamni yana his qilyapman. U shu yerda."

Namra qo‘lini devorga qo‘yib:
— "Men ham his qilyapman. Bu joy yurakdagi sirlarni majburan ochishga majbur qiladi."

Birdan ular oldida katta darvoza paydo bo‘ldi. Darvozada yozuv turardi:
“Qulfni faqat chin so‘zlar bilan ochish mumkin.”

Han hazillashib dedi:
— "Agar men Felixni yaxshi ko‘raman deb aytsam, ochiladimi?"

Darvoza hech qanday javob bermadi, lekin hamma kulib yubordi.

Jeongin esa jiddiy ohangda dedi:
— "Men yolg‘izlikdan qo‘rqaman. Chunki men eng kichigimizman va doim o‘zimni ortda qolgandek his qilaman."

Darvoza sekin g‘ichirlab ochila boshladi.

Bu paytda Feining guruhi ham boshqa darvozaga duch kelgan edi. Ular ham yozuvni o‘qishdi. Fei chuqur nafas olib, dedi:
— "Men odamlarni himoya qila olmaslikdan qo‘rqaman. Chunki men do‘stlarimni yo‘qotishni istamayman."

Darvoza asta-sekin yorishib, ularga yo‘l ochildi. Chan uning yelkasiga qo‘l qo‘ydi:
— "Sen bizni allaqachon himoya qilyapsan, Fei. Biz sen tufayli oldinga yurayapmiz."

Felix esa qo‘llarini cho‘zib kuldi:
— "Yaxshi, men ham rostini aytaman: men qorong‘uda yotishni yoqtirmayman. Agar chiroq o‘chsa, men raqs qilib qochib ketaman!"

Darvoza butunlay ochildi.

Ammo ikkala guruh o‘z yo‘llaridan o‘tayotganda, labirint devorlari yana o‘zgarib, ularni bir joyga olib keldi. Ular yana uchrashdi, ammo qarshilarida ulkan qora soya turardi.

Soya ularga qarab dedi:
— "Siz yuraklaringizdagi kichik qo‘rquvlarni aytdingiz. Ammo haqiqiy qulf hali ochilmagan. Sizning eng katta sirlaringiz — hali ichingizda."

Atrof to‘satdan larzaga keldi, shamlar o‘chib, faqat soyalar qolib ketdi...

---

🔚 Davomi bor...