Whispers Behind the Walls
Yangi uy har doim yangi boshlanish degani…
lekin bu safar Wonyoung uchun bu biroz boshqacha edi.
Uyning eshigi asta ochildi. Yog‘och g‘ichirladi — xuddi kimdir ichkarida qarshilik qilayotgandek.
— Zo‘r… horror film boshlanishi aynan shunaqa bo‘ladi… — Wonyoung pichirladi va o‘zini kuldirishga urindi.
Uy eski edi. Juda eski. Devorlarda mayda yoriqlar, derazalar chang bilan qoplangan. Havoda esa nimadir bor edi — tushuntirib bo‘lmaydigan og‘irlik.
Ammo Wonyoung bunga e’tibor bermaslikka qaror qildi.
— Arzon bo‘lsa bo‘ldi. Ruh bo‘lsa ham ijarani to‘lamaydi,— dedi u sumkalarini ichkariga qo‘yib
…bir necha soniya sukunat.
Keyin esa — yengil kulgi.
Wonyoung muzlab qoldi.
— ...
— Men… kuldimmi hozir?
U asta ortiga qaradi.
Hech kim yo‘q.
— Yaxshi… zo‘r… endi o‘zimni ham qo‘rqityapman, — dedi u, yuragi tez urayotganini yashirishga harakat qilib.
Kech tushdi.
Wonyoung yotoqda telefonini titkilab yotardi. Internet zo‘rg‘a ishlayotgandi.
— Albatta… arzon uy, yomon internet… yana nima qolgan? Ruhmi?
Tap.
Shiftdan ovoz keldi.
Wonyoung qotib qoldi.
— Yo‘q… yo‘q… bu oddiy eski uy ovozi…
Tap… tap…
— Agar kimdir bo‘lsa, oldindan aytaman — men juda qo‘rqinchli emasman! Lekin baqira olaman!
…yana o‘sha kulgi.
Bu safar aniq edi.
Yumshoq. Past. Biroz… mazax qilgandek.
Wonyoung asta o‘rnidan turdi.
— Bo‘ldi. Kim bo‘lsang ham chiq! Men bilan yashayotgan bo‘lsang, kamida tanishamiz!
Sukunat.
Keyin…
Deraza yonida soya qimirladi.
Wonyoung yuragi deyarli to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
— ...salom?
Soya asta oldinga chiqdi.
Va u yerda… u turardi.
Uzun bo‘yli, qoramtir kiyimda, sochlari peshonasiga tushgan… ko‘zlari esa qorong‘uda ham jilvalanardi.
Kim Taehyung.
U devorga suyangancha, Wonyoungga qarab turardi.
— Sen juda qiziqsan, — dedi u sokin ovozda.
Wonyoung bir necha soniya gapira olmadi.
— ...
— ...Men o‘ldimmi?
Taehyung kuldi.
— Yo‘q. Hali emas
— HALI EMAS?! Wonyoung orqaga bir qadam tashladi.
— Sen… sen… kim?
U asta yaqinlashdi.
— Bu uy egasi emasman. Ammo bu yer… meniki.
— Zo‘r… demak men ruh bilan xonadosh bo‘ldim…
Taehyung yana kuldi.
— Qo‘rqmadingmi?
Wonyoung bir oz o‘ylanib qoldi… keyin dedi:
— Qo‘rqyapman. Lekin sen meni o‘ldirmading. Demak yomon emassan… yoki juda sekin yomonlik qilyapsan
Bir lahza sukunat.
Keyin Taehyung jilmaydi.
— Sen menga yoqib qolding.
Wonyoung ko‘zlarini kattaroq ochdi.
— Men esa hali qaror qilganim yo‘q!
Shu payt…
Orqadan eshik o‘z-o‘zidan sharaqlab yopildi.
Havo birdan sovib ketdi.
Taehyungning ifodasi o‘zgardi.
U Wonyoung tomon keskin burildi.
— Qimirlamagin.
Bu safar uning ovozida hazil yo‘q edi.
Wonyoung yuragi yana tez ura boshladi.
— Nima bo‘ldi?..
Taehyung asta pichirladi:
— U… uyg‘ondi.
Xona sovuq. Juda sovuq.
Hatto nafas olish ham og‘ir tuyulardi.
Kim Taehyung bir qadam oldinga chiqdi va Wonyoungni ortiga yashirdi.
— Qimirlamagin.
Wonyoungning yuragi tez urardi, lekin u baribir gapirdi:
— Nima bu…?
Javob yo‘q.
Uy ichida g‘alati jimlik cho‘kdi. Bu oddiy jimlik emas edi — xuddi kimdir yashirinib, ularni kuzatayotgandek.
Keyin…
Qars.
Yuqori qavatdan nimadir tushdi.
Wonyoung beixtiyor Taehyungning kiyimidan ushlab oldi.
— Bu oddiy ovoz emas, to‘g‘rimi…
Taehyung past ovozda:
— Men seni ogohlantirmoqchi edim.
— Nima haqida?
U bir lahza jim qoldi.
— Bu uyda faqat men emasman.
Wonyoung chuqur nafas oldi.
— Zo‘r. Juda zo‘r. Demak men bitta emas, ikkita ruh bilan yashayapman. Ajoyib.
Shu payt orqadagi devordan sekin tirnalish ovozi eshitildi.
— Bu esa… juda yomon belgi, — dedi Wonyoung asta.
Taehyungning ko‘zlari qorong‘uda keskinlashdi.
— U seni sezdi.
— Kim u?
Jimlik.
Keyin devordan yana ovoz.
Tirrr… tirrr…
Wonyoung asta boshini burdi.
— Iltimos ayt, bu shunchaki sichqon…
— Bu sichqon emas.
Shu zahoti devor ichidan nimadir urildi.
BAM.
Wonyoung baqirib yuboray dedi, lekin Taehyung tezda uning og‘zini yopdi.
— Jim bo‘l.
Uning nafasi Wonyoungning qulog‘iga tegdi.
— Agar u seni eshitsa… u keladi.
Wonyoung ko‘zlarini katta ochdi.
— U allaqachon kelayotgandek tuyulyapti…
Shu payt xona ichidagi chiroq lipillab o‘chib-yonishni boshladi.
Qorong‘u.
Yorug‘lik.
Qorong‘u.
Va har safar yorug‘lik qaytganda…
eshik yonida qora soyaga o‘xshash narsa yaqinlashib borardi.
Wonyoungning ovozi titradi:
— Taehyung… u yaqinlashyapti…
Taehyung tishlarini qisdi.
— Orqamdan yur.
— Qayerga?
— Pastga. Bu yer xavfli.
Yana chiroq o‘chdi.
Bu safar uzoqroq.
Qorong‘uda Wonyoung faqat Taehyungning qo‘lini sezdi.
U uni mahkam ushladi.
— Meni tashlab ketma…
— Hech qachon.
Yorug‘lik qaytdi.
Va bu safar…
soya allaqachon ularning oldida edi.
Uning shakli aniq emas edi. Go‘yoki tutundan iborat, lekin ichida nimadir qimirlardi.
Wonyoungning nafasi to‘xtab qoldi.
— Bu… nima…
Taehyung asta dedi:
— Bu… odam emas.
Soya asta boshini egdi.
Va…
u kuldi.
Lekin bu kulgi Taehyungnikiga o‘xshamasdi.
Bu kulgi sovuq edi. Bo‘sh. Va yovuz.
Wonyoung orqaga chekindi.
— Men bu uyni tark etmoqchiman. Hozir. Darrov.
Taehyung past ovozda:
— Endi kech.
— NIMA?!
Soya birdan oldinga otilgandek bo‘ldi.
Chiroq yana o‘chdi.
Wonyoung qichqirdi.
Va qorong‘uda faqat bitta gap eshitildi…
Taehyungning ovozi:
— Uni ololmaysan.