Taʼqibdagi tabassum
4-qism
“Ba’zan qochganing emas, aynan yangi boshlanganing seni sinaydi.”
Fei birinchi marta Yaponiyaga uchayotgan edi.
Samolyotning derazasidan pastga qararkan, yuragida qandaydir ikki hissiyot kurashayotgan edi: hayajon va xavotir.
Yonida o‘tirgan Taehyung unga qaradi.
— "Nima o‘ylayapsan?"
— "Hammasi rostdan ham o‘zgaradimi?"
— "Agar sen bilan bo‘lsa, ha," — dedi Taehyung tabassum bilan.
Yaponiyaga kelganlarida, hammasi go‘yo yangi hayotdek tuyuldi. Ko‘chalar, odamlar, til... Fei o‘zini hech qachon bunchalik yengil va shu bilan birga begona his qilmagandi. Ular Tokioga yaqin, kichikroq shaharchada yashay boshlashdi. Taehyung vaqtincha fotograf sifatida ish topdi, Fei esa yapon tilini chuqurroq o‘rganishni boshladi.
Ammo yangi hayot doimo silliq kechavermaydi.
Bir kuni Fei Taehyung ishda bo‘lganida, telefoniga noma’lum raqamdan xabar keldi.
> “Taehyung kimligini bilmayapsan. U faqat ko‘rinadi. Haqiqat boshqacha.”
Fei hayron bo‘ldi. Dastlab spam deb o‘yladi. Ammo oradan bir necha kun o‘tib, yana xuddi shunday xabar:
> “U senga hammasini aytgan deb o‘ylaysanmi? Yaponiyada ham u yashirinib yurmoqda.”
Fei bunday xabarlar haqida Taehyungga aytmoqchi bo‘ldi, ammo unga to‘liq ishonardi. Shunga qaramay, ichida shubha urug‘i ekildi.
Bir kuni kechqurun, Taehyung juda charchab keldi. Fei unga zefirli kakao tayyorlab berdi.
— "Hamma narsa joyidami?" — deb so‘radi Fei.
— "Ha, shunchaki ish biroz og‘irroq. O‘rganishga to‘g‘ri kelmoqda."
Fei ichkaridan to‘lqinlanayotgan bo‘lsa ham, bu suhbatni ochmadi. Faqat sekin yelkasiga bosh qo‘ydi.
Oradan ikki hafta o‘tdi. Bir kuni Fei Taehyungni kuzatib chiqayotganda, eshik oldida qog‘oz paket topib oldi. Ichida suratlar bor edi.
Ular eski suratlar edi — Taehyung boshqa qiz bilan. Har xil joylarda. Ba’zilari yaqin, ba’zilari juda samimiy. Surat orqasida esa bitta so‘z yozilgan edi: “Haqiqatni och.”
Kechqurun, Fei u bilan gaplashishga qaror qildi. Suratlarni stol ustiga qo‘ydi.
U yuragini siqib, to‘g‘ri javob kutayotgan edi.
Taehyung suratlarga qaradi. So‘ng asta o‘tirib:
— "U mening o‘tmishim, Fei. Men senga aytmagandim. Chunki... o‘zim ham unutmoqchi edim."
— "U... og‘ir munosabat edi. U meni... boshqacha qilgandi. Men undan qochdim. Yaponiyaga kelishim — senga yaqin bo‘lish uchun emas, undan uzoqlashish uchun ham edi."
Fei jim qoldi. Nafaqat suratlar, balki undan yashirilgan haqiqat og‘riq berardi.
— "Sen meni chin dildan sevganmisan, yoki meni o‘tmishingni yuvish uchun tanlaganmisan?"
Taehyungning ko‘zlari namlandi.
— "Seni sevaman, Fei. Lekin ba’zan sevgi ham beg'ubor emas."
Fei bu so‘zlardan keyin uy ichidan chiqib ketdi. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotgan edi. U parkga bordi. Yolg‘iz. Yuragi qattiq urardi. Ichida bir bo‘shliq paydo bo‘lgandi.
Shu vaqtda telefoniga xabar keldi. Bu safar Jungkookdan.
> “Sen hozir yolg‘izsan. Bilaman. Men seni hali ham yaxshi ko‘raman. Lekin seni ushlab qolmayman. Agar yuraging og‘risa, men borligimni esla.”
Fei shunchaki park skameykasida o‘tirib, ko‘z yoshlarini yerga qo‘yib yubordi. U nimani xohlayotganini bilmasdi. Lekin bitta narsa aniq edi — hech narsa oddiy emasdi.
Fei parkdagi o‘sha tungi o‘ylaridan so‘ng, ichki dunyosida ko‘p narsa o‘zgargandi. Yomg‘irda ho‘llangan tanasidan ko‘ra, yuragi battar muzlagan edi. U uyga qaytmadi. Bu safar, o‘zini anglash uchun vaqt kerak edi. Taehyung bilan yashayotgan kvartirasidan uzoqlashib, Yaponiyada yangi tanish bo‘lgan yapon tili kursidagi Dina ismli koreys qizining uyiga vaqtincha joylashdi.
Dina — g‘ayratli, jasur va hayotiy kuchga to‘la edi.
— "Men ikki olov o‘rtasida qolgandekman. Biri meni avaylaydi, boshqasi esa men uchun xavf bo‘lsa-da, yuragimda iz qoldirgan."
Dina jimgina uni tingladi. So‘ng dedi:
— "Ko‘p qizlar sevgi haqida bunday falsafiy fikr yuritmaydi. Sen yuragingda yong‘in bor qizsan, Fei. Endi o‘zing qaror qilishing kerak — yonishni tanlaysanmi yoki o‘chishni?"
Fei ko‘zlarini yumdi. Uning ongida Taehyungning so‘zlari, Jungkookning xabarlari, va sirli xat muallifi — barchasi aylanib yurardi.
Ertasi kuni Fei shahar markazidagi yapon-koreys madaniyati markaziga bordi. Kursdan so‘ng, u kutubxonada vaqt o‘tkazayotgan edi. Shu payt bir yigit unga yaqinlashdi.
— "Ha," — dedi Fei hayron bo‘lib.
— "Men Felix. Yaponiyalikman, lekin Seulda o‘qiganman. Sizni tanimayman, lekin tanishgim keladi."
Fei avvaliga uzoq turdi, ammo Felix o‘zgacha edi. U zo‘raki yaqinlashmadi. Faqat do‘stlik taklif qildi. Fei unga ishonmaslikka harakat qildi, lekin ich-ichidan yuragi bu yigit atrofida bir muddat bo‘lishni xohlardi. Bu xavfsiz edi. Yaxshi ko‘rinardi.
Ular ko‘plab suhbatlar qurishdi. Felix — tarixchi edi. U Koreya-Yaponiya munosabatlari haqida dissertatsiya yozyapti. Fei bilan u tez-tez kutubxonada, kofexonalarda, Yaponiyadagi koreys do‘konlarida uchrashib turdi.
Bu orada Fei telefonida yana sirli xabar oldi:
> “Felix ham oddiy emas. U Taehyungning o‘tmishidagi odam. Haqiqatni izlayapsanmi, o‘sha yigitga qarang.”
Fei yuragiga og‘ir tosh tushgandek his qildi. Bu qanday bo‘lishi mumkin? Felix bilan Taehyung qanday bog‘liq?
Bir kuni Fei va Felix tokio atrofidagi tog‘li hududga bir kunlik sayohatga chiqishdi. Ular tog‘ etagidagi hot-spring kurortida dam olishar, ko‘kalamzor o‘rtasida yurishar edi.
Fei to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘radi:
— "Sen Taehyungni tanimaysanmi?"
Felix to‘xtab qoldi. So‘ng sekin:
— "Tanigandim. U mening do‘stim edi. Ilgari. Lekin bir voqeadan keyin biz boshqa yo‘llarga tushdik."
Felix bir lahza jim turdi, so‘ng:
— "Taehyung bir qizni sevgan. Qiz uni tark etdi. U esa... o‘zini yo‘qotdi. Men esa uni himoya qilmoqchi bo‘ldim, lekin u meni aybladi. U o‘shandan beri hech kimga to‘liq ishonmagan."
Bu so‘zlar Feining qalbini titratdi. Demak, u ham sinib tushgan, shunchaki yolg‘on emas edi. Fei kechqurun Dinaga bu haqida aytganida, Dina dedi:
— "Odamlar o‘zlarining g‘amlarini ko‘rsatmaydi, Fei. Har bir tabassum ortida alam bo‘lishi mumkin. Sen hozir hal qilishing kerak — sen shifo beruvchimi, yoki undan ham jarohat qoldiruvchi bo‘lasanmi?"
Fei bir kecha Taehyungni kutib uyingacha bordi. Unga aytdi:
— "Men senga ishonishni istayman, lekin bu oson emas. O‘zingni ayblama. Men ham doimo to‘g‘ri yo‘lni topa olmayman."
— "Sen qaytganing — menga eng katta shifo, Fei."
— "Men qaytdim, lekin bu safar o‘zimni topganimda yana ketishim mumkin. Sababi men bu safar o‘zim uchun yashamoqchiman."
Ammo tun oxirida yana bir xabar keldi:
> “Senga haqiqat aytilgan deb o‘ylayapsanmi? Felix va Taehyung faqat sen uchun yana yaqinlashishmoqda. Oxiri nima bo‘ladi deb o‘ylaysan?”
Fei eshitgan hamma gaplari, o‘zi bosib o‘tayotgan yo‘l haqida o‘ylarkan, ko‘zlariga yosh keldi. Lekin bu safar bu kuchsizlik emasdi.