March 26

Whispers Behind the Walls

Qorong‘u.
Wonyoung hali ham qichqirgan holatda muzlab qolgan edi.
Birdan chiroq yana yonib ketdi.
Xona bo‘sh.
Soya… yo‘q.
Wonyoung tez-tez nafas ola boshladi.
— U… qayerga ketdi…
Kim Taehyung uning oldida turardi, lekin bu safar uning ko‘zlarida jiddiylik bor edi.
— Bu hali tugamadi.
— Menimcha bu yetarli edi! Men ko‘chib ketaman! Hozir!
Wonyoung eshik tomonga yugurdi.
Tutqichni burdi.
Ochilmadi.
— Yo‘q… yo‘q… iltimos ochil…
U yana urindi.
Eshik qimirlamadi.
Taehyung asta dedi:
— U seni qo‘yib yubormaydi.
Wonyoung asta orqasiga qaradi.
— Kim…?
Taehyung bir oz jim qoldi, keyin past ovozda:

O'sha soya

— Park Jihoon.
Xona yana sovib ketdi.
Wonyoungning lablari titradi.
— Bu… ismga o‘xshaydi…
— Chunki u bir vaqtlar odam bo‘lgan.
Sukunat.
— Bir vaqtlar?
Taehyung asta bosh irg‘adi.
— Bu uyda yashagan. Yolg‘iz. Va… u bu yerda o‘lgan.
Wonyoung ko‘zlarini yumdi.
— Iltimos, davom ettirma…
— U ketolmadi.
— Nega?
Taehyung Wonyoungga tikildi.
— Chunki u hali ham nimanidir kutyapti.
Birdan…
Tirrr…
Devor yana tirnaldi.
Bu safar yaqinroq.
Wonyoung sekin pichirladi:
— U… eshityaptimi bizni…?
— U hammasini eshitadi.
Shu payt oynadan sovuq shamol urdi.
Pardalar asta qimirladi.
Va oyna oynasida… barmoq izlari paydo bo‘ldi.
Ichkaridan.
Wonyoung qotib qoldi.
— Bu… tashqaridan emas…
Taehyung asta dedi:
— U ichkarida.
Bir necha soniya.
Hech kim qimirlamadi.
Keyin…
oynada yozuv paydo bo‘la boshladi.
Sekin. Chiziq-chiziq.
Xuddi ko‘rinmas qo‘l yozayotgandek.
Wonyoung ko‘zlarini qisib o‘qishga harakat qildi.
“QOL.”
U orqaga tisarildi.
— Yo‘q… yo‘q… men qolmayman!
Shu payt xona ichida yana o‘sha kulgi yangradi.
Bu safar juda yaqin.
Wonyoung asta burildi.
Va…
uning orqasida, juda yaqin masofada —
soya yana paydo bo‘ldi.
Park Jihoon.
Uning shakli aniqroq edi endi.
Ko‘zlari qorong‘uda chuqur bo‘shliqdek ko‘rinardi.
Va u asta gapirdi:
— Ketma…
Wonyoung nafasi qisildi.
— Taehyung…
Taehyung bir qadam oldinga chiqdi.
— Orqaga.
Jihoonning soyasi qimirladi.
— Bu safar… yo‘q.
Xona birdan larzaga keldi.
Devorlar g‘ichirladi.
Chiroq portlab o‘chdi.
Qorong‘uda faqat uchta nafas bor edi.
Wonyoungniki.
Taehyungniki.
Va… yana bittasi.
Jihoonning ovozi qorong‘udan eshitildi:
— U men bilan qoladi.
Taehyung keskin javob berdi:
— U tanlaydi.
Sukunat.
Keyin…
birdan nimadir Wonyoungning qo‘lidan tortdi.
U qichqirib yubordi.
— QO‘YIB YUBOR!
Taehyung uni ushladi.
— Menga qaragin!
Wonyoung titrab unga qaradi.
— Qo‘rqma. Men shu yerdaman.
Bir lahza…
hamma narsa to‘xtagandek bo‘ldi.
Va shu payt Jihoonning ovozi yana eshitildi.
Bu safar past… va g‘azabli:
— Unda… sen ham qolasan.

Qorong‘u hali ham ketmagan.
Wonyoungning qo‘li sovuq edi — lekin bu safar qo‘rquvdan emas.
Kimdir uni tortayotgan edi.
— Qo‘yib yubor!
U bor kuchi bilan qarshilik qildi.
Kim Taehyung uning qo‘lidan mahkam ushlagancha tortdi.
— Meni qo‘yib yuborma!
— Qo‘yib yubormayman.
Birdan xona ichida kuchli shamol ko‘tarildi. Devorlardagi rasmlar yerga tushdi.
Shu payt… hammasi to‘xtadi.
Jimlik.
Chiroq asta yana yonib ketdi.
Wonyoung nafasini tiklashga harakat qildi.
— Bu… nima edi hozir…
Taehyung sekin qo‘lini tushirdi, lekin undan uzoqlashmadi.
— U seni olib ketmoqchi bo‘ldi.
— Qayerga?!
U javob bermadi.
Wonyoung asabiy kuldi:
— Zo‘r… yana javobsiz savol…
U atrofga qaradi.
Xona o‘zgargandek edi.
Devorlar… eskiroq. Havosi esa yanada sovuq.
— Taehyung…
— Ha?
— Bu xona… oldingidek emas.
Taehyung asta ko‘zlarini yumdi.
— Chunki bu boshqa vaqt.
Wonyoung muzlab qoldi.
— Nima?!
— U seni o‘z xotirasiga tortdi.
— Xotira?!
— Bu uning uyi… uning o‘limidan oldingi holati.
Wonyoung sekin orqasiga qaradi.
Endi xona chang bosmagan. Hamma narsa tartibli, lekin g‘alati sokin.
— Demak… biz o‘tmishdamiz?
— Yo‘q. Bu shunchaki uning eslab qolgan joyi.
Birdan eshik o‘z-o‘zidan ochildi.
G‘ichirrr…
Ikkalasi ham bir vaqtda o‘sha tomonga qaradi.
Koridor qorong‘u edi.
Ichkaridan asta qadam tovushi eshitildi.
Wonyoung pichirladi:
— U kelayaptimi…
Taehyung bosh chayqadi.
— Yo‘q… bu boshqa narsa.
Qadam tovushi yaqinlashdi.
Yorug‘likka bir silueti chiqdi.
Bu… bola edi.

O'sha bola

Oddiy. Tirikdek.
Wonyoung hayron bo‘ldi:
— Bu… Jihoonmi?
Taehyung sekin dedi:
— Ha. Park Jihoon… hali u shunaqa edi.
Bola xona ichiga kirdi.
Ular tomonga qaradi… lekin ko‘rmayotgandek.
Wonyoung asta dedi:
— U bizni ko‘rmayapti…
— Bu xotira. Biz tomoshabiniz.
Jihoon xona o‘rtasiga kelib to‘xtadi.
Uning yuzida g‘am bor edi.
Keyin u asta gapirdi:
— Iltimos… meni tashlab ketmang…
Wonyoungning yuragi siqildi.
— Kimga gapiryapti u…
Shu payt ortidan yana bir soyali figura paydo bo‘ldi.
Lekin bu safar u aniq ko‘rinmadi.
Faqat sovuq hissi qoldirdi.
Taehyungning yuzi jiddiylashdi.
— Mana sabab.
— Nima?
— U yolg‘iz o‘lmagan.
Wonyoungning nafasi to‘xtadi.
— Demak… uni kimdir…
Taehyung bosh irg‘adi.
— Va u hali ham shu yerda.
Birdan xotira buzilgandek bo‘ldi.
Ranglar xiralashdi.
Jihoonning bolalikdagi qiyofasi asta qorong‘uga singib ketdi.
Va uning ovozi yangradi:
— Endi tushundingmi… nega ketolmaysan…
Hammasi yana qorong‘uga qaytdi.
Wonyoung yana o‘z xonasida edi.
U tezda Taehyungga qaradi.
— Demak u meni shunchaki qo‘rqitmayapti…
Taehyung asta dedi:
— Yo‘q.
— U meni o‘sha voqeaga bog‘lamoqchi.
— Ha.
Wonyoung bir oz jim qoldi.
Keyin asta dedi:
— Demak… agar biz haqiqatni topsak…
Taehyung unga qaradi.
— Balki uni to‘xtatamiz.
Bir lahza ko‘zlari to‘qnashdi.
Bu safar qo‘rquv kamroq edi.
Ishonch… biroz ko‘proq.
Wonyoung asta kuldi:
— Zo‘r… men shunchaki arzon uy ijaraga olmoqchi edim… endi esa ruhiy detektiv bo‘lib ketdim
Taehyung ham yengil jilmaydi.
— Sen ketishni xohlaysanmi?
Wonyoung bir oz o‘yladi.
Keyin bosh chayqadi.
— Yo‘q.
— Nega?
U chuqur nafas oldi.
— Chunki endi bu faqat qo‘rquv emas.
U Taehyungga qaradi.
— Bu… hikoya.
Bir necha soniya sukunat.
Taehyung asta dedi:
— Va sen uning ichidasan.
Shu payt…
orqadan yana o‘sha ovoz eshitildi.
Bu safar juda yaqin.
— Unda oxirigacha qol.
Wonyoung sekin burildi.
Qorong‘uda ikki ko‘z porlardi.
Park Jihoon yana shu yerda edi.