IRREVERSIBLE PATHS
8-qism: "Yo‘qolgan vaqt izlari"
Tong yorishmasdan oldin, Hyejin, Fei, Yuri va Namra shaharning eski qismidagi ko‘hna soat minorasi oldida to‘planishdi. Kechagi tushunarsiz hodisadan keyin hech kim uyquga to‘ymagan, ammo hammani ichki bir tuyg‘u shu joyga yetaklagandek edi.
Chan (Bang Chan tushunmaganlar uchun) soat minorasiga qarab, yuzini jiddiy qiyofaga soldi:
— "Bu joy oddiy emas. Kechagi soyalar bizni shu yerga yetaklagan. Kimdir vaqt bilan o‘ynayapti..."
Hyunjin qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, kulimsiradi:
— "Yo‘qotilgan vaqt deysanmi? Ehtimol, kecha bo‘lib o‘tgan voqealar bizni kelajakka bog‘lab qo‘ygandir."
Fei esa xavotir bilan atrofga qaradi:
— "Men kechagi qop-qora soya ovozini yana eshitdim... 'Sizning vaqtlaringiz menga tegishli' dedi. Bu nimani anglatadi?"
Hyejin Feining qo‘lidan ushlab qo‘ydi.
— "Demak, bizning hayotimizni kimdir nazorat qilmoqchi. Lekin nima uchun aynan biz?"
Shu payt Minho minora eshigini ochib yubordi. Eshik o‘zidan o‘zi g‘ichirlab ochilganday bo‘ldi. Hamma jim bo‘lib, ichkariga qadam tashladi.
Ichkarida chang, zang bosgan zanjirlar, eski mexanizmlar, va devorda vaqt bilan bog‘liq yozuvlar turardi. Seungmin daftariga yozib qo‘ydi:
— "Bu yozuvlarda: 'Har bir insonning soyasi — uning vaqtidagi qarzidir' deb yozilgan."
Yuri chuqur nafas oldi:
— "Soyamiz vaqtimizni yutadi degani bo‘lsa-chi?"
Changbinni yutib qo‘ygan Felix birdan hazillashib yubordi:
— "Agar shunday bo‘lsa, meniki albatta raqs paytida eng ko‘p vaqtni yutgan bo‘lsa kerak!"
Hamma kuldi, lekin ichlarida vahima kuchayib borardi.
Birdan soat minorasining katta qo‘ng‘irog‘i dong-dong urdi. Ammo tashqarida hali tong ham otmagan edi. Shu payt ularning oldida qora tutun paydo bo‘ldi va ichidan sirli odam soyasi ko‘rindi.
— "Sizlar vaqtni qaytarishni xohlaysizmi?" — dedi tovush.
Jisung jur’at bilan qadam tashlab:
— "Yo‘q. Biz vaqtni qaytarishni emas, haqiqatni bilishni xohlaymiz!"
Soya kulib yubordi, ovozi butun minorani larzaga soldi.
— "Haqiqat sizni yo‘q qiladi..."
Shu zahoti minoraning tepasidagi soatlar orqaga qarab aylanib ketdi. Vaqt orqaga qaytayotgandek, hamma atrofidagi manzara o‘zgarib, 50 yil avvalgi shaharga tushib qolganday bo‘ldi.
Hamma hayratdan qotib qoldi. Shahar ko‘chalarida eski mashinalar, odamlarning kiyimlari 1970-yillarnikiga o‘xshardi.
Namra sekin pichirladi:
— "Bu qanday bo‘lishi mumkin?.. Biz vaqt ichida orqaga qaytdikmi?"
Hyunjin jilmayib boshini qashladi:
— "Yo‘qotilgan vaqt izlari... shuni anglatgan bo‘lsa kerak."
Fei esa ko‘zlarini katta ochib:
— "Lekin nega bizni bu davrga olib keldi?"
Birdan ularga qarab kelayotgan kichkina bola paydo bo‘ldi. U qo‘rquv bilan:
— "Sizlar ham soyalarni ko‘ryapsizmi?" — dedi.
Chan bolaning yoniga bordi:
— "Sen kim bo‘lasan? Soyalarni qaerdan bilasan?"
Bola titrab-titrab:
— "Ular kechasi odamlarni olib ketadi... Soyasiz qolgan odam esa yo‘qolib ketadi."
Shu payt atrof qorayib, odamlarning soyasi birin-ketin uzilib, yerga singib ketayotganini ko‘rishdi. Bir ayol qichqirib yubordi, ammo soyasi uni tortib, g‘oyib qildi.
Yuri dahshatdan Feining qo‘lini qattiq ushlab oldi.
— "Agar bu shunday davom etsa, biz ham yo‘qolamiz..."
Felix hazil qilishga urindi, ammo ovozi titrardi:
— "Men soyamni menga qaytarish uchun raqs tushib berishim kerak bo‘lsa kerak..."
Shu payt Seungmin kitobni varaqlab, yozuvlarni o‘qidi:
— "Soyani saqlash uchun yurakdagi eng katta qo‘rquvingni tan ol."
Hyejin asta pichirladi:
— "Demak... soyani yo‘qotmaslik uchun o‘zimizdan qochmasligimiz kerak..."
Birdan Hyunjin soyasiga qarab qoldi. Unga qaraganda soyasi boshqacha harakat qilar, yuzida g‘azab ifodasi bor edi.
Hyunjin qo‘rqib orqaga tisarildi:
— "Mening soyam... u meni o‘ldirmoqchi!"
Hamma hayratdan qotdi. Shu zahoti butun atrof yana tutunga to‘ldi.
So‘nggi ko‘ringan narsa — Hyunjinning soyasi kulib, undan ajralib chiqayotgani edi...