Qonli Dog'🔞
.... -amaki men ham sizni ko'rganimdan xursandman-deb qo'ya qoldi. Hamma xohlagan ishi bilan band bo'lganda Raya NamSu bilan suhbat qurdi. Raya Nam Suga gapirar ekan beihtiyor ko'zlari uning kiyimida bo'ldi. Ha, bu kiyimni Raya yaxshi eslaydi. "An'anaviy raqqosalar kiyimi" Raya uni raqqosa bo'lib ishlaganda kiygan edi.( p/s-bu yerda raqqosalar bir xil kiyinadi) Nam Su hali ham hayajonini bosa olmay-Ra, juda ham omadli qizsanda Koreada shuncha qiz turib ular aynan seni tanlaganini qara. Bu gaplardan Rayaning ensa-si qotdi va -xuddi o'zim xohlaganday gapirma,bu o'sha sen xudo deb biladigan Sangning ishi -deb Nam Suning ortiga imo qildi. U yerda BTS a'zolari bilan jon jahtidan suhbat qurayotgan janob Lee turar edi. Nam Su erka ohangda ingrab -e Xudo nega o'shanda seni emas meni sotib yuborishmadi-a? -dedi. Rayaning bu gaplardan battarroq ensasi qotib-chunki arzanda o'g'lidan meni saqlashi kerak edi. Qolaversa meni foxisha qilmoqchi bo'lganida bosh tortganman-dedi.
Nam Suning esiga bir nima to'satdan tushib qolib-Ra, 4kun oldin sevgiling Londondan qaytdi-dedi(p/s. Rayaning hamma tanishlari ( Yoongidan tashqar) uni Ra deydi)
2kun oldinggi ko'ngilsizliklarni o'ylagan Rayaning yuragi ezildi.
-ha 2kun Suganing yoniga keldi. Meni olib ketgani-deb xo'rsindi. Nam Su ikki qo'li bilan o'zini to'sib lol qoldi. -Kim Bum? SUGAnikiga?
Rayani bir narsa qiziqtirdi,
-Su sen uni qo'y, BTS haqida sen qayerdan bilasan? Va nega sen bilgan narsani men bilmayman? Nam Su biroz o'ylanib -Ra, qara sen mana shu klubda o'sgansan, yoshligingdan. Tashqi muhitdan uzilgan holda shu yerda yashagansan, men esa... bu yerga ishlashga kelganimga atigi 2yil bo'ldi, men ularga azaldan muhlislik qilaman-dedi. Raya hammasini angladi.-tushunarli...
Huddi shu payt ularning yoniga alkogol taklif qilib ofitsant keldi. Nam su yashnab ketdi va ikki qo'liga ikktadan stakan olib qolib-eslaysanmi, oldinlari mijozlar bilan kim ko'p ichishiga bahs bog'lar eding, va har doim g'olib bo'lar eding-dedi. Raya Suning qo'lidan 2stakan alkogol oldi. U Suga va Janob Leedan ko'zini uzmas edi. Hayolidan " nima bo'lsa ham Suga va janob Lee yaqin bo'lmadligi kerak. Bu Yoongiga yaxshilik olib kelmaydi" -degan fikr o'tdi. Ichiga achchiq alkogol kirgan Rayaning extiroslari uyg'ona boshladi. Sharob ichib olgan Nam Su DJning yoniga borib yaxshiroq qo'shiq qo'yib keldi. Klubdagi hamma jonlandi. Jungkook kelib Nam Suni raqsga taklif qildi.
Su hayajon-la rozilik bildirdi. Raya ularning raqsini kuzatar ekan, hayotidagi o'zgarishlar haqida o'yladi. Huddi shu payt Rayaning yoniga Yoongi kelib o'tirdi.-Raya yaxshimisan? Raya mamnuniyat ohangida-raxmat Yoong men men yaxshi-dedi. Suga o'rnidan turdi va unga qo'lini uzatib -qadrdonim men bilan raqsga tush-dedi. Uning gapirish ohangidan alkogolning yaxshigina dozasini qabul qilganga o'xshar edi. Raya ham ichidagi qizishni pasayishidan umid qilib rozi bo'ldi...
... Ular raqsga tushar ekan hirslarini, extiroslarini yirtqich kabi bir biriga yaqinlashib suykalishib qondirar edi. Ularning issiq nafasi bir biriga urilib, uyg'unlashib ketar, shaxvoniy harakatlaridan har qanday odam extiroslanib ketar edi.
... huddi shu payt qayerdandir Kim Bum paydo bo'ldi. U kirish eshigi ostonasida pistoletini tepaga ko'tarib bir marta o'q uzdi. O'qning ovozidan hamma qiy chuv qilib klubdan qocha boshladi. U qo'lidagi qurolini Yoongiga o'qtab yurib kela boshladi. Yoongi esa u payt ko'zi bilan BTSning qolgan a'zolarini izlayotgan edi. Nima bo'lishini sezgan Raya to'g'ri borib o'zini Kim Bumning oyoqlariga urdi.
-Bum iltimos, unaqa qilang, yolvoraman!!!
Kim Bumning ko'zlari nafratdan ko'r bo'lib qolgan edi. U Rayaga bir bor qaradi'da uni oyoqlari bikan itarib yuborib yo'lini davom etdi. BTS a'zolari bilan birlashgsn Yoongi unga endi e'tibor berdi. Birdan atrofni o'q ovozi tutdi. Yoongining tanasi uvishib, rangi oqarib tanasiidan sovuq ter chiqib ketdi, ammo o'q ungamas Rayaga borib tekgan edi...