October 17

FENIKS TAMG'ASI

Bu taqdir
Va U haqdir (Haruna Allison)

~~~
...Qadimgi Choson davlati 1510-yil 1-sentabr. Qirol Jeon Jo shahzoda Jungkookning tug'ilgan kuniga o'z davlatini sovg'a qilishga qaror qildi. Qirol Jeonning oxirgi farmoni shahzodaga taxtni topshirish edi... ...Toj kiydirish marosimi yaqinlashgani sari Jungkookning hayajoni oshar , yosh shahzoda marosimga tayyorlanar edi.

Marosimdan keyingi ball boshlandi. Mehmonlar ko'ngilxushlik qila boshladi. Taxtida savlat to'kib o'tirgan yangi qirol Jungkook raqs tushayotganlarni diqqat bilan kuzatib o'tirar edi. To'satdan katta zalga 2soqchi kirib Jungkookga- qirolim tashqarida siz uchun maxsus kelgan inson bor ekan,-deyishdi. Marosimni bo'lishni istamagan Jungkook uning kirishini qat'iyan man etdi. Ammo shu payt qora rido tutib olgan bir kishi katta zalga bostirib kirdi. Barmog'ini bir chertishda asosiy shamlar va qandilni o'chirib tashladi. Endilikda odamlar bir- birini yuzini zaif miltillashdan bazor ko'rar edi.

Jungkook pastga tushib haligi kishini qarshisiga kelib turdi.
-nima istaysan?
Boyagi odam bosiqlik bilan gap boshladi,
-otang butun mamlakatni alohida taklifnoma bilan siyladi, ammo menchi?!
Ridosini yechgach Jungkook uning g'ayritabiiy chiroyiga e'tibor berdi. Demak bu o'sha mamlakatni zir titratgan Yalmog'iz Son, Jungkook uni mensimagan ohangda -o'zing o'ylab ko'r, yalmog'izni qaysi ahmoq marosimga chaqiradi?

Sonning jahli chiqqan bo'lsa-da yana bosiqlik qilib,
- ha, mayli bu muhimmas mana taklifnomasiz ham qarshingda turibman.- mehmonlaring boshingdagi toj uchun sovg'a olib kelishgandir-a?-deb u avval uning boshidagi tojni ko'rsatdi keyin qo'lini xona bo'ylab aylantirib odamlarni ko'rsatdi.
-Xohlasang men ham sengga o'z sovg'amni hadya etishim mumkin-deb unga qo'lini uzatdi. Kutilmagan taklifdan nafaqat Jungkook balki butun zaldagilar ham hayron qolishdi. Son uning qo'lini uzatishini kutib o'tirmay Jungkookning qo'lini ushlab mahkam siqdi. Shahzoda esa bu keskin harakatdan bir sapchib tushdi. Uning ichiga bir ilohiy narsa joylashib olgandek tuyuldi. U avval Jungkookga rohat berdi, keyin esa u azobdan qiynala boshladi. Yelkalari uzra har biri 2qulochday keldigan qaqnus qanoti paydo bo'ldi-yu zum o'tmay g'oyib bo'ldi. Jungkook og'riqdan to'lg'anib ikki bukilib qoldi.

Hech kim unga yordam bera olmadi, hatto ota-onasi ham. Yerda to'lg'anayotgan Jungkookga Son past nazar bilan qarab-shahzodam odamga bunaqa past nazar bilan qarash ketmaydi, mana ko'rding ahvolingni, o'zingga o'zing la'nat sotib olding, yoq- yoq men senga buni tekingga berdimku-deb baland ovozda kuldi. Bu kulgi har qanday odamning etini junjiktirib yuboradi. U yerdagi Jungkookning atrofida ayalnib sovuq gaplarini davom etdi-bu feniks la'nati. Sen ishonmagan o'sha ertaklardagi sevgi esa endi seni qutqaradi. Naqadar ajoyib-a? Hamma narsa sevgiga borib taqaladi. Sen endi la'natdan qutulguncha o'lmaysan. La'nat senga abadiy umr va kuch qudrat beradi. Bu meni senga bergan eng katta tuhfam. Marhamat ko'z oldingda yaqinlaring qanday o'lishini tomosha qil va zavq ol!...

~~~
... Seul ko'chalarida bugun odam ko'p, tirbandlik bor. Asosiy ko'chadan bir kishi shahdam qadamlar bilan yurib kelmoqda. Bir qarashda ko'ngli ochiq, yaxshi insonday ko'rinsa-da, faqat "men" ni biladigan egoistik harakatlarga moyil odam edi. U hech kim ko'rmaganiligiga ishonch hosil qildi-da sezdirmay oraliq ko'chaga kirib ketdi. Kimsasiz ko'cha bo'ylab yirib borarkan, uni hech kim kuzatmagani-ga ishonch hosil qilib keldi. Ko'chaning boshidagi eski binoda uning muhim ishi bor edi. U bir kishi kutib oldi-Janob Jeon u bizni sotganligini, osiyodan kiradigan tovarlar aylanmasi( qora dori) ni to'xtatganligibi aytdi...
-Min So u bilan o'zim shug'ullanaman, sen eshikga qara-deb Jeon Jungkook ichkariga kirib ketdi.

Qorong'u, zax bu xona har qanday odamning etini junjiktirib yuboradi. Xonaning markazida esa stulga bir kidho bog'lanib turibdi.
Jungkook bir so'z demay to'g'ri uning yoniga bordi-da, yuziga bor kuchi bilan bir musht tushirdi. Haligi kishi nima bo'lganini anglab yetmasdanoq qorniga ham bir tepki kelib tushdi. Jungkook o'zini bosa olmay-sen yaramas, svolch... nima qilib qo'yding? Men o'shanda senga qanaqa qilib ishonganman-a?! Sen sotqin...-deb yuziga yana bir musht tushirdi. Zarbaning kuchliligidan stul orqaga ag'anab tushdi. Jungkook g'azabini bosa olmay tutqinni yotgan joyida ham tepkilay boshladi. Asir og'riqdan bazor gapirdi.
-senga ishlaganimdan bu mung marta yaxshiroq. Sen....sen iblissan. Men sendan nafratlanaman. Sabri tugagan Jungkook uni nozik tomonidan olgani uchun stulni turg'izib oldi. Yuzidagi murdor tabassumni ko'rgan odam ajali yetganini tushundi. Jungkook orqa kissasidan pistoletini olib chiqarib uni peshonasidan otib tashladi. Keyin esa qilgan ishidan rohatlanib baland ovozda kuldi, uning bu kulgusidan har qanday odam sapchib tushar edi.

Yon cho'ntagidan tamakisini olib tutatdi-da eshikka chiqdi. Chiqish eshigi oldi-da Jungkookning o'ng qo'li Min So va uning yordamchisi turibdi.
-So ichkaridagini yo'q qil birov ko'rmasdan -deb Jungkook yo'lga tushdi. Min So uning o'lganini sezib Jungkookning ortidan
-janob axir bu, 8...
Jungkook ortiga qayrilib
-senga yo'q qil deyildi-ku! Aytganimni qilsangchi -deb hamma alamini undan olib baqirdi. U hech nima demay ichkariga kirib ketdi. Jungkook esa yana o'sha kimsasiz ko'chalardan o'tib asosiy yo'lga chiqib oldi..

Bu kanaldagi 1-fanficim marhamat o'qib zavq oling kamchilik va xatolar uchun uzr