May 29

𝑶𝒏𝒍𝒚 𝒀𝒐𝒖 𝑪𝒂𝒏 𝒔𝒕𝒐𝒑 𝒎𝒆

Muallif: Frozen
7-qism

Ari uyga kirdi ichkarida esa uni shahzoda divanga oʻtirgancha kutib turar edi.
Shahzoda: seni ancha qidirdik Ari xonim......
Ari: sen.....
Shahzoda: ha men hayron qoldingmi
Ari: mendan nima hohlaysan
Shahzoda: sendan men hech nima hohlamayman
Shunchaki otamga keraksan.
Ari: qirol?
Shahzoda: Ha eshitganindek
Ari: Bora qayerda
Shahzoda: oʻsha xizmatkor qizmi.U senga kim boʻladi oʻzi u uchun hatto bu yerga ham kelding
Ari: senga nima u qayerda
Janob Park: U qirol saroyida qamoqqda
Deb Janob Park va Park xonim zinadan sekin tushib kelishdi
Ari otasini koʻrib hayron qoldi.
Ari: ota ona sizlar ..???
Shahzoda: ha aytgancha ota onanga rahmat aytishim kerak ular tufayli seni topa oldik.Ular seni oʻsha qiz bilan yashayotganingni aytishdi. Shunday ekan Janob Park qirol bilan munosabatlaringiz yaxshilandi deb hisoblayvering
Ari jahl bilan ularga qarab
Ari: demak sizlar shunchaki qirol bilan munosabatlaringizni yaxshilash uchun men haqimda ularga aytdingiz faqat shu uchunmi nega bundaysizlar nega men haqimda ozgina boʻlsa ham oʻylamaysizlar.
Janob Park: Nega sen haqingda oʻylashimiz kerak.Sen bizni hammani oldida sharmanda qilding.
Arining koʻzlaridan birma bir yosh oqa boshladi.

Arini oʻsha holati

U koʻz yoshlarini artib tashladi.
Ari: aaiishshsh nega men yigʻlayapman oʻzi sizlar uchun men hech qanday ahamiyatim yoʻqku
Ari shahzodaga qaradi
Ari: Qirol mendan nimani hohlaydi oʻzi
Shahzoda: Biz bilan ketsang bilib olasan.
Ari: Yaxshi sizlar bilan ketaman lekin Borani qoʻyib yuborasizlar.
Shahzoda: Oldin otam bilan gaplash
Ari ketishidan ota onasiga qaradi va
Ari:Endi meni tinch qoʻyarsizlar mendan shuncha foydalanganlaringiz yetar. Endi sizlarga kerak emasman menimcha
Park xonim Arini yoniga keldi qoʻlini ushlab.
Park xonim: Ari bizni kechir iltimos
Ari qoʻlini Park xonim qoʻlidan qoʻlini siltab oldi
Ari: Bilasizmi siz hammasini koʻrib turib koʻrmaslikka oldingiz endi nega kechirim soʻrayapsiz men sizning mehringizga muhtoj boʻlgan paytim siz faqat oʻzingiz haqingizda oʻyladingiz endi menga nega bunday soxta qaygʻuryapsiz.
Park xonim: .........
Ari va Shahzoda uydan chiqib ketishdi va aravaga oʻtirib saroy tomon yoʻl olishdi.
Ari yoʻlda bir nimalarni hayol surar edi
Ari: (Endi men ularni qizi emasman yuragim ogʻriyapti nega unday boʻlyapti men ozod boʻldim ku.....)
Ular saroyga yetib kelishdi.Ari aravadan tushdi. Shahzoda Arini zindonga olib bordi. Zindon juda ham qorongʻu edi har bir zindon xonasida kichik derazalardan yorugʻlik tushib turar edi holos.

Zindonni koʻrinishi

Ari zindonda oʻtirgan Borani koʻrdi va uni oldiga yugurib bordi va zindon tutqichlaridan ushlab
Ari: Bora yaxshimisan

Borani oʻsha paytdagi holati

Bora: sen bu yerda nima qilyapsan
Ari: Seni nega bu yerga olib kelishdi
Shahzoda: U eshitishi kerak boʻlmagan narsani eshitib qoldi.
Ari unga gʻazab bilan qaradi
Ari: nima demoqchisan bu gap bilan
Bora Shahzodaga gʻazab bilan qarardi
Bora: Sen va sening otang hammang jirkanchsanlar
Shahzoda: tilinga ehtiyot boʻl qiz sen shahzoda bilan gaplashyapsan
Ari Boraga qaradi
Ari: hammasi yaxshi boʻladi men seni bu yerdan olib chiqaman faqat ozroq kut
Deya Boraning qoʻllarini mahkam ushladi
Bora: Ari bu yerdan ket iltimos ket ular seni....
Ari: meni......
Shahzoda ularning suhbatini buzdi
Shahzoda: Otam seni kutyapti
Ari: men tez orada kelaman va birga uyga qaytamiz hopmi
Bora tashvishli nigoh bilan
Bora: lekin......
Shahzoda va Ari zindondan chiqib Qirolni saroyi tomon yura boshlashdi. Saroy juda ham hashamdor edi. Ari va Shahzoda asosiy zal eshigi oldiga kelishdi. Eshik birdan ochildi. Toʻgʻrida esa Qirol oʻz taxtida viqor bilan oʻtirar edi

Qirol

Qirol: Bobong juda buyuk inson edi. U mening yaqin doʻstim edi. U juda ham kuchli edi. Bu mamlakatda unga teng keladi yoʻq edi. Afsuski u Valdoria uchun jonini berdi. U haqiqiy buyuk odam edi. Senda undagi qattiyatni koʻrdim. Sen ham bobong kabi vatanparvar qiz boʻlgansan deb oʻylayman.
Ari uni tinglardi.
Qirol: Hozir Valdoria juda ham yomon ahvolda biz Lord Jeon Jungkook bilan urushga bardosh bera olmaymiz. Shu sabab sendan bir narsani soʻramoqchiman
Ari uning soʻzlarini tushuna olmadi.
Ari: mendan nima hohlaysiz
Qirol: Biz Lord Jeon Jungkook bilan tinchlik shartnomasini imzolamoqchimiz. Lord rozi boʻldi lekin bir narsa evaziga....
Ari: nima demoqchisiz bu bilan. Meni nima aloqam bor bu shartnomaga
Qirol: Lord tinchlik evaziga seni soʻradi. Seni tinchlik evaziga BlackSnow mamlakatiga asira sifatida yubormoqchiman.
Ari: Faqat shu narsa uchun meni bu yerga chaqirdingizmi
Qirol:...........
Ari: Bobom bu mamlakat uchun jonini berdi evaziga nima oldi hech nima odamlar uni birpasda unutdi uni hech kim eslamadi. Bu mamlakat Bobomni unutdi uni qilgan barcha ishlarini unutdi.
Erta bir kun men oʻlgandan keyin meni unutib yuboradigan mamlakat uchun butun bir xatoyimni asirlikda oʻtkazish niyatim yoʻq. Uzur qirol lekin men ketaman
Ari orqaga oʻgirilib ketmoqchi boʻldi lekin uni yoʻlini qirollik soqchilari toʻsdi.
Ari: Bu nima qilganlarning
Qirol oʻsha turgan joyidan turib
Qirol: yaxshilikcha koʻnmaysan yaxshi.....
Unda boshqa yoʻlga oʻtaman.
Ari qirolga qaradi.
Ari: nima qilmoqchisiz
Qirol soqchilarga qarab buyruq berdi
Qirol: zindondagi qizni hoziroq qatl eting.
Soqchilar: hoʻp boʻladi qirol
Ari: nima qilyapsiz u nima qildiki uni qatl etasiz
Qirol: u mamlakat sirini biladi bu juda hafli biz uchun.
Ari asabiylashardi.
Ari: Bora hech nima qilmaydi hatto u mamlakat fuqarosi ham emas uni koʻldan topib olishgan. U nima ham qila oladi. Soqchilarni toʻxtating qirol
Qirol: aynan shuning uchun ham u boshqa mamlakat fuqarosi qachondir oʻz yurtini topganda bizni sotishi mumkin.
Ari: u bunday qilmaydi men unga ishonaman
Qirol: lekin men ishonmayman.
Soqchilar asosiy zaldan chiqib ketishgandi.
Ari: bunday qilmang iltimos
Qirol: nega u biz uchun havfli uni yoʻq qilishim kerak. Lekin......
Ari: Lekin.......
Ari qirolga qaradi.
Qirol: Agar sen rozi boʻlsang. Men uni tirik qoldirishim mumkin.
Ari hammasini tushundi.Bu qirolning xiylasi edi. Arini rozi qilish uchun. Lekin hech nima qila olmasdi. Chunki Qirol bilan oʻzini taqqoslaganda uni qoʻlidan hozir hech nima kelmasdi.Agar hozir ketsa Bora aniq oʻlar edi.Ari qoʻllarini musht qilib qattiq siqdi. Boshi sal yerga qaragan holda chuqur nafas oldi.

Ari

Ari: yaxshi men roziman lekin....
Oʻtkir va qattiyatli nigohi bilan Qirolga qaradi.
Ari: Lekin Bora men bilan ketadi.Aks holda hech qanday shartnoma yoʻq
Qirol oʻylanib turdi.
Qirol: yaxshi aytganingdek boʻla qolsin.
Qirol soqchilarni chaqirdi.
Qirol: Ari xonimni xonasiga kuzatib qoʻyinglar.
Soqchilar Arini olib ketishdi.Qirol Arini ketishini kuzatib turardi. Ari chiqib ketganda soʻng derazadan osmonga qaradi.
Qirol:(meni kechir doʻstim. Men majburman nabirangni ularga berishga.Valdoria hozir oldingidek emas)
Shu payt Shahzoda asosiy zalga yugurib keldi.
Qirolning hayollari buzildi.
Qirol: nima boʻldi
Shahzoda: Lord shu yerda.........
Qirol: Lord????? qanday qilib....

7 qism tugadi
Comentga Frozen deb yozib ketilar
Reaksiya kutib qolaman
Sizlar bilan Frozen boʻldi