April 20

𝑶𝒏𝒍𝒚 𝒀𝒐𝒖 𝑪𝒂𝒏 𝒔𝒕𝒐𝒑 𝒎𝒆

Muallif: Frozen
5-qism

Ariga hujum qilgan odam unga jilmayardi
Oʻsha odam: Men kutganimdek.......
Oʻsha odam qilichini tushirdi.Ari ham xanjarini tushirdi
Ari: siz kimsiz???
Shu payt gʻazalbangan shahzoda Arini orqasidan qilich bilan tashlandi. Boyagi odam Shahzodani qilichini oʻzini qilichi bilan ushlab qoldi.
Shahzoda: hoy sen kimsan oʻzi shahzodaga qarshi chiqadigan.
Shu payt ot aravada qirol keldi va tezdan aravadan tushib.Ularni oldiga yugurdi. Shahzoda qilichini tushirdi
Shahzoda: ota bu odamni qatl eting u menga qarshi chiqdi
Qirol: sen qanday ahmoqsan unga tazim qil dedi.
Shahzoda: lekin nega
Qirol: gap qaytarmasdan aytganimni qil
Ular tazim qilishdi
Qirol: Lord Jeon Jungkook bizni aff eting oʻgʻlim sizni kim ekaningizni bilmaydi
Ari: (demak u Lord Jeon Jungkook yaʼni 12 mamlakatning enga mashhur ritsiri va BlackSnow mamlakati qiroli va hozirgi 12 mamlakatni birma bir bosib olayotgan oʻsha Lord shu insonmi)

Lord Jeon Jungkook va uning kiyish uslubi

Lord jk: shunaqami
Qirol: ha Lord u uzur soʻraydi. Uzur soʻra
Shahzoda: lekin
Lord jk: u mendan emas bu xonimdan uzur soʻrashi kerak
Qirol: albatta Ari xonimdan uzur soʻra
Shahzoda: ota....
Qirol: agar uzur soʻramasang seni barcha imkoniyatlaringdan mahrum qilaman
Shahzodaning jahli chiqdi lekin majbur boʻldi
Shahzoda: Uzur soʻrayman Ari xonim
Ari unga hech qanday reaksiya bildirmadi.
Ari: meni bu yerda qiladigan ishim yoʻq shunday ekan.Zotaoliylari va Lord ruhsatingiz bilan men ketaman dedi
Va tazim qildi va ketdi
Jk: Qirol siz bilan tinchlik loyihasini imzolamoqchi edik toʻgʻrimi
Qirol: ha Lord siz bunga rozimisiz
Qirol xursand boʻlib soʻradi
Jk: albatta biroq bir nima evaziga
Qirol juda xursand boʻldi Chunki Lord Jeon Jungkook juda koʻp davlatlarni kuch bilan bosib olgandi.Kamdan kam holatlarda davlatlar bilan kelishuv shartnomasi imzolardi. U bilan urush qilgan davlat doim magʻlub boʻlar edi. U hech nimani va hech kimni ayamas edi. Uni Zulmat Lordi Jeon Jungkook deb atashardi. Uni hech kim oʻz maqsadidan toʻxtata olmas edi.U oʻziniki qilmoqchi boʻlgan narsani oʻziniki qilar edi
Xullas shunaqa edi.Shu sababli qirol u bilan qanday qilib boʻlsa ham kelishuv imzolamoqchi edi. Bu kelishuv ikki mamlakat oʻrtasida tinchlikni saqlash uchun edi.
Qirol: albatta siz nimani hohlasangiz siz uchun beraman
Jk: Yaxshi
Uning lablari chetida tabbasum paydo boʻldi. Unda menga bu xonimni kelishuvimiz sovgʻasi sifatida menga berasiz dedi
Ulardan allaqachon uzoqlashgan Ariga qarab.
Qirol: Lordim lekin......
JK : siz qirolsiz yoki unday emasmi
Qirol: ha aytganizdek boʻladi
Jk: unda yaxshi men bir oydan keyin ketaman ungacha hal qilasiz degan umiddaman
Lord Jk ota aravaga oʻtirib ketdi
Shahzoda: ota siz nima qilmoqchisiz. Men Arini bilaman u osonlikcha rozi boʻlmaydi
Qirol: Lord bilan shartnomani buza olmaymiz.
Jiddiy ohangda
Bu paytda Ari mamlakat bozorida yurgan edi.U qayerga borishni ham bilmas edi. Hatto endi nima qilishni bilas edi.Lekin xursand edi chunki endi oʻzi hohlagandek yashay olardi. Shu payt uni kimdir chaqirganini eshitdi va ortga oʻgirildi.

Ari

Bu uning uyidagi xizmatchi edi. U Arini oldiga yugurib keldi.
Xizmatchi: Ari xonim Ari xonim... xansiragan holda
Ari: nimadir boʻldimi
Xizmatchi: endi qayerda yashamoqchisiz xonim havotir bilan soʻradi
Ari: havotirlanma bir ilojini topaman deb unga jilmaydi
Xizmatchi: xonim agar hohlasangiz......
Ari: nimani.....
Xizmatchi: AGAR HOHLASANGIZ MEN BILAN MENI UYIMDA YASHANG ILTIMOS koʻzini yumib olib baqirib yubordi

Eslatma katta harflar bilan yozilgan gaplar baqirib aytgan gaplar hisoblanadi

Ari hayron qoldi.
Xizmatchi: uzur men baqirib yubordim
Ari: lekin nega
Xizmatchi: Nega........ siz boʻlmaganizda menga oʻxshagan bir yetim qiz allaqachon oʻlib ketar edi siz eslay olasligiz mumkin. Siz meni oʻsha uyga xizmatchi sifatida qabul qilgan ediz.Hech kim meni qabul qilmagandi lekin siz menga yordam qoʻlini choʻzdingiz va hech kim qilmagan yaxshiliklarni qildingiz shu sababli sizdan qarzdorman xonim iltimos men bilan yashang
Ari unga shunchaki qarab turardi.
Ari: yaxshi mayli roziman
Xizmatchi: rostanmi....
Ari: ha albata unga jilmaydi
Xizmatchi juda xursand boʻldi va unga qarab jilmaydi
Xizmatchi: unda ketdikmi
Ari: yaxshi
Ular ketishdi. Ular shahar chekkasidagi daryo boʻyiga kelishdi.U yerda kichik uycha bor edi.
Uy sal uzoqlikda daryo oqib oʻtar edi. Atrof manzarasi ham juda tinch va goʻzal edi

Oʻsha uyni koʻrinishi

Xizmatchi: yetib keldik bu uy unchalik hashamatli emas lekin bu yer menga juda yoqadi
Ari: bu yerda bir oʻzing yashaysanmi
Xizmatchi: ha aytganimdek ota onam yoʻq ular oʻlishmagan.Men ularni umuman koʻrmaganman meni mana shu daryo boʻyidan topib olishgan
soʻng Bolalar uyiga qabul qilishgan Ulgʻayganimdan keyin esa hech kim meni ishga qabul qilmadi.Koʻp koʻchada qoldim.Koʻp koʻchada sarson yurdim Lekin bir kuni sizning uyizga bordim Xizmatchi sifatida va men u yerda juda katta xato qildim. Lekin oʻsha kuni siz meni ishga qabul qildiz Oʻsha kundan keyin menda hammasi yaxshilanib ketdi.Men bu yerdan oʻz uyimni qurdim. Hozir esa hammasi yaxshi garchi yolgʻiz boʻlsam ham hech kimim boʻlmasa ham.
Men nolimayman.
Ari uning gaplarini eshitgach unga nima deyishni ham bilmas edi.
Ari: sen ajoyib qizsan deb jilmaydi va
Atrofga qarab uyni kuzatdi uy juda toza derazalaridan shamol kirib turardi. Ikkinchi qavatida esa ikkita xona bor edi.Ari bu yerda boʻlganida xuddi oʻzini uyga kelgandek his qildi Chunki oʻsha hashamatli uyda ham u oʻzini bu yerdagidek erkin his qilmagan edi
Bu paytda xizmatchi uning gaplarini eshitib xursand boʻlib koʻzlaridan yosh oqa boshlagandi
Ari atrofni kuzatib unga oʻgirilib
Ari: menga bu yer yoqdi dedi va
koʻzi koʻzlari yoshga toʻlgan xizmatchiga tushdi
Ari unga yaqinlashib
Ari: hoyyy nega yigʻlayapsan
Xizmatchi koʻz yoshlarini artib
Xizmatchi: shunchaki men har doim ham bunaqa soʻzlarni eshitmayman bu gapni sizdan eshitish meni hursand qildi deb unga yosh toʻla koʻzlari bilan jilmayardi
Ari bu qizni unchalik tanimas edi. Uni hayoti haqida ham toʻliq bilmas edi.Uni faqat xizmatchi sifatida bilar edi. Va unga qilgan arizimagan yordami uchun Aridan bu qadar minnatdor boʻlganiga tushunmas edi. Lekin negadir unga hammaga qaragan koʻproq ishondi
Ati: kel ovqatlanamiz unga jilmayib
Xizmatchi: albatta xonim
Ari: ha aytgancha isming nima men ismingni bilmayman uzur
Xizmatchi: mening ismimmi mening ismim Bora shunchaki Bora
Ari: (Bora bu ism maʼnosi binafsha degani.Sovuq qor bagʻridan unib chiqadigan binafsha guli Menimcha bu ism u uchun juda mos.....)

Bora

5 qism tugadi
Iloji boricha tasvirlab berishga harakat qildim
Kamchiliklar boʻlsa uzur
Reaksiya kutib qolaman comentga Frozen deb yozib ketiyla
Sizlar bilan Frozen boʻldi