𝑲𝒐'𝒛𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒒𝒂𝒚𝒈'𝒖𝒈𝒂 𝒐𝒔𝒉𝒊𝒒𝒎𝒂𝒏
Hayot shu darajada qiyinki.U insonni har tomonga shavqatsizlarcha uloqtiradi
Bu hayot Aerani ham ayamasdi. Onasi tomonidan rejalashtirilgan hayotda yashayotgan qiz .Doʻstlari tomonidan goʻzal va baxtli yashaydi deb hisoblanadigan qiz
Uni koʻzlariga qaragan inson uni baxtli va goʻzal hayotda yashaydi deb oʻylardi
Lekin haqiqatdan ham shundaymi.....
Uning koʻzlari doim quvonchdan porlaydi.Hamma uning koʻzlaridagi quvonchga oshiq boʻlardi. Lekin yolgʻizlikda ham uning koʻzlari shunday porlaydimi?
Uning koʻzlariga qaygʻuni hech kim payqamas edi.Aera yolgʻizlikda azob chekardi va juda qiynalardi. Lekin nega... Ahir u mukammal qizku. U qancha mukammal farzand boʻlishga harakat qilmasin Onasi unga doim shafqatsizlarcha munosabatda boʻlardi. U buni hech kimga aytay olmasdi
Aeraning onasi Lee Xonim nufuzli Kompaniyada deriktori edi va u doim ish bilan band edi.Aera u uchun nomiga qizi sifatida koʻrardi
Aeradan doim mukammal qiz boʻlishini talab qilardi
Erta tong
Aera: Xonasidan chiqib sekin birinchi zinalardan pastga tushdi
Pastda ertalabki nonushta va uning onasi bor edi
Aera: Hayrli tong oyi
Lee Xonim: Hayrli tong .Sovuq ohangda
Institutingdagi imtihon natijalarini koʻrdim. Oʻqishingdagi eng yuqori natija senda har doimgidek senda
Sen hech qachon past natija olishga haqqing shuni unutma
Aera: hop oyi dedi boshini ekkan qoldi
Lee Xonim: Men bugun kelmayman ish safarim bor
Ertaga kechqurun kelaman.Yoʻqligimda uydan koʻchaga chiqa koʻrma. Tushunarlimi
Aera: hop ona
Lee Xonim qoʻriqchilarga uyni qattiq qoʻriqlashini va Aerani koʻchasi chiqarmasligini aytdi chunki qizi uning obroʻyini toʻkishini istamasdi
Lee Xonim ketdi
Aera butun bir katta uyda yolgʻiz qolgan edi. Kech tushishiga yaqin Bu uy uni boʻgʻib qoʻyayotganini his qila boshlardi va bu uyda qololamasligini tushundi.U bir ilojini qilib. Bu uydan chiqishni hohlardi. U xonasidagi deraza tashqarisiga qaradi.Miyyasiga bir fikr keldi. U Xonasidagi choyshablarni bir biriga bogʻlab arqon qildi va undan pastga tushushda foydalandi. U uyni hovlisiga tushgach. Yoshligida devor ostida qazigan tuynukdan tashqariga chiqdi. Bu tuynukni u kichikligida qazigan edi va butalar orasida yashirib qoʻygandi. U tashqariga chiqdi.Soʻng Aera toʻgʻri yoʻl tomon ketaverdi. U sohilga keldi. Sohil oldida Katta choʻqqiga oʻxshash tepalikka chiqdi. Bu tepalikni pasti dengiz edi.Bu tepalik shunday baland ediki.U yerdan pastga qaragan odam boshi aylanib yiqilishi mumkin edi. U tepalik uchida bir necha daqiqa turdi. Oʻsha payt u bosim ostida yashayotganini tushundi va oʻzini shu yerdan tashlashni oʻylay boshladi. Quyosh botishni boshlagan ed.Shu payt uning oldiga uzun boʻyli qora kiyimda bir yigit paydo boʻldi Aeraning hayollari shu payt boʻlindiva uning yonidagi yigitga qaradi. U Aeraga etibor bermasdi.U segaret chekar va quyosh botishini tomosha qilar edi
Aera shu payt nima qilishini bilmasdi va u ham dengiz tomon qarab quyosh botishiga qarab turardi
Yigit segaretasini yerga tashladi va Aera qaradi hoʻsh yordam beraymi dedi
Aera: Nima nimaga yordam bermoqchisan dedi lekin yigitga qaramasdi dengizga qarardi
Yigit: Unga qarab jilmaydi va oʻzingni bilmaganga solma tepalikni uchiga juda yaqin turib olgansan bu faqat bitta narsani anglatadi..
Aera:shu payt oʻsha yigitga qaradi va nima istaysan dedi
Yigit uning koʻzlariga qaradi va dedi sening koʻzlaringdagi qaygʻu.
Yigit Aeraning koʻzlaridan koʻzlarini uzmagan holda Aeraga yaqinlashdi va uni bellaridan ushlab oʻziga tortdi va Aerani koʻzlariga qaragan holda Kel bu ishni birga qilamiz dedi
Aera: Nima nima degan holda dovdirab qoldi lekin yigitning koʻzlarini uza olmadi
Shu payt yigit Aerani belidan mahkam oʻshlab. Oʻsha tepalikdan Aera bilan birga oʻzini tashadi Bu voqea shunchalik tez sodir boʻldiki Aera nimadir qilishga ham ulgurmadi
Aera dengiz bagʻriga tushganda. Koʻzlarini sekin yunu hammasi shu yerda tugashini hohlardi.
Xato va kamchiliklar uchun uzur soʻrayaman
Fikr va Reaksiyalarni kutib qolaman 😊