April 10

𝑶𝒏𝒍𝒚 𝒀𝒐𝒖 𝑪𝒂𝒏 𝒔𝒕𝒐𝒑 𝒎𝒆

Muallif: Frozen
1- qism

Hammasi Arining unashtirilgandan keyin boshlandi.Ari zodagon oilaning qizi edi. Uning otasi Valdoriya mamlakati qiroli bilan shartnoma yuzasidan koʻrishishdi va oʻsha kundan chamasi bir hafta oʻtgach qirolning oʻgʻli bilan Ari unashtirildi lekin unashtiruvdan Arini xabari yoʻq edi.Ari bu habarni eshitganda hayron qoldi lekin otasiga qarshi chiqa olmadi. Chunki uning ota onasi zodagon oiladan edi va u ularning qizi edi. Zodagon oilalarda esa bu holat tabiiy hol edi. Yana zodagon oila qizlari yoshligidan qattiq taʼlim tarbiya ostida ulgʻayishardi. Ari ham shular jumlasidan edi.U yoshligidan turli xil hunarlarni oʻrgandi va yana yaxshi taʼlim oldi. Unga har doim har tomonlama mukammal boʻlishi oʻqtirilar edi va shunday boʻldi ham u har tomonlama mukammal boʻlib ulgʻaydi. Goʻzallikda va jozibada unga yetadigani yoʻq edi.Talim tarbiyada ham xuddi shunday edi

Arining koʻrinishi

Xullas unashtiruvni sababi esa Arining oilasi Park oilasi boʻlgani edi. Park oilasi chet mamlakatlar bilan katta savdo sotiq bilan shugʻullanardi.Qirollikning gʻaznasini toʻldirishni eng yaxshi yoʻli esa Park oilasi bilan qarindoshlik aloqalari edi.Oʻsha davrda boshqa qirolliklar orasida urush ketyotgan edi. Bu esa Valdoria qirolligini ham urushga tayyor turushga undaydi.Lekin qirollik xazinasida yetarli mablagʻ yoʻq edi. Ana shu sabab tufayli shahzoda bilan Ari unashtirilgandi.Umashtiruvga 2 hafta boʻldi. Ikki tomon toʻy harakatini boshlamoqchi boʻlib yurishga paytlar.
Hozir vaqt
Parklar oilasi ovqatdan keyin oʻz xonalariga tarqaldi. Bu paytda Ari ham xonasiga ikkinchi qavatga chiqdi.Ari hamma joy tinchishini kutar edi.Birozdan soʻng hamma joy tinchidi. Ari xonasida joylashgan balkonga chiqdi va atrofni kuzata boshladi

Ari turgan joy koʻrinishi

Va birdan oʻsha balkondan pastga sakradi

1 qism tugadi Reaksiya kutib qolaman comentga Frozen deb yozib ketiyla
Sizlar bilan Frozen boʻldi