January 8

𝑲𝒐'𝒛𝒍𝒂𝒓𝒊𝒏𝒈𝒅𝒂𝒈𝒊 𝒒𝒂𝒚𝒈'𝒖𝒈𝒂 𝒐𝒔𝒉𝒊𝒒𝒎𝒂𝒏

2 qism
Muallif:𝑭𝒓𝒐𝒛𝒆𝒏

Oʻsha payt uning koʻzi biroz ochildi va uning oldiga kimdir suzib kelayotganini his qildi. U oʻsha yigit edi. Yigit Aerani qoʻllarini ushlab oʻziga tortdi va uni mahkam ushlab suv yuzasiga olib chiqdi. Aera suv yuzasida nafas ola boshlagach oʻziga keladi
Yigit: Xoy yaxshimisan
Aera: Ahmoq jinnimisan deya gʻazablanardi va tipirchilardi
Aera: meni qoʻyib yubor ahmoq
Yigit: suzishni bilasanmi uni koʻzlariga tikilib
Aera: Aaaaaaa menmi yoʻq bilmayman
Yigit: Unda nega tipirchilayapsan Aerani belidan mahkam ushlab olgan holda
Aera: men...........
Aeraning dovdirab qolgan yuz ifodasi yigitni jilmayishiga sabab boʻladi
Yigit: Agar yana tipirchilasang seni suvga qoʻyib yuboraman dedi biroz jiddiy ohangda
Aera: Hoʻp yaxshi tipirchilamayman lekin endi nima qilamiz qorongʻu tushdi bu yerda muzlab oʻlamizku
Yigit: Muzlab qolishni istamasang meni mahkamroq quchoqlab ushla
Aera: Shu paytda hazl qilyapsanmi???
Shu payt sohilni har doim koʻzdan kechirib yuradigan qayiq koʻrindi
Aera qayigʻni koʻrdi va baqirishni boshladi
Aera: Hoy hoy biz bu yerdamiz yordam beringlar
Qayiqdagi qoʻriqchilar ularni koʻrishdi va ularga yaqinlashishdi
Yigit Aerani bunchalar harakatini koʻrib
Yigit: Oʼlishni hohlagan qiz nega endi tirik qolishga bunchalar harakat qilyapti
Aera bu gaplarni eshitdi va jim boʻlib qoldi. Chunki u rostan ham oʻlishni hohlagandi. Aerani oʻzi ham nega bunchalar harakat qilganini tushunmadi va jim boʻlib qoldi
Qoʻriqchilar: yaxshimisiz
Qoʻriqchilar ularni qayiqqa chiqarishdi
Qoʻriqchilar: qanday qilib bu yerga tushdingiz nahot Oʻzingizni qoyadan tashladingizmi
Aera: yoʻqqqq bu behosdan boʻldi iltimos bizni quruqlikkacha tashlab qoʻya olasizmi iltimos
Qoʻriqchilar: ha albatta bundan keyin iltimos ehtiyot boʻlinglar bu yerda oʻtgan yili boʻlgan baxtsiz hodisadan beri bu yerga kelish taqiqlangan
Aera: biz bu haqida bilmas edik
Yigit Aeraning gaplarini va harakatlarini shunchaki kuzatardi
Qayiq quruqlikka yaqinlashdi va ularni sohilga tushirishdi
Ular sohilga tushishdi. Yigit qoʻriqchilar bilan nimadir haqida suhbatlashdi.Aera ularni kuzatib turdi.Yigit Aera tomon yura boshladi.Yigit Aerani oldiga kelib uni ustiga qoʻriqchilardan olgan choyshabni yopdi
Yigit: Havo juda muzlab ketgan shomollab qolasan
Aera: Menga bu gapni men bilan oʻzini qoyadan tashlagan odam aytyaptimi dedi choyshabni mahkam ushlab
Yigit: Taehyung
Aera: Nima
Yigit: Oʻsha sen bilan qoyadan oʻzini tashlagan odamni ismi Kim Taehyung yani meni
Aera: Menga buni qizigʻi yoʻq. Sendek telba bilan qaytib koʻrishish niyatim yoʻq. Hozir esa hayr
U shunday dedii va uni oldidan keta boshladi
Shu payt Aera toʻxtab qoldi. Taehyung uni kuzatib turardi
Aera qorongʻuda qayerga ketishni bilmasdi. Lekin oʻjarligi tufayli. U yana yoʻlda davom etdi. U katta yoʻlga chiqib oldi va yurishni davom ettirdi. Shu payt u birdan baqirib yubordi va yoʻl chekkasiga oʻtirdi

Aera: Endi nima qilaman. Qorongʻuda hech nima koʻrinmayapt.Yaramas telba hammasi uni deb boʻldi.Qoyadan sakramaganda hammasi boshqacha boʻlar edi.Endi nima qilaman
Shu payt uni oldiga qora mashina toʻxtadi
Aera oʻrnidan turdi.Mashina oynasi qora boʻlgani uchun ichkari koʻrinmasdi
Aera: Janob iltimos meni uyimgacha olib keta olasizmi
Shu payt mashina oynasi pastga qarab tusha boshladi. Ichkarida esa yana oʻsha tanish chehra edi

Bu oʻsha tanish chehra 😅😅

Aera: Yana senmii
Taehyung: Qanday tasodif
Aera: Bu tasodif emas sen meni kuzatib yuribsanmi
Taehyung: balki
Aera: Bor ket yoʻlingdan qolma dedi va boshqa tarafga qarab turib oldi
Taehyung: Ishonching komilmi
Aera: ha ket dedimku sendek telba bilan ketishdan koʻra shu yerda qolganim yaxshi
Taehyungni biroz jahli chiqdi
Taehyung: Oʻzing bilasan dedi va mashinani haydab ketdi
Atrof juda qorongʻu edi va havo juda sovib ketgandi. Aerani kiyimlari hoʻl boʻlganligi tufayli uning tanasi muzlab qolgandi. Bundan tashqari endi u qoʻrqishni boshlagandi.U yoʻl chekkasida oʻtirar edi va choyshabga yopinib yaxshiroq isinishga harakat qilardi.Oʻsha payt yana oʻsha mashina keldi
Aera: Men senga aytdim.men sen bilan ketmiyman deb.Baribir ketmiyman deb gapira boshladi
Taehyung mashinadan tushdi va jahl bilan uni oldiga keldi.Aera hali ham oʻsha yerda oʻtirar edi
Taehyung Aerani birdan koʻtarib oldi va mashina tomon yura boshladi
Aera dovdirab qoldi va tipirchilay boshladi
Aera: Hoy telba meni qoʻyib yubor deya tipirchilardi
Taehyung uning gaplariga etibor bermasdi.U Aerani mashinani oldi qismiga qoʻydi
Aera bunga qarshilik qilar edi
Aera: Hoy telba meni mashinadan tushir
Taehyung uni mashinaga qoʻygach uni qoʻllarini mahkam qilib ushladi va Aerani oʻziga qarab tortdi ularning yuzlari bir biriga juda yaqin turar edi.

𐍃ɦᥙ ɦ᧐ᥣᥲᴛgᥲ ⲙ᧐s rᥲsⲙ ᴛ᧐ρᥲ ᧐ᥣⲙᥲɗiⲙ🥲 δᥙ y᧐gʻiᥒi ᧐ʻᤁiᥣᥲᥒi ᴛᥲssᥲ᥎ᥙriᥣᥲgᥲ q᧐ᥣɗirᥲⲙᥲᥒ 🙂‍↔️

Aera dovdirab qoldi Taehyung esa biroz gʻazablangan va jiddiy ohangda Uning koʻzlariga qarab turdi
Taehyung: Agar yana qarshilik qilsang seni bogʻlab qoʻyaman dedi juda sovuq ohangda
Aera Taehyungning koʻzlaridagi sovuqqonlikdan yoki uning yuziga juda yaqinligidan biroz choʻchiganidanmi u jim boʻldi
Taehyung mashina eshigini yopti va mashinaga oʻtirdi. U mashinada bagajidan olgan choyshab bilan Aerani ustiga yopti
Aera: Kerak emas
Taehyung: yana oʻjarlik qilyapsan
Aera boshqa tarafga mashinaning oyna tarafiga qarab oldi.Taehyung ung esa indamay mashinani oʻt oldirib yura boshladi. Bir necha soatdan soʻng ular shaharga kelishdi. Aera uxlab qolgandi. Taehyung uni uygʻotmoqchi boʻldi lekin uning yuzi oqarib ketganini va zoʻrgʻa nafas olayotganini sezdi.
Taehyung: hoy yaxshimisan deya uni peshonasiga qoʻllarini qoʻyib koʻrdi
Aera olov kabi yonayotgan edi.
Taehyung: Oʻjar qiz nega ahvoling yomonlashganini menga aytmading deya jahli chiqdi
Aera zoʻrgʻa nafas olardi
Taehyung tezda shahar shifoxonasiga yetib keldi
Mashinadan tushdi va Aerani koʻtarib shifoxonaga kirdi. Doctorlar Aerani olib kirib ketishdi.
Bir necha soatdan keyin
Doctor Taehyungning oldiga keldi
Taehyung: Uning ahvoli yaxshimi
Doctor: Ha hozir yaxshi faqat u muzlab qolgan boshqa xatarli narsa yoʻq
Doctor: Hozir u uxlayapti ertaga javob beramiz uni oldiga kirmoqchimisiz
Taehyung: yoʻq men ketishim kerak
Ertasi kuni
Aera oʻziga kelgandi
Hamshira: honim doringizni ichib olishingiz kerak bugun sizga javob beramiz
Aera: ha hop
Hamshira: sizni kimdir olib ketadimi
Aera doctordan Taehyungning ketib qolganini eshitgandi
Aera: yoʻq oʻzim ketaman
Aera shifoxonadan chiqdi va shifoxona oldida qayerlarga ketish haqida oʻylab turgandi.
Aera: yaramas telba meni bir oʻzimni tashlab ketdi Shu payt uning oldiga mashina toʻxtadi va mashina oynalari pastga tushdi
Taehyung: oʻtir mashinaga
Aera: yoʻq oʻzim ketaman
Taehyung: yana oʻjarlik qilaversang oʻzim seni mashinaga chiqaraman
Aera: hoʻp hoʻp yaxshi yaxshi oʻzim chiqa olaman dedi va mashinaga oʻtirdi
Aeraning harakatlarini kuzatib turib Taehyung jilmayardi
Aera: mana oʻtirdim boʻldimi
Taehyung: unda ketdik
Aera: qayerga
Taehyung: borganda koʻrasan
Ular ketishdi.
Taehyung: Uygʻon Biz yetib keldik
Aera: Qayerga dedi va atrofga qaray boshladi bu yer unga tanish edi. Bu Aeraning uyi edi.
Aera: hoy bu yerda qanday ishing bor dedi qoʻrqgan holda
Taehyung mashinadan tushdi.

Bu uning kiyinishi 🥹🥹

Taehyungning mashinasi ortidan 4 ta qora mashina keldi. Mashinalardan anchagina qoʻriqchilar tushdi
Ulardan biri Taehyung oldiga keldi va u bilan gaplasha boshladi. Aera aslida hozir bu uyda boʻlishi kerak ekanligini bilardi. U nima qilishini bilmasdi.U mashinadan tushdi va Taehyungning oldiga keldi
Aera: bu yerda seni qanday ishing bor
Taehyung: sen nega bunchalar xavotirlanyapsan
Aera: bu yer meni uyim dedi jahl aralash qoʻrquv bilaman

Uning yuz ifodasi

Taehyung: bilaman
Aera hayratda edi
Aera: nima qilmoqchisan
Taehyung: biznes qilamiz dedi va Aeraga qarab jilmayib
Uyning darvozalari ochila boshladi.............

𐌑ᥲᥒᥲ fᥲᥒfiᥴᥒi 2 qisⲙi ɦᥲⲙ ᴛᥙgᥲɗi🙂‍↔️
Bᥙ sᥲfᥲr κᥲⲙr᧐q rᥲsⲙᥣᥲr κᥲⲙr᧐q δ᧐ʻᥣɗi ᥙᤁᥙr🥲
𐍃ɦᥙᥒiᥒg ᥙᥴɦᥙᥒ δᥙ y᧐gʻi ᴛᥲssᥲ᥎ᥙriᥣᥲgᥲ δ᧐gʻᥣiq 😅
Rᥱᥲκsiyᥲ ᥎ᥲ ᥴ᧐ⲙᥱᥒᴛ κᥙᴛᥙδ q᧐ᥣᥲⲙᥲᥒ iᥣᴛiⲙ᧐s 🥲