April 11

𝑶𝒏𝒍𝒚 𝒀𝒐𝒖 𝑪𝒂𝒏 𝒔𝒕𝒐𝒑 𝒎𝒆

Muallif: Frozen
3-qism

Ari osmonga qaradi
Ari:Qorongʻu tushyapti ketishim kerak dedi va otini oldiga bordi va otga minib uyiga shoshib qaytib ketdi
Ertasi kuni
Ari har doimgidek erta turdi va tayyorlanib pastki qavatga tushdi.Uni xizmatkor kutib oldi
Xizmatchi: honim nonushta tayyor sizni Park honim va Janob Park kutib turishibdi
Ari: hoʻp
Ari ularning oldiga bordi.
Ari: hayrli tong
Ari sekinlik bilan dasturxonga oʻtirdi va ovqatlana boshladi.
Janob Park: Bugun kechqurun qasrda bazm boʻlar ekan unga bizni taklif qilishdi. Kechqurun tayyor tur
Ari: hoʻp
Ariga bazmlar yoqmas edi chunki bazmda hammani koʻzi unda boʻlar edi. Shu sabab u erkin boʻla olmasdi.Unga esa odamlar orasida boʻlish yoqmas edi.Chunki odamlar doim unga soxta munosabatda boʻlishar edi.Uning atrofida bir ikki qizlar yurar edi lekin ular ham faqat Ari orqali shahzodaga yaqin boʻlishga urinar edi.Ari boʻlsa buni bilar edi lekin oʻzini bilmaganga solar edi.Xullas kechga yaqin Ari tayyorlandi. Uning ota onasi undan oldin allaqachon ketib boʻlgan edi.Ari uchun esa ot arava yuborilgan edi.Xizmatchi Arining xonasiga kirdi
Xizmatchi: Honim ot arava kutib turibdi sizni
Bu payt Ari koʻzgu qarshisida oʻtirar edi.
Ari: hoʻp yaxshi hozir tushaman.
U oynadagi oʻziga qaradi
Ari:Bugun hammasi tugaydi

Arining libosi

Dedi va ot arava oldiga tushdi va aravaga minib ketdi. U saroyga yetib keldi.Bazm allaqachon boshlangan edi. Ari zinadan kutarila boshladi

Oʻsha joy koʻrinishi

Ari zinadan koʻtirildi.Eshiklar ochildi.Ari ichkariga kirdi.
Hamma uni kutib turgandi.Toʻgʻrida esa shahzoda turar edi.
Shahzoda baland ovozda gapirdi
Shaxzoda:Park Ari
Hammani koʻzi Arida edi.Ari esa shahzodaning toʻgʻrisida turar edi.

Eslatma qavs ichida yozilgan gaplarimda ular oʻylaganda aytgan gaplari boʻladi yani gapirmaydi shunchaki oʻylagan boʻladi. yana bir eslatma bu yerda Shahzodani ismini keltirmaganman shunchaki shahzoda deb ketganman

Hammani koʻzi ularda edi
Shahzoda: men sizlarga bir xabarni eʼlon qilmoqchiman.Bugundan boshlab men va Park Ari oʻrtamizdagi unashtiruvni bekor qilaman
Hamma hayratda qolgan edi.
Lekin Ari hech qanday reaksiya bildirmadi.
Ari: yaxshi unda men hozir ketishim mumkin
Shahzoda hayratda qoldi chunki shahzoda Arini hayron qoladi va unashtiruvni buzmaslikni yolvorib soʻraydi deb oʻylagandi.Shahzodaga keladigan boʻlsak u juda manman edi va oʻziga juda katta baho berardi. Xullas shahzoda hayratda edi
Shahzoda: nima nima deding
Ari: agar unashtiruv buzilgan boʻlsa meni bu yerda qolishimdan mani yoʻq toʻgʻrimi
Shahzoda: toʻgʻri lekin....
Ari:unday boʻlsa hayr
Dedi va orqasiga burilib ketdi.Ari ketayotgan paytda otasining unga qanday qaraganini koʻrdi.Uning otasi unga gʻazab bilan qaragan edi.
Ari bazm boʻlayotgan honadan chiqgach saroydan chiqish uchun boshqa joy qidira boshladi
Ari:(Agar hozir bosh chiqishdan chiqsam aniq otamni soqchilariga duch kelaman bu yerdan tez ketishim kerak)
U tez yurib ketayotganidan toʻgʻrisada kelayotgan odamga urildi. U boshi bilan oʻsha odamning koʻksiga uruldi. U boshini koʻtarib qaradi.
Ari: uzur janob
Dedi va saroy balkoni tomon yura boshladi.U yerga borgach pastga qaradi.

Oʻsha joyni koʻrinishi

Ari: menimcha bu yer uncha baland emas
Ari tuflisini yechdi va qoʻliga oldi u yerdan yerga sakradi. Uni kuzatib turgan oʻsha odam uni sakraganini koʻrib hayratda qoldi va uni ortidan yugurdi va pastga qaradi. Ari butalar orasiga tushgandi. Lekin unga hech nima qilmagandi. Chunki u bunga oʻrganib ketgan edi.U kiyimi ustidagi barglarni olib tashadi. Soʻng yoʻlda davom etdi.Uni kuzatib turgan oʻsha yigit uning harakatlarini koʻrib shunchaki jilmayar edi

3 qism tugadi
Iloji boricha tasvirlab bera oldim deb oʻylayman
Reaksiya kutib qolaman comentga Frozen deb yozib ketiyla
Sizlar bilan Frozen boʻldi