Qismat yoʻllari
"𝑻𝒂𝒒𝒅𝒊𝒓 𝒋𝒖𝒅𝒂 𝒈'𝒂𝒍𝒂𝒕𝒊 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂. 𝑺𝒆𝒏 𝒚𝒊𝒍𝒍𝒂𝒃 𝒊𝒛𝒍𝒂𝒈𝒂𝒏 𝒏𝒂𝒓𝒔𝒂 𝒔𝒆𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒐𝒍𝒅𝒊𝒏𝒈𝒅𝒂 𝒆𝒌𝒂𝒏𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒊 𝒑𝒂𝒚𝒒𝒂𝒎𝒂𝒚𝒔𝒂𝒏 𝒉𝒂𝒕𝒕𝒐𝒌𝒊."
𝗙𝗮𝗿𝗶𝗱𝗮
Erta tongdan yana baqir chaqir hech tinchlik koʻrmadim bu uyda. Kechasi janjal ertalab janjal qachon qutulaman tezroq maktabni bitirsam bu yerlardan ketar edim. Sizlarga oʻzimni tanishtirsam men Yoqubova Farida yoshim 16 da yuqori maktabdayaʼni 10 sinfda oʻqiyman. Oilamiz oʻrta hol boy ham emas kambagʻal ham emas. Oyim men ukam va dadam biz birga yashaymiz. Opam Naima esa turmushga chiqqan. Mening telbacha orzularim bor. Koreyaga ketish mening orzuim. Hozir koreys tilini oʻrganyapman. Opam sevganiga turmushga chiqdi. Ukam Shoxnur 7 sinfda oʻqiydi. Biz baxtli oila edik. Dadam xiyonat qilmaguncha. Dadam bundan 1 yil oldin bir ayolga uylanib uni 2 chi xotin qilibdi buni oyim yaqinda bilib oldi. Oʻshandan buyon uyimizda qiyomat qoyim boʻlyabdi. Mana hozir yana boshlangan
Oʻrnimdan turib hammomga kirib sochlarimni toʻgʻirlab oldim va yuvinib chiqdim. Oynaga qaradim pardozsiz ham qanday goʻzal qizman. Yumaloq yuzim, jigarrang kalta sochlarim, uncha uzun boʻlmasada kipriklarim, jigar koʻzlar, qizil lablar bularning barchasi meni juda goʻzal koʻrsatadi
Kiyinib pastga tushdim janjal tugabdi shekilli shovqin yoʻq. Stol atrofida barcha yigʻilgan ekan
—Salom oyijonim oʻzimni. Assalomu alaykum dadajon—shunday deb oyimni oʻpib oyimni yoniga oʻtrdim va jimgina nonushta qildim.
— bugun opangni tugʻilgan kuni maktabdan keyin uning uyiga borib bazmga tayyorgarlikka yordam berasan qizim kechga biz boramiz—oyim shunday dedi. Unutibman bugun Naimaning tugʻilgan kuni edi. Bir uyda yashaganimizda birga nishonlardik. Juda ajoyib oilam bor edi. Hozirchi hammasi rasvo boʻlgan dadamning ikkinchi ayoli va undan 2 oylik oʻgʻil farzandi bor. Ha hayot syurprizlarga boy. — xoʻp — shunday deb maktabga jimgina keta qoldim. Ukam Shoxnur boshqa maktabda oʻqirdi men esa boshqasida. Maktabga bordim har doimgidek Munisa meni kutib oldi. U mening eng yaqin dugonam. Men juda sovuq va hissizman oldinlari juda quvnoq edim ammo sevgan insonim va dugonam menga xiyonat qildi shundan keyin oʻzgardim qoldim. Ha yoshsan deyishingiz mumkin ammo men ham insonman menda ham his tuygʻu bor. Meni faqat Munisa tushuna oladi hatto eng qiyin paytim yonimda boʻlgan.
— Fari — ushunday deb yonimga yugurdi. Undan boshqa hech kim meni bunday atamaydi. Men ularga ruxsat bermayman. Men Munisani juda rashk qilaman chunki oʻzimni narsamni birovga berish bu mening odatimga zid.
— Salom Munis qalesan.
— Salom qadrli dugonajonim yaxshimisan
— ha juda ajoyib bugun opamni tugʻulgan kuni uyiga borishim kerak
— oo demak bugun Naima opajoningni tugʻilgan kunimi
— ha
— nechiga kiradi?
— 22 ga
— farzandi necha yosh?
— 1 yosh Farzona juda chiroyli qizaloq va juda aqlli xuddi oʻzim
— ha yur darsga 5 daqiqa qoldi sen qiz doim kech olib kelasan
— ha bu mening odatiy xolim— mana yana bir zerikarli kun boshlandi. Bugun opamni tugʻilgan kuniligi uchun kursimni bugun bekor qilib ertaga borishimni aytishim kerak. Oʻqituvchim biram sovuqqon mendan battar oʻzidan kimnidir yasab olgan. Fuuu nafratlanaman. Endi unga telefon qilishim kerak.
— alo assalomu alaykum ustoz
— tinchlikmi Farida nima meni tongdan tush koʻrdingmi— hh nima ahmoqmi bu toʻnka seni tush koʻrib oʻlibmanmi
— ustoz men bugun darsga bora olmayman iloji boʻlsa menga ertaga oʻtib bera olasizmi bugun opamni tugʻulgan kuni edi.
— Farida xonim yana nimani xohlaydi bu koʻngilchangiz yoʻq
— iltimos ustoz yoʻq demang opamni 1 yoshli bolasi bor yolgʻiz qiynaladi
— hmm mayli xayr— toʻnka raxmat aytmoqchi edim oʻchirib qoʻydi. Hh mayli shunisiga shukur ruxsat berdi. Yovuz Elmir Ahmedovich familiyasi nima edi juda gʻalati edi. Ha mayli xullas endi opajonimnikiga borishim kerak.
Munisa bilan xayrlashib opamnikiga qarab ketdim uni uyini bilardim. Ota onam ham kechga yaqin borishadi. Naima oʻziyam juda boy oilani topganda. Uyidagilarni tugʻilgan kuni bazm qilib nishonlanadiya. Oldin bazmlarida qatnashardim. Ammo koreys tiliga borishni boshlashim bilan yovuz Elmir ruxsat bermasdi. Jin urdimi bugun ruxsat berdi balkim shu paytgacha soʻramagandim shungami. Xullas mana yetib keldim. Zamonaviy dizayinli uy. Old tomoni juda goʻzal garaji bor. Garajda naqd 3 ta mashina bor. Biri pochchamniki biri opamni qaynotasiniki biri esa ayollarniki. Albatta haydovchisi bilan. Pochcham oilada yagona farzand. Oʻz bizneslari bor. Dadam esa uning hamkori. Xullas hovlini orqa tarafida hovuz va bogʻ bor. Bogʻda esa argʻimchoq men sevaman. Doim bu yerga kelsam tunda uygʻonib ketsam oʻsha yerda oʻtiraman. Uyer juda goʻzal.
Ichkariga kirdim xizmatkor kutib oldi. Iflos Naima hatto ish ham qilmaydi.
— salom qizim xush kelibsiz— opamni qaynonasi meni kutib oldi
— salom xolajon xush vaqt boʻling opam qayerda
— xonasida qizim chiqishingiz mumkin
Opamni yoniga chiqdim u Farzonani uxlatayotgan edi.
— xush kelibsan oʻtir
— yaxshimisz tugʻulgan kuningiz muborak opajon
— raxmat singiljonim
Opam bolasini uxlatgach bazmga tayyorgarlik koʻrdik. Bazm uchun opamni chiroyli koʻylaklaridan kiydim va u meni make up qildi oʻzi oddiygina pomada va tush ham meni juda goʻzal qiladi.
— bilasanmi bugun bazmga Qaynotamni ukasini oʻgʻli ham keladi. U ham senga oʻxshab koreys tilini biladi. Ammo u oʻqituvchi. Koreyadan yaqinda qaytdi shuning uchun shu paytgacha bazmlarda yoʻq edi. U pochchangdan 2 yosh kichik mendan katta 23 yoshda. Eshitishimcha juda kelishgan ekan.
— ha xop menga nima opa sen ishingni qil
— yaramas sendan 6 yosh kattaman sizla
— ey opa gʻalchamisan tezlash— ha men opamni senlayman sizlash bu shunchaki boshqalar oldidagi niqob xolos.