Ikki yuzlamachi hayotim
Sevish — bu gunoh ish emas. Ammo baʼzi bir ongi past insonlar sevgini tana bilan bogʻliq deb bilishadi ammo niyati jiddiy inson hech qachon sevgilisiga qoʻl tekkizmaydi. Bizning qahramonlarimiz buni eplashadi. Men sizlarga bir hikoya soʻzlab beraman siz bunga ishonasizmi yoki yoʻq bu sizning muammoyingiz ammo men koʻrgan va eshitganlarimni gapiraman. Hozirgi paytda ishqu muhabbat bu tana bilan bogʻliq deb oʻylab behayo narsalar qiladiganlar koʻp. Yoq sevgi bu majoziy tushuncha asl tushuncha bu ishqu muhabbatdir va har bir muhabbat borib asl zotga yaʼni olloh taologa borib taqaladi. Men bilgan bir juftlik bor ular barini eplashdi va odamlar gapiga quloq solmay baxtli boʻlishdi.
Shu paytgacha hech bir inson meni bunchalar tushunib ardoqlamagan edi. Men sizlarga hikoyamni soʻzlab bersam. Barchasi 2 yil avval boshlangan edi.
/Xoʻsh oʻquvchilar men oʻqituvchilardan juda koʻplab shikoyatlar eshityapman. Bugun barchaning oʻrni oʻzgaradi qiz bolalar oʻgʻil bolalar bilan birga oʻtiradi — yarim soatdan buyon sinf rahbarimiz shunday deyapti. Men kim bilan oʻtiraman ahir men sinfimiz muslimalardan boʻlsam oʻgʻil bola bilan oʻtirish men uchun juda noqulay ahir ular nomahram.
Oʻqituvchi/ Munisa sen Shoxjahon bilan birga oʻtirasan — nima shu yetmay turgandi shuncha bola qolib shu maniak bilan oʻtiramanmi bezori u meni nomiga dogʻ tushursachi? Ha mayli taqdir nachora yaqinda maktabni bitiraman baribir.
Munisa oʻrnidan turib Shoxjahon bilan oʻtirdi. Qahramonlarimiz hozir 11-sinfda oʻqishadi. Ular yaqinda maktabni bitirishadi ularning koʻplab maqsadlari bor.
Munisa oʻrniga joylashgach iloji boricha jim oʻtirishga harakat qildi. Chunki u sinfdagi yagona hijobli qiz edi. U sinfning koʻzga koʻrinarli odobli va aqlli qizlaridan biri hisoblanardi. Oʻsha kuni ular deyarli soʻzlashishmadi.
Munisa/ sen kimni yoqtirasan Shoxjahon?— ular oldindagi partada oʻturadiganlar bilan oʻyin oʻynashayotgadi yutqazgan odamga savol berishar edi.
Shox/ Men birini sevaman ammo kimligini aytmayman. Buni soʻrab ovora boʻlmanglar
Sanjar/ mayli Munis aytmasa aytmas men bizdan kichik sinfda oʻqiydigan birini sevaman xoʻsh senchi?
Munisa/ men kimni ham sevardim ahir men Ollohdan oʻzgasiga oshiq boʻla olmayman.
Sanjar/ yaxshi qani yana oʻynaymiz
Munisa yigitlar bilan juda kelishib qoldi. Shu ikki hafta u uchun yaxshi oʻtdi. Shoxjahon ham unga oʻzgacha munosabatda boʻlar edi.