Xayotimni oʻzgartirgan inson❤️
Ishqu muhabbat — inson umrini xechlikka aylantirib yuboradi va abadiy uyqudan uygʻonib koʻz pardalari olinadi. Shundagina u haqiqiy hayotni koʻra oladi. Ishqu muhabbat deb hatto oddiy parvona ham shamning yoʻlida oʻz jonidan kechadi.
Ali u juda kelishgan va mehribon edi. Ammo uning juda koʻplab yomon odatlari bor edi. U chekardi va sinf bezorilardan biri edi. Fotima qanday qizligi esa sizlarga maʼlum. Ali qosh koʻzlari sariq, boʻylari baland ammo novchadan kelgan sariq yigit edi.
Alining sochlari jingalak edi. Uni ilk koʻrganda insonda juda yaxshi taassurot uygʻota olar edi. Ammo uning yomon odatlarini hech nima bilan toʻgʻirlab boʻlmas edi. Ammo Fotima barini oʻzgartirdi. Fotima tufayli Ali chekishni va bezorilikni tashlayotgan edi. Ammo buni hali Fotima anglab yetmagan edi. Ali Fotimani Axmaddan rashk qila boshlagan edi. Chunki Alida bir feʼl bor edi. Unga tegishli boʻlgan inson faqat uniki boʻlishi kerak undan boshqasiga qaramasligi va hatto gapirmasligi kerak edi. U oʻzi bilmagan holatda Fotimani juda qizgʻonardi. U ichki kuchi bilan kurashib kelayotgandi yaʼni u Fotimani sevishini tan ola olmayotgandi va buni shunchaki doʻstlik hissi deb qabul qilayotgan edi.
Fotima u juda goʻzal qiz edi. Uning qomati ideal ammo u uzun koʻylaklarga yopinib olgan, sochlari uzun ammo roʻmol ostidan buni hech kim bilmas edi. Kipriklari uzun, koʻzlari och jigar lablari qizil yuzlari oppoq va tiniq edi. Bir gap bilan aytganda istarali va juda goʻzal qiz desa ham boʻladi.
Fotima oddiy oilaning toʻngʻich farzandi edi. Oilasi oddiy boʻlishiga qaramay juda tinch va baxtli oila edi. Mahallaning koʻzga koʻrinarli va namunali oilasidan edi. Ota onasiga unga juda yaxshi tarbiya berishgan edi. Ota onasi ham dinni ham dunyoviy ilmni bilishar edi.
Ali u boy oilaning erkatoy oʻgʻli edi. Ota onasining yolgʻiz farzandi edi. Ular Alini koʻz qorachiqlari dek asrashar unga gard tegmasligi uchun qoʻllaridan kelganini qilishar edi. Ali uyda nima desa hamma aytgani boʻlar soʻragani darrov muhayyo boʻlar edi. Shuning uchun ham u hohlagan ishini qilar va yomon yoʻllarga kirgan edi.
Oradan vaqtlar oʻtdi va ular bitiradigan kunlar ham yaqinlashib qoldi. Ali juda qiynalardi chunki maktab tugasa u boshqa Fotimani koʻra olmas edi. Shu paytga qadar hali sevgisini ham tan ola olmagan edi. U bitiruv kechasida aytishni reja qilib koʻngliga tugib qoʻydi.
Mana 25-may bitiruv kechasi yetib keldi ammo kechaga Fotima tashrif buyurmadi chunki uning otasi bunday bazmlarga qarshi edi.
Xonamda oʻtiribman. Koʻnglim negadir juda ogʻriyapti men madrasaga oʻqish uchun tayyorlanyap man. Qandaydir ichimda juda gʻalati ogʻriq bor nega tushuna olmadim. Endi Alini koʻra olmasligim menga juda alam qilayapti. U bilan ora sira yozishib turar edik. Ammo anchadan buyon u menga xatto sms ham yozmayapti. Unga birinchi yoza olmayapman gʻururim yoʻl qoʻymayapti. Ammo uning ahvoli qanday ekan. Bugun bazmga borishga otam ruxsat bermadi. Bu kecha uni soʻngi bor koʻrar edim.