𝐐𝐢𝐬𝐦𝐚𝐭 𝐲𝐨̃𝐥𝐥𝐚𝐫𝐢
Uning oldida zoʻrgʻa tomogʻimdan ovqat oʻtqazdim.
— Temur Elmirni ham yoshi yetib qoldi. Uylantirish kerak ammo bu ahmoq bola men yana qaytib Koreya ketaman deyapti. — pochchamga gapirdi Elmirning onasi.
— oyi men hali beri qaytmayman Koreyaga
— iye tinchlikmi nima kelin topdilarmi
— ahmoq bola uylanish yomonmi qara Temurni xotini bor bitta bolasi bor — bu gal gapirdi opamni qaynonasi
— kelinoyi uylanaman faqat vaqti bor oyimga sizga oʻxshab yaxshi aqlli odobli boʻlsin faqat tili zaxar qaysar boʻlmasin — oxirgi gaplarini menga zimdan qarab aytdi.
— demak kelin topsak boʻladi — xursand boʻldi oyisi
— ha aytganimdek oʻzizga va kelinoyimga oʻxshasin
— ex hozir unday qizlar qolibdimi — opamni qaynotasi gapirdi
— aka balki qolgandir asosiysi bizda bor — aka ukalar maza qilib kulib olishdi.
— mayli qiz topilmasa mana Farida bor — yeyotkan ovqatimda tiqildim. Hozir bular men bilan Elmirni unashtirib qoʻyishadi. — toʻgʻrimi qizim
— haligi meni turmushga chiqishga hohishim yoʻq men men haligi koryera qilishim kerak
— qizim hazillashdim yana koʻnglingizga olmang
— xoʻp ijozatingiz bilan men ketsam
— yur seni haydovchini oldigacha kuzatib qoʻyaman — opam men bilan chiqdi. Ketayotganimizda Elmirning onasi gapirib qoldi.
— qizim shoshmang Elmir akangiz bilan ketasiz u ham ketayabdi
— yoʻq xolajon raxmat men oʻzim keta olaman.
— yoʻq qizim bu nima deganingiz qani Elmir qizni yolgʻiz ketishiga qarab turasanmi
— mayli men ketdim Naima siz ovora boʻlmang men Faridani oʻzim eltib qoʻyaman
— mayli Elmir singlim sizga omonat xayr uyga borib qoʻngʻiroq qil — opam bilan xayrlashib uydan chiqdim. Elmir ham men bilan birga chiqdi.
— nega bunday qilyapsiz men shundoq oʻzim ham keta olaman
— nima seni tashlab qoʻysam biron muammo boʻladimi yo nima Farxod akalari gapiradimi
— qanaqa aka aqldan ozdingizmi — mashinani oldiga oʻtirish barobarida gapirdim — biz u bilan shunchaki doʻstlarmiz xolos
— ha bilaman juda yaqinsizlar balki doʻsting haqida opang bilmas
— yoʻq nima deb tushunsang tushun — unga gapirish befoyda ekanligini bilib jim keta qoldim toki u sukunatni buzmaguncha
— sen Koreyaga qanday qilib qiziqib qolding
— yo xudo ularni nimasi yaxshi qiz bolaga oʻxshaydiku
— hoy haqorat qilmang ularning musiqalarini maʼnosini bilasizmi oʻzi
— ha tan olaman musiqalari juda zoʻr demak kpop sabab
— ha shunday yana dramalar ham bor. Menga alam qiladigani dramadagi bola hayotda yoʻqligi
— balki bordir undan ham aʼlosi
— yoʻq bu aniq hatto fanficlardagi yigitdan ham yoʻq.
— fanfic sen fanfic oʻqiysanmi
— ha bpsh vaqtimda oʻqiyman fanficlarda sevgi juda ajoyib tasvirlanadi siz buni bilasizmi
— mafia Treller love shu janrda
— sovuq qoʻpol xayr — mashinadan tushib eshikni taraqlatib yopdim. Yovuz.
Bu qizni gapini qarang fanfic oʻqirmish yosh bola boʻlib fanfic oʻqiydi tavba. Demak hayollari yaxshigina buzuq. Ha mayli. Oyim ham juda qulay payt gapirdilar Farida borku deb. Oʻshanda uning yuzi shunday gʻalati boʻlib ketdiki. Xullas bugun shirkatga borishim kerak. Ertaga esa Farida xonimga dars oʻtaman. Jin ursin Farxodni yoʻqotishim kerak. Boʻlmasa rejalarim tamom boʻladi.