February 5, 2025

Qora marvarid

Qora marvarid
(2-bo‘lim)
Inson uchun eng azobli narsa bu — xotira.
U hayotingda boʻlmaydi, ammo xotiralari boʻladi.
Mavjudsan, lekin u mavjud emas.
Mendan eng goʻzal xotirang desalar, cheksiz seni koʻrsatardim.
Bizda bari umuman boshqacha edi...
Koʻzimizga koʻzimiz tushganida, hatto, dunyoni unutardik.
Sen deganding bir vaqtlar: tuygʻular ichida eng goʻzali muhabbat.
Shu goʻzal tuygʻu bizni nega bugun u qadar azoblamoqda.
Balki, tuygʻularimizdan notoʻgʻri foydalangandirmiz...
Qachondir umuman boshqa insonlar bilan umrimizni oʻtkazamiz. Sen ham, men ham. Lek, shuni bilamanki, sen qalbimda oʻchmas iz boʻlib qolgansan va oʻchirishni istamaydigan bir insonimsan.
Hech qachon birga boʻla olmasak-da, umid qilaman. Hech yoʻq keyingi hayotda birga boʻlarmiz...
Seni cheksiz sevuvchi Marjona.

* * *
Shaharda bunday tashlandiq joy borligini hech kim bilmaydi. Bu yerda barcha huquqlaridan ajragan noyob turlar yashaydi. Umuman olganda, ular bu yerlardan nolishmaydi. Ularni berkinishni va odamlar koʻzidan yiroq boʻlishi uchun eng maqbul joy shu yerda. Ammo, bu hayotini va yerlarni yoqtirmaydigan bir qiz borki, oʻzining kim ekanini va nima uchun shunaqa joylardan yashashga majbur boʻlishini bilsa qutilishni, chiroyli hayotda yashashga loyiq ekanini biladi. Harholda u oʻzini loyiq deb biladi. Qutilish tashlagan qadamlarini faqat oʻzi qoʻllab quvvatlaydi. Xonasida oʻrnidan tura olmaydigan boʻlib qolgan otasidan ketar oldi xabar oldi. Oldiga choy, suv, yeb oʻtirishga mayda chuyda narsalar qoʻydi. Otasi hali uxlab yotardi. Dadasining yuzidan bilintirmay oʻpib qoʻydi. Uning hayotida faqat otasi bor va shunga ham shukr qiladi. Kim nima desa desin, kasal otasini jonidan ortiq koʻradi. Otasi uni shu sharoitda yashashga majbur qilganidan oʻksinsa, otasini ovutadi.
— Sizni yaxshi koʻraman, ota!, — dedi qiz ketar oldi, — Onamni albatta topamiz.
Onasi gʻoyib boʻlganiga yillar boʻldi, ular topishdan umidlarini uzishgani yoʻq. Onasi mirna ekanligi hisobga olinsa, uncha muncha taslim boʻlib halok boʻlishiga ishonishmaydi.
Koʻchaga chiqib, doim koʻziga gʻalati koʻringan gʻalati qoʻshnilar orasidan tez-tez yorib oʻtdi. Yoʻlda turgan ayollar aniq-tiniq yalmogʻizlarni eslatardi. Ular tashlandiq boʻlib ketgan koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida yashashardi. Koʻchaga chiqish uchun zinama-zina tushishi shart emasdi.
Tuzuk odamlar yashaydigan hududga chiqib olganida taksi toʻxtatdi va shaharni odam bilmaydigan qismiga haydatdi.
— U yerda yoʻl yoʻq. Qayerga ketyapsiz?
Qiziquvchan haydovchilar Marjonaning jigʻiga tegib ulgurishgan. Agar kech qolmayotgandi shahar ichkarisida qolib, u yogʻiga hech kimni shubhalantirmay piyoda ketardi.
— Ekskursiyachiman, — deb qoʻydi yolgʻon gapirib.
Tashlab ketilgan joyidan ichkarilab yana ancha yurdi. Nihoyat labaratoriyaning boshlangʻich maktabi va bogʻchasi joylangan binoga yetib kelgach chuqur nafas oldi.
Zoiriylar qachondan beri alkimyogarlikka qoʻl urgani unga nomalum, onasi koʻp gapirgan tarix haqida eslasa deyarli 10 asr oldin bu kasbning oʻzi yoʻq edi. Zoiriylar bu haqida taxminan yetti yo olti asr avval oʻylab koʻrishgan, rasman esa besh asr avval paydo boʻlgan. Uning oʻzi esa Zoiriy emasdi, uning bu avlodga umuman dahli yoʻq odam edi. Mirna — koʻpchilik jodugar deb hisoblaydigan insonlar.
Ularni oʻzlari esa oʻzini jodugar deb hisoblamas, bu ularga tabiat tomonidan berilgan in’om deb hisoblashardi. Aslida esa bu yetti asr avval tavqi lan’att deb aytilgan. Haqiqiy yalmogʻizlarni koʻrishni istashsa, yashaydigan hududlariga borishsa boʻladi.
Tarix uni qiziqtirmaydi, uni hozir qiziqtiradi. Nima va kim boʻlishidan qaʼtiy nazar u onasi oʻrgatganchalik oʻzini boricha qabul qilgan.
Zoiriylar mirnalar bilan munosabat oʻrnatishdan qatʼiy saqlanishladi. Shuning u kim ekanini doim sir tutishga majbur. Ayniqsa Yamindan. Unga kim ekanligimni bildira olmaydi natijasidan qoʻrqadi.
Enagalik qilish oʻzi uchun avvaliga kulgili tuyilgandi, hozir esa oʻzining ishini sevib qolgan.
Bolalarni kutib olish uchun ularga berilgan guruhning xonasining eshigini kalitda ochib ichkariga kirdi. Yana ham ichkari qismiga kirganida xonaning ichida sharpani koʻrib qoʻrqib ketdi, kim ekanini tushungach chuqur nafas oldi.
— Qoʻrqib ketdim!, — dedi yoqasini qoqib, — Nega arvohlarga oʻxshaysiz, Yamin. Ertalabdan meni tushingizda koʻrdingizmi, bu yerda nima qilyapsiz?
— Nega ikki kundan beri xabarlarimga javob bermaysan. Oddiy tortushuvimiz, arazlashga arziydi deb oʻylamagandim.
— Men arazlamadim...
Soʻng arazlash degan bahona toʻgʻri ekanligini tushunib qoldi, yigitga haqiqatni ayta olmaydi, — Toʻgʻrirogʻi, ha, arazladim.

— Haliyammi?, — yigit shunaqangi chiroyli jilmaydiki, boshqalar uchun bu kulish unday tuyilmas, sevgan koʻzga hamma narsa betakror deganlaridek bu qizga juda yoqardi, — Yo tarqadimi?
— Oʻzingizni koʻrib tarqadi, — dedi Marjona mayin tan olib, — Sal-pal bor lekin.
— Dam olish kunlari urishib qolishimiz odat tusiga aylandi, sezdingmi?
Tashqarida qadam tovushlari eshitilach, Marjona uni koʻksidan itarib haydashga tushdi.
— Bu yerga qanday kirdingiz? Tezroq chiqing. Boʻldi endi. Hozir bolajonlarim keladi.
— Bolajonlarim?, — yigit berilib kuldi, — 21 ta bolajonlaringmi?
— Yaqinda yigirma ikkita boʻladi, — qiz uni shoshiltirdi.
— Shoshma, senga bir narsa bermoqchi edim.
Yamin shunday deb, ichki choʻntagidan quticha chiqardi, qutini ochganida Marjona anchadan beri havas qilgan 52 gertsli kit tushirilgan zanjirni chiqardi.
— Bu juftini juda koʻp yillab izlagan yagona 52 gertsli kit-ku!, — dedi koʻzlari quvonchdan porlab, — Buncha chiroyli zanjir...
— Ha. Oʻsha kuni aytganingda senga olishni juda istab qoldim.
Yigit asta uning sochlarini orqaga oldi va zanjirni boʻyniga taqdi. Qiz ohista kit tushirilgan qismini siladi.
— Hech qachon yechma xoʻpmi?, — dedi Yamin uning yuzidan oʻpib qoʻyib, — Senga juda yarashdi.
Ikkisi bir biriga chiroyli tikilishdi, bu goʻzal qarashlarni guruhning eshigi taqillagani buzdi.
— Endi rostdan ketaman, — Yamin orqa tomonidagi chiqish eshigiga yurdi, — Bolalarni uxlatgach yonimga kel, gapim bor.
Shu bilan Marjona Zoiriylarning alkimyogar bolalarini kutib olish bilan kunining qolgan qismini oʻtkazdi. Yamin shu boshlangʻich maktab va bogʻchaning direktori edi. Zoiriylarda maktab va bogʻcha tushunchalari biroz boshqacha roʻl oʻynardi.
Tushlik vaqtni bolalarni ovqatlantirib uxlatgach yuqoridan berilgan qoʻshimcha vazifa sababli Yaminning oldiga chiqa olmadi, telefon orqali bora olmasligini tushuntirib qoʻya qoldi. Ishdan chiqqanida Yaman mashinasiga suyangancha binoning orqa tarafida uni kutib turardi. Qiz quvonib oʻzini uning bagʻriga otdi. Faqat shu taftgina unga barcha narsalarni unittira oladi. U oʻzini yagona va sevimli his qiladi.
— Xoʻsh, qayerga?, — soʻradi Yamin mashinaga oʻtirishar ekan, — Bugun shahar aylanmaymizmi?
Marjona juda istadi-yu, otasining yana betobligi qoʻzgʻagani uchun afsus bilan uyga ketishi kerakligini maʼlum qildi.
— Menga qachon oʻz uyingni koʻrsatasan, — Yamin u uchun yomon mavzuni ochdi, — Nega mendan uyalasan?
— Bunga hali tayyor emasman.
Marjona koʻzini olib qocharkan oʻyladi: hatto, uyini koʻrsata olmasa, bir kun kim ekanligini qanday aytadi?
Barcha va hatto Zoiriylar ham jodugar deb hisoblaydigan qavmdan ekanini tan olishga jurʼati yetadimi?
— Qoʻlingni ber, — dedi Yamin uning qoʻlidan tutib, — Men bu qoʻllarni hech qachon qoʻyib yubormayman. Nima boʻlishidan qaʼtiy nazar. Va mendan ba’zan sir saqlashlaringni bilish juda gʻashimga keladi.
— Deyarli yashiradigan narsam yoʻq, — dedi Marjona unga mehr bilan termulib, — Lekin, albatta qachondir aytadiganlarim bor.
— Seni qayerda tashlab qoʻyay? Yana doimgidek joydami?
— Ha. Oʻsha yerdan marshrutga oʻtiraman.
Yamin chuqur xoʻrsindi-yu, ichidan Marjonaning qaysarligiga norozi fikr oʻtdi.
— Ertaga dam olish kuni, — eslatdi Yamin, — Qayergadir bormaymizmi?
— Otam kasal, hech yoʻq dam olish kunlari unga qaramoqchi edim, — yigitni rad etayotgani uchun ichidan zil ketdi, — Siz ham har dam olish kuni uyda boʻlmayapsiz, allaloqibat otangiz shubhalanadi.
— Otam shubhalanishni boshlagan, — yigit jilmaydi, — Qachondir shubhalari oʻrinli ekanini aytaman.
"Va u inson hech qachon meni qabul qilmaydi", — ichidan oʻtgan haqiqat qalbini tirnadi qizning.
Zoiriy sevishga qodir emas deyishardi, mana Yamin sevdi! Unda hech qanday Zoiriyning qargʻishli sevgisi emas. Balki, Marjonaning sehri haqidagi afsonalar haqiqatdir. Bir Zoiriyni oʻziga qargʻishli vositasiz bogʻlash uchun mirna sehri sabab boʻlgandir.

— Dadang nega doim betob boʻladi. Bu juda koʻp takrorlanadi, qandaydir surunkali kasalmi?
— Onam tufayli. Onamga oʻrganib qolgan, usizlikka chiday olmaydi.
U onasi haqida, hatto Yaminga ham biror soʻz demagan. Gʻoyib boʻlgan, izsiz ketgan onasi haqida na tirik, na oʻlik deya olardi.
— Bir kun men ham sensizlikka shunday bardoshim yetmaydimi?, — Yamin oʻzicha hazillashgan boʻlsa ham, Marjona titrab tushdi. Chunki bu u uchun oddiy hazil emasdi.
Naqadar ayanchli sevgi. Zoiriy sevsa, sevgani azoblanadi, mirna esa sevdiradi va sevganni tark etsa, u tirik murdaga aylanadi. Zoiriylar va mirnalar nima uchun musbat va manfiy zaryadlarga oʻxshashi endi unga tushunarli boʻlib kelmoqda edi. Toʻgʻri, uning otasi Zoiriy emasdi. Aynan shu uni kuchsizlantirardi. Mirna sevgisi ham bir kun oddiy insonlarni xarob qilardi.
Marjona doim tushib qoladigan joyiga yetib kelgach, u boradigan joyga eltadigan yagona transport vositasiga shoshildi. Transport shu kun hisobidan oxirgi qatnovi edi.
— Marjon!, — mashinadan tushib, eshigini yopgan qizni oʻziga chorladi Yamin, — Sen mening dengizdagi marjonimsan.
Yamin doim unga bu dil izhorini aytar, odat tusiga aylangan soʻzlar doim qizga oʻzgacha xush yoqardi.
— Menga juda keraksan.
— Huddi havo kabimi?, — mashinaga egilib jilmaydi.
— Huddi havo kabi!, — dedi yigit ham.
Marjona havodan oʻpich yoʻllab, marshrut tomon yugurdi. Kichik va koʻrimsiz hayotida u naqadar baxtli...

* * *

Qiz uyi joylashgan hududga istamay qadam bosdi. U uchun juda fayzsiz koʻrinardi, yoki chindan umuman fayzsiz edi. Birorta qoʻshnilarining koʻziga tashlanib uni gapga tutishlaridan avval yugurib uyiga kirib ketmoqchi boʻldi.
— Marjona!
Uni shu atrofda yashaydigan bir qariya ayol eʼtiborini tortdi. Ovozini yaxshi tanigani uchun toʻxtatadi. Yuzlari ajin bosib ketgan, koʻrimsiz bu ayol hududdagi hech kimga ziyoni tegmagan yagona inson edi. Shuning uchunmi Marjona hech ismini aytmagan qariya buvi bilan gaplashishga qoʻrqmasdi.
— Eshitaman, buvijon.
— Buvi degan tilingdan aylanay. Kimgadir buvi boʻlish biram yoqimli, — dedi qariya ayol mayus koʻzlari chaqnab, — Dadangni ahvoli yana oʻgirlashdi. Seni koʻp marta chaqirganini oynadan eshitdim. Derazalarni yopmay ketibsan.
— Havo aylansin deb ochiq qoldirgandim. Dadamga nimadir boʻldimi?
Marjona xavotir bilan uyining derazasiga boqdi.
— Yoʻq. Kirib qarab qoʻydim, juda chanqagan ekan. Otangni bu holida uni oʻylaydigan qizi boʻlishi baxt. Afsuski ular ikkita emas.
Ismi yoʻq buvi doim Marjonani toʻxtatganida ular ikkita emasligini va asli ikkita boʻlishi kerakligini qistirib oʻtardi. Qiz bunga uncha ahamiyat bermas, singlisi yoki opasi borligi haqida oʻylab koʻrmasdi.
— Sizga katta rahmat. Bir narsa iltimos qilsam boʻladimi?
— Bemalol, qizim.
— Men uyda koʻp boʻlmayman, otamga faqat kechki payt gʻamxoʻrlik qilaman. Uyda yoʻq vaqtim undan xabar olib tura olasizmi? Iltimos, buvijon.
— Shu muommomi? Bajonidil qarab turaman.
Marjona qariya ayolni quchoqlab oʻpib qoʻymoqchi boʻldi-yu, bu unga yoqmaydi degan fikr sababli bu niyatidan qaytdi. Buvi uni to ichkariga kirguncha gʻalati kuzatib turdi.
— Eh, bu oʻtmishda nimalar boʻlmagan, — dedi kutilmaganda ovozini koʻtarib, Marjona toʻxtab unga qayrilar ekan davom etdi, — Tarix qanday kunlarni koʻrmadi. Yoʻq, bu yer yuzi koʻrmagan kunlar qolmadi. Lekin, Xudo mehribon u barchaga qayta imkoniyat beradi.
Marjona hech nimani anglamay unga kulibgina qarab uyiga kirib ketdi.

Marjona otasining oq oralagan sochlarini siladi. U bu odamni juda yaxshi koʻradi. Hayotida bor yoʻgʻi u qolgan xolos.
Otasi uxlab yotardi, bezovta qilmay qoʻya qoldi. Ertasi kuni yakshanba tongi ishga borish haqida oʻylamay chiroyli nonushta tayyorlashga kirishdi.
— Qizim nima qilyapsan, — dedi oshxonaga chiqib qolgan otasi, — Oʻzi bir kun dam olsang, shu kuni ham kuymalanyapsanmi?
— Siz uchunku! Sizga ham xayrli tong!
Otasining yuzidan oʻpib, ishida davom etdi.
Telefoniga xabar kelib chalgʻidi, Yamin unga koʻp bora qoʻngʻiroq qilganini va javob bermaganidan xabar yozganini maʼlum qilgandi. Yana qoʻngʻiroq boʻlgandi, oshxonadan chiqib ketgan otasini tekshirib oldi, otasi eski televizor qarshisidagi divanga joylashib, nima koʻrishni oʻylayotgandi.
— Bilaman, bu kun dam olmoqchi eding, — javob berishi bilan Yaminning u uchun yoqimli boʻlgan ovozini eshitdi, — Lekin, kechki vaqt koʻrishni taklif qilaman. Senga juda yoqadi.
— Yana nimani boshladingiz?, — qiz kulimsiradi, — Aynan nechchida?
Kelishib olishgandan soʻng otasini bir oʻzi shu kun qoldirishni istamayman degan vaʼdasi esiga tushib, gʻamga botdi. Huddi shuni sezgandek, ularning qoʻshnisi Marjonaga bu hududda yoqadigan kamdan kam odamlardan biri otasi uchun doʻstdek boʻlib qolgan Javlon amaki oynani taqillatdi. U ham koʻrinishdan oddiy odamga oʻxshamas, qarib mulkillagan boʻlsa-da, nimasidir odamni oʻzidan itarardi. Birinchi qavatda turishgani uchun, oynasidan bemalol ularni kimdir chorlashi mumkin edi.
— Marjona dadang uydami?
— Javlon amaki?!, — boshida choʻchib ketib, keyin yengil tortdi, — Uyda, dadam, uyda.
— Chiqsin, uyga dimiqmay. Toza havoda aylanamiz.
Otasiga yugirib kirib, doʻsti chaqirayotganini maʼlum qilmoqchi boʻldi, keyin miyasiga ajoyib gʻoya keldi.
— Javlon amaki! Choy tayyorlayapman kiring ichasiz.

qoʻshni kishini uyiga olib kirganida, otasining yuzi yorishdi. Biroz boʻlsa-da gaplashadigan odam topganidan xursand boʻldi. Ozginadan soʻng sal kechroq ketishga majbur boʻlishini va ikki doʻst zerikmaslik uchun hamma narsa tayyorlab ketishini aytdi.
— Nega ketasan?, — soʻradi otasi.
— Ishdan chaqirishdi.
— Dam olish kuni ham tinchlik yoʻq!
— Oʻzi qayerda ishlayapsan, Marjona?, — Javlon amaki qoʻshildi oʻrtaga.
— Bolalar bogʻchasi va maktabida.
— Bogʻcha bilan maktab qachon bitta boʻlib ketdi? Odamlar endi shunday oʻqitishadimi?
— Yoʻq, Zoiriylarga tegishli joyda. Asosan laboratoriyada ishlaydigan va oʻqiydiganlarning bolalari keladi.
Qoʻshni amakining yuzi shunaqangi burishib ketdiki, Marjona bir zum bergan choyi yoqmadi deb oʻyladi.
— Zoiriylar bilan aloqang bormi?
— Shaxsiy aloqam yoʻq, ammo ishi juda yaxshi. Ular odamlarga qaraganda juda zoʻr maosh toʻlaydi. Men odamlar uch oy ishlaydigan pulni yarim oyda olaman.
Shaxsiy aloqasi haqida hatto otasiga aytmagan, begona amakiga aytish shartmi?
— Baribir! Qara, qizing Zoiriylarga ishlayapti? Senga shu yoqyaptimi? Biz ularni deb shu ahvoldamiz!
Marjona qimtinib labini tishladi. Kim, kim otasi bu haqida hech nima deya olmaydi. Axir, bir vaqtlar katta Zoiriylardan birining eng yaqin doʻsti va maslahatchisi boʻlgan.
Ularni yolgʻiz qoldirib, tayyorlanishga kirib ketdi. Hali shaharga yetib olguncha ham vaqt ketadi. Yamin uni doim tashlab qoʻyadigan joyda kutib olishini aytgandi.
Qulay kiyimlarini kiyib, sochini tepadan yigʻdi, qolgan qismi sharshara boʻlib yoyilib turardi.
Ishdan tashqari koʻrishish naqadar mazza edi. U Yaminning oldida shunchalar erkin va baxtiyor boʻladiki...
To yetib kelguncha yigit unga nima syurpriz qilmoqchi ekanini oʻylab keldi. Marshrutdan tushib, koʻzi bilan uni qidirdi. Nihoyat uzoqroqda uni kutib turgan Yaminni koʻrib, u tomon yeldek yugurdi va bagʻriga oʻzini otdi.
Yigit uni yiqilib tushmasin deb tezda kuchli quchoqlab, yana ham bagʻriga bosdi.
— Oh! Seni sogʻinib ketdim, naqadar!, — dedi Yamin uni koʻtarib aylantirar ekan, — Shu dam olish kunlarini biram yomon koʻraman.
Marjona qiqirlab kuldi. Bu kunlarni u ham yomon koʻrib qolgan. Yaxshi ham shanba ishlaydi, bir kun yakshanba uyda azobdek oʻtadi. Faqat otasiga boʻlak chidaydi.
— Nega kulasan?
— Nega shoshilinch chaqirdingiz?
— Savolga savol bilan javob!, — Yamin xoʻrsindi, — Doimgidek.
Qizni bagʻridan boʻshatib, unga BMW kalitini koʻrsatdi, bir bosganida undan narida turgan mashinaning farasi oʻchib yondi.
— Yangi mashina oldingizmi?
— Yoʻq. Oʻzi bor edi.
Choʻntagidan ikkinchi kalitni chiqarib, doim oʻzi minadigan mashinani ham koʻrsatdi.
— Xoʻsh, Mersedes Benz va BMW. Nega ikkisi bu yerda?
— Bittasi senga, — Marjonaning koʻzida hayrat aks etdi, — Bilaman mendan katta sovgʻalar olmaysan. Bu poyga uchun, BMW ni senga vaqtinchaga beraman.
— Poygami? Poyga oʻynaymizmi? Ishongim kelmaydi!
— Ha, oʻtir! Hozir senga qoʻngʻiroq qilaman, aloqani umuman uzib qoʻyma.
Marjona ming hayajon bilan uning aytganini qildi, poyga oʻynash haqida taklif kiritganida jiddiy qabul qiladi deb oʻylamagandi.
— Meni eshityapsanmi?, — mashina kalonkasidan ovoz yangradi, — Hozir ortimdan borasan, katta va bo‘sh trasaga chiqamiz.
— Oʻgʻilchangizni pachoq qilishimdan qoʻrqyapsizmi? Bo‘sh yoʻlga boramiz deyapsiz?
— Men sendan xavotirdaman.
— Juda yoqimli...
— Unda ketdik..
— Toʻxtang!, — dedi Marjona, — Gʻolibga nima beriladi?
— Sen nima xohlaysan?
— Oʻylab koʻrmadim, — dedi hayolchang, — men keyinroq aytaman.
— Agar yutsang, istagan narsangni soʻraysan. Agar men yutsam, seni oʻpaman.
— Ohho, — qiz kuldi, — durang boʻlsachi?
— Unda ikkimizning ham istaklarimiz bajariladi.
— Oq yoʻl!

* * *

Poyga keng, boʻm bosh yoʻlda boshlanib, bir biriga ulanib ketdi. Yamin qanchalar yutishni istasa ham, bir nima boʻlmasin deya qizni ayab, gazni ora-orada bosardi. Katta yoʻlda bir birini dogʻda qoldirib ketayotgan ikki qop qora mashina aks etdi.
— Unutibman! Poyga qayergacha davom etadi?, — soʻradi Marjona.
— Soy boʻyigacha!
Qizning mashinasi oʻng koʻchaga burilganida, Yamin norozilik bildirdi.
— Bu yerda mashinalar bor!
— Qoʻrqyapsizmi?
Yamin ichida kuldi istehzo bilan.
— Oʻzingga oʻzing qilding!
Ochiq oynadan kirayotgan shiddatli shamol, qizning sochlarini toʻzgʻitib yubordi, yaxshi hamki sochlarini yigʻib olgandi.
Yana uzoq aylanuvlardan soʻng, Yamin aytgan joyga ozgina qolganida gazni oxirgacha bosdi. Afsuski, Yamin unga yetib olgandi, mashina tengma teng toʻxtadi.
— Doʻstlik gʻalaba qozondi!, — dedi qiz mashinadan tushib qoʻllarini keng ocharkan, — Lekin, ertaga sizga bir nechta jarimalar keladi.
— Kelaversin, — dedi Yamin uni quchogʻiga tortib, labidan yengil oʻparkan, — Senga yoqdimi?
— Judayam! Juda-juda! Mazza qildim!
— Xoʻsh, oʻzing nima soʻraysan?
— Menmi?, — Marjona oʻylandi, — Qachondir oʻylab olsam aytaman.
— Unda hech boʻlmasa men hozir istaganimni olaman, — Yamin shunday deya undan uzoq boʻsa oldi.
Bu onlar tugamasaydi, qani...

* * *

Marjona uyiga qaytsa, qoʻshni amakisi oʻz uyiga ketgan, otasi esa kirishdagi divanda uxlab qolgan ekan. Bugungi kuniga biroz suhbatlashadigan odam topgani uchunmi ranglari ochilib qolibdi. Quvonganidan otasining ustini choyshab bilan yopib bezovta qilmadi. Oʻzi boshqa xonaga oʻtib, telefondagi saqlangan rasmlarni tomosha qildi. Zavqli onlaridan yana biri oʻz nihoyasiga yetgandi. Ertasiga boshqa yangi kun boshlanadi va ular yana huddi begonalardek yurishadi ishda. Ortiqcha eʼtibor tortmasliklari kerak. Hech yoʻq, tush vaqti bolalarni uxlatib bir soatlarga ularni yolgʻiz qoʻyib, Yaminning oldiga bora oladi. Oʻsha tush vaqtidagi xavotirli bir soat uning hayoti mazmuniga ega boʻlib qolgandi. U vaqtda qandaydir oʻzgacha eyforiyani his qiladi.
Zoiriylarning oʻz oʻqitish tizimi mavjud va u juda boshqacha, odatiy tizimdan farq qilardi. Boshlangʻich maktab bilan bogʻcha qismi bir binoda joylashgan, bolalar uch yoshdan boshlab sakkiz yilini ya'ni to 11 yoshgacha boʻlgan umrini kichik qismida oʻtkazar, soʻng oʻzlarining oʻrta taʼlimlariga oʻtishardi. Shundan soʻng istasa Zoiriylarning akademiyasiga topshirishar, tashqarida maktab deb ataladigan dargohlarining kirish imtihonidan oʻtish juda qiyin edi. Shuning uchun ularda akademiyani tamomlasa, bu Zoiriylarga ulugʻ mansab ato etardi.
Marjona ularga taaluqli biror joyida oʻqimagan, ular haqida onasi va otasidan eshitib katta boʻlgan. Faqatgina bolalar bogʻchasi qismida mitti Zoiriylarga qarash uchun Zoiriy boʻlmaganlarni ishga olishlari mumkin va bu ishga olish ham murakkab jarayonlardan biri edi. Marjona onasining gʻoyib boʻlishining tag zamiri shu Zoiriylarga tarqalishini bilganida onasini topish uchun shu Zoiriylarning ichiga kirishi haqida koʻp oʻyladi. Ha, u boshida Yamindan foydalandi, hozir esa bu foydalanish deb hisoblamaydi. Axir, u chindan ham Yaminni sevib qolgan, lekin bir narsa bor. Yamin aslida uning ilk rejasi boshqa boʻlgani va u mirna ekanligini bilsa nima boʻladi? Hozircha koʻp narsani oʻylamay tura qolsin. Shu alfozda hayol surib uxlab qoldi qiz.

* * *
Marjona

Olimlarning takidlashicha, tush bu — bizning hayolat mahsulimiz ekan. Ammo, tush asli nima edi. U goʻyoki bir narsadan xabar berishga tirishayotgan voqeaga oʻxshaydi. Huddi hozirgidek. Uxlab yotganimda yuz foiz ishonchim komil edi-yu, baribir hammasi haqiqatga oʻxshardi. Men hecham boshimga roʻmol oʻramaganman, hatto oddiy qilib boʻlsa ham. Hozir esa roʻmolda edim va yuzlarim ham yopib qoʻyilgan. Oyogʻimdagi halhal shaqillab soy boʻylab ketardim. Shundoqqina soʻl yonimda yam yashil katta oʻrmon boʻlar, shu oʻrmonga nima boʻlsa ham kirmaslik tayinlanar ekan.
— nega, axir?, — deb soʻrabman kimdandir.
— Oʻrmon ruhi bor. Keyin seni tinch qoʻymaydi.
— Oʻrmon ruhi meni sevib qolmas, — kuldim shodon, biroz oʻtib shu on oʻrmon ichida bir yigit siymosini koʻrindi.
Choʻchib uygʻonib ketdim. Safsata. Olimlar haq. Tush bu shunchaki tush. Miyam chalkashib kerakmas senarriyni uzatyapti menga. Oʻylab topilgan senarriy. Oʻzimga kelolmay yotaverdim. Koʻzim ora orada pirpirab turardi. Xona eshigi taqillamasa yotaverardim.
— Alahsiradingmi, qizim?, — eshikni qiya ochgan otam ohista soʻradi, — Yomon tushmi?
— Unchalik emas, — dedim oʻrnimdan turib, — Hozir choy tayyorlayman, dada.
— Bugun ovora boʻlma qizim, oʻzim tayyorladim.
Otamning bugungi tetikligi meni hayratlantirdi. Onamdan soʻng otam biroz gʻalati boʻlib qolgan, juda odamovi kishiga aylangandi. Uning izsiz gʻoyib boʻlganini hech kimga tushuntira olmasdik, hududimizdagi yalmogʻiz xolalar esa onamni qochib ketgan deb hisoblardi.
Nonushtaga chiqqanimda otamga maqtov yogʻdirdim.
— Koʻrdingizmi, kim bilandir doʻstlashish ham juda foydali! Javlon amaki sizga yaxshi taʼsir qilibdi! Bugun ham u bilan sayrga chiqinglar, xoʻpmi?
— Mendan haddan oshiq tashvishlanishing shart emas, — dedi otam boshimdan silab qoʻyarkan, — Oʻzingga hamma masʼuliyatni yuklama.

— Lekin, baribir koʻnglimning chigalini yozib yuraman deng!
Otam berilib kulganida uyni ovozga tutsa, bildimki, bu faqat hazildek jaranglabdi. Meni otam haliyam kichkina deb hisoblaydimi, hech jiddiy olmaydi.
— Baʼzan eski doʻstlarimni sogʻinaman, — dedi otam kutilmaganda, — Juda ham.
— Nega shunchaki ularning oldiga bormaysiz?
— Hamma narsa eshitilgandek oson emas, qizim.
Otamning eski hayoti va uning eski doʻstlari haqida unchalik tushunmasdimki, aralashmaganim maʼqul deb oʻyladim. Doʻstlari orasida oʻsha Zoiriylar borligini bilsam ham, gʻururini bir chetga surib ularning yoniga bormasligini va ayolini izlashda yordam soʻramasligini toʻgʻri tushunardim.
— Aytgancha, menda bitta gʻalati savolim bor.
Nuqul meni gapga tutsa, huddi ikkita odamni nazarda tutadigandek gapiradigan ismi nomaʼlum buvining gaplari yodimga tushdi.
— Mening egizim bormi?
Qandaydir javob kutib, otamga bor kuchim bilan tikilib turdim. Otamning yuzi umuman oʻzgarmagan boʻlsa-da, koʻzini olib qochishga rossa harakat qildi. Ogʻziga solgan ovqati yarim chala qolib, kuldi:
— Kim aytdi senga buni?
— Shunchaki oʻylab qoldim, — buni yashirib yelka qisdim, — Men oyimga juda oʻxshaymanmi yo yana menga oʻxshash umuman boshqa qiz bormikan deb?
— Yoʻq. Sen yagona qizimsan.

Mayli. Demak, bu gaplarga hozircha ishonib turamiz.

Ishga yelib yugurib, vaqtida yetib borishga qilgan harakatlarim zoye ketmadi. Menga kichkina Zoiriylarga qarash yoqardi, ular kattalarning aybi evaziga tavon toʻlash uchun ulgʻayotgan yana bir kichik avlod edi. Ular ham boshqa bolalar kabi begʻubor va oʻzga olam. Hali hech nimadan xabari yoʻq boshqa dunyo.
— Enaga Marjon opa, — dedi bolalardan bittasi etagimni tortib, — Uxlamasdan avval onamning rasmini quchogʻimga olsam boʻladimi?
— Onangni rasmi kattami?
Bolacha bosh chayqadi.
— Unda olaver, — yuzidan oʻpib qoʻyib boshqa bolalarga qoʻshilishga majbur qildim.
Bu tizimga boshqa maqsadga qoʻshilgan boʻlsam-da, oʻz ishimni juda yaxshi koʻrib qolgan ekanman. Ular bora-bora huddi Zoiriylardek sovuqqon etib tarbiyalanishini bilsam ham bor kuchim bilan hozir mening tarbiyamda turgan jajji Zoiriylarni boshqacha tarbiyalamoqchi edim.
Bolalarni bir joyga joylab, ularni yordamchimga topshirdim-u, oʻzim nonushtaga beriladigan ovqatdan xabar olish uchun tashqariga chiqdim. Keng oshxonaga olib boradigan uzun yoʻlakdan ketardim, boshqa tomoniga burilsa, maktab qismiga olib chiqadi. Ularning gʻalati tizimiga ancha oʻrganib qolganman. Toʻsatdan kimdir qoʻlimdan ushlab burchakka tortganida choʻchib ketib, ogʻzimni sovuq qoʻllar yopganida bu Yamin ekanini fahmlab tinchlandim.
— Betakalluf!, — dedi yelkasidan turtib, — Qoʻrqib ketdim.
— Sen ham nimadandir qoʻrqasanmi?, — u yuzimga tushib turgan sochlarimni oʻynadi, — Bugun seni boshqacha uchrashuvga taklif qilmoqchiman.
Qanday qilib uni sevmaslik mumkin?
— Qanday?
— Tush vaqti bolalarni uxlatib boʻlgach, kabinetimga kel.
— Amringizga muntazirman, xojam, — kuldim qiqirlab, — Yaxshi, men ketishim kerak!
Qoʻlimdan tortib yuzimdan oʻpdi, soʻng kunni yaxshi oʻtkazishimni tiladi. Yuragim joyidan pittirlab urdi. Tugamasin. Iltimos, hech nima tugamasin.
Oshxonaga borib, mening guruhimdagi bolalarga beriladigan ovqatdan xabar olib qaytdim. Binoning bu qismiga bogʻning oʻrtasidan qaytayotsam, kimdir meni panjara ortidan chaqirdi. Uzoq yillik tanishimni koʻrib ham quvonib ketdim, ham qoʻrqib. Uni bu yerda koʻrib qolmasliklari kerak!
— Orif! Bu yerga qanday kelding?
— Yaxshi ham oʻzingni koʻrib qoldim, — doʻstim meni imlab chaqirdi, — Seni qanday topaman deb turgandim.
Panjara oldiga borib, unga qoʻlimni uzatdim. U esa siqib qoʻydi. Bu doimgi salomlashuv usulimiz edi.
— Seni izlab uyingga borgandim. Yoʻq ekansan. Aytgancha, otang ancha oʻzini oldirib qoʻyibdi, — dedi u shoshilib gapirib, — Seni qayerda ishlayotganingni aytganida esxonam chiqib ketdi. Esing joyidami? Zoiriylar bilan nega oʻralashan, axir bu biz uchun xavf...

Ogʻzini shartta yopdim. Hozir jim boʻlmasa ikkimizni ham sotib qoʻyadi. U shunaqa edi. Juda hovliqqon va shoshqaloq.
— Jim! Ishdan chiqishimda senga hammasini tushuntirib beraman. Hozir esa ket yo qayerdadir shubha tugʻdirmay kutib oʻtir! Iltimos!
U aytganimni qilib, mendan uzoqlashdi. Endi Orifdan koʻnglim toʻq. Men xursandman, chunki u juda yaxshi doʻstim edi. Men uchun qaygʻurib qoʻrqmay shu yerga kelganidan bilsa boʻladi. Binoning ichiga shoshilib kirdim, uzoq qolib ketganimni oʻylab tez-tez yurdim. Yordamchim bolalarga ovqatni olib kelishi kerak, bolalarni esa yolgʻiz qoldirma olmaydi, men boʻlsam tashqarida daydib yuribman! Kimdir orqamdan kelayotganini sezdim, u sassiz edi. Kim boʻlishi mumkin? Oʻzimni sezmagandek yoʻlimda davom etishga harakat qildim.
— Kim edi u?!
Yaminning ovozi eshitib choʻchib tushdim. U bizni koʻrgan! Unga qayrilib, biror nima oʻylab topguncha dovdirab qoldim. Yaminning koʻzlarida menga tushunarsiz qandaydir gʻazabmi yo hayratmi bor edi.
— A-a-a... Kim?
— Oʻzingni jinnilikka solma. Panjara ortidagi yigit. Juda quyuq gaplashdinglar.
Oh, Orif-a! Hech kimda shubha uygʻotmasligim kerak edi. Ayniqsa Yaminda. Kamiga men Zoiriy emasman, Yamin tufayli tag tugimni surishtirishmagandi. Yaxshi ham bizni faqat Yamin koʻribdi.
— U mening doʻstim. Bolalikdan oʻsganmiz, koʻrishmaganmizga ancha boʻldi.
Yamin qoshini koʻtardi. Ishonmadi menimcham. Lekin, bu haqiqat edi.
— Yigit doʻsting borligini hech aytmaganding, — dedi ovozida istehzo bilan.
Buni katta ehtimol bilan shubhalanishga emas, rashkka yoʻygim keldi. Ilohim, shunday boʻlsin.
— Bu uncha ahamiyatli narsa emasdi. Shuning uchun eslamagan boʻlsam kerak, — davomiga nimadir qoʻshib oʻtishim shart, — U uzoqqa ketgandi. Yaqinda qaytibdi, meni izlab uyimga borgan, keyin otamdan shu yerda ishlayotganimni eshitibdi. Bu yerga begonalar va sizlarga tegishli boʻlmaganlar kelmaslik kerakligini bilmaydi. Shuning uchun uni joʻnatib yubordim.
— Qoyil, hatto u ham uyingni biladi. Men esa yoʻq.
Baʼzan Yaminga nisbatan adolatsizlik qilgandek boʻlaman. Ammo, nachora, boshqa ilojim yoʻq.
— Men bolalarning yoniga qaytishim kerak. Bilasiz, guruhim juda shoʻx!
Kulib, undan uzoqlashdim. Gapni aylantirganimni oʻzi ham sezdi-yov.
— Tush vaqtida koʻrishguncha, bolalarni uxlatib...
— Tush vaqti koʻrisha olmas ekanmiz, — maʼlum qildi birdan, — Otam chaqirdi. Uyga ketyapman, lekin ishdan chiqquningacha yetib kelaman.
Oh, ishdan keyin mening vaqtim boʻlmaydi. Orif meni kutib oʻtiribdi. Hozir uni bunga aytsam, battar jahli chiqmasmikan. Chiqadi. Bu aniq. Mayli, hozir indamay turaman.
— Unda sizga ham, menga ham omad.
U bugunga qandaydir uchrashuv uyushtirgandi, nazarimda qoldirildi. Yaminning binodan chiqib ketishini kuzatib turdim. U orqasiga umuman qaramay ketdi. Avval esa qarardi...

* * *
Shu kunim juda sekin oʻtdi. Ataylab qilgandek boʻlardi. Orif meni kutib oʻtirganini bila turib, vijdonim qiynalib ketdi. Uni uyimga joʻnatib yuborsam boʻlarkan dedim. Birin ketin har kun ketadigan bolalarni ota-onasi kelganida kuzatib qoʻydim. Shu yerda qoladigan bolalar bilan esa quchoqlab quchoqlab, xayrlashdim va mendan keyingi navbatchi sherigimga qoldirdim.
Yamin kelib qolmasidan yoki meni koʻrib qolmasidan avval bu yerdan chiqib ketishim kerak. Keyinroq telefonda tez ketishim kerak boʻlib qoldi deb bahona toʻqirdim.
Katta darvoza yoniga yetay deganimda yoʻlimdan chiqdi. Yetib kelibdi!
— Yamin, — dedim koʻzlarimni olib qochmaslikka harakat qilib, — Bugun menimcha siz bilan keta olmayman.
— Ya’ni?, — uning yuzi oʻzgarib ketdi.
Jahli chiqadi-da! Uyiga ketgan joyidan men uchun shu yerga qaytib kelsa-yu, men kelib boʻlganidan keyin shu gapni aytsam.
— Doʻstim meni ertalabdan beri kutadi. Bugun u bilan ketaman, u meni gaplari juda koʻp ekan. Gaplarimiz yigʻilib qolgan, — kulishga harakat qildim.

— U seni doʻsting ekaniga ishongim kelmayapti.
— Nega?
— Modomiki, shunday ekan, — yoʻlimdan qochdi, — Doʻsting bilan buguncha ketaver. Ertaga esa hammasini izohlab berasan.
Yana nimalarni izohlashim kerak.
Tobora boʻzarib borayotgan Yaminning yuzidan oʻpib qoʻydim va bu hududdan chiqib ketdim. Oʻzini bosishga harakat qilayotganga oʻxshab koʻrindi koʻzimga.
Endi unga nisbatan vijdonim qiynaldi. Eh, eh, eh...

* * *

— Shunday qilib oying qachon yoʻqoldi?
Biz Orif bilan har doim boradigan joyimizdagi ovqatlanish joyidan ikkita-ikkitadan shirin kulchalar va bitta ichida toʻyimli narsalarni bor boʻgʻirsoqcha olib, yoʻlda yurgancha yeb ketardik.
— Uch yil avval. U doʻkonga nonga deb chiqdi-yu, qaytib kelmadi.
— Kim bilandir qochib ketgandir, balki, — Orif oʻzicha taxmin aytdi.
— Oyim unday yengiltak ayol emasdi!, — dedim men, — Va biz oddiy odam emasligimizni hisobga olsak, onam shunchaki yoʻqolib qolmagan. U gʻoyib boʻlgan.
— Onang tirik deb oʻylaysanmi?
— Boshida onamga nimadir boʻlgan deb oʻyladik. Odatda mirnalar oʻlimini sezsa uyni tark etadi.
— Nega mirnalar chindan ham oʻzini huddi mushuklardek tutadi?
— Nima deganing u?
Oradan shirin kulchamdan tishladim.
— Mushuklar ham oʻlimi yaqin ekanini sezsa, egalarining koʻzini oldida oʻlishni istamay, uylarini tark etishadi.
— Biz mushuklar emasmiz!
— Bilaman.
— Mushuklarga ham aloqamiz yoʻq!
— Bilaman.
— Hech qanaqa mushuklarga oʻxshamaymiz.
— Bilaman. Nega bitta gapni boshqachasiga takrorlayapsan?
— Shunchaki, bizni hayvonlarga aloqamiz yoʻq demoqchiman.
— Shunchaki sizlar yalmogʻizlar, — dedi u kulib, — Hazillashdim. Burningni jiyirma, kichkina jodugar.
Yana biroz indamay ketdik. Sukutni Orif buzdi.
— Oyingni gʻoyib boʻlishiga Zoiriylarni nima aloqasi bor? Nega bunday deb oʻylab qolding?
— Onamning ilk muhabbati sababli, — xoʻrsindim, — Menga bu haqida faqat bir marta aytib berganman.
— Xoʻsh, xoʻsh?, — u qiziqsindi.
— Bu qanday sodir boʻlgan, qanday tanishishgan, qanday bir birini sevib qolgan bunisini bilmayman. Onam bir vaqtlar bir Zoiriy bilan oʻrtalarida amoris boʻlgan. Amoris nima ekanini bilasanmi?
— Qisman bilaman.
— Oʻsha amoris sabab onam tobora anovi Zoiriyning domiga tushib boravergan. Yomoni boshqa ekan, agar onam oddiy odam boʻlganida uning bu amoris sababli halok boʻlishi Zoiriyga unchalik ziyon keltirmasdi. Zoiriy shunchaki ulkan dard ichida qolardi. Lekin, onam mirna! Mirnalar odatda oʻlsa, nega uylarini tark etadi va oldida hech kim, ayniqsa sevgan odamni boʻlmasligi kerak bilasanmi?
— Onam aytgandi, — u oh tortdi, — Jodusi oʻsha erkak oʻtadi va erkak mirna paydo boʻladi!
— Ha, mirnalar oʻlimi oldi oʻz jodusini yo oʻgʻliga yo oʻz sevganiga berib ketish xususiyatiga ega. Ayol mirnalardan qutila olmay yurishgan bir vaqtda, erkak mirnalarning paydo boʻlishi bu daxshatning oʻzi! Har bir mirnaga oʻz jodusini berish qatʼiy taqiqlangan. Shuning uchun ular oʻlimini doim sezib yashaydi va yaqin ekanini bilganida umuman ketadi. Ketgandan soʻng, tanasi qayerda ekanining xabari keladi. Muhimi soʻnggi nafasini uning yonida olmaslik kerak. Ammo Zoiriy bilan yashagan bir qachon unga nima boʻlishini bilmaydi, chunki sehri sustlashib qoladi. Zoiriyning yonida oʻlsa, jodusi Zoiriyga oʻtadi va u erkak mirnaga aylanadi. Bu har bir Zoiriy uchun ham, har bir mirna, har bir tur va har bir odamlar uchun xavfli edi! Oʻzi Zoiriylar oʻz qargʻishidan qutila olmay yuribdi. Qolaversa, Zoiriy ham qisman mirnaning taʼsirida yuradi. Agar mirnani boshqa birov oʻldirsa, uni sevgan qutirib ketadi va boshqarib boʻlmas maxluqqa aylanadi, oʻzi ajali yetib oʻlsa sehri oʻtib qoladi. Yagona yechim esa mirnani oʻz qoʻli bilan oʻldirish! Shuncha jodular ham, ularni har ikkisi ushlab turgan zanjirlar ham yechiladi.
— Shuncha narsani qayerdan bilasan-a?, — dedi Orif chuqur nafas olib, — Hatto, oyim ham menga shuncha narsa aytmagansan.

— Chunki sen oʻgʻil bolasan!, — yengil kuldim, — Mirnalarning avlod davomchisi qiz boʻladi.
— Zoiriylarning bolalariga enagalik qilib, onangni qanday topmoqchisan?, — u savolini oʻzgartirdi.
— Bilmadim. Zoiriylar orasiga qoʻshilib olishim kerak edi, qoʻshildim. Bu yogʻiga nima qilishni bilmayapman.
Qanchalar chorasizlik. Ammo, men ishonaman! Onam tirik va uni albatta topaman!

* * *

Orif boʻlgan suhbatimiz va uchrashuvimiz meni ancha yengillashtirdi. Oʻzligingni berkitmay gaplasha oladigan doʻsting boʻlishi ham baxt, aslida. Uyga kelganimda Yamindan qandaydir xabar kelmabdimi deb tekshirdim, hech nima yoʻq. Odatda u unday qilmasdi. Otam eski televizorda nimalardir koʻrish bilan band edi. Umuman olganda u televizor koʻrmasdi, shunchaki yoqiq turardi. Yolgʻizlikni shunday yengarmidi bilmayman.
Keyin esa uxlab qoldim. Uxlardim. Buni bilaman. Chunki, Yamin hech qachon munosabatlarimizda hali chegaradan oʻtmagan. Tushimda esa doimgidek oʻtadi. Biz taxta uyda edik, oynadan tushib turgan quyoshning zaif nurlari uning sochlarini yaltirab koʻrsatardi. U menga ayyorona jilmaydi.
— Yamin, — dedim unga yaqinlashish uchun.
— Biz yana uchrashdik, kichkina jodugar!, — u shunday deb menga tashlandi, zumda koʻz oldimda tushunarsiz katta hayvon paydo boʻldi.
U oʻzining tirnoqlarini chiqarib menga yoʻnaltirdi...
Yoʻq! Koʻzlarimni ochganimda allaqachon tong otgan, men esa oʻz oʻrnimda edim. Yana bitta yomon tush.
Endi kuni boʻyi shuni oʻylab yuraman. Ishga borishim bilan avval uning yoniga koʻrishni reja qilib qoʻydim. Uning xonasi maktab qismida edi, u otasining oʻrniga kichik direktor lavozimini bajarardi. Meni maktabning kichik direktori bilan "don olib" yurishimni kimdir bilsa bormi. Erta tongdan hech kim koʻrinmayotganidan foydalanib, xonasiga kirdim-u, eshikni ichkaridan yopdim. Atirining hidiga koʻra u xonada!
— Doʻsting bilan uchrashuv yaxshi oʻtdimi?, — meni darrov kesatiq bilan kutib oldi.
— Ha.
Asta u tomon qadam bosdim. U oʻzining kreslosida qoʻlida qalam oʻynatib oʻtirardi.
— Unda yaxshi.
— Jahlingiz chiqyaptimi?, — soʻradim ohista.
— Ha, — dedi u, — Bilinyaptimi?
— Ihm, — tomoq qirdim, — U faqatgina doʻstim.
— Bildim. Buni kecha aytding.
Uf tortib, uning orasiga oʻtdim, yelkasi osha ikki qoʻlimni oʻtkazib quchoqladim. Shunaqa qilishni juda yaxshi koʻrardim. Yamin oldingidek qoʻlimdan tutib, mayin siqmadi. U hech nima qilmadim. Buncha jahl qayerdan-a?!
— Rostdan doʻstim! Doʻs-tim!, — yuziga boqdim, — Menga qarang ichingizda yo ayting, yo men ketaman.
— Ichimda hech nima yoʻq. Shunchaki seni qizgʻonyapman.
Kuldim. Bunchalar yoqimli boʻlmasa.
— Bu yerga begonalar kelmaslik kerakligini tushuntirgandirsan?
— Yetarlicha tushuntirdim, — yuzidan oʻpib qoʻyib, Qarshiga qaytdim, — Agar unga kerak boʻlib qolsam faqat uyimga keladi.
U qoshini koʻtarib boyagidan battar sovuqlashdi. Ay, shu gapni bekor aytdim.
— Aytmoqchi edimki...
Yamin meni oʻziga tortib, meni tizzasiga oʻtqazdi. Gʻalati boʻlib ketdim. Tushimda edi, endi oʻngimda ham barcha chegaralarni buzyapmiz.
— Mayli, unut, — u shunday deb stol tagidagi javonlardan birini ochdi, qoʻliga kichik qutini oldi, ichidan yurakcha shaklida uzuk chiqdi, — Bu uzukni taqib yurishingni xohlardim.
Oʻzi ohista nomsiz barmogʻimga taqdi va qoʻlimdan oʻpib qoʻydi.
— Doim taqib yuraman, — jilmaydim, — Bu nima sababdan.
— shunchaki sovgʻa, — u negadir ayyorona jilmaydi, — Aytgancha, nega yurak bunaqa shaklda boʻladi, bilasanmi? Aslida odam yuragi bunaqa shaklda emas.
— Yoʻq, — yelka qisdim, — Nima uchun?
Biz chizadigan, yasaydigan yurakchalar bilan, ichimizdagi yurak bir xil emasligi boshqotirma edi, lekin hech chuqur oʻylanib koʻrmagan ekanman.
— Uzukdagi yurakka yaxshilab qara. Shakliga qara.
Qaradim. Oddiy yurak. Lekin, nimadirni tushungandek boʻldim. U meni yana ham bagʻriga bosib dedi:
— Bu ichimizdagi yuraklardan ikkitasining birlashmasi. Ya’ni ikki yurak.
Hayotimda huddi bir zoʻr narsani bilgandan soʻnggi quvonch egalladi meni. Keng jilmayib, uning yuziga tikildim va yana usuldagi yurakka qaradim.
— Rostdan ham! Shunaqa ekan!

Ikki yurak birlashmasi...

* * *

Orada bir oy shuvillab oʻtdi. Hammasi yaxshi edi. Juda yaxshi, oʻz maromida ketardi. Yamin bilan oʻtkazgan vaqtlarimiz koʻpaydi. Biz juda koʻp uchrashuvlarga chiqadigan boʻlgandik. Otamga ham vaqt ajratishga ulgurishni boshladim. Va shunday kunlarning birida otam meni tark etishi kerakligini maʼlum qildi. Dab durustdan.
— Qanchalik uzoqqa ketasiz?, — oxirgi suhbatimda yigʻlamasarib quchoqladim, — Qachon qaytasiz? Nega siz ketishingiz kerak.
— Menga yillar davomida bunday muhim ishlarni ishonishmay qoʻyishgandi. Hozir menga bogʻlashinishganida, men rozi boʻlmasam boshqa imkonim boʻlmasdi. Safardan qaytsam, yana Zoiriylar ichiga qoʻshila olaman. Onangni ham topishimiz oson boʻladi qizim, — otam ovutib sochlarimdan silardi.
— Bu qanaqa ish oʻzi? Nega nima ekanini ham aytmayapsiz?!
— Baʼzan shunday gaplar boʻladiki, ularni hech kimga aytib boʻlmaydi. Sen chiroyli boshingga bularni yuklab oʻtirma. Sendan doim Orif xabar olib turadi. Unga ishonsa boʻladi, toʻgʻrimi?
— Qaytasiz-a? Qaytasiz, toʻgʻrimi dada?
— Men bir umrga ketmayapman. Boraman-u, qaytaman. Uyni senga qoldirdim, qaytgunimcha aqlli qiz boʻl.
Otam ikki chamadon yuki bilan uydan ketdi. Qanday qilib meni bu tashlandiq koʻrimsiz hududda joylashgan uyiga ishonib ketdi bilmayman. U boradigan joyda na telefon, na boshqa narsalar ishlamasligini aytgandi. Orif meni ovutib qoldi. U ham onasi va otasi shunday koʻp bora qayerlargadir ketib qolishlari, oʻzi esa koʻp bora xolasining qoʻlida qolishga majbur boʻlganlarini aytib berdi. Men uning xolasini ham, oyini ham tanirdim. Ular oyimga dugonalar edi. Ammo, onamni faqat bir bora tilga olgan yana qandaydir Zemfira ismli dugonasi ham boʻlardi. Uni hech qachon koʻrmaganman, taʼrifini ham bilmayman. Faqat bilganim u mirna emasdi. Onamning birgina Zoiriy dugonasi haqida shunday ortiq hech qanday maʼlumotga ega emasdim.
Suyanadiganim meni kimligimni biladigan yagona doʻstim Orif va men sevgan, ammo meni asli kim ekanimni bilmaydigan Yamin qolgandi yonimda.
Men esa hech qachon yaxshi koʻrmagan uyimda bir oʻzim qolgandim.

* * *
Xonada stolga taqillatib urilgan ruchkaning tovushi eshitilganida Marjona choʻchib tushdi. U endi hayollarini yigʻib olishi kerak ekanligini fahmladi. Hislarga berilib, shu kungacha hayotida boʻlgan narsalarni eslab oʻtirishga vaqti yoʻq.
— Boshingizni koʻtaring va menga javob bering!, — dedi xonadagi soʻroq qiluvchi aʼzolardan biri, — Nima uchun bolalarni tark etdingiz?
— Ularni uxlatgandim. Hammasi uxlab boʻlibdi deb oʻylagandim.
Yana boshini quyi egdi. Shu kuni tush vaqti Yamin bilan uchrashmasa nima qilardi. Ammo, unga aytarli gapi bor edi, Yamin ham doimgidek bolalarni uxlatib boʻlgandan keyin kelishini tayinlagandi. Bolalar har doim uxlardi, shu kuni ham ularni yaxshilab nazorat qilib keyin, tashqariga chiqqandi. Avval bolalarni choʻmiltirdi, ularni ovqatlantirdi, keyin uxlatishga yotqizdi. Chamasi, u hech Zoiriylarning gʻalati tizimlariga tushuna olmaydi. Bir bolacha oʻzini uxlaganga solib, enagasi yoʻq ekanidan foydalanib, tashqariga chiqib ketmaganida va zinadan yiqilib tushmaganida shunday mojorolar yoʻq edi. Marjona Zoiriylarning qonunlari ayovsiz ekanini biladi. Huddi oʻzlari kabi tushunarsiz va ahmoqona. Hozir esa bolaning ota-onasi enaganing ustidan chora koʻrishini talab aylab, shikoyat qilgani uchun soʻroqda oʻtiribdi.
— Sizni vazifangiz edi bu! Ish bilan tashqariga chiqqan boʻlishingiz ham mumkin edi, buni tushunardik. Lekin!, — dedi u butun boshli laboratoriyaga va Zoiriylar akademiyasiga egalik qiladigan janob Shahmaran, — Yordamchingiz sizni anchadan beri shu joydagi biror kim bilan ishqiy aloqangiz bor ekanini aytdi. Bizga uni kimligini aytding.
Aytsa nima boʻlardi? Avval, Marjona yaxshilab tekshiriladi, mirna ekanini darrov bilib olishlari mumkin, keyin Yaminga chora koʻrishadi. Hammasi koʻz ochib yumguncha rasvo boʻladi. U bunga yoʻl qoʻya olmasdi.
— Rost, — dedi koʻzlarini olib qochib, — Men bir yaqinim bilan koʻrishib qaytardim. Ammo, u bu yerda ishlamaydi, uni Zoiriylarga umuman dahli yoʻq. U bilan muhim gapim bor edi, shartta uchrashib qaytaman deb oʻylagandim. Men aybdorman, men juda ham pushaymon.
Agar ismini soʻrashsa, Orifning ismini aytishni reja qilib qoʻydi. Soʻroq qilayotgan shaxslardan yana biri, Yaminning otasi qogʻozlarni varaqlab, uni savolga tutdi, — Avlodingiz kim? Siz Zoiriy emas ekansiz. Bu ishga qanday joylashgansiz?
Marjona yana tezda yolgʻon toʻqishi kerak!
— Otam sababli. Mening otam Zoiriylarga xizmat qiladigan azaliy avloddan. Otam hozir xizmat korsat Men ularning qizi sifatida oʻzim ham oʻsha avlodga tegishli boʻlaman, shuning uchun shu koʻrsatma bilan kichik direktorga uchrashganman. Bir necha savol javobdan soʻng ishga qabul qilingandim.
Hayʼat aʼzolari qogʻozlarni yana bir bor koʻzdan kechirishdi. Ulardan biri, Yaminning otasiga yuzlandi:
— Chindan ham uni oʻgʻling ishga qabul qilgan ekan. Qogʻozda ham shunday yozilgan. Xizmat koʻrsatuvchi azaliy avlod vakilasi.
Yaminning otasi barcha qogʻozlarni bir joyga taxlab Marjonaga dedi:
— Siz oxirgi besh yilligimizdagi eng yaxshi enagalar qatoriga atigi toʻrt oyda chiqqan ekansiz. Guruhingizdagi bolalar ham sizni juda yaxshi koʻradi. Shuningdek, ishga qilgan masʼuliyatsizlingiz va yiqilib tushgan bolakayning ota-onasi qilgan shikoyat tufayli ishingiz qayta koʻrib chiqiladi. Siz hayfsan olib yo ishda qolishingiz, yo ishdan haydalashingiz mumkin. Ishda qolishni xohlarmidingiz?
— Albatta..., — dedi Marjona nafasini yutib.
— U holda javobimizni kuting. Ungacha ishga kelmang, uyingizga qayting.

Bogʻcha hududidan chiqqanida chuqur uf tortib, yengil nafas oldi. Ana endi Yaminni ham har kun koʻra olmaydi! Bir tomondan uni sotmadi. Toʻgʻri oʻzini boshqasi bilan uchrashib yurgandek koʻrsatdi, bu Yamin uchun edi. Oʻziga qoʻshib, uning ham hayotini barbod qila olmaydi. Marjonadan ishdan ketsa yoʻqotadigan narsasi yoʻq, u oddiy odamlar orasida ham ishlab keta oladi. Garchi, unga ishlash shart boʻlmasada. Ammo, Yamin Zoiriy boʻla turib, Zoiriylar tomonidan jazolanmasligi kerak. Shularni oʻylab uyiga qaytdi. Eshigi tagida uni doʻsti Orif kutib turardi.

— Oyim shu yerlarni haqiqiy yalmogʻizlar makoni desa ishonmasdim!, — dedi u hovliqib, oʻychan Marjonaga ahamiyat bermay, — Shu hududga kirish bilan koʻcha boshida turadigan anovi xolalar odamni yeb qoʻyay deydi-yey, koʻzi bilan!
Marjona kulimsiragancha uyining eshigini ochdi, oʻzidan avval ichkariga Orif shoshilib kirdi.
— Oʻzi senga nima boʻldi? Nega bunaqa hayotdan xafasan?
— Ustimdan kulma, Orif, — Marjona asabiy sumkasini yerga tashlab ichkariga kirdi, — Hayotdan xursand boʻlishim uchun u menga nima qilib berdi? Onam gʻoyib boʻlgan, otam ham indamay qayergadir ketib qoldi. Ishdan ayrildim, Yaminni endi har kun koʻra olmayman. Menda oʻzi hech qachon quvonishim uchun zarracha imkon beradigan hayot yoʻq edi. Kim ekanimni yaxshi fahmlamayman, hech qachon oddiy odamlardek yashamaganmiz. Onam bilan otam doim koʻp narsani aytmasdi, aytganlari oʻlda joʻlda. Bu hayotda anglamagalarim shunchalar koʻpki, odamlar orasiga oʻzga sayyoralikka oʻxshab koʻrinaman. Ota-onamning mehrini doim uygʻun emas, boʻlakcha his qilganman. Ular doim sarosimada yashardi. Nega bu qanday tashvishlanib yashashimizni tushuntirishmasdi. Hayotimda bitta mantiq paydo boʻlgandi. U ham boʻlsa Yamin! Hatto, unga ham hamma narsani ayta olmayman.
— Oh, mening bechoraginam, — Orif uni bagʻriga bosdi, — Men ham doim onamga nega oddiy odamlar emasmiz deb nolirdim. Men oddiy odamlarning hayotini tinimsiz kuzataman, ular shu qadar noshukurki, bizdek doimiy tahlikada yashovchilar ularning oʻsha muommoli bir kunida yashashni orzu qilishimizni bilishmaydi.
— Beshavqat dunyo...
Ikkisi teng xoʻrsindi. Baʼzan kimgadir hech nimani yashirmay suyana olish ham baxt. Ular his qilishni bilmagan baxt.

* * *

Yamin ikki kun oldingi koʻnglsiz voqea sababli Marjonani qilishadigan soʻroqqa yetib kelishga ulgurmaganini bilgach, asabiylashib kabinetiga qaytdi. Agar kerak boʻlsa Marjonaning nomini himoya qiladi. U Marjonani yoniga chaqirmaganida shu ishlar boʻlmasdi. Otasini topish uchun tashqariga chiqmoqchi edi, oʻrniga otasining oʻzi kirib qoldi xonaga.
— Qoʻl ostimdagi ishchim haqida sizdan soʻrash uchun yoningizga bormoqchi edim, — dedi otasiga.
— Men esa oʻzim keldim, — otasi xonaga razm solib chiqdi, bu yerga kelmay qoʻyganiga ancha boʻlibdi, — Men sendan oʻsha qiz haqida soʻramoqchi edim.
— Qaysi maʼnoda?
— Yordamchisi u doim kim bilandir koʻrishib kelishini va oʻsha uchrashib yuradigan odami shu yerda ishlashini aytdi. Bu uning oddiy taxmini ekan. Biz Marjonani u nima tush vaqti bolalarni tark etganini soʻroq qilganimizda huddi oʻsha narsani tan oldi...
Yamin taranglashdi, otasi bekorga uning yoniga oʻz oyogʻi bilan kelmabdi. Marjona uni aytganini ham toʻgʻri tushunadi, qizdan jahli chiqmasligi kerakligini ham anglaydi.
— Faqat uning aytishi boʻyicha, — otasi zimdan tikildi Yaminga, — Oʻsha yigitni bu joyga ham, Zoiriylarga ham umuman aloqasi yoʻq emish. U boshqa odam, doim panjara ortida turib koʻrishib olardik dedi.
Yamin bir muddat otasining ogʻzidan chiqqan maʼlumotni tahlil qila olmay qoldi va darrov fahmladiki, Marjona uni himoya qilgan! Oʻzini qurbon qilib...
— Ota, bu y...
— Yolgʻon bilaman, — dedi otasi oʻgʻlidagi jasoratga quvonib, — U hay’at aʼzolari orasida nomingni qora qilmadi. Ancha aqlli qiz ekan. Va uni qaysi koʻrsatgan karomating uchun ishga olganingni ham tushunib boʻldim. Bu yerda udek chiroyli qiz bilan don olishib yuradigan sendan boshqasi boʻla olmasdi. Boshqa ishchilar uning didiga ham toʻgʻri kelmaydi oʻylayman. Kimnidir sevib qolish bizda taqiqlanganini bilasanmi? Nega bu xatoni qilding?
— Ha. U bizda, ya’ni Zoiriylarda taqiqlangan. Lekin menga buning aloqasi yoʻq, — dedi Yamin past ohangda, — Axir, men Zoiriy emasman.
— Lekin, buni hech kim bilmaydi! Hech kim seni boqib olganimni bilmaydi, oʻgʻlim. Nega meni ham, oʻzingni ham, hatto oʻsha qizning hayotini ham xavfga qoʻyasan!

* * *

Doʻstimning yelkasiga suyanib oʻtirdim. Hozir va ayni damda undan oʻzga suyanadiganim yoʻq. Onam menga aytardi, "nega shunchaki oddiy odam boʻlib tugʻilmaganman" deb. U oʻshanda qanchalar dard va orzu bilan soʻzlashini endi tushundim. Shunchaki boshqacha odam boʻlish qiyin ekan.
— Ey, qiz, — dedi Orif ohista huddi uxlayotgan bolani uygʻotib yuborishdan choʻchigandek shivirlab, — uyingdagi hammomingni berib tur.
— Qanday? Uyingga olib ketasanmi?
Bilmay qanday qiladi, lekin oʻzim boʻlar boʻlmas gaplari meni kuldira oldi. Hozirgidek. Uning jinnicha gaplariga koʻngil ochilmasdan iloj yoʻq.
— Yoʻq. Men mushtlashganman. Hamma yerim qon, agar uyga shunday borsam onam aniq uydan haydaydi odam bolalaridek bezori boʻlganim uchun.
Ahamiyat bermaganimga hayratlanib unga boshdan oyoq qarab chiqdim. Chindan qoni yuqi kiyimlarining pastki qismida bor edi. Avvalroq sezmaganimga hayron boʻldim. Shu darajada oʻzim boʻlib ovora boʻlibmanki, nima uchun meni eshigim tagida kutib oʻtirganini soʻramabman.
— Nima qildi?
— Hech nima, — u qoʻl siltadi, — Odamlar aytadi-ku, yigitchilikda boʻlib turadi deb. Shunga oʻxshash narsa. Uyingda ortiqcha kiyim ham yoʻqmi? Masalan, dadangni kiyimlaridanmi?
— Qarab koʻrishim kerak, — oʻrnimdan irgʻib turdim, — Faqat tezroq boʻl.
Nega unga tezroq boʻlishni buyurdim, anglamasdim. Koʻnglimning bir cheti huddi buni Yamin bilib qoladigandek qimirlayverdi. Oʻz muommolarimni ber chetga surib, otamni qolib ketgan biror kiyimlarini izlashga shoʻngʻidim. Aksiga olib, qoʻlga ilinadigan biror kiyimlari yoʻq edi. Qaysidir biri Orifga juda katta, qaysidir eski va choʻzilib ketgan, qaysidir biri juda eski edi. Shu uch xilidan birini endi doʻstimga ravo koʻrishdan boshqa choram yoʻqqa oʻxshaydi. Otam nima uchun eski kiyimlarini tashlab yubormagan ekan-a?
Hammom eshigini ikki marta taqillatib baqirdim:
— Orif! Bir nechta kiyimlar topib qoʻydim. Chiqqaningda koʻrasan, hammomda tayyor sochiq xalat bor edi, oʻshani kiyib chiq.
Otamning oʻsha hammom kiymini ham endi Orifga ilinishdan choram yoʻq.
Uning onasi bilan onam koʻp dugonachilik qilardi. Shu yuzasidan biz ham doʻst boʻlganmiz. Aslini olganda, meni maktabda ham tuzuk doʻstim boʻlmagan, hech qanday niqob taqishim shart boʻlmagan doʻstimdan boshqa insonim yoʻq edi.
Uyimning eshigi taqillab, meni oʻziga chorladi. Hammom eshigini yana urib ketarkanman, ogohlantirdim:
— Orif. Kimdir keldi, tashqariga chiqmay tur, xoʻpmi?
Boyaroq chiqqanida hech nima qilmasdi, hozir chiqsa uyat. Endi biroz ichkarida oʻtirsin. Koʻcha eshikni ochganimda qarshimda Yamin turardi. Boshida uni koʻrib, shundayin quvonib ketdimki, unga muhtoj boʻlib turganimda yonimgacha kelgani uchun quvonchdan bagʻriga otilmoqchi edim. Lekin, keyin meni taajub egalladi, u uyimni qanday topib kelishi mumkinligini oʻylay ketdim. Hech qachon uni uyimgacha olib kelmaganman. Oxirida qoʻrquv ustunlik keldi. Hammomda Orif bor!!! Unga "chiqma" deb tayinlab toʻgʻri qilibman.
— Yamin, — dedim asta koʻcha tomonga qadam qoʻyib, uyimning eshigini tashqaridan yopishga shaylanarkanman, — Meni qanday topdingiz?
— Aslida bilardim, — u menga yaqinlashdi, — Faqat sen istamaganing uchun kelmasdim. Shunday uyalar edingmi? Toʻgʻri, biroz tashlandiq joylarga oʻxshaydi, lekin u darajada qoʻrqinchli yoki uyaladigan joylar emas... Umuman olganda bu bu muhim emas, — u meni garangsiratib haliyam davom etardi, — Nega unday qilding? Soʻroq vaqti meni aytib tan olganingda jazoying yengillashtirishardi.
— Siz ham jazo qoʻllashardi.
— Nima farqi bor. Oʻzingga hamma aybni olib nima qilarding Eshitganimda juda jahlim chiqdi.
Gaplari meni eritib yuborsa, uyimda choʻmilib chiqqan Orifning borligi esimga tushgan sari rangim oqarib borardi.
— Baribir men aybdorman, Yamin. Guruhimdagi bolalarni yolgʻiz qoldirib chiqib ketganman.
— Shuni aytyapman!, — uning toqati toq boʻldi, — Men aytganim uchun chiqib ketgansan!

— Ular doim uchrashib yurgan odamingim kim deb soʻrashdi. Siz Zoiriysiz, sizga bu mumkin emas. Bir men ishdan ketsam osmon uzilib yerga tushmaydi, lekin siz koʻp narsadan ayrilasiz.
— Marjona, — u ikki yanog‘imdan tutdi, — Hech qachon meni deb oʻzingni qurbon qilma.
Uning yantar koʻzlariga tikildim. Bir birimizga yana qandaydir chiroyli jumlalar aytishimiz mumkin edi, toki Orif hammasini rasvo qilmaguncha.
U oʻsha aytgan hammom kiyimida mehmonxonaga chiqib meni chaqirdi:
— Marjon! Menga kiyim beraman deganding, ber.
Ikki koʻzim moshdek ochildi.
Faqat hozir emas, faqat hozir emas!
Yamin bizni toʻgʻri tushunishi yoki meni eshitishi dargumon. Yamin ham men tengi joyida qotdi va ichkariga qaradi.
— Kim bilan eshik tagida valaqlashib turibsan?, — Orif qiya yopib qoʻygan eshigimni katta qilib ochib, oʻzini koʻrsatdi.
Bir unga, bir uning kiyimiga, yana bir taranglashib ketayotgan Yaminga daxshat bilan qaradim. Yamin. Uning yuzida noaniq ifodalar aks etgandi, birinchi marta meni Orif bilan koʻrib, soʻroq qilgan kundagiga oʻxshab qoʻllari qisildi.
Barchasi tamom. Hammasi tugadi. Shunchaki sezib turibman.