April 12, 2025

Хайотимни узгартирган инсон❤️

Author Bella

Sevish — bu gunoh ish emas. Ammo baʼzi bir ongi past insonlar sevgini tana bilan bogʻliq deb bilishadi ammo niyati jiddiy inson hech qachon sevgilisiga qoʻl tekkizmaydi. Bizning qahramonlarimiz buni eplashadi. Men sizlarga bir hikoya soʻzlab beraman siz bunga ishonasizmi yoki yoʻq bu sizning muammoyingiz ammo men koʻrgan va eshitganlarimni gapiraman. Hozirgi paytda ishqu muhabbat bu tana bilan bogʻliq deb oʻylab behayo narsalar qiladiganlar koʻp. Yoq sevgi bu majoziy tushuncha asl tushuncha bu ishqu muhabbatdir va har bir muhabbat borib asl zotga yaʼni olloh taologa borib taqaladi. Men bilgan bir juftlik bor ular barini eplashdi va odamlar gapiga quloq solmay baxtli boʻlishdi.

Фотима

Shu paytgacha hech bir inson meni bunchalar tushunib ardoqlamagan edi. Men sizlarga hikoyamni soʻzlab bersam. Barchasi 2 yil avval boshlangan edi.

2 yil oldin.

/Xoʻsh oʻquvchilar men oʻqituvchilardan juda koʻplab shikoyatlar eshityapman. Bugun barchaning oʻrni oʻzgaradi qiz bolalar oʻgʻil bolalar bilan birga oʻtiradi — yarim soatdan buyon sinf rahbarimiz shunday deyapti. Men kim bilan oʻtiraman ahir men sinfimiz muslimalardan boʻlsam oʻgʻil bola bilan oʻtirish men uchun juda noqulay ahir ular nomahram.

Oʻqituvchi/ Fotima sen Ali bilan birga oʻtirasan — nima shu yetmay turgandi shuncha bola qolib shu maniak bilan oʻtiramanmi bezori u meni nomiga dogʻ tushursachi? Ha mayli taqdir nachora yaqinda maktabni bitiraman baribir.

Author

Fotima oʻrnidan turib Ali bilan oʻtirdi. Qahramonlarimiz hozir 11-sinfda oʻqishadi. Ular yaqinda maktabni bitirishadi ularning koʻplab maqsadlari bor.

Fotima oʻrniga joylashgach iloji boricha jim oʻtirishga harakat qildi. Chunki u sinfdagi yagona hijobli qiz edi. U sinfning koʻzga koʻrinarli odobli va aqlli qizlaridan biri hisoblanardi. Oʻsha kuni ular deyarli soʻzlashishmadi.

Oradan 2 hafta oʻtdi

Fotima/ sen kimni yoqtirasan Ali?— ular oldindagi partada oʻturadiganlar bilan oʻyin oʻynashayotgadi yutqazgan odamga savol berishar edi.

Ali/ Men birini sevaman ammo kimligini aytmayman. Buni soʻrab ovora boʻlmanglar

Axmad/ mayli Fotima aytmasa aytmas men bizdan kichik sinfda oʻqiydigan birini sevaman xoʻsh senchi?

Fotima/ men kimni ham sevardim ahir men Ollohdan oʻzgasiga oshiq boʻla olmayman.

Axmad/ yaxshi qani yana oʻynaymiz

Fotima yigitlar bilan juda kelishib qoldi. Shu ikki hafta u uchun yaxshi oʻtdi. Ali ham unga oʻzgacha munosabatda boʻlar edi.

Ali Fotima va Axmad juda kelishib ketishdi.

Axmad bir kun:

— Fotima kel dust boʻlamiz bilaman bu sening hayotingga tori kelmaydi shunchaki sen tufayli men oʻz yomon odatlarimni tashlayapman. Sen juda yaxshi qiz san men senga yaqin boʻlishni xohlayman nima deysan? — deb Fotimadan soʻradi.

Fotima/ ammo koʻrgan insonlar bizni notoʻgʻri tushunadi

Ali/ Fotima sen odamlarning soʻziga eʼtibor berma odamlar gapirib gapirib oxiri jim boʻlishadi senga hech qanday zarari tegmaydi

Fotima/ Ali mayli faqat doʻst boʻlamiz doʻstlik chegaralarini buzmaymiz va men seni yaxshi tomonga boshlayotganimdan xursandman.

Azizlarim sizlar bilan Bella boʻldi 1-qism yoqdi degan umiddaman fikr va mulohazalaringizni kutib qolaman😁❤️