Qismat yoʻllari
𝐅𝐚𝐫𝐢𝐝𝐚
Bazm uchun hamma narsa tayyor edi. Men ham opam ham tayyorlanib Farzonani koʻtarib pastga tushdik.
— mana men aytgan mehmonlar kelibdi— opam shunday deb bir yoshi 50 ha yetgan ayol va erkakni koʻrsatdi. Ular juda zamonaviy odamlar ekan. Hatto ayol ham oʻziga qarab olgan edi. Ularning yonida bir yigit bor edi bizga orqasini qilib turgandi. Ular tomonga yaqinlashdik.
— Tugʻulgan kuningiz bilan Naima qizim — ayol opamni quchib tabrikladi. Shu payt haligi yigit bizga qaradi. Ne koʻz bilan koʻrayki bu mening yovuz oʻqituvchim Elnur Ahmedovich edi. Aaaa mana endi aniq oʻldim. Chunki men ochiq koʻylakda edim endi u nima deb oʻylaydi. Ufff menga nima.
— raxmat kelinoyi — opam shunday deb iltifot bildirdi.
— bu yosh xonim kim — oʻzicha bilmasdan gapirdi Elnur
— o edim qursin bu mening singlim Farida
— Assalomu alaykum
— valeykum assalom qizim ismingiz ham jismingizga monand ekan juda goʻzal ekansiz opangiz kabi
— raxmat — shu payt oyimlarni koʻrib sekingina ular tomon qochish hayolimga keldi — ijozatingiz bilan oyimlar keldilar
— mayli bemalol — xudoga shukura qutuldim endi bu yerdan qoch Fari. Orqamga qaradim Elnur menga sovuq nigohlarini tikib turardi. Viyy unga qarasam sovuq qotib ketaman jin ursin.
Oyimlarni oldiga borib turib oldim. Opam mehmonlarga qarayman deb Farzonani qoʻlimga berib qoʻydi. Bu yerda ikkalamiz ham siqilib ketdik. Sekingina bazmdan qochib orqa hovli bogʻga bordim. Farzona bagʻrimda biz ikkalamiz argʻimchoqga oʻtirdim. Osmonga tikildim. Oy toʻlin edi. Menga toʻlin oy juda yoqadi. Chunki toʻlin oy kuni koʻplab sevishganlar birga boʻlganlar. Men sevgi haqidagi romanlarga oʻchman. Romeo va Julyetta, Hamlet, ikki eshik orasi. Men juda koʻplab kitoblar oʻqiyman. Afsus juda taʼsirchan man. Doim kitoblar meni yigʻlatadi.
Shu hayollar bilan argʻimchoqda oʻtirgan edim. Birdan kimnidir dagʻal ovozini eshitdim.
— ixm demak sening opang mening amakimni kelini ekanda. — orqamga qarasam oʻsha yovuz turardi. Hh bilib turib atay soʻrayabdimi
— ha ming afsus shunaqa ekan — yoqmayotgandek gapirdim.
— ertaga mening uyimga kel senga darsni oʻaha yerda oʻtaman
— hh nima aqldan ozdingizmi oʻlsam ham
— ammo shuni bilib qoʻy sen darslarni qoldirib bal ola olmaysan
— muammo yoʻq men Farxoddan koʻchirib olaman har qalay u bugun borgandir
— yo xudo siz hatto kar ham ekansiz
— hoy qiz agar men tengi boʻlganingda yo yigit bola boʻlsang edi seni taʼziringni berardim.
— hm qilib koʻring omad xayr — men shunday deb bogʻni tark etib bazmga qaytdim. Qarasam Farzona uxlab qolibdi. Uni xonasiga olib chiqib qoʻydim.
Bu qiz bu qiz bir kuni hali mendan yalinib kechirim soʻraydi mendan. Oldin bahona yoʻq edi mana endi bahonalar bor u mening oʻquvchim va mening amakimni kelinini singlisi. Xullas endi bu goʻzal bilan har kun uchrashamiz. Orzusi Koreya ketish boʻlsa bajonidil. Uning orzulari endi mening orzularim ham ammo u oldin men bilan toʻgʻri gaplashishni oʻrganishi kerak. Ancha yildan beri qidirgan qizim yonimdan chiqsa men qarab turamanmi. Oʻzimga oʻxshab sovuqqina tili zahargina qaysar va yana nimadirlar xullas bu qiz kamyob qizlardan. Uni qoʻldan chiqarma Elmir.
Farzonani korvatga qoʻysam ozgina gʻinshidi shunga yoniga yotib alla aytdim. Shu yotish oʻzim ham uxlab qolibman. Ertalab opam turtkilab uygʻotdi. Qarasam opamni xonasida uxlab qolibman.
— viyy qanday sharmandalik opa sen qayerda tunading
— sharofatingiz bilan mehmonlar xonasida
— opa nega turgʻizmaysan turib ketardim oyim qani
— ular kecha ketishdi. Tur maktabga ketasan. Seni haydovchi olib boradi
— xop opa hozr tushaman — turib hammomga kirdim. Har doimgidek kiyinib sochimni taxladim. Har doimgidek pardozsiz ham goʻzalman.
Pastga tushdim oila jamil ham ekan. Yana pastda Elmir va uning oilasi ham bor edi. Qanday sharmandalik.
— Assalomu alaykum xayrli tong
— valeykum assalom qizim yaxshi dam oldizmi? — opamni qaynonasi mendan soʻradi
— yaxshi raxmat — qarasam faqat Elmirning yonida joy bor ekan boshqa yerlar boʻsh ekan uff endi nima qildim.
— qizim mana Elmir akangizni oldga oʻtiring shu yer boʻsh — ha bular meni ustimdan rosmanasiga kulyabdi.
Nailoj borib oʻtirdim. Va nonushta qila boshladim. Yonimdagi sovuq oʻzidan qandaydir sovuq aura tarqatadi. Sovuq qotib ketaman doim