March 31, 2022

2023-yilga qadar Toshkent mehmonxona bozoriga yuqori va o‘rta narx segmentidagi mashxur brendlar kiradi

30 mart kuni Toshkentda «Xilton Toshkent City»da II Hotel Business Forum-2022 boshlandi. Ushbu forumning asosiy maqsadi mehmondoʻstlik sanoatini takomillashtirish boʻyicha konstruktiv muloqot tashkil etishdir.

Forum O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi homiyligida O‘zbekiston mehmonxonalar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Forumda 5 ta asosiy masala orin olgan:

- Biznes jarayonlarini optimallashtirishda xalqaro mehmonxona brendining roli; Mehmondo'stlik sohasida xizmatlar sifatini oshirishda professional kadrlar omili;
- O‘zbekistonda mehmonxona ochish bo`yicha investitsiya loyihasi doirasida moliyaviy model;
- Halqaro tajribada mehmonxona xizmatlarining turoperatorlar bilan o'zaro hamkorligi;
- HORECAdagi tendentsiyalar va yangiliklar. Qanday qilib mehmonxona restoranlari samaraliroq bo'lishi mumkin?

Turli darajadagi sayohat cheklovlari, emlash darajasi va sayohatchilarning sayohat xavfsizligiga ishonchi tufayli turizmning tiklanish sur'ati dunyoning turli mintaqalarida sekin va notekisligicha qolmoqda.

Bizning mamlakatimizda esa turizm sohasi jadal rivojlanib, sohaning o‘sish sur’atlari uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda 1327 ta joylashtirish obyekti faoliyat ko‘rsatmoqda, respublika bo‘yicha xonalar soni 32 243 ta xonani tashkil etmoqda.

Hukumatimiz sa`yi harakatlari natijasida, qator farmonlar joriy etildi. Xususan, 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvariga qadar umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun ijtimoiy soliq stavkalari 1 foiz miqdorida belgilandi.

Respublikamizning tarixiy hududlariga, xususan, Samarqand va Buxoro shaharlari mehmonxona xizmatlari bozoriga xalqaro mehmonxona brendlari kirib kelmoqda. Xususan, Toshkent shahrida (2022 yil boshi holatiga ko`ra) mehmonxona xizmatlari sohasida quyidagi xalqaro brendlar faoliyat yuritib kelmoqda: Hilton -2ta mehmonxona, Wyndham - 2 ta mehmonxona, Radisson, Lotte, Marriot, ATECA Hotels .

2023-yilga kelib, Toshkent mehmonxona bozoridan yuqori va o‘rta narx segmentlaridan – Holiday Inn, Intercontinental , Curio Collection by Hiltonda faoliyat yurituvchi yana kamida uchta operator o`rin olishi rejalashtirmoqda.